Авторы

  • Shaxzoda Toirova
    National university of Uzbekistan talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.120269

Ключевые слова:

o‘smirlik ontogeniz deviant xulq-atvor xarakter bolalar va o‘smirlar suitsidi o‘z-o‘ziga baho berish mardlik jasurlik .

Аннотация

Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq-atvor ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari, namoyon bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan. O‘smir, uning o‘ziga xos psixologik xususiyatlari, o‘smirlardagi inqirozlar, ularning atrofga nisbatan munosabatlari, pedagogik muloqot va undagi to‘siqlar, ichki nizolar va ichki nizoning sodir bo‘lishiga, kechishiga, zo‘rayishida o‘smirning xarakter xususiyatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

36

O’SMIRLARDA SALBIY XULQ-ATVOR NAMOYON BO’LISHINING

PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Toirova Shaxzoda

National university of Uzbekistan talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.15854296

Annotatsiya

: Mazkur maqolada o‘smirlik davriga xos bo‘lgan salbiy xulq-

atvor ko‘rinishlari, ularning kelib chiqishi sabablari, rivojlanish shart-sharoitlari,
namoyon bo‘lishinig psixologik xususiyatlari keltirilgan. O‘smir, uning o‘ziga xos
psixologik xususiyatlari, o‘smirlardagi inqirozlar, ularning atrofga nisbatan
munosabatlari, pedagogik muloqot va undagi to‘siqlar, ichki nizolar va ichki
nizoning sodir bo‘lishiga, kechishiga, zo‘rayishida o‘smirning xarakter
xususiyatlarida bo‘ladigan o‘zgarishlar yuzasidan tushunchalar berilgan.

Kalit so‘zlar:

o‘smirlik , ontogeniz , deviant , xulq-atvor , xarakter , bolalar

va o‘smirlar suitsidi , o‘z-o‘ziga baho berish , mardlik , jasurlik .

Zamonaviy jamiyatda o’smirlik davri inson hayotining eng murakkab va

muhim bosqichlaridan biri hisoblanadi. Bu davrda shaxsning psixologik, ijtimoiy
va emotsional jihatdan shakllanishi sodir bo’ladi. O’smirlar o’z “men”ini
anglashga, mustaqil fikrlashga va jamoada o’z o’rnini topishga harakat qiladilar.
Biroq aynan shu o’tish davrida turli salbiy xulq-atvor — buzg’unchilik,
tajovuzkorlik, yolg’on gapirish, ijtimoiy qoidalarga qarshi chiqish kabi holatlar
tez-tez uchraydi.

Salbiy xulq-atvorning namoyon bo’lishi o’smir shaxsiyati rivojidagi

muayyan psixologik omillar, oilaviy muhit, maktab muammolari, do’stlar guruhi
ta’siri va zamonaviy axborot vositalarining salbiy ta’siri bilan chambarchas
bog’liqdir. Bu holat nafaqat o’smirning o’ziga, balki uning yaqin atrof-muhitiga,
ijtimoiy munosabatlariga va kelajakdagi shaxsiy hayotiga ham salbiy ta’sir
ko’rsatadi.

Ushbu mavzuning dolzarbligi shundan iboratki, o’smirlikda yuzaga

keladigan salbiy xulq-atvor holatlarini chuqur o’rganish, ularning psixologik
ildizlarini tahlil qilish va barvaqt profilaktik choralar ishlab chiqish jamiyat
barqarorligi va sog’lom avlod tarbiyasini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb
etadi. Shu sababli, tadqiqotimizda o’smirlarning salbiy xulq-atvori shakllanishiga
ta’sir etuvchi psixologik omillarni aniqlash, ularning xatti-harakatlariga turtki
bo’luvchi asosiy sabablarni o’rganish va bunday holatlarning oldini olishga
qaratilgan takliflar ishlab chiqish maqsad qilib olinadi.

O‘smirlarda salbiy xulq-atvorning paydo bo‘lishi murakkab jarayon bo‘lib,

u o‘smirlarning ehtiyojlari, qadriyatlari, hissiyotlari va shakllanayotgan ijtimoiy
muhitida shakllanib boradi. Yoshlar tarbiyasi uchun mas’ul bo‘lgan ota-onalar,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

37

o‘qituvchi- tarbiyachilar va jamoatchilik oldida barkamol yoshlarni
tarbiyalashdek ustuvor vazifalar turgan bir paytda ba’zi yoshlar tarbiyasida
yuzaga kelayotgan muammolar, kamchiliklar, xususan xulq-atvorida namoyon
bo‘layotgan jinoyat motivlari va unga mos xatti- harakatlarning uchrab
qolayotganligi tarbiya uchun mas’ullarni tashvishga solmoqda. Bugungi kunda
amalga oshirilayotgan choralar tarkibida, xususan o'smirlarning ta’lim
jarayonidagi faolligini oshirish, shaxslararo munosabatlarga kirishishda
empatiya hissini rivojlantirish, shaxs sifatida o'zini to‘g‘ri baholash, jamiyatda
o‘z o‘rnini topishida yordam berish hamda axloqiy ko‘nikmalar
shakllantirilishining psixologik mexanizmlarini takomillashtirish dolzarb
masalalar hisoblanadi. O‘zbekistonlik psixologlardan E.G‘. G‘oziyev, N.G‘.
Kamilova, G.Q. To‘laganova, B.M. Umarov kabi olimlarning izlanishlarida bolalik
va o‘smirlik davridagi psixik xususiyatlarni o‘rganishga qaratilgan tadqiqotlar
o‘tkazilgan bo‘lib, ularda asosiy e’tibor deviant xulq-atvor, xarakter
aksentuatsiyasi, bolalar va o‘smirlar suitsidi, o ‘z-o‘ziga baho berish va nazorat
qilish muammolariga qaratiladi.

Insonlar ontogenizida o‘smirlik balog atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar,

sezgilar va jinsiy xayotga taalluqli chigal masalalarning paydo bo'lishi bilan ham
xarakterlanadi. O‘z davrida L.S.Vigotskiy bunday holatni psixik rivojlanishdagi
krizis deb nomlagan. O‘smirlik yoshida ularning xulq-atvoriga xos bo‘lgan
alohida xususiyatlarni asosan jinsiy yetilishning boshlanishi bilan izohlab
bo‘lmaydi.

Mana shu ijtimoiy sharoitlarni o‘zgartirish yo‘li bilan o‘smirlarning xulq-

atvoriga to‘g‘ridan- to‘g‘ri ta’sir ko‘rsatish mumkin. Ular tashqi ta’sirlarga va
xissiyotlarga juda beriluvchan bo'ladilar. Shuningdek ularga mardlik, jasurlik,
tantiqlik kabi psixologik sifatlar ham xosdir. Tashqi ta’sirlarga beriluvchanlik
o‘smirda shaxsiy fikrni yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi, lekin bu shaxsiy fikr
aksariyat hollarda asoslanmagan bo‘ladi. Shuning uchun ham ular ota-
onalarning, atrofdagi kattalarning shuningdek, ustozlarning to‘g‘ri yo‘lni
ko‘rsatishlariga qaramay o‘z fikrlarini o‘tkazishga harakat qiladilar. Juda ko‘p
o‘smirlar bu davrda chekish hamda spirtli ichimliklarga qiziqib qoladilar.
O‘smirlik yoshida ko‘zga tashlanadigan eng muhim xususiyatlardan biri, bu
ularning o‘zini-o‘zi anglashga bo‘lgan e’tiborlarining kuchayishidir. Bu o‘rinda
o‘smir o‘zida mavjud bo‘lgan, endi yuzaga kelayotgan va yuzaga kelishi
kutilayotgan (orzu qilgan) xususiyatlar, sifat va fazilatlarga o‘rganadi,
aynanlashtiradi, nazorat qiladi, baholaydi va ulardan amaliy turmushida va
faoliyatida foydalanib ko‘radi. O‘zidagi mavjud imkoniyat va imkoniyatsizliklarni


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

38

yaqinlari, tengdoshlari va boshqa yoshlarniki bilan taqqoslaydi farqlar va
imkoniyatlarni baholaydi. O‘smirlardagi bu xususiyat tengdoshlari va jamoa
orasida o‘z mavqeyini saqlash va barqarorlashtirish choralarini ko‘rishni taqozo
etadi.

O`smirlarning deviant axloqi mahalliy va tibbiy adabiyotlarda yetarlicha

yoritilgan. U, qoidagidek, delikvent xulq, spirtli ichimliklar va giyohvand
moddalarni barvaqt iste’mol qilish, jinsiy axloq deviatsiyasi, suitsidal axloq,
uydan qochib ketish va daydilik kabi shakllarni o`z ichiga oladi. Ma’lumki,
balog‘at yoshi hisoblangan (12-14 yosh davrida) o‘smirlik davrida keskin
psixofiziologik o‘zgarishlar sodir bo`ladi. Ushbu o`zgarishlar ko`pincha o‘smir
ruhiyatiga ham ta’sir o‘tkazadi. Bu o‘smirda tajanglik, serzardalik, injiqlik,
ta’sirlanuvchanlik holatlarining kelib chiqishiga sabab bo‘ladi. O‘smir ruhiy
dunyosida paydo bo‘lgan bunday o‘zgarishlar balog‘at davri o‘tishi bilan bir
me’yorga kelib qoladi. Shuning uchun balog`at yoshi davrida ota-onalar
o`smirlar

tarbiyasiga alohida e’tibor berishlari, ularda kechayotgan psixofiziologik

o`zgarishlarni hisobga olishlari maqsadga muvofiqdir. Ko`pincha oilaviy
tarbiyada bolalarning yosh va individualpsixologik xususiyatlarining inobatga
olinmasligi ularning noto‘g‘ri, yomon yo‘llarga kirib ketishlariga sabab bo‘ladi.
Shu boisdan ota-onalar oilaviy tarbiyada, farzandlari bilan bo‘ladigan
shaxslarlaro munosabatlarda, ular bilan muomala qilishda shaxs va yosh davri
xususiyatlarini hisobga olgan holda ish tutsalar oilaviy tarbiyaning samarasi
yuqori bo`lishligini ta’minlagan bo`lar edi.

O‘smirlardagi salbiy xulq-atvorni korreksiya qilish maqsadida umumta’lim

maktablarida turli ijtimoiy, motivatsion psixologik trening mashg'ulotlar va olib
borilsa amaliy-psixologik maslaxatlar korreksion texnikalar va salbiy hulq-
atvorni bosqichma- bosqich o‘zgartirish mumkin ya’ni, shaxsning o‘zini-o‘zi va
o‘z his-tuyg‘ularini anglash, o‘z shaxsini qayta baholash, hissiyotlar ustida
ishlash, salbiy xulq-atvorni anglash, shaxslararo munosabatdagi qiyinchiliklar,
kognitiv jarayonlarni rivojlantirish, barkamollikka intilish, ota-ona va
pedagoglar bilan ishlash kabi mashg‘ulotlar majmui qo‘llanildi. Ijtimoiy,
motivatsion psixologik treninglar majmuini xalq ta’lim muassasalari amaliyotiga
tatbiq etilishi orqali bola shaxsining pedagogik va psixologik jihatdan
mukammal rivojlanishiga yordam beradi. Jumladan, maktab amaliyotchi
psixologining ish rejasiga kiritilgan "Ijtimoiy psixologik muammolari mavjud
bo'lgan o'quvchilarning salbiy burilish va og'ishlarining oldini olishga qaratilgan
psixologik profilaktika, "Xulqida og‘uvchanligi mavjud va moyilligi aniqlangan


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

39

o‘quvchilari bilan korreksiyalash ishlarini tashkil qilish hamda bolalar va
o‘smirlarning salbiy burilishi va og‘ishlarining oldini olishda maktab pedagogik
jamoasi va otaonalarning hamkorligini takomillashtirish, kabi vazifalarini
amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. O‘smirning aqliy faoliyatiga
tevarak atrofga munosabatining shakllanishiga ta’sir qiladi.

Xulosa
O‘smirning aqliy faoliyatiga tevarak atrofga munosabatining shakllanishiga

ta’sir qiladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish joizki, Intelektual asr talabiga javob
beradigan har tomonlama taraqqiy qilgan dunyoqarashi keng o‘smir o‘quvchi
shaxsini shakllantirishda muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi.

Foydalanilgan adabiyotlar to’plami:

1.

Goziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2008 yil.

2.

Tadjieva S.X., Sabirova D.G'. "Tanglik vaziyatida qolgan bolaga psixologik

yordam ko'rsatish". T.: RBIMM, 2011 y. 142 b.
3.

Komilova N.G‘. Xulqi og‘ishgan yoshlar psixologiyasi // O‘quv qo‘llanma. -

Tashkent, 2017.-176 s.
4.

Hakimova I.M. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent

5.

2007.

6.

Абдуллаев, А. А. (2018). Психология подросткового возраста.

Тошкент: O’zbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti.
7.

Mahkamova, G. T. (2020). O’smirlar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi

nashriyoti.
8.

Karimova, Z. T. (2017). Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: Iqtisod-

Moliya.
9.

Ergasheva, S. R. (2021). “O’smirlarning ijtimoiy moslashuvi va uning

psixologik xususiyatlari”. Pedagogik ta’lim muammolari jurnali, №3(45), 58–63.
10.

Абрамова, Г. С. (2001). Возрастная психология. Москва:

Академический проект.
11.

Davletshin, M. R. (2016). Pedagogik va yosh psixologiyasi. Toshkent: Fan

va texnologiya.
12.

Ильин, Е. П. (2003). Психология подростка. Санкт-Петербург: Питер.

13.

G'ulomov, S. S., & Mamajonov, A. (2015). Oila psixologiyasi. Toshkent: Fan

nashriyoti.
14.

Bronfenbrenner, U. (1979). The Ecology of Human Development. Harvard

University Press.
15.

Berk, L. E. (2013). Child Development. 9th Edition. Boston: Pearson

Education.

Библиографические ссылки

Goziyev E. Psixologiya. Toshkent. 2008 yil.

Tadjieva S.X., Sabirova D.G'. "Tanglik vaziyatida qolgan bolaga psixologik yordam ko'rsatish". T.: RBIMM, 2011 y. 142 b.

Komilova N.G‘. Xulqi og‘ishgan yoshlar psixologiyasi // O‘quv qo‘llanma. - Tashkent, 2017.-176 s.

Hakimova I.M. Deviant xulq-atvor psixologiyasi. O‘quv qo‘llanma. Toshkent

Абдуллаев, А. А. (2018). Психология подросткового возраста. Тошкент: O’zbekiston Fanlar akademiyasi nashriyoti.

Mahkamova, G. T. (2020). O’smirlar psixologiyasi. Toshkent: O‘qituvchi nashriyoti.

Karimova, Z. T. (2017). Ijtimoiy psixologiya asoslari. Toshkent: Iqtisod-Moliya.

Ergasheva, S. R. (2021). “O’smirlarning ijtimoiy moslashuvi va uning psixologik xususiyatlari”. Pedagogik ta’lim muammolari jurnali, №3(45), 58–63.

Абрамова, Г. С. (2001). Возрастная психология. Москва: Академический проект.

Davletshin, M. R. (2016). Pedagogik va yosh psixologiyasi. Toshkent: Fan va texnologiya.

Ильин, Е. П. (2003). Психология подростка. Санкт-Петербург: Питер.

G'ulomov, S. S., & Mamajonov, A. (2015). Oila psixologiyasi. Toshkent: Fan nashriyoti.

Bronfenbrenner, U. (1979). The Ecology of Human Development. Harvard University Press.

Berk, L. E. (2013). Child Development. 9th Edition. Boston: Pearson Education.