CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
65
DUDUQLANISHNING KЕLIB CHIQISH SABABLARI
VA XUSUSIYATLARI
G‘aniyeva Zilola Komil qizi
Toshkent Kimyo Xalqaro Universiteti
Logopediya yo‘nalishi MSPD-2U talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15879546
Annotatsiya:
Ushbu maqolada duduqlanish muammosining psixologik va
pedagogik jihatlari chuqur tahlil qilinadi. Duduqlanishning fiziologik va psixik
sabablari, uning klinik ko‘rinishlari, nutqdagi mushak tortishishlari, nafas
olishdagi buzilishlar va fonetik-grammatik kamchiliklar asosida yondashuvlar
keltirilgan. Duduqlanuvchi bolalarda kuzatiladigan psixologik holatlar –
logofobiya, hayajon, o‘ziga ishonchsizlik, nutqiy passivlik kabi omillar alohida
o‘rganiladi. Maqolada duduqlanishning kechishi, darajalari, turlari va uni keltirib
chiqaruvchi asosiy omillar tahlil qilinib, u bilan kurashishda kompleks
yondashuv zarurligi ta’kidlanadi.
Kalit so‘zlar:
Duduqlanish, nutqiy buzilish, mushak tortishishi, logofobiya,
psixologik omillar, fiziologik sabablar, korreksion yondashuv
Аннотация:
В
данной
статье
всесторонне
анализируются
психологические и педагогические аспекты заикания. Рассматриваются
физиологические и психические причины заикания, его клинические
проявления, мышечные судороги в речи, нарушения дыхания и фонетико-
грамматические
особенности.
Особое
внимание
уделяется
психологическим проявлениям у заикающихся детей – логофобии,
тревожности,
неуверенности
в
себе
и
речевой
пассивности.
Анализируются типы, степени и формы заикания, а также подчеркивается
необходимость комплексного подхода в коррекции данного речевого
расстройства.
Ключевые слова:
Заикание, речевое расстройство, мышечные
спазмы, логофобия, психологические факторы, физиологические причины,
коррекционный подход
Abstract:
This article provides a comprehensive analysis of the
psychological and pedagogical aspects of stuttering. It explores the physiological
and psychological causes, clinical features, speech-related muscle spasms,
breathing difficulties, and phonetic-grammatical challenges associated with
stuttering. Special attention is given to the psychological characteristics
observed in children who stutter, such as logophobia, anxiety, self-doubt, and
speech passivity. The article examines the different types, degrees, and
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
66
manifestations of stuttering and emphasizes the need for a complex,
multidisciplinary approach in addressing and correcting this speech disorder.
Keywords:
Stuttering, Speech disorder, Muscle spasms, Logophobia,
Psychological factors, Physiological causes, Corrective approach
Duduqlanish psixologik-pedogogik yo‘nalish mutaxasislari tomonidan
o‘rganilgan bo‘lib, duduqlanishda muloqot qilishning cheklanganligi ikkilamchi
ruhiy buzilishlarni keltirib chiqarishini ta’kidlashgan. (G.A.Volkova, R.E.Levina,
S.A.Mironova, V.I. Seliverstov, N.A.Cheveleva, A,V,Yastrebova va boshqalar).
Shuningdek, R.E.Levina duduqlanishning paydo bо‘lishini til vositalaridan
foydalana olmaslik tufayli mustaqil nutqqa о‘tishning qiyinligi bilan bog‘liqligini
ta’kidlaydi. Duduqlanish nutq kamchiligi bo‘lgan o‘quvchilar uchun nutqni
dasturlash birmuncha qiyin bо‘lib, biror bir nutqiy materialga tayanmagan holda
о‘tib ketgan, о‘zlari kuzatgan va boshidan kechirgan voqealarni bayon qilishga
qiynaladilar. A.V.Yastrebova bu holatni duduqlanuvchilarda til vositalarining
yetarli darajada shakllanmaganligi tufayli og‘zaki muloqot jarayonida so‘zlarni
о‘z о‘rnida qо‘llay olmasliklari bilan izohlaydi.
1
R.E.Levinaning sо‘zlariga kо‘ra, duduqlanish nutq kamchiligidagi
tortishishlar о‘quvchilarda turli xil grammatik kategoriyalardan, xususan, о‘tgan,
hozirgi va kelajak zamon fe’llarining turli shakllaridan foydalangan holda,
nutqidagi “kontekstli” ifoda shakllaridan foydalanish orqali qо‘zg‘atiladi,
voqealarning mantiqiy ketma-ketligini, sabab-oqibat munosabatlarini о‘rnatish,
tahlil qilish va umumlashtish orqali bayon qilinadi. О‘quvchi oddiy jumlalarni,
oddiy grammatik tuzilmalarni, masalan, hozirgi zamon fe’l shakllarini ishlatildi.
2
Bu о‘quvchilar nutqning ravonlashishini osonlashtiradi va о‘quvchilar nutqidagi
tortishishlarni qо‘zg‘atmaydigan yengil omil hisoblanadi.
Duduqlanuvchi bolalarning nutqi odatiy nutqdan sezilarli darajada farq
qiladi. Ularning so‘zlash jarayoni notekis, bo‘g‘in yoki tovushlarning
takrorlanishi, cho‘zilishi, nutqdagi to‘xtalishlar va pauzalar bilan kechadi. Ba’zan
ular gapni boshlashda yoki davom ettirishda qiynalib, kerakli so‘zni topa olmay,
to‘xtab qolishlari mumkin. Bu holat nafaqat fonetik darajada, balki psixologik
jihatdan ham bolaning nutq faoliyatiga ta’sir ko‘rsatadi. Duduqlanuvchi bolalar
ko‘pincha nutqiy vaziyatlardan qochishga intiladilar, gapirishdan oldin
hayajonlanadilar, va o‘zlarini noqulay his qiladilar. Ular doimiy ravishda
1
Шевцова.Е.Е. Теоретический анализ проблемы заикания Основы коррекционной педагогики и коррекционной
психологии: заикание. Издательство Юрайт 2019 (22)
2
Левина, Р. Е. Нарушения чтения и письма у детей Текст. : избранные труды / Р. Е. Левина ; ред.-сост. Г. В.
Чиркина, П. Б. Шошин. М. : Аркти, 2005.-224 с.. (10,41,59,60)
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
67
duduqlanib qolishdan xavotir olib, o‘z fikrlarini erkin ifoda etishda qiynaladilar.
Bu esa ularning ijtimoiy muhitda faol ishtirok etishini cheklab, o‘ziga
ishonchsizlik, uyatchanlik va nutqiy passivlikka olib keladi. Bunday bolalarda
nutqiy faoliyatni rivojlantirish uchun maxsus pedagogik va logopedik yondashuv
zarur bo‘ladi. Ularning nutqiy o‘ziga xosligini to‘g‘ri baholab, individual
yondashuv asosida ish olib borilsa, duduqlanishni kamaytirish yoki bartaraf
etish mumkin. Shu sababli duduqlanuvchi bolalar bilan ishlashda ularning
emotsional holati, psixologik muammolari va kommunikativ ehtiyojlari hisobga
olinishi zarur. Shunday qilib, duduqlanuvchi bolalarning nutqi nafaqat fonetik
darajada, balki psixologik va emotsional jihatdan ham sezilarli farqlar bilan
ajralib turadi. Bu holat bolaning shaxsiy rivojlanishi, ijtimoiy faoliyati hamda o‘z
fikrini erkin ifoda etishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Duduqlanishning bunday
murakkab ko‘rinishlari uning yuzaga kelish mexanizmlarini chuqurroq
o‘rganishni talab etadi. Shuning uchun duduqlanishning qanday turlari
mavjudligi va bu holatni keltirib chiqaruvchi asosiy sabablarni tahlil qilish
muhim ahamiyat kasb etadi.
Hozirgi davrda duduqlanish belgilari bir biriga bog‘liq bо‘lgan 2 ta
guruhga ya’ni fiziologik va psixik guruhga ajratiladi. Fiziologik belgilarga:
nutqning hosil bоʻlishida ishtirok etuvchi a’zolarning tortishishi, markaziy
nerv sistema va jismoniy salomatlikning bоʻshligi, zaifligi, umumiy gavda va
nutq harakatlarining buzilishi kiradi. Psixik belgilarga: nutqda tutilish, his
hayajon buzilishi, logofobiyalar, hayajonlanish, vahima, alamzadalik, umumiy
zоʻriqish, uyquda chоʻchib ketish, yuzaki uyqu bilan namoyon bo‘ladi.
Nutq hosil bоʻlishida mushak tortishishi duduqlanishning tashqi belgisi
hisoblanadi. Mushak tortishishiga ko‘ra duduqlanish 3 xil bоʻladi: klonik, tonik
va aralash. Klonik mushak tortishish vaqtida tovush, bоʻgʻin yoki sоʻz bir necha
marotaba takrorlanadi (a-a-asal , qa-qa-qa-qalam, tosh-tosh-tosh). Tonik
mushak tortishish vaqtida esa sоʻz boshida tоʻxtalish rоʻy beradi va tutilib
gapiruvchi bir tovushdan, bоʻgʻindan va sоʻzdan ikkinchi tovushga, bоʻgʻinga
va sоʻzga оʻtolmaydi, uzoq tоʻxtalib qoladi (….a....sal, q….alam, ….t….osh).
Uchinchi turi aralash (klono-tonik) yoki (tono-klonik) mushak tortishishi
kuzatiladi. Tortishish nutqning u yoki bu a’zolari: nafas olish, ovoz paychalari
yoki artikulyatsion apparatda rоʻy beradi.
Nafas olish buzilishi bilan bogʻliq duduqlanish 3 ta shaklga ajraladi:
ekspirator, insperator va resperator.
- Ekspirator shakli (nafas chiqarish jarayonida tortishish);
- Insperator shakli (nafas olish jarayonida tortishish, ba’zida xirillash bilan);
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
68
- Resperator shakli (nafas olish va nafas chiqarish vaqtida sоʻzlarning
bоʻlinishi bilan).
Duduqlanuvchi bolalarning belgilari :
Duduqlanuvchi bolalar harf va boʻgʻinlarni tutilib-tutilib yoki bir necha bor
takrorlab talaffuz qiladi. Ayrim hollarda uning qoʻli yoki oyogʻi beixtiyor
harakatlanib, yuz mushaklari uchib turadi. Shuningdek, bolalarda ichki
duduqlanish ham koʻzga tashlanadi. Bunday holatlarda u nima deyish kerakligini
biladi-yu, ammo ayta olmaydi. Bu holat tashqaridan qaraganda sezilmaydi.
Duduqlanuvchi bolalarda artikulyatsion apparatdagi tortishish оʻrni lab,
til, yumshoq tanglayda bo‘lishi mumkin. Duduqlanish kоʻpincha portlovchi
undosh tovushlar (k,q,p,b,t,d,g,gʻ) ni talaffuz qilishda yaqqol seziladi.
Tovushning fonetik xususiyati, grammatik qurilishning xususiyati, grammatik
qurilishning buzilishi ham tortishishga sabab bоʻladi. Tortishishga kayfiyat,
atrofdagi muhitning ham ta’siri katta. Bolalar оʻziga tanish bоʻlgan she’rni
aytishda, tanigan odamlari orasida kamroq tutiladi. Duduqlanadigan
bolalarlarning hayajonli nutqida fonetik - fonematik va leksik grammatik
buzilishlar kоʻzga tashlanadi. Nutq asoslanmagan pauzalar, qaytariqlar bilan
uzilib - uzilib chiqadi, jarangdorlik, talaffuz sur’ati, tovush balandligi
duduqlanuvchining emotsional holati bilan bogʻliq boʻladi. Shuningdek, о‘z
nuqsoniga bо‘lgan diqqati nuqsonni kuchaytirishda omil bоʻlishi ham
mumkin. Nutqida zaiflik, qоʻrqoqlik, tortinchoqlik, ta’sirchanlik va shu kabilar
vujudga keladi.
Nutqdagi qiyinchiliklarni niqoblashga bоʻlgan urinishlar duduqlanadigan
kishilarda turli xil hiylalar (qоʻl, oyoq, tana, bosh bilan harakat qilish, til uchi ,
pastki labni tishlash, chapillatish, tovushlarni ovoz chiqarmay
artikulyatsiyalash)ni qоʻllash bilan namoyon bоʻladi.
Duduqlanishning kechishi ogʻir yengilligiga qarab 3 darajaga bоʻlinadi:
-
Yengil daraja tez gapirishda, asabiy holatda duduqlanadi, tezda оʻtib
ketadi;
- Оʻrta daraja tinch, vazmin holatda ham duduqlanadi, his hayajonli vaqtda
kuchli duduqlanadi;
- Ogʻir daraja butun nutqi davomida duduqlanadi.
Duduqlanish sabablari 2 guruhga: moyillik sabab (negizga) va keltirib
chiqaruvchi sabab (turtkiga) boʻlinadi. Moyillik sabablariga quyidagilar kiradi:
- Ota – onalarning nevropatik kasallanishi;
- Duduqlanuvchining оʻzidagi nevropatik xususiyatlar (tunggi qоʻrquv,
enurez, kuchli qоʻzgaluvchanlik, xis-hayajonli zоʻriqish);
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
69
- Konstitusional moyillik (oliy nerv faoliyatining juda ham nozikligi,
vegetativ nerv sistemasining juda ham nozikligi);
- Nasliy buzilish (nutq apparatining tugʻma zaifligi);
Keltirib chiqaruvchi sabablar:
- Bosh miyaning ona qornida va tug‘ilish vaqtidagi jarohatlanishi, asfiksiya,
yuqumli kasalliklar hamda boshqa jarohatli buzilishlar.
- Anatomik fiziologik sabablar (ensefalit, miyaning chayqalishi,
zaharlanish, qizamiq, kоʻkyоʻtal, nutq apparatining tоʻliq rivojlanmaganligi);
- Ruhiy va ijtimoiy sabablar, bir lahzalik ruhiy shikast (qоʻrquv,
vahimaga tushish);
- Notоʻgʻri tarbiya (tantiqlik, qattiqqоʻllik, tez gapirish, ota onalarning
notekis nutqi, kichik yoshli bolalarlarni haddan ortiq nutq materiallari bilan
zоʻriqtirish).
Yuqoridagi tahlillar asosida duduqlanish bolaning nutqiy rivojlanishida
jiddiy to‘siq bo‘lib, u nafaqat nutq apparatidagi fiziologik buzilishlar, balki psixik
holat va emotsional barqarorlik bilan chambarchas bog‘liq ekanligi ayon bo‘ladi.
Duduqlanishning klinik belgilari, mushak tortishishlari, nafas olishdagi
buzilishlar va nutqning murakkab fonetik-grammatik tuzilmalarda to‘xtab
qolishi uning ko‘p qirrali buzilish ekanligini ko‘rsatadi. Duduqlanuvchi
bolalarning nutqi sog‘lom tengdoshlaridan so‘zlash sur’ati, silliqligi, emotsional
ifodasi hamda psixologik tayyorgarlik darajasi bilan keskin farq qiladi.
Shuningdek, duduqlanish nafaqat tashqi belgilar orqali, balki bolaning ichki
holati – logofobiya, hayajon, o‘ziga ishonchsizlik, tortinchoqlik kabi psixologik
omillar orqali ham o‘zini namoyon etadi. Shunday qilib, duduqlanish — bu faqat
birgina nutq buzilishi emas, balki bolaning umumiy ruhiy-emotsional va
fiziologik holatini qamrab oluvchi murakkab muammo bo‘lib, uni erta aniqlash,
chuqur tahlil qilish va tizimli tarzda korreksiya ishlarini yo‘lga qo‘yish zarur
bo‘ladi. Bu esa pedagog, psixolog, logoped va ota-onalarning birgalikdagi
faoliyatini taqozo etadi.
Xulosa
Duduqlanish – bu nafaqat nutqiy faoliyatdagi buzilish, balki
bolaning umumiy psixofiziologik rivojlanishiga bevosita ta’sir etuvchi murakkab
muammo hisoblanadi. U fonetik, grammatik va nafas olishdagi buzilishlar bilan
bir qatorda, bolalarda psixologik noqulaylik, emotsional zo‘riqish, logofobiya,
o‘ziga ishonchsizlik kabi ikkilamchi holatlarni keltirib chiqaradi. Tadqiqotlar
shuni ko‘rsatadiki, duduqlanuvchi bolalar og‘zaki muloqotda erkin ishtirok eta
olmaydilar, bu esa ularning ijtimoiylashuvi va shaxsiy rivojlanishiga salbiy ta’sir
ko‘rsatadi.
Duduqlanishning kelib chiqishida fiziologik, psixologik va ijtimoiy
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
70
omillar o‘zaro chambarchas bog‘langan bo‘lib, uning klinik belgilari mushak
tortishishlari, nutqdagi to‘xtalishlar va fonetik-grammatik murakkabliklar
ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Shuningdek, duduqlanuvchi bolalarning nutqi
sog‘lom tengdoshlarinikidan sezilarli farq qilgani sababli, ularni o‘z vaqtida
aniqlash, individual yondashuv asosida tizimli logopedik va psixologik yordam
ko‘rsatish muhim ahamiyatga ega.
Shu bois, duduqlanish muammosini bartaraf
etishda pedagog, psixolog, logoped va ota-onalarning hamkorlikdagi sa’y-
harakatlari, bolaning nutqiy va emotsional ehtiyojlarini inobatga olgan holda
olib boriladigan kompleks yondashuv asosiy omil bo‘lib xizmat qiladi. Erta
tashxis va tizimli korreksiya choralari orqali duduqlanishni yengillashtirish yoki
butunlay bartaraf etish mumkin..
Foydalanilgan adabaiyotlar ro‘yxati:
1. Шевцова.Е.Е. Теоретический анализ проблемы заикания Основы
коррекционной педагогики и коррекционной психологии: заикание.
Издательство Юрайт 2019 (22)
2. Левина, Р. Е. Нарушения чтения и письма у детей Текст. : избранные
труды / Р. Е. Левина ; ред.-сост. Г. В. Чиркина, П. Б. Шошин. М. : Аркти,
2005.-224 с.. (10,41,59,60)
3. Асатиани Н.М. Заикание у взрослых / / Заикание (Под.ред. Н.А.Власовой,
К.П.Беккера. — М., 1983. С. - 180-22).
4. Волкова Г.А. Игровая деятельность в устранении заикания у
дошкольников. — М., 1983.
5. Выгодская И.Г. и др. Устранение заикания у дошкольников в игре. -М . ,
1984.
6. Заикание /Под.ред. Н.А.Власовой, К.П.Беккера. —М., 1983.
7. Морозова Н.Ю. Как преодолеть заикание. Изд-во ЭКСМО. —М., 2002.
8. Ковшиков В.А. Специфика заикания при различных нервно- психических
расстройствах / / Педагогические пути устранение речевых нарушений у
детей. - Л., 1976. 4-25 бетлар.
9. Mo‘minova L.R. Tutilib gapiruvchi o‘smirlar uchun qo‘llanma. "O‘qituvchi". —
Т., 1980.
10. Чевелева H.A. Исправление заикания у школьников в процессе
обучения. - М., 1978.
11. Чевелева Н.А. Исправление речи у заикающихся дошкольников. — М.,
1965.
12. Я стребова А.В. Коррекция заикания у учащихся общеобразовательной
школы. — М., 1980.
