Авторы

  • Baxtiyor Homidov
    O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi mustaqil tadqiqotchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.127592

Ключевые слова:

Elektron tijorat soliqqa tortish raqamli iqtisodiyot soliq siyosati soliq ma’murchiligi xalqaro soliq platformalari BEPS QQS transchegaraviy tranzaksiyalar soliq islohotlari soliq ma’lumotlari almashinuvi raqamli xizmatlar soliq qonunchiligi e-commerce soliq bazasi onlayn savdo nazorati.

Аннотация

Ushbu ilmiy tezisda elektron tijorat sohasining jadal rivojlanishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelayotgan soliqqa tortish muammolari va ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot sharoitida an’anaviy soliq mexanizmlari tobora samarasizlashib, davlat byudjetiga tushumlarning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, xalqaro elektron savdo platformalarining faoliyati milliy soliq bazasidan chetda qolayotganligi, soliq oqibatlarining aniqligini pasaytiradi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

150

ELEKTRON TIJORATNI SOLIQQA TORTISH MEXANIZMINI

TAKOMILLASHTIRISH YO‘LLARI

Homidov Baxtiyor Rahimberdievich

O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi

mustaqil tadqiqotchisi

baxtiyor.xamidov@soliq.uz

ORCID iD: 0009-0003-7866-9257

https://doi.org/10.5281/zenodo.16252630

Annotatsiya:

Ushbu ilmiy tezisda elektron tijorat sohasining jadal

rivojlanishi bilan bog‘liq holda yuzaga kelayotgan soliqqa tortish muammolari va
ularni bartaraf etish bo‘yicha takliflar tahlil qilinadi. Raqamli iqtisodiyot
sharoitida an’anaviy soliq mexanizmlari tobora samarasizlashib, davlat
byudjetiga tushumlarning kamayishiga sabab bo‘lmoqda. Ayniqsa, xalqaro
elektron savdo platformalarining faoliyati milliy soliq bazasidan chetda
qolayotganligi, soliq oqibatlarining aniqligini pasaytiradi.

Tadqiqotda

mavjud

qonunchilik

asoslari,

transchegaraviy

tranzaksiyalarning soliqqa tortilishi, soliq ma’murchiligi sohasidagi raqamli
texnologiyalar joriy etilishi va ilg‘or xalqaro tajribalar o‘rganildi. Muallif
tomonidan raqamli identifikatsiya tizimini joriy etish, xorijiy xizmatlarga QQS
solig‘i tatbiq etish, soliq ma’lumotlarining avtomatlashtirilgan monitoringini
yo‘lga qo‘yish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqilgan.

Tezis natijalari O‘zbekistonda elektron tijoratdan byudjetga tushumlarni

oshirish, soliqqa tortishning shaffofligini ta’minlash va soliq siyosatining raqamli
iqtisodiyotga moslashuvchanligini kuchaytirishga xizmat qiladi.

Kalit so‘zlar:

Elektron tijorat, soliqqa tortish, raqamli iqtisodiyot, soliq

siyosati, soliq ma’murchiligi, xalqaro soliq platformalari, BEPS, QQS,
transchegaraviy tranzaksiyalar, soliq islohotlari, soliq ma’lumotlari almashinuvi,
raqamli xizmatlar, soliq qonunchiligi, e-commerce soliq bazasi, onlayn savdo
nazorati.

Abstract:

This scientific thesis analyzes the problems of taxation arising in

connection with the rapid development of the e-commerce sector and proposals
for their elimination. In the conditions of the digital economy, traditional tax
mechanisms are becoming increasingly ineffective, leading to a decrease in state
budget revenues. In particular, the fact that the activities of international e-
commerce platforms are excluded from the national tax base reduces the
accuracy of tax consequences.

The study studied the existing legislative framework, taxation of cross-

border transactions, the introduction of digital technologies in the field of tax


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

151

administration, and advanced international practices. The author developed
recommendations on the introduction of a digital identification system, the
application of VAT to foreign services, and the establishment of automated
monitoring of tax data.

The results of the thesis will serve to increase budget revenues from e-

commerce in Uzbekistan, ensure transparency of taxation, and strengthen the
adaptability of tax policy to the digital economy.

Keywords:

E-commerce, taxation, digital economy, tax policy, tax

administration, international tax platforms, BEPS, VAT, cross-border
transactions, tax reforms, tax information exchange, digital services, tax law, e-
commerce tax base, online trade control.

Аннотация:

В данной научной диссертации анализируются проблемы

налогообложения, возникающие в связи с бурным развитием сектора
электронной коммерции, и предлагаются пути их устранения. В условиях
цифровой экономики традиционные налоговые механизмы становятся всё
менее

эффективными,

что

приводит

к

снижению

доходов

государственного бюджета. В частности, исключение деятельности
международных платформ электронной коммерции из национальной
налоговой базы снижает точность определения налоговых последствий.

В исследовании изучены действующая законодательная база,

налогообложение трансграничных операций, внедрение цифровых
технологий в сфере налогового администрирования и передовой
международный опыт. Автором разработаны рекомендации по внедрению
системы цифровой идентификации, применению НДС к зарубежным
услугам и созданию автоматизированного мониторинга налоговых
данных.

Результаты диссертации будут способствовать увеличению доходов

бюджета от электронной коммерции в Узбекистане, обеспечению
прозрачности налогообложения и повышению адаптивности налоговой
политики к цифровой экономике. Ключевые слова: Электронная
коммерция, налогообложение, цифровая экономика, налоговая политика,
налоговое администрирование, международные налоговые платформы,
BEPS, НДС, трансграничные операции, налоговые реформы, обмен
налоговой информацией, цифровые услуги, налоговое законодательство,
налоговая база электронной коммерции, контроль за онлайн-торговлей.

Ключевые слова:

Электронная коммерция, налогообложение,

цифровая экономика, налоговая политика, налоговое администрирование,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

152

международные налоговые платформы, BEPS, НДС, трансграничные
операции, налоговые реформы, обмен налоговой информацией, цифровые
услуги, налоговое законодательство, налоговая база электронной
коммерции, контроль за онлайн-торговлей.

Tahlil va natijalar

So‘nggi yillarda raqamli iqtisodiyotning keng ko‘lamda rivojlanishi

natijasida elektron tijorat global iqtisodiy tizimning ajralmas qismiga aylandi.
O‘zbekiston ham bu jarayondan chetda qolmayapti: davlat raqamli
transformatsiya yo‘lida qator islohotlarni amalga oshirmoqda. Shu bilan birga,
elektron tijorat sohasida vujudga kelayotgan fiskal muammolar, ayniqsa, soliqqa
tortish tizimidagi bo‘shliqlar ushbu yo‘nalishda chuqur tahlil va
takomillashtirishni talab qilmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatadiki, elektron savdo platformalarining faoliyati

ko‘pincha an’anaviy soliqqa tortish mexanizmlari doirasidan chetda qoladi.
Masalan, xalqaro onlayn xizmat ko‘rsatuvchi yirik kompaniyalar (Amazon, iHerb,
Shein, AliExpress va boshqalar) O‘zbekiston fuqarolariga xizmat ko‘rsatgan
holda mamlakat ichkarisida soliqqa tortilmayapti. Bunday vaziyatda soliq
bazasining yemirilishi (BEPS – Base Erosion and Profit Shifting) holatlari yuzaga
kelmoqda. Bu esa byudjet tushumlarining kamayishiga, adolatsizlik muhitining
kuchayishiga va mahalliy tadbirkorlar uchun nosog‘lom raqobat shakllanishiga
olib kelmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi va Moliya vazirligi

tomonidan olib borilgan tahlillarga ko‘ra, 2024-yil yakunida elektron tijorat
orqali amalga oshirilgan savdo hajmi 21,4 trillion so‘mni tashkil etgan. Biroq,
ushbu hajmning atigi 40–45 foizigina soliqqa tortilgan. Bu holat soliqqa tortish
jarayonida shaffoflik yetishmasligini va raqamli tranzaksiyalar ustidan samarali
nazorat mexanizmlarining mavjud emasligini anglatadi.

Yana bir muhim jihat shundaki, O‘zbekiston soliq qonunchiligi hali-hanuz

elektron xizmatlarga oid qat’iy ta’rif, soliq yondashuvi va tartib-taomillarni to‘liq
belgilab bermagan. Ayni vaqtda “doimiy vakolatxona” tushunchasi an’anaviy
yondashuvda qo‘llaniladi, biroq raqamli xizmatlar taqdimotchilari doimiy
jismoniy joyga ega bo‘lmasdan turib daromad olishi mumkin. Natijada, mavjud
soliq mexanizmlari raqamli iqtisodiyotga to‘liq mos kelmayapti.

Shuningdek, elektron tijoratda individual tadbirkorlar va jismoniy shaxslar

tomonidan amalga oshirilayotgan tranzaksiyalar ham ko‘pincha norasmiy
(informal) shaklda bo‘lib, bu holatni aniqlash va soliqqa tortish juda murakkab
kechadi. O‘z-o‘zini band qilgan shaxslar yoki blogerlar tomonidan internet orqali


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

153

amalga oshirilayotgan savdo, xizmat ko‘rsatish va reklama faoliyati deyarli
nazorat ostiga olinmagan. Bu esa yirik soliq bo‘shliqlariga sabab bo‘lmoqda.

Shu bilan birga, so‘nggi yillarda ijobiy natijalar ham kuzatilmoqda. Xususan,

Soliq qo‘mitasi tomonidan “Soliq to‘lovchilar shaffofligini oshirish” loyihasi
doirasida raqamli izlar asosida monitoring qilish tizimi joriy etilmoqda. Bank
kartalari va elektron to‘lov tizimlaridagi tranzaksiyalar asosida elektron tijorat
subyektlarini aniqlash va ularni soliq ro‘yxatiga olish mexanizmlari
kuchaytirilmoqda. Bu esa istiqbolda raqamli iqtisodiyotda soliq to‘lash
intizomini shakllantirishga xizmat qilishi mumkin.

O‘zbekistonda elektron tijoratni soliqqa tortish mexanizmlarini

takomillashtirish dolzarb zaruratga aylanmoqda. Mavjud holat davlat budjeti
uchun yo‘qotilgan imkoniyatlar, mahalliy tadbirkorlar uchun esa adolatsiz
raqobat muhitini yuzaga keltirmoqda. Mazkur tahlillar asosida elektron
xizmatlarni aniqlash, xorijiy platformalarni soliqqa tortish, raqamli monitoring
tizimlarini joriy etish, hamda soliqqa oid huquqiy asoslarni zamonaviylashtirish
lozimligi ayon bo‘lmoqda. Shu orqali raqamli iqtisodiyot sharoitida barqaror
fiskal muvozanatni ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Xulosa

Raqamli texnologiyalar hayotimizning har bir jabhasiga chuqur kirib

borayotgan hozirgi zamonda elektron tijorat iqtisodiy rivojlanishning ajralmas
omiliga aylangan. Elektron savdo nafaqat iste’molchilarga qulaylik yaratmoqda,
balki tadbirkorlar uchun ham yangi bozorlarni ochib bermoqda. Biroq, bu
o‘zgarishlar bilan birga, soliq boshqaruvida ham keskin muammolar va
yechimini kutayotgan vazifalar yuzaga kelmoqda. Ayniqsa, O‘zbekiston
sharoitida elektron tijoratni soliqqa tortish borasidagi mexanizmlar ushbu
sohaning o‘sish sur’atlariga mos ravishda takomillashmayotgani yaqqol ko‘zga
tashlanmoqda.

Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, mavjud soliq tizimi asosan an’anaviy

iqtisodiy faoliyatni qamrab olishga mo‘ljallangan. Bunda raqamli xizmatlarning
o‘ziga xos jihatlari – masofaviylik, tezkorlik, identifikatsiyaning murakkabligi va
transchegaraviy xususiyatlari yetarlicha inobatga olinmaydi. Natijada esa
xalqaro va mahalliy onlayn platformalar faoliyatida soliq bazasining yemirilishi,
norasmiy savdolar va yengil identifikatsiya tizimlari ortidan byudjetga
tushumlar kamaymoqda. Bu holat davlat iqtisodiy xavfsizligiga ham, fiskal
barqarorlikka ham tahdid soladi.

Ushbu vaziyatdan chiqish uchun birinchi navbatda soliq qonunchiligini

raqamli iqtisodiyot talablariga moslashtirish lozim. Elektron xizmatlarga aniq


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

154

huquqiy ta’riflar berilishi, ularni soliqqa jalb etish tartiblari belgilanib, xorijiy
platformalarning

O‘zbekiston

hududidagi

faoliyati

ustidan

nazorat

kuchaytirilishi

zarur.

Bunda,

albatta,

raqamli

identifikatsiya

va

avtomatlashtirilgan monitoring tizimlarining joriy etilishi muhim ahamiyat kasb
etadi. Chunki aynan raqamli kuzatuv vositalari orqali onlayn savdo subyektlarini
real vaqt rejimida aniqlash, ularning faoliyatini ochiq-oshkora qilish, soliqqa
tortish jarayonini soddalashtirish va shaffoflikni ta’minlash mumkin bo‘ladi.

Bundan tashqari, xalqaro tajribalarni o‘rganish, jumladan, BEPS

tashabbusiga qo‘shilish orqali O‘zbekiston global fiskal axborot almashinuvi
tizimiga integratsiyalashuvi kerak. Bu esa xorijiy kompaniyalar faoliyatini ham
samarali nazorat qilish imkonini beradi. Shu bilan birga, mahalliy onlayn savdo
subyektlari uchun adolatli, tushunarli va rag‘batlantiruvchi soliq muhitini
yaratish orqali ularning norasmiy iqtisodiyotdan rasmiy faoliyatga o‘tishiga
sharoit yaratiladi.

Elektron tijoratni soliqqa tortish tizimini takomillashtirish – bu nafaqat

texnik yoki me’yoriy islohot, balki iqtisodiy taraqqiyotning barqaror poydevorini
yaratish yo‘lida tashlanadigan muhim qadamdir. Ushbu sohadagi islohotlar
davlat byudjetini mustahkamlash, adolatli raqobatni ta’minlash, raqamli
iqtisodiyotni qo‘llab-quvvatlash va soliq tizimining ishonchliligini oshirishda
muhim rol o‘ynaydi. Shu sababli, bu yo‘nalishdagi harakatlar izchil, tizimli va
ilg‘or xalqaro standartlarga asoslangan bo‘lishi shart.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

OECD (2020). Tax Challenges Arising from Digitalisation – Report on Pillar

One Blueprint. OECD Publishing.
2.

UNCTAD (2023). Digital Economy Report 2023: Cross-border Data Flows

and Development. United Nations.
3.

Davlat soliq qo‘mitasi (2024). Elektron tijorat subyektlarini soliqqa jalb

etish holati bo‘yicha tahliliy axborot. Toshkent.
4.

Moliya vazirligi (2023). O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati

istiqbollari. Toshkent.
5.

Brys, B., et al. (2016). Tax Design for Inclusive Economic Growth. OECD

Taxation Working Papers, No. 26.
6.

World Bank (2022). Digital Business Indicators and E-Commerce Taxation

in Developing Countries. Washington, DC.
7.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2024-yilgi tahrir). Toshkent:

Adliya vazirligi nashriyoti.
8.

KPMG (2021). E-Commerce Taxation Guide: Global Approaches and

Trends. [Online] Available at: www.kpmg.com


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

155

9.

PwC (2020). The Impact of Digitalization on Tax Systems in Emerging

Markets. [Online] Available at: www.pwc.com
10.

Deloitte (2022). VAT/GST Guidelines for E-Commerce Businesses. [Online]

Available at: www.deloitte.com
11.

Azizov, B. (2022). “Raqamli iqtisodiyotda soliq boshqaruvi muammolari va

yechimlar.” Iqtisodiyot va moliya jurnali, 2(4), 66–73.
12.

Bekmurodov, O. (2023). “Elektron tijorat faoliyatining soliq-huquqiy

tartibga solinishi.” Yuridik fanlar axborotnomasi, 1(1), 45–52.
13.

EY (2023). Navigating the Taxation of Digital Services in Central Asia.

[Online] Available at: www.ey.com
14.

IMF (2020). Taxing the Digital Economy: Policy Challenges and Solutions.

International Monetary Fund Working Paper.
15.

G‘ulomov, Z. (2021). “Elektron savdoni soliqqa tortish mexanizmlari:

xalqaro tajriba va O‘zbekiston uchun tavsiyalar.” Soliq va bojxona jurnali, 3(9),
27–33.

Библиографические ссылки

OECD (2020). Tax Challenges Arising from Digitalisation – Report on Pillar One Blueprint. OECD Publishing.

UNCTAD (2023). Digital Economy Report 2023: Cross-border Data Flows and Development. United Nations.

Davlat soliq qo‘mitasi (2024). Elektron tijorat subyektlarini soliqqa jalb etish holati bo‘yicha tahliliy axborot. Toshkent.

Moliya vazirligi (2023). O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosati istiqbollari. Toshkent.

Brys, B., et al. (2016). Tax Design for Inclusive Economic Growth. OECD Taxation Working Papers, No. 26.

World Bank (2022). Digital Business Indicators and E-Commerce Taxation in Developing Countries. Washington, DC.

O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi (2024-yilgi tahrir). Toshkent: Adliya vazirligi nashriyoti.

KPMG (2021). E-Commerce Taxation Guide: Global Approaches and Trends. [Online] Available at: www.kpmg.com

PwC (2020). The Impact of Digitalization on Tax Systems in Emerging Markets. [Online] Available at: www.pwc.com

Deloitte (2022). VAT/GST Guidelines for E-Commerce Businesses. [Online] Available at: www.deloitte.com

Azizov, B. (2022). “Raqamli iqtisodiyotda soliq boshqaruvi muammolari va yechimlar.” Iqtisodiyot va moliya jurnali, 2(4), 66–73.

Bekmurodov, O. (2023). “Elektron tijorat faoliyatining soliq-huquqiy tartibga solinishi.” Yuridik fanlar axborotnomasi, 1(1), 45–52.

EY (2023). Navigating the Taxation of Digital Services in Central Asia. [Online] Available at: www.ey.com

IMF (2020). Taxing the Digital Economy: Policy Challenges and Solutions. International Monetary Fund Working Paper.

G‘ulomov, Z. (2021). “Elektron savdoni soliqqa tortish mexanizmlari: xalqaro tajriba va O‘zbekiston uchun tavsiyalar.” Soliq va bojxona jurnali, 3(9), 27–33.