CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
105
DUTOR CHOLG‘U SOZINING KELIB CHIQISH TARIXI
VA HOZIRGI KUNDAGI IJRO MOHIYATI
Maxamatova Marjona
Farg‘ona davlat universiteti Pedagogika-psixologiya va
san’atshunoslik fakulteti “Cholg‘u ijrochiligi” yo‘nalishi
1-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.16742746
Annotatsiya
Mazkur maqolada o‘zbek xalqining milliy musiqa san’ati, O‘rta Osiyo
xalqlari musiqa madaniyati, o‘zbek milliy cholg‘u asboblaridan biri bo‘lgan
dutorning kelib chiqishi, tarixi, tuzilishi, ijrochilik an’analari va uning o‘zbek
musiqiy madaniyatidagi o‘rni yoritilgan. Dutorning xalq hayotidagi ro‘li, uni
chalish usullari haqida ma’lumotlar beriladi. Maqola musiqashunoslar,
san’atshunoslar va milliy cholg‘ularni o‘rganuvchilar uchun amaliy qo‘llanma
sifatida xizmat qiladi.
Kalit so‘zlar
: cholg‘u, dutor, qochirim, kashish, miyang‘ nolish, molish,
tebratish, mordent, O‘rta Osiyo, professional musiqa, Fisog‘urs
Аннотатция
В данной статье освещаются узбекское народное музикальное
искусство, музикальная культура народов Средней Азии, происхождение,
история, строение и исполнительские традиции дутары - одного из
узбекских национальных музыкальных инструментов, а также его роль в
узбекской музыкальной культуре. Представлены сведения о значении
дутары в жизни народа и способах игры на нем. Статья служит
практическим
пособием
для
музыковедов,
искусствоведов
и
исследователей национальных музыкальных инструментов.
Ключевые слова:
музикальный инструмент, дутар, вибрация,
“кашиш”, “миянг нолиш”, “молиш”, орнамент, мордент, Средняя Азия,
профессиональная музыка, Фисогурс
Abstract
This article highlights the national musical art of the Uzbek people, the
musical culture of Central Asian nations, as well as the origin, history, structure
and performance traditions of the dutar – one of Uzbekistan’s traditional
musical instruments and its role in Uzbek musical culture. It provides
information about the dutar’s importance in people’s everyday life and its
playing techniques. The article serves as a practical guide for musicologists, art
historians and researchers studying national music instruments.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
106
Key words:
musical instrument, dutor, “qochirim”, “kashish”, “miyang
nolish”, “molish”, vibration, mordent, Central Asia, professional music, Fisogurs
Musiqa ko‘plab asrlar davomida insonga hamroh bo‘lib, uning mehnat
faoliyatini, turmushini, his-tuyg‘usi hamda kechinmalarini, o‘y-fikrlari va orzu-
umidlarini aks ettirib kelgan. Insoniyat jamiyatining umumiy rivojlanishi hamda
biron-bir xalqning aniq tarixiy turmush sharoitiga muvofiq holda uning musiqasi
rivojlangan. Har bir xalqning boy mazmuni, janr va badiiy obrazlar xilma-xilligi,
ohang xususiyatlarining o‘ziga xosligi, ritmikasi va melodikasi paydo bo‘lishi,
o‘ziga xos musiqa asboblari yaratilishi bilan farqlanuvchi jozibador musiqa
asarlari behisob. O‘zbek xalqining ko‘hna va boy musiqa madaniyati asrlar osha
qudratli ma’naviyat manbai bo‘lganligi o‘tmish tarix zarvaraqlaridan ma’lum.
Binobarin, milliy qadriyatlarni ajoyib an’analari ila o‘zida mujassam etgan
an’anaviy
musiqamiz
xazinasi
hanuzgacha
badiiy-estetik
qiymatini
yo‘qotmasdan kelmoqda. Ma’lumki, Markaziy Osiyo qadim-qadimdanoq
madaniyat o‘chog‘i, ilm-fan rivoj topgan zamin sifatida ma’lum va mashhur edi.
Bu yerda yetishib chiqqan buyuk olimlar jahn fani, me’morchiligi, adabiyoti va
san’ati rivojiga katta hissa qo‘shib kelganlar. Musiqa ravnaqida ham ana shu
insonlarning ulushi beqiyos. Markaziy Osiyo xalqlari musiqa madanaiyati kata
tarixiy yo‘lni bosib o‘tdi, shuning uchun har bir davrda ularning janrlar tarkibi,
ijro madaniyati rivojlanib, ular asosida yangi namunalari yuzaga kelgan. “XX
asrda an’anaviy musiqa va ijrochiligi bizning davlatimizda va umuman, mintaqa
davlatlarida ham yangi zamonaviy musiqa ijodiyoti, keyinroq yangi
madaniyatini yuzaga kelishiga asosiy omil sifatida xizmat qilib kelmoqda. O‘zbek
xalqining cholg‘u asboblari bag‘oyat rang-barang, ular mavjud cholg‘u
asboblarining deyarli barcha tiplarini o‘z ichiga oladi”.
1
Qadimdan shunday
bo‘lganki, an’anaviy o‘zbek musiqasida – vokal musiqada ham, cholg‘uda ham bir
ovozli, ya’ni unison ijrochilik yaratilgan. Xalqning musiqiy madaniyati yuksalib
borgani sari cholg‘u asboblari ham asta-sekin boyib borishi ma’lum, ayrim sozlar
yangilanishi tufayli asrlar davomida saqlanib kelgan bo‘lsa, boshqalari davrning
yuksak talablariga javoban takomillashgan. Milliy cholg‘u asboblari, ayniqsa, XX
asrning 20-30- yillarida jadal rivojlangan. Yozma manbalar hamda arxeologik
ma’lumotlar dalolat berishicha, O‘rta Osiyoda bundan ikki ming yildan ziyod
vaqt avval hozir ishlatilayotgan cholg‘u asboblarining bevosita ajdodlari bo‘lgan
bir muncha mukammal hamda rang-barang tarqalgan. Cholg‘uda ijro etiladigan
kuyda yuksak ijodiy yutuqlar, shuningdek butun musiqa san’ati uslubining
muayyan tarixiy vaqt oralig‘idagi muhim xususiyatlari gavdalangan. O‘rta Osiyo
1
H.Hamidov. “Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o‘rta asrlar san’ati tarixidan”. Toshkent 1995-yil.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
107
cholg‘u asboblari butun Sharq bo‘ylab tarqalgani haqida ko‘plab faktlar dalolat
beradi. Misol qilib aytadigan bo‘lsak, O‘rta Osiyo xalqlarining turmushi va urf-
odatlarini, kuy va raqs jo‘rligida ijro etiladigan turli xalq marosimlarini
tavsiflovchi Sharq yilnomalarida cholg‘u asboblarining xilma-xilligi haqida gap
boradi. Musiqiy tilga, uning ohang-parda xususiyatiga aynan qadimda asos
solingan, cholg‘u asboblarining asosiy tarkibi hamda soz turlari belgilangan,
ko‘hna xususiyatlarini hozirga qadar salab kelgan va bizgacha yetib kelgan xalq
yakkanavoz xalq professional musiqasi rivojlanishi uchun negiz yaratilgan.
Har bir kashfiyot ilmiy- ijodiy izlanishdan boshlanib, uzoq muddatli
yaratilish jarayoni natijasidan kelib chiqib kuzatiladi va so‘ng tadqiqot qilinadi.
Bunday jarayonlar yillarni, kerak bo‘lsa, asrlarni qamrab oladi. Yuksak namuna
amaliy foydalanishda an’anaga aylanmas ekan, keng miqyosada qabul qilinmas
ekan u xalq mulki, milliy iftixori darajasiga ko‘tarilmaydi. Dutor - o‘zbek xalqi
ma’naviyatining tayanchi. Shu bois uzoq o‘tmishdan nola-yu sadolari bilan
qalbimizni to‘lqinlantirib, inson ruhiga madad berib keladi. Tarixiy yozma
manbalarda bayon etilishicha, dutor dastlb XV asrda ilk bor tilga olinadi. O‘z
asrining musiqashunos allomasi Zaynulobiddin al-Husayniyning “Qonuni ilmi va
amali musiqiy” risolasida dutor
2
haqida ma’lumotlar zikr etilgan. Risolada
tasvirlangan cholg‘u sozi zamonaviy dutordan unchalik farq qilmaydi. Mavjud
farqni esa asosan dutorlarning shakllanishida ko‘rish mumkin. Xususan,
cholg‘uni dasta qismi qisqaroq bo‘lib, kosasi zamonaviy dutorga nisbatan
kattaroq bo‘lganligi qayd etiladi. Dutor va uning tarixi, yaratilish jarayoni,
ommalashish davrlari xususida ham qator rivoyatlar mavjud. Sharqning buyuk
allomasi Fisag‘ursning ilk cholg‘uni yaratishga turtki bo‘lgan rivoyatini
musiqashunos olim Is’hoq Rajabov “Maqomlar masalasiga doir” risolasida
keltiriladi.
3
Bir kuni Fisag‘ursning tushida bir mo‘ysafid uning boshiga kelib shunday
deydi: “Sen ertaga barvaqt turib, kaddof (paxta tituvchi)lar bozoriga borgil. U
yerda senga hikmat sirlaridan biri namoyon bo‘ladi”. Fisag‘urs ertalab kaddoflar
rastasiga boribdi va u yerda hech narsani tushunmay qaytib kelibdi. Mo‘ysafid
shu kuni kechasi tushiga yana kirib, kecha aytgan gapini takrorlabdi. Fisag‘urs
uyg‘onib, ikkinchi marta bozorga borganida, paxta tituvchilar yoyining ipidan
chiqayotgan tovush uning diqqatini jalb etibdi. Fisag‘ursning ko‘ngliga bir fikr
kelibdi va u yerda yotgan ot dumining tolasini olib, bir uchini tishlab, ikkinchi
uchini qo‘li bilan tortib turib chertgan ekan mayin va yoqimli bir ovoz eshitilibdi.
Keyinchalik Fisag‘urs qilni ipak ipga almashtiribdi. So‘ng, shu ipni taqib
2
I.Toshpo’latova. “An’anaviy cholg’u ijrochiligi”. Toshkent 2018-yil. “Musiqa” nashriyoti. 87-bet.
3
I.Toshpo'latova “An’anaviy cholg'u ijrochiligi”. Toshkent 2018-yil. “Musiqa” nashriyoti.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
108
chalinadigan torli cholg‘u asbobi yaratish ustida mulohaza yurita boshlabdi.
Kunlarning birida Fisag‘urs hakim tog‘ tomon yo‘l olibdi. Tog‘ning etagida kuchli
shamol esib, qandaydir hushtak ovozi eshitilibdi. U yoq bu yoqqa qarab, ichi
kovak bo‘lib, bo‘shab qolgan toshbaqa kosasiga ko‘zi tushibdi. Uning bosh, qo‘l,
oyoq, dumi chiqib turadigan teshiklaridan o‘tayotgan shamol shunday tovush
hosil qilayotganini anglabdi. “Bir narsaga yarab qolar”, deb uni yerdan olibdi.
Keyinroq toshbaqa kosasidagi eng katta teshikka dasta o‘rnatibdi va unga ip
taqib, shala boshlabdi. Bu tovush chiqaruvchi asbob dastlab juda soda va oddiy
bo‘lgan ekan. Insonlar uni o‘zaro “barbat” deya atay boshlashgan.
Fisag‘ursdan keying davrda yashagan musiqachilar yoqimli ohang
taratuvchi mazkur cholg‘uni takomilllashtirdilar va uning asosida 2-3-4 torli
musiqa cholg‘ulari yaratdilar. Bundan tashqari, endilikda bizlar “dutor” deb
biladigan cholg‘uning mungli nolasini eshitib g‘azabidan tushgan podshohlar
haqida ko‘plab rivoyatlar ham mavjud. Bularning hmmasini dutorning xalq
orsida keng tarqalgani, hayot bilan hamnafas bo‘lganidan darak beradi, albatta.
XIX asrda O‘rta Osiyoga ekspeditsiya uchun kelgan olimlar, tadqiqotchilar,
o‘lkashunos va etnograflar musiqa mahalliy aholining qon-qoniga singib
ketganligini qayd qilib o‘tadilar. Deyarli har bir o‘zbek xonadonida dutor sozini
ko‘rish mumkinligi va u O‘rta Osiyo xalqlarining eng sevimli cholg‘u sozi
ekanligini yozib, o‘z kundaliklarida hamda ilmiy risolalarida bayon etganlar.
Dutor Markaziy Osiyoning o‘zbek, tojik, turkman va uyg‘ur xalqlari orasida
keng tarqalgan cholg‘ulardan biridir. O‘lkamizning musiqa sozlari orasida dutor
o‘zining mayin, xonaki tovushi bilan alohida ajralib turadi. Ayni paytda bizning
Respublikamizda dutor ijrochiligi to‘rt asosiy lokal uslubga bo‘linadi. Bular:
Xorazm, Samarqand-Buxoro, Qashqadaryo-Surxondaryo va Farg‘ona–Toshkent
uslublaridir. Bu uslublar ichida Xorazm va Farg‘ona-Toshkent mahalliy yo‘llari
alohida ajralib turadi.
4
Nafaqat folklor va klassik san’atida, balki ijrochilikda shu
vohalar cholg‘u sozining tuzilishi va ijro etilishida o‘ziga xos xususiyatlar bilan
bir-biridan faqr qiladi. Dutor turlari haqida so‘z yuritadigan bo‘lsak, tarixiy
rivojlanish jarayonida turkman, tojik, uyg‘ur, xorazm, o‘zbek dutorlari
shakllangan. Bular tuzilishi jihatidan unchalik farqlanmasa-da, har holda
ko‘rinishi, torlari bilan bir- biridan biroz ajralib turadi. Masalan, uyg‘ur va tojik
dutorlarining bir-biriga o‘xshashlik tomonlari shundaki, ularning kosasi
turkman va xorazm dutoriga nisbatan birmuncha kattaroq bo‘ladi. Odatda
turkman dutoriga metalldan yasalgan sim taqiladi. Tojik dutorlarining ayrimlari
o‘zbek dutoriga o‘xshaydi. Ular kosasining o‘rtacha hajmi bilan bir-biriga yaqin
4
O.Matyoqubov. “Xorazm dutor maqomlari va olti yarim maqomi”. Toshkent 2018-yil. “Yangi asr avlodi” nashriyoti.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
109
turadi. Shuni alohida qayd etish lozimki, O‘zbekistonning o‘zida han dutorlar
azaldan ikki xil yasalgan, ya’ni erkaklar dutori va ayollar uchun mo‘ljallangan
dutorlar. Erkaklar dutorining kosasi kattaroq, dastasi esa uzunroq bo‘ladi.
Ayollar dutorlari aksincha, kosasi kichikroq va dastasi ham nisbatan qisqa,
ayollarga yarashadigan va nozikroq qilib mohir soz ustalari tomonidan yasaladi.
Vohalar va turli xalqlarga xos dutorlarning ko‘rinishi ijro an’analariga ham ta’sir
etishi muqarrardir. Shu nuqtayi nazardan biz o‘zbek, turkman, xorazm dutor
ijrochiligi maktablari shakllanishini ko‘rishimiz mumkin. Dutor hatto yirik
asarlarning yaratilishiga ham asos bo‘lganligini qayd etish joizdir.
Dutor ijrochiliging jozibasi – rang-barang zarblardan hosil bo‘ladigan
sadolarni turli bezak va jilolar bilan bezashdir. Shu bois dutorga xos bezak,
qochirimlar an’anaviy ijrochilikda munosib o‘rin olgan. Ular sozandalar orasida
qochirim, kashish, miyang‘, molish, nolish, to‘lqinlantirish kabi iboralar bilan
ataladi. Har bir bezak o‘z ko‘rinishi, ijro uslubi va shunga xos jozibali sadosiga
egadir. Ularni mahorat bilan amalga oshirish uchun ijro texnikasini o‘zlashtirish
lozim. Qochirim – an’anaviy musiqa ijrochiligida oddiy va murakkab jilolar
turlariga kiradi. Odatda bu bezaklar barchaga ma’lum forshlag, trel, mordentlar
kabidir. Kashish- ushbu o‘ziga xos bezakni dutorda ijro etishda chap qo‘l
barmoqlari pardada vertikal holda joylashadi va torlar pardada yarim tongacha
ezilib, yuqoriga ko‘tariladi. Natijada dutor nolishida miyang‘ ovoz harakatidagi
ovoz hosil bo‘ladi. Kashishlar shartli ravishda ikkiga bo‘linadi, yarim tongacha
bo‘lgan kashish, yarim tondan ko‘p bo‘lgan kashish. To‘lqinlantirish - bu bezak
deyarli barcha xalq kuylari va ashula yo‘llarini ijro qilishda qo‘llaniladi. Chap qo‘l
barmog‘ini pardaga bosib, o‘ng qo‘lda zarb urilgandan so‘ng, barmoqlarnig
o‘zida torni vertikal holda bosib titraatish yo‘li bilan hosil qilinadi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, an’anaviy dutor ijrochiligi naqadar sehrli, jozibador
hamda turfa xildir. Unda bir necha an’analar, sanoqsiz bezak va jilolar, behisob
ohanglar tarovati mujassamdir. Dutor - o‘zbek xalqining an’anaviy boyligi va
musiqa san’ati rivojida bebaho merosdir. Uni o‘rganish va yosh avlodga
yetkazish milliy o‘zlikni saqlash, rivojlantirishda muhim o‘rin tutadi. Shu bois
dutor san’atini ilmiy asosda o‘rganish, ustoz-shogird an’analarini davom ettirish
va yangi ijrochilarni tayyorlash davlatimizning madaniy siyosatida alohida o‘rin
egallaydi
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. H.Hamidov. “Markaziy Osiyo xalqlarining ilk o‘rta asrlar san’ati tarixidan”.
Toshkent 1995-yil.
2. A.Tashmatova. “Ijrochilik san’ati tarixi”. Toshkent 2017-yil.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
110
3. I.Toshpo‘latova. “An’anaviy cholg‘u ijrochiligi”. Toshkent 2018-yil. “Musiqa”
nashriyoti.
4. O.Matyoqubov. “Xorazm dutor maqomlari va olti yarim maqomi”. Toshkent
2018-yil. “Yangi asr avlodi” nashriyoti.
5. O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi “O‘zbek xalq cholg‘ulari” bo‘limi. Toshkent
2001-yil.
6. Fitrat “O‘zbek klassik musiqasi va uning tarixi”. Toshkent 1993-yil.
O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi “Fan” nashriyoti