CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
DOSTONDAGI HIKOYALARDA FOLKLOR MOTIVLARINING
TUTGAN O'RNI.
Anisbekova Dilfuza Maxammdumar qizi
Respublika Chimgan bolalar Silga qarshi kurashish sanatoriyasi qoshidagi
maktab Ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.13347065
Alisher Navoiy "Xamsa"sini tashkil etgan asarlar o'rtasida "Sab'ai sayyor"
dostoni alohida ajralib turadi. Shoir bu asarini qadimgi Sharq adabiyotida uzoq
tarixga ega bo'lgan Bahrom Go'r afsonalari tarixda o'tgan va yozma adabiyotdagi
Firdavsiy, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Ashraf Marog'iy, Jamoliy,
Kotibiy Turshiziy asarlari an'analarini davom ettirib yangi, mustaqil syujet, g'oya
va obrazlarga ega bo'lgan asar yaratdi. Qoliplovchi Bahrom va Dilorom hikoyasi
ichida 7 musofir sarguzashtlari xuddi folklor asarlaridek nihoyatda qiziqarlidir.
"Sab'ai sayyor"ning g'oyaviy-badiiy to'qimasida yetti hikoya nihoyatda
keng va katta o'rin tutadi. Shunga ko'ra ham Navoiy:
Lutf bu nazm aro bag'oyatdur,
Faraz ammo yeti hikoyatdur,
degan edi. Bu hikoyalar xalq og'zaki ijodi an'analari asosida yaratilgan.
Chunki, har bir darvesh-musofirlarning hikoyalarida folklor asarlaridan ertaklar,
afsonalar, rivoyatlarning motivlari ko'rinib turadi.
"Sab'ai sayyor" dostoning 19-bobida yetti qasr qurilib bitkazilgani va
yetti iqlim (mamlakat) shohlari qizlarining u yetti qasrda Bahrom bilan
nikohdan o'tganlari va haftaning har kuni Bahrom bir qasrda suhbat qurgani
haqida gap boradi.
Bahrom qasrlarni aylanib "ishq savdosi" ni unutadi. Endi u yetti
mamlakat malikalariga uylanishi kerak. Bu asarda shunday keltiriladi:
Sur dasturi topti chun tarvij,
Shoh ila topti mohlar tazvij.
Mazmuni: To'y-tomosho avjiga chiqib, mohlar(go'zallar) shoh Bahromga
nikohlandilar. Vaqtshunoslar, (kunnig shrofatini aniqlovchi) ya'ni olimlar yahshi
vaqtni aniqlashga kirishdilar.
Tongla shanba kuni munosibdur,
Kim, kavokib sharafg'a kosibdur.
Mazmuni: yulduzlar sharofatli kun bo'lishidan darak berdilar. Shanba
kuni-Sharqda haftaning birinchi kuni hisoblangan. Keyingi kunlar esa,
shanbadan so'nggi birinchi kun(yakshanba), ikkinchi kun (dushanba) tarzida
davom etgan.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
63
Sarlavhadagi qoralik ma'nosini snglatuvchi mushkfom libos, mushkin
gunbad, mushkbo' g'azol, mushkin boda, dudi qaro, shom so'zlari ketma-ket
ishlatilgan va shohning firoq dardida o'rtanayotgan kayfiyatini ifodalash vositasi
sifatida qo'llanilgan. Bu tanosub san'atining eng yahshi namunasidir.
Navoiy qasrlar tusi va sirasini aynan Nizomiy va Xusrav Dehlaviy
dostonlaridagidek saqlab qoladi:
Birinchi hikoya - shanba - qora qasr;
Ikkinchi hikoya - yakshanba - sarig' qasr;
Uchinchi hikoya - dushanba - yashil qasr;
To'rtinchi hikoya - seshanba - gulgun qasr;
Beshinchi hikoya - chorshanba - Nilufar qasr;
Oltinchi hikoya - payshanba - sandal tusli qasr;
Yettinchi hikoya - juma - oq qasr;
Yetti darvesh-musofirlarning tilidan aytilgan Navoiy hikoyalari tamomila
go'zal hikoyalar bo'lib, ular xalk og'zaki ijodi ertak va afsonalari asosida
yaratilgan. Ular sevgi va vafo, do'stlik va sadoqat, himmat va saxovat, mardlik va
qahramonlik, donishmandlik va ijodkorlik kabi masalalarga bag'ishlanadi.
Ularda real hayot lavhalaridan tortib fantastik manzaralarga qadar, oddiy
turmush voqealaridan tortib kishini esankiratuvchi xayoliy sarguzashtlarga
qadar ko'rish mumkin. Shoirning keng fantaziyasi Movarounnahr, Xuroson,
Ajam, Hindiston, Sarandib(orolining qadimgi nomi), Misr, Rumo, Yaman va
boshqa-boshqa o'lkalarga, poyonsiz sahrolarga, to'lqinli dengizlarga, sehrli
jaziralarga parvoz qiladi, turli o'lka, e'tiqod, ijtimoiy guruh va kasb-korga ega
bo'lgan kishilar obrazini, xilma-xil xarakterlarni yaratadi. Barcha hikoyalar
keskin konflikt asosiga quriladi, konfliktlarning mohiyati turlicha, biroq ularning
markazida hammasiga xos bo'lgan yetakchi konflikt - yaxshilik, ezgulik bilan
yomonlik, yovuzlik o'rtasidagi kurash turadi. Xalq og'zaki ijodi asarlarida
bo'lganidek, hikoyalardagi konflikt yaxshilikning yomonlik ustidan galaba
qozonishi bilan hal bo'ladi, kitobxonning ko'z o'ngida yovuz kuchlarni, dengiz
to'lqinlarini, tilsimlarni va boshqa-boshqalarni yengib chiquvchi botirlar,
pahlavonlar, olijanob kishilar obrazi gavdalanadi. Shoir har bir hikoyaning
mazmuni bilan shartli tashqi belgilarni (qasrlarning tusi, hikoyachi va
tinglovchilarning libosi va boshqalar) bir-biriga uyg'unlashtiradi, ularni o'zaro
uzviy bog'laydi. Rassom mo'yqalami bilan ishlaganidek, turli-tuman peyzaj,
original badiiy usullar va xilma-xil til vositalari hikoyalarning husniga husn
qo'shadi, bir-biridan qiziqarli qiladi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
64
Bular barcha hikoyalarga xos umumiy xususiyatlar bo'lib, endi biz
alohida-alohida hikoyalarga o'taylik.
20-bobda, shanba kunida Bahrom qora kunini tunga ulagani haqida
hikoya qiladi.
Qora shol ichra o'ylakim zulmot,
Xizrdek no'sh qildi obihayot.
Bo'lubon buyla holidin ogoh,
Qisvatig'a tatabbu'ayladi shoh.
Chunki shah xil'ati qaro bo'ldi,
Qora kiymak ulus aro bo'ldi.
Qora rang elga toji torakdur,
Qim bu rang ichradur, muborakdur.
Hikoyaning boshlanishidan oldin qora rang Bahrominig Diloromdan
judolik kunlari, motam, azadorlik ramzi sifatida qo'llangan bo'lsa, hikoya oxiriga
kelib, an'anaga zid holda qora rangning boshdagi toj ekanligini, ya'ni boshdagi
sochning qoraligi insonning baxtiyorligidan, yoshligidan darak beruvchiligini
ta'kidlash bilap tugallanadi, "Sochning qoraligi navqiroilik belgisi. Navqironlik
esa, muborak - qutlug'likning o'zi"
Shanba. Qora qasr. Hijron dardi bilan qalbi zim-ziyo bo'lgan Bahrom qora
libosda. U qora libos kiygan hind go'zali bilan mushkin may ichadi. Biroq
mushkin may ham uning qora qayg'usini tarqatolmaydi butun kuni qora tundek
o'tib, kech kiradi, shom qorong'isi cho'kadi. Bahrom uyqusiz. Ehtimol, afsona kor
qilar deb, bir musofirni chorlab keladilar. Birinchi iqlim hikoyasi sevgi, sahovat,
sadoqat, qissasidir.Unda bir yigitning tushida ko'rib, sevib qolgani, u Halabda
ekani haqidagi rivoyatdir. Qora libos kiygan sarandiblik musofir shahzoda
Farrux va saxiy Axiyning kechmish qora kunlari haqida hikoya aytadi.
Sarandibda Jasrat(jasoratli degani)xon degan odil bir podsho bo'lar ekan.
Uning o'g'li shahzoda Farrux bir go'zalni tush ko'rib, oshig'u beqaror bo'libdi.
Yorni izlab avval Quddusga, yerdan Halab (Siriyadagi shahar)ga yo'l olibdi. Biroq
darak topolmabdi, hamrohlarini qaytarib o'zi bir qora palos kiyib, vayrona
go'shada tunab qoladigan bo'libdi. Halabda Axiy degan bir saxiy bo'lar ekan, u
beva-bechoralarga, musofirlarga kiyim-kechak berar, dasturxondorlik qilar
ekan. Axiy Farruxga duch kelib, uni uyiga olib boribdi, Farruxning bir go'zalni
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
65
tush ko'rib, unga oshiq bo'lgani ma'lum bo'libdi. Ammo bu go'zal Axiyning xotini
bo'lib chiqibdi.Muruvvatli el qoidasiga ko'ra olijanobligi ustun chiqib, Axiy xotini
taloq qilib Gulchehrani Farruxga nikohlab beribdi. Yo'lda Gulchehraning Axiy
xotini ekanini bilgan Farrux o'z yori Axiyga sadoqatli ekaniga ishonib, unga uka
sifatida og'a tutinibdi, ko'p o'tmay Axiynnng ishlari kasodga uchrabdi,
dushmanlarining giybati bilan podsho tomonidan mol-mulki musodara qilinib,
o'zi zindonga tashlanibdi. Axiyning begunohligini bilgan zindonbon uni
qochiribdi. Axiy Farruxdan olib qolgan qora palosni yopinib, Halabdan chiqib
ketibdi. Ko'p kechmishlardan so'ng u seylon orolining eski nomi - Sarandibga
kelibdi. Axiyning saxiylik odatini o'ziga rasm qilib olgan Farrux bir vayrona
go'shada yotgan Axiyga duch kelibdi, uni saroyiga olib borib, shohona ziyofat
qilib, Gulchehrani Axiyga qayta nikohlab beribdi. Qora kunlarning nishonasi
sifatida Axiy qora palosini tashlamabdi, undan ibrat olib Farrux, keyin boshqalar
ham qora kiyadigan bo'lib qolishibdi.
"Sab'ai sayyor" dostonida hikoya qahramonlarining nomi ularning ichki
ruhiy alami va tashqi ko'rinishiga ("Oti Farrux, Jamoli Forxunda, ya'ni husndor,
bahtiyor ma'nosida") qarab atalgan ismi jismiga monand etib tanlangan.
Dostondagi Dilorom, Sa'd, Mas'ud, Muqbil, Mudbir kabilar shular jumlasidandir.
Bu hikoyada uch asosiy obraz berilgan: Farrux, Axiy, Gulchehra. Farrux -
shahzoda. Biroq u mansabiga, shohona ishratga berilgan shahzodalardan emas.
Farrux xuddi Farhod kabi yoshlik chog'idan boshlab ilm-fanga, turli hunarlarga
berilib ketadi, olijanob fazilatlarga ega bo'ladi. Otasi taxtini taklif qilganda
oqibatli Farrux uni odob va donolik bilan rad etadi. Farrux mard, irodali,
kishilarga mushfiq yigit. U insof va adolat yo'lida o'z shaxsiy manfaatlarini
qurbon qilishga tayyor bo'lgan tanti kishi. Farrux juda ko'p mashaqqatlar chekib
tush ko'rgan go'zalning visoliga erishadi. Biroq bu go'zal Axiydek qalbi ulug' bir
kishining xotini bo'lib chiqadi. Farrux olijanoblik qiladi, aqli va irodasi ehtirosni
yengadi. U Gulchehrani eson-omon Axiyga qaytaradi. Axiyning og'ir kunlarida
unga madadkor bo'ladi. Farrux el-yurtning farovonligi uchun kurashadi, u
Axiydek beva-bechoralarga, musofirlarga mushfiqlik va chorasozlik qiladi.
Navoiyning bu dostoni ham boshqa asarlari kabi keng kitobxonlarga
manzur bo'lib kelmoqda. Bu doston O'rta Osiyo, Kavkaz, Turkiya, Eron va
boshqa o'lka xalqlari orasida ham shuhrat topgan, u qadim zamonlardayoq
gruzin tiliga erkin tarjima qilingan, boshqa xalqlar adabiyotida ham ma'lum iz
qoldirgan edi. Navoiyning bu dostoni o'zbek xalq og'zaki ijodi va yozma
adabiyoti an'analari rivojiga ham samarali ta'sir etdi. Xalq ijodchilari "Bahrom-
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
66
Gulandom" dostoni variantlarini yaratganlaridek, XVIII asrning ikkinchi yarmida
yashagan shoir Sayqaliy ham "Bahrom va Gulandom" dostonini yozgan edi.
"Sab'ai sayyor" dostoni Istiqloldan oldingi yillarida keng xalq ommasiga yanada
yaqindan ma'lum va manzur bo'lib kelmoqda. Navoiy dostonining beshinchi
hikoyasi asosida "Mehr va Suhayl" baleti yaratilgan bo'lsa, Bahrom va Dilorom
hikoyasi motivlaridan foydalanib (yangicha kompozisiya va yangicha obrazlar
talqini bilan), dramaturg Komil Yashin "Dilorom" operasining librettosini
yaratdi.
Adabiyotlar:
1.
А.Навоий. Мукаммал асарлар тўплами. 10 том, "Фан", 1992.
2.
А.Қаюмов. Асарлар. 3 жилд, "Mumtoz so'z", 2009, 322-334 б.
3.
Н.Маллаев. Навоий ва халқ оғзаки ижоди.
4.
Н.Маллаев.Сўз санъатининг гултожи. "Ғофур Ғулом", 1991, 89-116 б.
5.
О.Мадаев. Навоий суҳбатлари. "Ўқитувчи", 2018, 189-204 б.
6.
Ш.Сирожиддинов. Алишер Навоий ақидалари. 2018, "Навоий
университети"