Авторы

  • Maysara Eshniyazova
    Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53609

Ключевые слова:

badiiy ijod nasr nazm lirik qahramon shoir nosir badiiy maqsad.

Аннотация

O‘zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari safiga qo‘sha olgan betakror iste’dodlardan biri Alisher Navoiy nasr va nazmda birday qalam tebratgan ijodkor edi. Uning nasriy usulda yozilgan asarlarida nazmning mahorat bilan uyg‘unlashtiriliganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ushbu maqolada Alisher Navoiyning shu boradagi mahorati va salohiyati haqida mulohazalar bayon qilinadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

ALISHER NAVOIYNING IRFONIY-TASAVVUFIY ASARLARIDA NASR

VA NAZM SINTEZI MASALASIGA DOIR

Eshniyazova Maysara Beknazarovna

Samarqand davlat universiteti mustaqil izlanuvchisi

https://doi.org/10.5281/zenodo.13231611

Annotatsiya

: O‘zbek mumtoz adabiyoti jahon adabiyoti durdonalari safiga

qo‘sha olgan betakror iste’dodlardan biri Alisher Navoiy nasr va nazmda birday
qalam tebratgan ijodkor edi. Uning nasriy usulda yozilgan asarlarida nazmning
mahorat bilan uyg‘unlashtiriliganiga guvoh bo‘lish mumkin. Ushbu maqolada
Alisher Navoiyning shu boradagi mahorati va salohiyati haqida mulohazalar
bayon qilinadi.

Kalit so‘zlar:

badiiy ijod, nasr, nazm, lirik qahramon, shoir, nosir, badiiy

maqsad.

Alisher Navoiy mumtoz adabiyotimizda rang-barang mavzularda qalam

tebratgan mutafakkir ijodkordir. Ulkan iste’dod sohibi Hazrat Navoiy nasr va
nazm ijod qilish bo‘yicha birday iqtidor sohibidir. U zotning turkiy tilda
yaratilgan diniy-tasavvufiy asarlari nasr va nazmdan foydalanish borasida bir xil
emas. Bunday mavzudagi asarlarni yaratilish usuliga ko‘ra, avvalo, uch guruhga
bo‘lish mumkin:

1) she’riy yo‘lda yaratilgan asarlar – “Siroj ul-muslimin”, “Lison ut-tayr”;
2) she’riy-nasriy usulda yaratilgan asarlar – bunda ham ikki holat alohida

ko‘zga tashlanadi: a) nasriy qism mavjud, lekin she’riy usul yetakchilik qilgan
asarlar: “Nazm ul-javohir”, “Arba’in”; b) she’riy qism mavjud, lekin nasriy usul
yetakchilik qilgan asarlar: “Vaqfiya”, “Nasoyim ul-muhabbat”, “Mahbub ul-
qulub”, “Tarixi anbiyo va hukamo”, shuningdek, “Xamsat ul-mutahayyirin”,
“Holoti Sayyid Hasan Ardasher”, “Holoti Pahlavon Muhammad”, “Munshaot”;

3) nasriy yo‘lda yozilgan asarlar – “Munojot”.
Ushbu asarlarning barchasida – u xoh nasriy, xoh nazmiy usulda yaratilgan

bo‘lsin – muallifning irfoniy-tasavvufiy qarashlari, aksariyatida hamd va na’tlar,
munojot va manqabatlar orqali bo‘lsa-da, keltirilgan. “Tarixi muluki ajam”,
“Majolis un-nafois”, “Mezon ul-avzon”, “Muhokamat ul-lug‘atayn” kabi asarlar
garchi ilmiy yo‘nalishda yaratilgan bo‘lsa-da, ulardagi she’riy parchalar ham
irfoniy g‘oyalar ifodasidan xoli emas.

Alisher Navoiyning turkiy tildagi nasriy asarlarida nazm namunalari turli

o‘rinlarda, har xil badiiy maqsadlarda, xilma-xil janr va hajmda, mavzuga
mutanosib holatda qo‘llangan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

“Navoiy nasrida keltirilgan lirik sheʼrlarning har biri tugallangan

mazmunga ega boʻlib, adib nasriy merosini yaxlit oʻrganish imkoniyatini beradi”,
- deydi Navoiy nasriy asarlaridagi sheʼrlarning janr tarkibi va badiiy
xususiyatlari haqida tadqiqot olib borgan S.Abdurahmonova [1-13]. Biroq nasriy
usulda yozilgan asarlardagi she’riy parchalarning tugallangan mazmunga ega
deyilishi har doim ham to‘g‘ri bo‘lavermaydi. Chunki, tadqiqotchi
ta’kidlaganidek, ko‘pgina she’riy parchalarni asosiy matndan alohida ajratib
olganda ham tugal mazmunga ega bo‘lsa, ayrim parchalarning ma’no-mazmuni
matn bilan uzviy bog‘liqki, ularni alohida ajratib olganda, Navoiy nazarda tutgan
fikrlar o‘quvchiga anglashilmay qoladi. Masalan, “Mahbub ul-qulub” asarida
“Anga molining hifzi ranj-u ano, Munga fe’lining zishti dar-u balo” degan bayt
keltirilgan. Agar ushbu bayt nasriy matndan ajratib olinsa, muallifning maqsadi
o‘quvchi uchun mavhum bo‘lib qoladi: kimga molining himoyasi qiyinchilik
keltiradi-yu, kimga fe’lining yomonligi dard-u balo? Ushbu she’riy parcha 38-
tanbehda keltirilgan va undagi nasriy qismda “Baxilning molin asrardin mehnati
qatig‘ va hasudning fe’li uyotidin ayshi achig‘kim, ul o‘z anosidin zalildur va bu
o‘z qilig‘idin alil” [4-514] degan matn keltiriladi. Shunga ko‘ra bayt tahlil qilinsa,
endi uning ma’nosi oydinlashadi: demak, gap baxil va hasargo‘ylar haqida
bormoqda, birinchi misrada baxilning, ikkinchi misrada esa hasadgo‘yning ruhiy
holati va achinarli taqdiri haqida hukm chiqarilgan.

Demak, nasr va nazm o‘zaro uyg‘un. Navoiy jumlalarni tuzishda va she’riy

shakllarni ilova qilishda ham o‘z mahoratini namoyish etgan ijodkordir.

“Vaqfiya”, “Nazm ul-javohir”, “Tarixi anbiyo va hukamo” asarlaridagi

ko‘pgina she’rlar ma’noviy mustaqillikka ega. Ayrimlarida muallif fikrini nasriy
matnsiz ham anglash mumkin, matn bilan ma’no-mazmuni yanada to‘liqroq
ochiladi. (Ishning hajmini hisobga olib, yuqoridagi misol tahlili bilan
cheklanamiz). “Tarixi anbiyo va hukamo” asarida keltirilgan ruboiy mazmunini
anglash uchun kitobxon qiynalmaydi va mutolaa jarayonida sardorlari Shadid va
Shaddod bo‘lgan katta bir Od qabilasi bir shamol oqibatida oddiy xas-xashak
kabi barbod bo‘lgani, bu tarixiy hodisa Allohning qudrati va umrning
o‘tkinchiligidan nishona ekanligi haqida xulosaga ega bo‘ladi:

Ul qavmi azim dedilar oni Od,
Sardorlari Shadid yoxud Shaddod.
Bir dam yelidin oqibat ul ahli inod,
Xoshok kabi borchasi bo‘ldi barbod. [3-545]

Lekin kitobxon ruboiy avvalida berilgan Hud (a.s.) va Od qavmi qissasi

bilan tanishsa, sodir bo‘lgan fojialar sababini – “oyini butparastlig‘” bo‘lgan


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

“bag‘oyat biyik bo‘ylug‘ va azim kuchluk xalq” “ishlari ko‘p nima yemak va fisq”,
“o‘z kuchlarig‘a mag‘rur”ligi sababli Haq taolo ularni “xoshokdek sovurub, tog‘ va
toshg‘a urub, borisin halok qil”ganini bilib oladi va voqelik haqidagi tasavvuri
kengayadi, Xoliq qudrati va borliq muvozanati xususida tafakkur qiladi; hayotda
hech bir hodisa shunchaki sodir bo‘lmasligi, sabab-oqibat halqasi mustahkam
bog‘liq ekanligi, kibr, zalolatga ketish, haddidan oshishning oxiri bexayr bo‘lishi
borasida saboq oladi, demak, she’rning ta’sir kuchi ortadi. Od qavmi qissa,
ularning achinarli qismati haqida Qur’oni karimdagi 19 ta surada [8]
keltirilganida ham ulkan ogohlantirish va aql egalari uchun hikmat bor.

Nasrni nazm bilan uyg‘unlashtirish borasida Navoiyning ijodiy niyati va bu

haqidagi qarashlar turlicha bo‘lgan. Adabiyotshunos V.Zohidov “Mahbub ul-
qulub” asaridagi nazm asosan ikki maqsadda qo‘llanganligini qayd etadi: 1)
nasriy bayonda bildirilgan fikrni xulosalash, yakunlash; 2) asarning badiiyligini
taʼminlash, muallifning gʻoyaviy niyatini, ruhiy holatini yanada kuchaytirib,
boʻrttirib ifodalash [9-396]. “Prozaik asarlar tarkibidagi nazmiy parchalar nasriy
bayonda ifodalangan fikrni xulosalash, yakunlashda, iqtiboslar sifatida,
shuningdek, muallifning asardagi g‘oyaviy niyatini yanada kuchaytirib, bo‘rttirib,
emosional ta’sirchan qilib berish uchun xizmat qiladi” [10-135], - deb to‘ldiradi
adabiyotshunos H.Qudratullayev. Navoiy ijodida nasr va nazm sintezi masalalari
yuzasidan tadqiqot olib borgan T.Dusanova “Munshaot” asari haqida to‘xtalib:
“She’riy matnlar maktublar mazmunini to‘ldirish, ularning ma’no qirralarini
ochib berish maqsadida keltirilgan. Maktublarning ba’zilarida shoirning hasbi
holi, ba’zilarida kimgadir pand-nasihat yo boshqa mavzular qalamga olingan”, -
degan xulosani beradi. [7-13]

Alisher Navoiyning irfoniy-tasavvufiy asarlarida nazm namunalarini

keltirishda turli maqsadlarni ko‘zlangani ma’lum bo‘ladi. Jumladan, hamd, na’t,
vasf xarakteridagi she’rlar, asosan, asarlar boshlanmasida beriladi va nido,
munojot, duo mazmunidagi she’rlar asar xotimasidan joy oladi. Xulosa
xarakteridagi she’rlar ma’lum fasl, bo‘lim, bob so‘ngida keltiriladi. Ba’zan muallif
bir she’riy namunani bir necha maqsadda berib o‘tadi. Jumladan, “Vaqfiya”
asarida: “Yana ul erdimkim, ul hazratning davlatidin bovujudi ulkim, jamin
tana’umoti jismoiy va murodoti nafsoniyg‘aki, dastrasim balki havasim bor erdi,
ammo aning kishvari gulistonining harimi atrofida va mulki bo‘stonining
chamani aknofida ko‘rmas nimadin ko‘zumni nargis ko‘zidek ko‘r va eshitmas
nimadin qulog‘imni binafsha qulog‘idek kar va tutmas nimadin ilgimni chinor
ilgidek shal va bormas yerdin ayog‘imni sarv ayog‘idek lang va aytmas so‘zdin,
bataxsis maxfiy asrorekim, gul xurdasi masallik g‘unchadek ko‘nglumda amonat


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

topshurdi - ifshosidin tilimni savsan tilidek gung qildim” [5-644], - deb yozgan
muallif yuqoridagi fikrlarni xulosalash uchun, gʻoyaviy niyatini ta’kidlash uchun,
fikrlarni to‘ldirish va aytilayotgan mulohazalarning ahamiyatini oshirish,
shuningdek o‘z ruhiy holati, kayfiyati, tuyg‘ularini ifodalash uchun quyidagi
ruboiyni keltiradi:

Shah xizmatig‘a birovki bo‘lg‘ay moyil,
Ko‘r-u kar-u lang-u shal keraktur hosil.
Asrorining ifshosida gung aylasa til,
Bu mushkil erur, barchasidin bu mushkil. [5-645]

Ko‘rinadiki, bu navoiyona uslub o‘ziga xos joziba, nazm va nasr orasida

vobastalikni keltirib chiqaradi. “Xamsat ul-mutahayyirin”da keltirilgan quyidagi
misolda shiradorlik va joziba kuchi yanada ortgan: “Bori kichik yoshidin shabob
ahdinnng avoyilig‘achakim, Jom viloyatida ermishlar — alarg‘a foyda yetkurur
kishi oz topilg‘on jihatidin:

Quyosh ul nav’ki mag‘rib sori,
Yo Nabi o‘ylaki Yasrib sori.

shahrga azimat qilibdurlar…” [2-738]
Demak, Alisher Navoiy har qanday mavzudagi asarlarida nasr va nazmning
imkoniyatlaridan teng foydalangan, ularni o‘zaro uyg‘unlikda qo‘llab, noyob
asarlar yaratgan ijodkordir. Hazrat Navoiy nasrda ham o‘zining ajoyib lirik
olamini, nozik didini, shoirona salohiyatini, orifona qalbini namoyish eta olgan
nodir siymolardandir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. Abduraxmanova S. Navoiy nasriy asarlaridagi sheʼrlarning janr tarkibi va
badiiy xususiyatlari. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan, 2023.
2. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 5-jild. Xamsat ul-
mutahayyirin. - Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
3. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 8-jild. Tarixi anbiyo va
hukamo. - Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
4. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. Mahbub ul-qulub. -
Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
5. Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. Vaqfiya. - Toshkent,
G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.
7. Dusanova T. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm
sintezi: Fil.fan.b.falsafa dok. … disser. avtoref. – Samarqand, 2023.
8. Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири ҳилол. – Тошкент,
“Hilol nashr”, 2018. [“A’rof”, “Tavba”, “Hud”, “Ibrohim”, “Haj”, “Mo‘minun”,


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

“Furqon”, “Shuaro”, “Ankabut”, “Sod”, “G‘ofir”, “Fussilat”, “Ahqof”, “Qof”, “Vaz-
zoriyot”, “Najm”, “Qamar”, “Al-haqqa”, “Fajr” suralari].
9. Ўзбек адабиёти тарихи. II китоб. – Тошкент: Фан, 1977.
10. Қудратуллаев Ҳ. Бобур армони. Тошкент: “Шарқ” нашриёти-матбаа
акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2005.

Библиографические ссылки

Abduraxmanova S. Navoiy nasriy asarlaridagi sheʼrlarning janr tarkibi va badiiy xususiyatlari. Filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasi avtoreferati. Namangan, 2023.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 5-jild. Xamsat ul-mutahayyirin. - Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 8-jild. Tarixi anbiyo va hukamo. - Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. Mahbub ul-qulub. -Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

Alisher Navoiy. To‘la asarlar to‘plami. 10 jildlik. 9-jild. Vaqfiya. - Toshkent, G‘.G‘ulom nomidagi NMIU, 2013.

Dusanova T. Alisher Navoiyning “Mahbub ul-qulub” asarida nasr va nazm sintezi: Fil.fan.b.falsafa dok. … disser. avtoref. – Samarqand, 2023.

Шайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф. Тафсири ҳилол. – Тошкент, “Hilol nashr”, 2018. [“A’rof”, “Tavba”, “Hud”, “Ibrohim”, “Haj”, “Mo‘minun”, “Furqon”, “Shuaro”, “Ankabut”, “Sod”, “G‘ofir”, “Fussilat”, “Ahqof”, “Qof”, “Vaz-zoriyot”, “Najm”, “Qamar”, “Al-haqqa”, “Fajr” suralari].

Ўзбек адабиёти тарихи. II китоб. – Тошкент: Фан, 1977.

Қудратуллаев Ҳ. Бобур армони. Тошкент: “Шарқ” нашриёти-матбаа акциядорлик компанияси бош таҳририяти, 2005.