Авторы

  • Ezoza Fayzullayeva
    Navoiy davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53612

Ключевые слова:

laqab ko’chma ma’no belgi-xususiyat laqablarning qo’llanilish maqsadi.

Аннотация

ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi insonlarga nisbatan qo’llanilgan laqablar va ularning lingvopoetik xususiyatlari haqida fikr yuritilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

51

NAZAR ESHONQUL HIKOYALARIDA QO’LLANILGAN

LAQABLARNING LINGVOPOETIK XUSUSIYATLARI.

Fayzullayeva Ezoza Abdulla qizi

Navoiy davlat pedagogika instituti 2-bosqich talabasi

fayzullayevaezoza169@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12730355

Annotatsiya:

ushbu maqolada Nazar Eshonqul hikoyalaridagi insonlarga

nisbatan qo’llanilgan laqablar va ularning lingvopoetik xususiyatlari haqida fikr
yuritilgan.

Kalit so’z:

laqab, ko’chma ma’no, belgi-xususiyat, laqablarning qo’llanilish

maqsadi.

Annotation:

this article discusses the nicknames used for people in Nazar

Eshanqul’s stories and their linguopoetic features.

Key word:

nickname, figurative meaning, characteristic, the purpose of

using nicknames.

Аннщтация:

в данной статъе рассматриваются прозвища людей в

рассказах Назара Эшангула и их лингвопоэтические особенности.

Ключевые слова:

прозвище, переносное значение, характеристика,

целъ исполъзования прозвища.

Murojaat so’zlar haqida so’z yuritganimizda, tinglovchiga murojaat

qilayotgan so’zlovchi, uning e’tiborini qaratish yoki o’zining hissiyotlarini
bildirish uchun tinglovchiga murojaat qiladi.Bunda murojaatlar tinglovchining
tashqi qiyofasi, ichki belgisini ham ifodalab kelishi mumkin.Murojaat so’zlarda
inson tashqi qiyofasi hamda jismidagi ma’lum belgilar, xatti-harakatlar bilan
bog’liq so’zlar ham qo’llanadi.Tilshunoslikda ijtimoiy-siyosiy, milliy-madaniy,
etnografik, badiiy-estetik, psixologik mohiyatiga ega onomastik birliklarning eng
qadimiy va asosiy turi

laqablarni

ilmiy-nazariy va amaliy o’rganish doimo

e’tiborda bo’lib kelgan.Tilshunoslikda bu boradagi ishlardan M.Rashidova,
A.Isayev, E.Begmatov va R.Sapayevlarning tadqiqotlari eng ko’zga
ko’ringanlaridir.

Birinchi navbatda

“laqab”

so’zining ma’nosiga nazar tashlaydigan bo’lsak,

bu so’z arab tilidan olingan bo’lib,

“biror xususiyatiga ko’ra kishiga hazil qilib yoki

mazxaralab qo’yilgan nomni, taxallusni va familiyalarni”

bildirib keladi.Ism va

laqablar insoniyat paydo bo’lgan davrda paydo bo’lgan bo’lib, insonlarni bir-
biridan

farqlash

uchun

ularning

urug’

yoki

qabilasiga

qarab

qo’yilgan.Hammamizga ma’lumki, laqab hamda taxalluslar insonlarning belgi-
xususiyatlariga yoki fe’l-atvorlariga qarab qo’yiladi.Shunga ko’ra ularning


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

52

qanday jismoniy kamchiliklarini, qaysi urug’ yoki qabilaga mansubligini,
millatini, kiyinishi yoki gapirishidagi kamchilik-o’zgachalikni, insonlardagi shu
kabi xislat va belgi-xususiyatlarni bilib olish mumkin.Demak, laqab shaxsga atab
qo’yilgan ikkinchi nom.Ular formani ixchamlashtirish yoki obrazning o’ziga xos
eng xarakterli xususiyatlarni aks ettirish uchun ishlatiladi.

Laqablar insonning qanday belgisini atab kelayotganiga ko’ra bir necha

turga bo’linadi:

1.

Insonning

tana

a’zolaridagi

nuqsonlarni

ifodalovchi

laqablar:

Xumkalla, Kal va hokazo.

2.

Insonning xarakter-xususiyatlarini ifodalovchi laqablar:

Shilimshiq,

Xasis va hakazo.

3.

Rang-tusni ifodalovchi laqablar:

Malla, Sariq va hakazo.

4.

Kasb-hunar ifodalovchi laqablar:

Qassob, O’g’ri, Samovarchi va

hakazo.

Nazar Eshonqul o’z hikoyalarida ana shunday laqablardan yetarlicha

qo’llay olgan.Bu bilan yozuvchi asar qahramonlarining qanday xarakterga ega
ekanligini, qanday kasb-hunar bilan shug’ullanishini kitobxonga obrazli tasvirlab
bergan.Biz ana shunday laqablar qatnashgan bir necha misollarni tahlilga
tortishga qaror qildik.
1.

Salom tandirchi bir kuni axiyri jazm qildi:u payt poylab turib bolalarning

qo’llari orasida turgan, qovoq mantidan olib havo barobar ko’tarilayotgan qo’lni
shartta ushlab oldi.

(“Qo’l” hikoyasi 440-bet)-Ushbu gapdagi Salom ismidan keyin

kelgan

tandirchi

laqabi hikoya qahramoni Salom akaning tandirchilik kasbi bilan

shug’ullanishini va qishloqdoshlari orasida ushbu laqab bilan tanilganligini,
hattoki bu laqabni qishloqdoshlarining o’zlari qo’yganligini bilib olishimiz
mumkin.
2.

Azim rais ortiqcha manziratni kutmasdan ovqatga qo’l cho’zdi:tandirchi

go’sht qozondan endi olingani, shuning uchun sal sovitib yeyilsa, mazasi
boshqacha bo’lishi haqida ogohlantirishga ham ulgurmadi.

(“Qo’l” hikoyasi 443-

bet)-Hikoya qahramoni Azim akaning ismidan keyin

rais

laqabining kelishi

uning mahallada rais lavozimida ekanligidan dalolat beradi.Yozuvchining
maqsadi ushbu laqab orqali qahramonining qanday kasb bilan shug’ullanishini
obrazli tasvirlashdir.

3.

Tandirchi oqsoqolni turtib, qo’lga ishora qildi:qo’lga ko’zi tushgan

oqsoqolning ko’zlari chiqib, Panji muallimning “Yetimlarning haqini yeganlar
qo’rqqan payti oqarmaydi, rais ham yetimlarning pulini yeb yotibdi” degan
g’iybatida jon bor, chog’i, rangi ko’karib ketdi.

(“Qo’l” hikoyasi 458-bet)-Panji


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

53

ismidan keyin kelgan

muallim

laqabi hikoya qahramonining maktabda

muallimlik bilan shug’ullanishini, qishloqdoshlari shuning uchun ham ushbu
laqabni qo’yganlilarini hikoyani o’qish davomida bilib olishimiz mumkin.
4.

Soli Boymirning uyida qo’ngan Abdulla baxshi butun qishloqni mullaning

ayvoniga yig’ib, uch kecha “Yodgor” dostonini aytdi.

(“Farishta” hikoyasi 473-bet)-

”Baxshi”

deya nom olish uchun xalq dostonlarini yaxshi bilishi va do’mbira

jo’rligida ayta olish qobiliyati bo’lishi lozim.Hikoya qahramoni

Abdulla

akaga

berilgan

baxshi

laqabi ham ana shu mashg’ulot bilan shug’ullanib kelgani uchun

berilgan.
5.

Shukur polvon baribir aytganini qildi:esi pastligi tufayli itini ravo

ko’rmaydigan tersotaliklarga ko’z-ko’z qilib jiyanini uylantirib qo’ydi.

(“Farishta”

hikoyasi 476-bet)-Kurash tushishda tenggi yo’qligi, jasur va mard bo’lganligi
sababli

Shukur akaga

hikoyada

polvon

laqabi berilgan.Bunday nomni yozuvchi

hamma qahramonlariga ham bermasligini hikoyada ta’kidlab o’tgan.
6.

Uni obdon tekshirgan Hamid feldsher bilan kelgan tuman markazi

doktorlari ko’kyo’tal alomati yo’qolganidan hayratga tushishdi va keyinchalik bu
haqda butun o’raga gapirib yurishdi.

(“Farishta” hikoyasi 487-bet)-Hikoya

voqealari tasvirlangan o’sha davrda oliy ma’lumotli bo’lib, doktorlikka o’qib
kelgan, qishloq shifoxonasida ishlovchilarning ismlariga

feldsher

laqabi qo’shib

murojaat qilingan.
7.

U gapini tugatar-tugatmas Ne’mat kal qo’liga kaltak bilan ikkita ola sigirni

oldiga solib haydab kela boshlardi.

(“Farishta” hikoyasi 491-bet)-Tashqi

ko’rinishidagi o’zgachalikni ifodalovchi laqablar turiga kiruvchi

kal

laqabi hikoya

qahramoni Ne’matga nisbatan qo’llanilishining sababi uning han sochi yo’qligi,
boshi kalligidir.
8.

-Sizning uyingizda to’xtadi, Sancho,-dedi Murod sinchining nabirasi

Malik.

(“Farishta” hikoyasi 494-bet)-Xalq dostoni “Alpomish” da ishtirok etgan

qahramonlardan biri hisoblangan Ko’sa sinchi otlarning yaxshi yoki yomon
ekanligini, qaysi otning zotidan ekanligini bir ko’rishda bilib aytgani uchun

sinchi

laqabini olgan edi.Hikoya qahramoni Murod ham ana shunday xislatga ega

ekanligi uchun shunday laqabni olgan.
Muallif asarida foydalangan laqablar asar qahramonlarining xarakter-
xususiyatlarini, tashqi ko’rinishidagi biror belgi, o’zgachaliklarni, qanday kasb-
hunar bilan shug’ullanishlarini obrazli, badiiy, estetik ruhda tasvirlab berishda,
kitobxonga o’sha qahramon haqida qanday xulosaga kelishda juda katta yordam
bergan.Nazar Eshonqul bunday xalq ichidan olingan laqablarni o’z hikoyalarida


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

54

qo’llash orqali asarlarini xalq orasida o’qishli bo’lishini ta’minlagan.Bunday ish
faqatgina chinakam mahorat egasining qo’lidan keladi, xolos.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

O’zbek

tilining

izohli

lug’ati.-Toshkent:O’zbekiston

milluy

ensiklopediyasi,2006.
2.

Ahmedova N. O’zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnatativ

tadqiqi:Filol.fan.nomzodi…dis.avtoreferati.-Toshkent,2008.
3.

Nazar Eshonqul.Saylanma I.”Akademnashr”.Toshkent 2022

Библиографические ссылки

O’zbek tilining izohli lug’ati.-Toshkent:O’zbekiston milluy ensiklopediyasi,2006.

Ahmedova N. O’zbek tilida murojaat birliklarining semantik-konnatativ tadqiqi:Filol.fan.nomzodi…dis.avtoreferati.-Toshkent,2008.

Nazar Eshonqul.Saylanma I.”Akademnashr”.Toshkent 2022