CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
142
O’QUVCHILARDA KASBIY KOMPETENSIYALARNI
RIVOJLANTIRISHDA MATEMATIKA FANINING AHAMIYATI.
Axmedova Mashhura Muzaffarovna
G’ijduvon tuman 1-son kasb-hunar maktabi umumta’lim fani o’qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.12179325
Annotatsiya:
Ushbu maqolada kompetensiya, uning mohiyati va turlari, shuningdek
matematika fanini o’qitishning kasbiy kompetensiyani rivojlantirishdagi
ahamiyati haqida so’z yuritilgan.
Kalit so’zlar:
kompetensiya,
innovatsion faollik, matematik qobiliyatlar.
Аннотация:
В данной статье говорится о компетентности, ее природе и видах, а
также о значении обучения математике в развитии профессиональной
компетентности.
Ключевые слова:
компетентность, инновационная активность,
математические способности.
Annotation:
This article talks about competence, its nature and types, as well as the
importance of teaching mathematics in the development of professional
competence.
Key words:
competence, innovative activity, mathematical skills.
Iqtisodiyotni rivojlantirishda professional ta’lim alohida o‘rin tutadi.
Xususan, taraqqiy etgan davlatlarda o‘quvchilarning 75 foizigacha kasbiy ta’lim
bilan qamrab olingan.
Mamlakatimizda ham bu soha mehnat bozori talablari asosida rivojlantirib
kelinmoqda. O‘rta bo‘g‘in mutaxassislari, asosan, ikki yo‘nalishda – Oliy ta’lim,
fan va innovatsiyalar vazirligi tizimidagi kasb-hunar maktablari va texnikumlar
hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligiga qarashli
monomarkazlarda tayyorlanmoqda.
Bugungi kunda 689 ta professional ta’lim muassasasida 714 ta kasb va
mutaxassislik hamda 20 ta “Ishga marhamat” monomarkazida aholiga 54 ta kasb
va 6 ta xorijiy til o‘rgatilmoqda.
O‘quvchilarga bir vaqtda ham o‘qish, ham ishlab daromad topish imkonini
beradigan “dual ta’lim” shakli joriy etildi. Bu tizim samarasida 2 ming korxona
bilan birgalikda 6 ming yigit-qiz o‘qitilmoqda. Shuningdek, yoshlarga 9-sinfdan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
143
keyin kasb-hunar maktabi, 11-sinfdan esa kollej va texnikumda turli
mutaxassisliklar o‘rgatilmoqda.
Kompetensiya
(lotincha: competo — erishyapman, munosibman,
loyiqman) — birinchidan, muayyan davlat organi (mahalliy oʻzini oʻzi
boshqarish organi) yoki mansabdor shaxsning qonun, ustav yoki boshqa hujjat
bilan belgilangan vakolatlari, huquq va burchlari doirasi; ikkinchidan, u yo bu
sohadagi bilimlar, tajriba ma’nolarini anglatadi.
Matematika fani o’quvchi yoshlarda kasbiy kompetensiyalarni
shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi, ayniqsa, ularda tanqidiy va
mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish va rivojlantirishda, turli
texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish, sohasiga oid aniq hisob-kitoblarni
olib borishda mazkur fanni o’qitishning o’rni beqiyosdir.
Shu o’rinda bu yo’nalishda bir qator muammolar borki, ularni bartaraf
etish bo’yicha bir qator taliflarni keltirib o’tmoqchimiz:
-
har bir ixtisoslik va mutaxassislik bo’yicha matematika dasturlari va
darsliklarini alohida ishlab chiqish, chunki, masalalar ishlash jarayonida ,
o’quvchi yoshlarning ixtisosligidan kelib chiqilsa, ularning fanga bo’lgan
qiziqishi yanada ortadi va olingan nazariy bilimni amaliyotda qo’llay olish
qobiliyati shakllanadi;
-
matematika fani bo’yicha maxsus platformalar, turli mobil ilovalarni
ishlab chiqish yoshlarimizda istalgan joy va paytda mazkur bilimlarni
egallash imkoniyatini yaratadi;
-
Respublika miqyosidagi malakali pedagoglarning dars ishlanamalarini
ommalashtirish;
kasb-hunar ta’limi tizimi o’quvchilari uchun yilda bir necha marotaba
matematika fanidan tanlov va olimpiadalartashkil etish, g’oliblarni munosib
taqdirlash.
Adabiyotlar:
1.
Toshov, M. (2023). CREATIVE ECONOMY: ESSENCE AND STRUCTURE.
Modern Science and Research, 2(12), 499-505.
2.
Toshov, M. (2023). FORMATION OF PRINCIPLES HR (HUMAN RESOURCE)
BASED ON KEY INDICATORS (KPI). Modern Science and Research, 2(12), 477-
482.Mahmudovna, Q. G. (2024).
3.
Oliyta’limmuassasalariraqobatbardoshliginioshirishdainnovatsionfaoliyat
ningahamiyati.Mahmudovna, Q. G. (2024).
4.
Oliyta’limmuassasalariraqobatbardoshliginitavsiflovchiomillar.
GospodarkaiInnowacje., 46, 620-627.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
144
5.
Mahmudovna, G. G. (2024). Competitive strategies, the importance of
using innovation in their implementation.
6.
Iqtisodiyotvazamonaviytexnologiyajurnali| journal of economy and
modern technology, 3(5), 8-14.
7.
Mahmudovna, Q. G. (2024). Raqobatstrategiyalari,
8.
ularniamalgaoshirishdainnovatsiyalardanfoydalanishningahamiyati.
Iqtisodiyotvazamonaviytexnologiyajurnali| journal of economy and modern
technology, 3(5), 15-21