CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
39
METALL KONSTRUKSIYALARNI KORROZIYADAN SAQLOVCHI
MODIFIKATORLAR VA INGIBITOR OLISHNING USULLARI
Sapayeva S.G.
Sapayeva Surayyo G’afurjanovna - O’zbekiston, Urganch, Urganch Davlat
Universiteti tayanch doktaranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.12705285
Annotatsiya-
O`zbekistondagi organik va noorganik xom ashyolar asosida
korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi korroziyani yuvuvchi va
zanglashdan himoyalovchi vositalar olish bo’yicha ilmiy-tadqiqot ishlari olib
borildi. Korroziya modifikatorlari olishning optimal sharoitlari o’rganildi. Sintez
qilib olingan optimal tarkibning kimyoviy tarkibi, xossalari, turli muhitlarda
korroziya tezligiga ta`sir mexanizmi o’rganildi.
Kalit so’zlar:
korroziya, modifikator, urotropin, sulfat kislota, fosfat
kislota, korroziya tezligi, metall, kislotali korroziya
Mahalliy xom ashyolar asosida korroziyaga qarshi import o`rnini bosuvchi
korroziya modifikatorlari va ingibitorlarini olishning samara usullarini izlash,
ularning kimyoviy tarkibini, xossalarini o`rganish dolzarb masaladir.
Noan’anaviy yangi turdagi xom ashyolar va sanoat chiqindilari asosida
raqobatbardosh mahalliy resurslar asosida zangni oldini oluvchi vositalar
olishning ilmiy - texnologik asoslarini yaratish va amaliyotga keng tadbiq qilish
bugungi kunning vazifasidir. Shularni e`tiborga olgan holda maqolada mahalliy
resurslar asosida korroziya ingibitorlari olish o`rganilgan.
Korroziya jarayonlarini o`rganish va metallarni himoya qilish usullarini
ishlab chiqish bugungi kunning ilmiy va texnik muammolari hisoblanadi.
Ingibitorlardan foydalanish metallarni himoya qilishning keng tarqalgan
usullardan biri bo`lib, u ish sharoitida agressiv muhit bilan ta`sirlashib metallar
va qotishmalarning korroziya tezligini kamaytiradi. Korroziya jarayonlari
natijasida metallarning yemirilishi kimyoviy va elektro kimyoviy mexanizmda
sodir bo`ladi.
Korroziyaga qarshi kurashish turli usullar bilan amalga oshiriladi.
Kurashning eng oqilona usuli – bu korroziyaga chidamli materiallardan jihoz va
moslamalar ishlab chiqarishdir, ammo ular har doim ham turli sabablarga ko`ra
qo`llanilmaydi.
Yuqoridagilardan kelib chiqan holda, metallarning korroziya tezligini
kamaytirishning eng maqbul yechimi bu ingibitorlardan foydalanish va ularni
sintez qilib olishning samarali usullarini topishdir. Korroziya ingibitorlariga
qo`yiladigan asosiy talablar shundan iboratki, ular nafaqat yuqori himoya
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
40
ta`sirga erishishga, balki ma`lum bir ishlab chiqarish sharoitida texnologik
rejimni saqlab turishga va atrof muhitga zarar yetkazish imkoniyatini istisno
qilishga imkon beradigan xususiyatlarga ega bo`lishi kerak.
Shu munosabat bilan yangi va samarali korroziya ingibitorlarini izlash
juda dolzarbdir. Bu ayniqsa yuqori korroziyaga ega bo`lgan agressiv
suyuqliklarni ishlatish va ishlab chiqarish bilan bog`liq kimyoviy sanoat uchun
muhimdir.
Hozirgi vaqtda kislotali muhitda metallarning korroziya tezligiga ta`sir
ko`rsatadigan juda ko`p miqdordagi organik va noorganik moddalar
o`rganilmoqda. Bularning ichida organik ingibitorlar afzalroq bo`lib keng
tarqalgan, chunki ular metall yuzasida himoya plyonkalarini hosil qilish
qobiliyatiga ega. Samarali organik ingibitorlar tarkibiga azot, oltingugurt va
kislorod atomlari bo`lgan moddalar kiradi [1].
Adabiyot ma`lumotlariga ko`ra, kislotali korroziyaning ingibitorlari
sifatida urotropin ishlatilgan. Boshqa ma`lumotlarda esa, geteroatom tutgan
xalqali organik birikmalar sulfat kislotada samarali korroziya ingibitori sifatida
ishlatilgan [2,3]. Kislotali muhitdagi metallarning korroziya tezligini pasaytirish
uchun triazol va tetrazol qo`llanilgan [4]. Ayrim ma`lumotlarda metall
qoplamalarni himoya qilish uchun imidazoldan foydalanish tavsiya etilgan [5].
TAJRIBA NATIJALARI
Yuqoridagilardan kelib chiqib, ilmiy-tadqiqot ishining asosiy vazifasi
mahalliy resurslarlar va sanoat chiqindilari asosida eksportbob,
raqobatbardosh, yuqori himoyaga ega kislotabardosh zangga qarshi ingibitor
vositalar olishning optimal sharoitlarini aniqlash va korroziya ingibitorini
olishda mahalliy xom-ashyo sifatida - urotropindan foydalaniladi.
Ko`p komponentli tuzli muhitlarda metallarni himoyalashdagi ta`sir
doirasini yanada kuchaytirish maqsadida ingibitorlar tarkibida fosfat kislota
bo`lishi kerak. Fosfatli qoplamalar tayyorlashda fosfat kislotaning
konsentratsiyasi yuqori bo`lmasligi lozim. Bunda fosfat kislota konsentratsiyasi
25 % dan oshmasligi zarur, aks holda metallarni yemirilishiga olib keladi. Fosfat
kislota metal yuzasida fosfatli plyonka hosil qilib, zanglashdan himoyalaydi.
Ingibitorlik xususiyatini amalga oshirish uchun mahalliy chiqindilardan sintez
qilingan urotropindan foydalanildi. Ma`lumki urotropin aminlarning barcha
xossalarini beradi va ko`plab tuzlar va turli tuman kompleks birikmalar hosil
qilish xususiyatiga ega. U asosan kislotali korroziyadan himoyalash xususiyatiga
ega.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
41
Ingibitor olish uchun hajmi 250 ml kolbaga 70 ml distillangan suv solinib
harorat 45°C - 47°C gacha qizdirildi va magnitli aralashtirgichda aralashtirilib
turilgan holda konsentratsiyasi 20 % bo`lgan fosfat kislota 25 ml miqdorda
solindi. Ingibitorlik xususiyatini amalga oshirish uchun 0,5 g urotropin,
mahsulotning ingibitorlik xususiyatini yanada oshirish maqsadida 0,2 g kaliy
dixromat va 0,3 rux sulfat solinadi. Kaliy dixromat va rux sulfat birgalikda
senergizm hodisasini yuzaga keltiradi. Aralashmaga 2 % askorbin kislotasi va
0,2% natriy gidrofosfat solinadi. Reaksiya aralashmasining harorati 47°C dan
50°C ga oshirilib, shu haroratda bir yarim soat davomida olib boriladi. Reaksiya
tugagandan so’ng, reaksiya aralashmasi sovutiladi va och yashil rangli, bir jinsli
ingibitor olindi. Ingibitor 50x50x5 mm li po`latda sinovdan o`tkazildi.
1-jadval
Korroziya ingibitori ta`sirida po`lat plastinkaning tuz eritmasida massa
kamayishi
Металлн
и
ўлчами,
мм
Металлн
идастла
бки
массаси,
г
Металлнинг вақтга нисбатан
мин
Корроз
ия
тезлиг
и, гр/м
2
Химоя
даражас
и
,%
40
60
120
180
50х50х5 5
1
.
7
5
0
.
6
5
0
.
6
5
0
.
5
9
-
50х50х5
(ingibitor
li)
5
0
.
4
5
0
5
0
5
0
5
0.0008
50х50х5
-
50х50х5
(ingibitorl
i)
50х50х5
-
50х50х5
(ingibitorl
i)
2-jadval
Korroziya ingibitori ta`sirida po`lat plastinkaning sulfat kislota eritmasida
massa kamayishi
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
42
Металлн
и
ўлчами,
мм
Металлн
идастла
бки
массаси,
г
Металлнинг вақтга нисбатан
мин
Корроз
ия
тезлиг
и, гр/м
2
Химоя
даражас
и
,%
40
60
120
180
50х50х5 5
1
.
7
5
0
.
0
5
0
.
0
4
9
4
2.02
-
50х50х5
(ingibitor
li)
5
1
.
8
5
1
.
6
5
1
.
6
5
1
.
5
5
1
.
50х50х5
-
50х50х5
(ingibitorl
i)
50х50х5
-
50х50х5
(ingibitorl
i)
Berilgan natijalardan shuni xulosa qilib aytish mumkinki, olingan tajriba
namunalarini massa kamayishi suv va tuzli eritmalarda yuqori ko`rsatkichni,
kislotalarda past ko`rsatkichni bergan. Bu olinganingibitorni kislotali
korroziyadan metallni himoya tasirini vujudga keltiradi.
Ushbu tarkibni sinovdan o`tkazish GOST 9.505-86 standart talablariga binoan
kislota korroziya ingibitorlari ximoya qobiliyatini baholash uchun olib borildi.
Olingan tarkib suvda, 3% NaCl eritmasida, xlorid va sulfat kislota eritmalarda
sinovdan o`tkazildi. Natijalar shuni ko`rsatdiki ushbu tarkib aynan kislotali
korroziyadan himoyalashda yangi tur ingibitori vazifasini bajara oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
N. A. Azarenkov, S.V. Litovchenko, I.M. Neklyudov, P.I. Stoev “ Korroziya va
metalldan himoya” 1-qism. Metallarning kimyoviy korroziyasi: darslik. Xarkov,
2007 – 187 p
2.
Patent- Астраханский государственний технический университет.№
11151252/02 завял 14.12.2011; опубл 10.07.2013. “ Ингибитор металлов в
серной и соляной кислотах” Кравцов Е.Е., Вострикова Д.А., Исмаилова Ф.Г.
3.
М. Bouklah, B. Hammouti, A. Aouniti “ Po`lat korroziyasi uchun samarali
ingibitorlar” 2004.222-225.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
43
4.
Ф.Бентисс, М. Лагренесе, Б. Мехди, Б.Мехнари, М.Траиснел, Х. Везин
“ Коррозия учб.” 2002. 399-407 .
5.
А. Dafali, B. hammouti, A.Aouniti, R. Moklisse, S.Kertit “Annales de chimie
science des materia ux” 2000. 437-446