Авторы

  • Bibioliya Saidboboyeva
    Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro huquq va inson huquqlari yo‘nalishi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53623

Аннотация

Genderga oid audit o‘tkazish tushunchasi va uning huquqiy asoslariga bugungi kunda ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida gender tengligiga erishish hamda uni jamiyatda ta’minlash kun tartibiga qo‘yilayotgan asosiy maqsadlardan biriga aylanib borayotganligini ko‘rish mumkin.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

132

GENDERGA OID AUDIT O‘TKAZISH METODOLOGIYASI

Bibioliya Axmadjonovna Saidboboyeva

Toshkent davlat yuridik universitetining Xalqaro

huquq va inson huquqlari yo‘nalishi magistranti

bsaidbabaeva@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.12158808

Genderga oid audit o‘tkazish tushunchasi va uning huquqiy asoslariga

bugungi kunda ijtimoiy hayotning asosiy sohalarida gender tengligiga erishish
hamda uni jamiyatda ta’minlash kun tartibiga qo‘yilayotgan asosiy
maqsadlardan biriga aylanib borayotganligini ko‘rish mumkin.

Jumladan, mamlakatimizda so‘nngi yillarda gender tenglik tamoyilini

jamiyatga singdirish bilan bog‘liq islohotlar diqqatga sazovor hisoblanadi.
Jumladan, oxirgi o‘n yillik ichida, gender tenglikni ta’minlash, xotin-qizlarni
qo‘llab-quvvatlash, ularning davlat va jamiyat boshqaruvida rolini oshirish
bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasining 2 ta Qonuni, Prezidentning 9 ta Farmon
va qarori, hukumatning 18 ta qarori qabul qilindi, O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisi Senatining tegishli qarori bilan “2030-yilga qadar O‘zbekiston
Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi” ishlab chiqilgan va
hayotga tatbiq etilmoqda.

1

Butun dunyo bo‘ylab barcha sohalarda gender tenglikka erishish

yuzasidan chora tadbirlar, qarashlar va ilg‘or tajribalar genderga oid kompleks
yondashuv (gender mainstreaming) sifatida shakllantirilib, aksariyat
mamlakatlarning gender tenglikka erishish borasidagi siyosatlari ham aynan
ushbu kompleks yondashuv asosida yuritilmoqda. Genderga doir kompleks
yondashuv -xalqaro darajda tenglikka erishish strategiyasi hisoblanib, u o‘z
tarkibiga ayollar va erkaklar uchun tenglikni ta’minlash, kamsitishning har
qanday shakllarini bartaraf etish bo‘yicha siyosat, tartibga solish choralari va
harajatlar dasturlarini tayyorlash, ishlab chiqish, amalga oshirish, monitoring
qilish va baholashga oid gender nuqtai nazari bo‘yicha integratsiyalashuvni o‘z
ichiga oladi.
Genderga doir kompleks yondashuvni amalga oshirish shartlari amalga oshirish
rejasi, bevosita ishtirok etuvchi tuzilmalar, moliyaviy resurslar, javobgarlik
mexanizmlari, bilimli va salohiyatli kadrlar, gender ekspertiza, manfaatdor
tomonlarning ishtirokidan iborat.

1

“2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasining tasdiqlash haqida”gi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining SQ-297-IV-sonli qarori. 28-may 2021-yil.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

133

Genderga oid audit-genderga doir kompleks yondashuvning asosiy usul va
vositalaridan biri hisoblanadi. Genderga oid audit-gender jihatlarini inobatga
olgan holda byudjetlashtirish va mablag‘larni yo‘naltirishdan so‘ng ajratilgan
mablag‘larning gender tamoyilini ta’minlash bo‘yicha mavjud qonun va
qonunosti hujjatlariga qay darajada to‘g‘ri yo‘naltirilganligini o‘rganib chiqish
mavjud hisobotlarni va moliyaviy holatni emas, balki tashkilotning boshqaruv
jarayoni va mehnat munosabatlarida gender tenglik normalariga amal qilishini
o‘rganadi va tavsiyalar beradi.
Genderga oid audit bu ish beruvchi va ishchilar o‘rtasidagi faol ish jarayoni
bo‘lib, genderga oid auditda ushbu tizim tashkilotlarining ish faoliyatida gender
tamoyillari amalda qay darajada qo‘llanilayotganligini aniqlash bo‘yicha ko‘mak
beradi. Umumiy qilib aytganda, genderga oid audit korxona va tashkilotlarning
siyosatida, dasturlarida, tashkiliy tuzilmalarida va qaror qabul qilish jarayonida,
moliyalashtirishda gender tengligi tamoyillari ta’minlanayotganligiga ahamiyat
beriladi.
Gender audit o‘tkazilishidan asosiy maqsad: tashkilotlarda gender
yondashuvining qanchalik samarali ekanini, shuningdek ularni amalga
oshirishni

qo‘llab-quvvatlovchi,

tizimning

turli

yo‘nalishlarida

moslashuvchanligini, gender tengligi yuzasidan nisbiy o‘zgarishlarni tahli etadi,
baholaydi, sohadagi gender tengligini joriy qilishga to‘siq hamda muammolarni
aniqlaydi, aniqlangan muammolar yuzasidan aniq takliflar berib, samarali
bo‘lgan yangi strategiyalar taqdim etadi, gender tengligiga erishish bo‘yicha
ijobiy tajribalarni umumlashtiradi.
Bugungi kunda genderga oid auditni o‘tkazishda xalqaro tashkilotlar, asosan,
ikki yondashuvdan foydalanadilar: hamkorlikdagi gender audit- (PGA) va gender
integratsiya mezonlari (gender integration framework-GIF) va mazkur
yondashuvlar bir-biridan farqlanadilar.
Genderga oid auditni birinchilardan bo‘lib o‘tkazgan tashkilotlardan biri bu
Xalqaro Mehnat Tashkiloti bo‘lib, hamkorlikdagi gender auditi (PGA)
metodologiyasidan foydalangan holda tahlilni amalga oshiradi. Ushbu auditning
maqsadi gender tengligini joriy etishga qaratilgan tashkiliy ta’limni
rivojlantirishdan iborat.
Hamkorlikdagi genderga oid audit yordamida tashkilot o‘z muassasalarida,
mehnat jarayonida, o‘z siyosati, kadrlar siyosati, taqdim etayotgan loyiha va
xizmatlarida genderga doir kompleks yondashuv talablari qay darajada
bajarilganligini baholaydi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

134

Ikkinchi yondashuv- 1999-yilda AQSHdagi eng yirik nodavlat tashkilotlar
birlashmasi bo‘lgan InterAction tomonidan ishlab chiqilgan.

2

Genderga oid audit o‘z navbatida ikki qismdan iborat hisoblanadi, ular ichki va
tashqi qism bo‘lib, ichki auditda asosan, tashkilotning tashkiliy, boshqaruv
tuzilmasi va ichki faoliyati doirasida gender tengligi tamoyillarining qanchalik
ta’minlayotganligini baholashni bildirsa, tashqi auditda esa, tashkilot
faoliyatining mazmuni, amalga oshirish va baholash nuqtai nazaridan o‘z
siyosati, dasturlari, loyihalari va xizmatlariga gender masalasini qanchalik
muhim yo‘nalish sifatida kiritishini baholashni nazarda tutadi.
Xulosa qilib aytganda, genderga oid audit mamlakatimizda gender tengligini
ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan siyosatning ajralmas qismi hisoblanadi.
Genderga oid audit natijalari xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda
imkoniyatlar kafolatlarini ta’minlashning asosiy tamoyillaridan biri
hisoblanuvchi ochiqlik va shaffoflik tamoyili asosida e’lon qilinishi lozim.
Xalqaro maydonda ham mazkur tajriba keng qo‘llaniladi va har bir davlat organi
va tashkilot faoliyati bo‘yicha o‘tkazilgan genderga oid audit natijalari to‘g‘risida
O‘zbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasining rasmiy veb-saytiga
joylashtirilishi belgilab qo‘yilgan.
O‘z navbatida milliy qonunchiligimizga genderga oid audit tushunchasining
kiritilishi, uni o‘tkazish tartibi, auditni o‘tkazuvchi organ va nazorat qilish
shaklining belgilab qo‘yilishi mamlakatimizda gender tengligini ta’minlash
sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning yanada samarali bosqichga chiqishiga
xizmat qilishi shubhasiz.

Foydalanilgan adbiyotlar ro‘yxati:

1.

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-

qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi 562-son Qonuni.
2.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Xotin-

qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari
to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar
kiritish haqida”gi O‘RQ- 809-sonli Qonuni
3.

Aliyeva K. O‘zbekiston Respbulikasida gender tengligining tarixi va

rivojlanish tendensiyalari// Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning
ilm-fan taraqqiyotidagi roli va gender tengligi mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy
anjuman materiallar to‘plami-Toshkent, 2021.

2

InterAction, The Gender Audit Handbook: A tool for organizational self-assessment and transformation, 2010.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

135

4.

T.Narbaeva, N.Egamberdieva, X.Saydivalieva, S.Alimov Genderga oid audit

o‘tkazish metodologiyasi.-Toshkent, 2023.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 2-sentabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi 562-son Qonuni.

O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga qo‘shimcha va o‘zgartishlar kiritish haqida”gi O‘RQ- 809-sonli Qonuni

Aliyeva K. O‘zbekiston Respbulikasida gender tengligining tarixi va rivojlanish tendensiyalari// Yangilanayotgan O‘zbekistonda xotin-qizlarning ilm-fan taraqqiyotidagi roli va gender tengligi mavzusida I xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallar to‘plami-Toshkent, 2021.

T.Narbaeva, N.Egamberdieva, X.Saydivalieva, S.Alimov Genderga oid audit o‘tkazish metodologiyasi.-Toshkent, 2023.