Авторы

  • Sadoqat Karimova
    O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasi magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53637

Аннотация

Migratsiyadagi shaxslarni xalqaro darajada huquqiy himoya qilish migrantlarning zaif toifalaridan biri – bolalarga alohida e’tibor qaratishni talab etadi. Dissertatsiyaning ushbu paragrafi migratsiya sharoitidagi bolalarni xalqaro himoya qilishdagi yangi tendensiyalari, ularni himoya qilishda BMT organlarining roli, xalqaro huquqning amaldagi norma va tamoyillari tahliliga bag‘ishlangan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

MIGRATSIYA SHAROITIDA BOLA HUQUQLARINI TARTIBGA

SOLUVCHI XALQARO STANDARTLAR VA MEXANIZMLARNING

XUSUSIYATLARI

Karimova Sadoqat Gulboevna

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish

akademiyasi magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.12663199

Migratsiyadagi shaxslarni xalqaro darajada huquqiy himoya qilish

migrantlarning zaif toifalaridan biri – bolalarga alohida e’tibor qaratishni talab
etadi. Dissertatsiyaning ushbu paragrafi migratsiya sharoitidagi bolalarni
xalqaro himoya qilishdagi yangi tendensiyalari, ularni himoya qilishda BMT
organlarining roli, xalqaro huquqning amaldagi norma va tamoyillari tahliliga
bag‘ishlangan.

Dunyoda so‘nggi asrlarda, ayniqsa, bola huquqlariga doir muammolar,

xususan, ularning majburiy mehnatga jalb qilishini va oiladagi zo‘ravonliklardan
himoya qilish uchun jamoatchilik e’tiboriga molik bo‘lgan shart-sharoitlar
yaratildi, deb hisoblaymiz. Jumladan, XX asrning birinchi yarmidan, ikkinchi
jahon urushi tugagunga qadar bolalarni himoya qilishni xalqaro huquqiy
tartibga solish sohasida davlatlar o‘rtasidagi hamkorlik quyidagi uch yo‘nalishda
amalga oshirildi:

birinchidan

, qullikka qarshi kurash;

ikkinchidan

, ayollar va bolalar savdosiga qarshi kurash;

uchinchidan

, bolalar va o‘smirlar mehnatini xalqaro huquqiy tartibga

solish

1

.

1919-yilda Millatlar Ligasi doirasida Bolalar farovonligi qo‘mitasi tashkil

etildi. Qo‘mita faoliyati bolalar mehnati, boshpanasizlik, bolalar savdosi va
voyaga yetmaganlarning fohishabozligi bilan cheklandi. Qo‘mitaga o‘z vakolatlari
doirasida profilaktika choralarini ishlab chiqish vakolati berildi. Mazkur Qo‘mita
o‘z vakolati doirasida, turli sohalarga taalluqli bo‘lgan xalqaro-huquqiy hujjatlar
qabul qilindi, jumladan, bolalarning huquqiy maqomi, 1921-yildagi Ayollar va
bolalar savdosiga qarshi kurash to‘g‘risidagi Konvensiya, 1926-yildagi Qullik
to‘g‘risidagi Konvensiya va boshqalar. Bolalar farovonligi qo‘mitasining
maqomini xalqaro huquqiy tartibga solish masalalarini hal etishga qo‘shgan
katta hissasiga qaramay, ma’lum hududlarda bolalarning zaif holati tufayli
bolalar masalasi huquq ob’ekti sifatida ko‘rishda davom etdilar.

1

Алисиевич Е.С. Поощрение и защита прав уязвимых групп в международном праве. – М.: РУДН, 2012. –

С. 27.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

1920-yilda britaniyalik pedagog va inson huquqlari himoyachisi Eglantayn

Djebb “Xalqaro bolalarni qutqarish ittifoqi” (Save the Children International
Union)ga asos soldi. Ittifoqning vazifasi bola huquqlarini himoya qilish uchun
ijtimoiy standartlarni ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan

2

. Ittifoqning faol harakati

natijasida 1924-yilda Jenevada Millatlar Ligasining Beshinchi Assambleyasi
tomonidan Bola huquqlari Deklaratsiyasi ma’qullandi va qabul qilindi

3

.

Deklaratsiyaning muqaddimasida “Dunyoning barcha mamlakatlaridagi erkaklar
va ayollarning burchi bolalarga insoniyat ega bo‘lgan eng yaxshi narsalarni
berishdir”, deb alohida ta’kidlandi. Deklaratsiya 5 tamoyildan iborat bo‘lgan:

birinchi tamoyil

, har bir bolaning normal rivojlanishi uchun u jismoniy va

ma’naviy jihatdan zarur bo‘lgan vositalar bilan ta’minlanishi lozim;

ikkinchi tamoyil

, och qolgan bola ovqatlantirilishi, kasal bolaga yordam

berilishi, adashgan bola to‘g‘ri yo‘lga boshlanishi, shuningdek, uysiz bola
boshpana olishi va yetim bola murakkab paytlarda yordam olishi lozim;

uchinchi tamoyil,

murakkab holatlarda birinchi navbatda bolalarga yordam

ko‘rsatilishi lozim;

to‘rtinchi tamoyil,

har bir bola mehr-muhabbat muhitida ulg‘ayishi va har

qanday ekspluatatsiyadan himoyalangan bo‘lishi lozim;

beshinchi tamoyil

, har bir bola o‘zining eng yaxshi xislatlari boshqa

odamlar manfaatiga xizmat qilish ongida tarbiyalanishi lozim

4

.

Bizning fikrimizcha, 1924-yildagi Bola huquqlari deklaratsiyasi bolaning

huquqiy holatining asosiy qoidalarini e’lon qilgan birinchi xalqaro huquqiy
hujjat bo‘ldi. Ushbu xalqaro huquqiy hujjatning qabul qilinishi bola huquqlari
xalqaro himoya ob’ekti sifatida e’tirof etilganini anglatdi

5

. Hujjat kamsitishning

asoslaridan biri sifatida fuqarolikni ko‘rsatib, kamsitmaslik tamoyilini e’tiborsiz
qoldirmadi. Binobarin, bolalarni fuqaroligi bo‘yicha kamsitishga yo‘l qo‘yib
bo‘lmaydi, bu asosan progressiv xarakterga ega, chunki bolani shaxs sifatida,
ota-onasidan ajratilgan fuqaro sifatida tushunish keyinchalik paydo bo‘lgan.
Deklaratsiyaning muqaddimasida birinchi marta bolalarga g‘amxo‘rlik qilish va

2

Калинкина М.Ю. Международные документы в интересах детей и молодежи особенности правовой защиты //

Вопросы ювенальной юстиции. 2008. №3. – С. 16-19;

3

Geneva Declaration of the Rights of the Child. 26 September 1924. League of Nations. Электрон манбаа:

http://www.un-documents.net/gdrc1924.htm (мурожаат вақти: 15.02.2024).

4

Geneva Declaration of the Rights of the Child. 26 September 1924. League of Nations. Электрон манбаа:

http://www.un-documents.net/gdrc1924.htm (мурожаат вақти: 15.01.2024).

5

Ильинская О.И. Защита прав человека в деятельности Лиги Нatsiй // Журнал российского права. – 2017. –№11.

– С. 107.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

himoya qilish majburiyati nafaqat oila, balki jamiyat, davlat va butun
insoniyatning vazifasi ekanligi e’lon qilindi

6

.

Deklaratsiya ochlik, kasalliklar, ota-onalar yoki qonuniy vakillarning

yo‘qligi, ekspluatatsiyaning barcha shakllari, shuningdek, bolaga og‘ir sinovli
damlarda yordam berish zarurligi kabi xavfsizlik holatlarini ajratadi.

1926-yil 12-maydagi Millatlar Ligasining rus va arman qochoqlariga shaxsiy

guvohnomalar berish to‘g‘risidagi kelishuvi nafaqat “qochoq” ta’rifiga guruhiy
yondashuvni, balki migratsiyadagi barcha toifadagi bola haqida eslatib o‘tilgani
bilan ham e’tiborga molikdir. Kelishuvning 4-bandida 15 yoshgacha bo‘lgan bolalar
ota-onalarning shaxsiy guvohnomalariga kiritilishi mustahkamlangan bo‘lib, unda
bolalarga tegishli boshqa qoidalar nazarda tutilmagan

7

. Demak, tahlillarimizga

ko‘ra, quyidagi xulosalarga kelishimiz mumkin:

birinchidan

, qoida “bolalar” tushunchasini belgilamaydi;

ikkinchidan

, o‘n besh yoshga to‘lgandan so‘ng, bola huquq layoqatiga ega

bo‘ladi (to‘liq yoki qisman, ya’ni qabul qiluvchi davlatning fuqarolik qonunchiligi
qoidalariga bog‘liq) va alohida huquqiy maqomga ega bo‘ladi

8

;

uchinchidan

, bu qoida faqat shaxslarning hamrohligidagi bolalarga

taalluqli bo‘lib, hamrohsiz va alohida ajratilgan migrant bolalarning maqomi
qonunchilik doirasidan tashqarida;

to‘rtinchidan

, o‘n besh yoshgacha bo‘lgan migrant bolalar mustaqil huquq

sub’ekti hisoblanmagan bo‘lib, balki ota-onalarning huquqiy maqomiga
birgalikda egalik qiladilar.

Shunday qilib, o‘n besh yoshga to‘lmagan shaxslar ota-onasidan ajralgan

holda, huquqiy tartibga solishdan chiqib, fuqaroligi yo‘q ahvolga tushib qolgan,
natijada odam savdogarlarining “oson o‘ljasi”ga aylanib, fohishalik yoki qul
mehnatiga jalb qilingan.

1933-yildagi Qochoqlarning xalqaro maqomi to‘g‘risidagi Konvensiya

nochor vaziyatlarda bo‘lgan bolalar toifasini e’tiborsiz qoldirmadi. Konvensiyada
hozirda unga a’zo bo‘lgan davlat hududida istiqomat qiluvchi ishsizlar, jismoniy
yoki ruhiy kasalliklarga chalinganlar, mustaqil ravishda tirikchilik qila
olmaydigan keksalar yoki nogironlar, bolalar ularning oila a’zolari yoki uchinchi

6

Старовойтов О.М. Становление и развитие международной защиты прав ребенка // Белорусский журнал

международного права и международных отношений. – 1998. – № 5. – С. 54.

7

Документы Лиги Нatsiй, касающиеся беженцев // Белорусский журнал международного права и

международных отношений. – 2000. – № 1. – С. 37.

8

Сабенникова И.В. Российская эмигрatsiя (1917–1939): сравнительно-типологическое исследование. – Берлин:

Директ-Медиа, 2015. – С. 86–87.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

8

shaxslar, homilador ayollar, tug‘ish davridagi yoki emizikli onalar kabi zaif
guruhlarga tegishli bo‘lgan shaxslarga alohida maqom berilgan

9

.

Konvensiya qamrab olgan bolalarga kelsak, bizning fikrimizcha, avvalgi

hujjatdan farqli o‘laroq, Konvensiyada o‘z oilalari yoki uchinchi shaxslar
tomonidan yetarlicha g‘amxo‘rlik ko‘rsatilmayotgan bolalar hisobga olinadi,
shuning uchun ota-onalari hamrohligidagi migrant bolalar ham ushbu toifaga
kiradi.

Bundan tashqari, fuqarolarning ijtimoiy himoyaga muhtoj va zaif

toifalarining ehtiyojlarini qondiradi, shuningdek ularga, ayniqsa migrant
bolalarga nisbatan alohida yordam ko‘rsatiladi

10

.

Ikkinchi jahon urushi tugashi bilan bolalar yanada nochor vaziyatga tushib

qolishdi va yetimlar soni keskin ko‘paydi. Birgina sobiq SSSRda 1945-yilda 678
ming yetim bolalar bo‘lgan. Ikkinchi jahon urushi davrida konsentratsion
lagerlarga, aholi punktlariga majburiy ko‘chirishlar doirasida ko‘plab bolalar,
jumladan, kuzatuvsiz va yetim bolalar mamlakatlaridan tashqariga chiqib
ketishgan

11

. Shu sababli, 1945-yilda BMTning tashkil etilishi bilan yangi xalqaro

dunyo tartibi bolani alohida himoya qilish va yordam berish uchun universal
xalqaro huquqiy bazani yaratdi.

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Ustavining muqaddimasida insonning

asosiy huquqlariga, shaxs qadr-qimmati va insoniy qadriyatlarga ishonchini
yana bir bor tasdiqlash, shuningdek ko‘proq erkinlik sharoitida ijtimoiy
taraqqiyot va turmush sharoitini yaxshilashga ko‘maklashish masalasi
ifodalangan

12

.

1946-yildagi Xalqaro qochoqlar tashkiloti Ustavida

qochoqlar

atamasi o‘z

mamlakatidan tashqarida joylashgan ko‘cha bolalarini ham o‘z ichiga olishi,
bunga urush yetimlari taalluqli ekanligi belgilandi

13

. Bunday bolalarga har

qanday yordamni, shu jumladan fuqaroligini aniqlash mumkin bo‘lganlarni
vataniga qaytarishda yordam berish lozimligi qayd etildi.

Bizning fikrimizcha, 1948-yildagi Inson huquqlari umumjahon

deklaratsiyasida bola huquqlariga doir quyidagi normalar alohida e’tiborga
loyiqdir:

9

Документы Лиги Нatsiй, касающиеся беженцев // Белорусский журнал международного права и

международных отношений. – 2000. – № 1. – С. 40–44.

10

Сарашевский Ю.Л. Роль Лиги Нatsiй в формировании права беженцев // Белорусский журнал международного

права и международных отношений. – 2000. – № 1. – С. 33–36.

11

Нatsiстские концлагеря в годы Второй мировой войны. Справка // РИА Новости. 27 апреля 2010 г. Электрон

манбаа: https://ria.ru/spravka/20100427/227000409.html (мурожаат вақти: 04.03.2024).

12

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ustavi. 1945-yil 26-iyunda imzolangan. 1945-yil 24-oktabrda kuchga kirgan.

Elektron manbaa:

http://www.un.org/ru/charter-united-nations/index.html

. (мурожаат вақти: 20.12.2023).

13

Qochoqlar va ko‘chirilgan shaxslar: BMT Bosh Assambleyasining 1946 yil 15 dekabrdagi 62 (I) rezolyusiyasi Doc.

UN A/RES/62(I). I ilova, 1-qism, A.P. 4-bo‘lim.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

9

birinchidan

, har bir inson qaerda bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zining huquq

sub’ekti sifatida tan olinishiga haqli (6-modda);

ikkinchidan

, barcha odamlar qonun oldida tengdir va hech bir tafovutsiz

qonun bilan teng himoya qilinish huquqiga egadir. Barcha odamlar ushbu
Deklaratsiyaga zid bo‘lgan har qanday kamsitishdan va shunday kamsitishga
undaydigan har qanday gij-gijlashdan teng himoya qilinish huquqiga egadir
(7-modda);

uchinchidan

, har bir inson har qanday mamlakatdan, xususan o‘z

mamlakatidan chiqib ketish va o‘z mamlakatiga qaytib kelish huquqiga ega
(13-moddaning 2-bandi);

to‘rtinchidan

, har bir inson ta’qib tufayli boshqa mamlakatlardan

boshpana izlash va o‘sha boshpanadan foydalanish huquqiga ega (14-
moddaning 1-bandi);

beshinchidan

, onalik va bolalik alohida g‘amxo‘rlik va yordam huquqini

beradi. Barcha bolalar, nikohda yoki nikohsiz tug‘ilishidan qat’i nazar, bir xil
ijtimoiy himoyadan foydalanishi kerak (25-moddaning 2-bandi)

14

.

Albatta, milliy qonunchilik qoidalariga muvofiq to‘la muomala layoqatli

yoshga yetmaganligi sababli, bolalar ba’zi huquqlardan, masalan, kattalar
hamrohligisiz sayohat qilish huquqidan foydalanmasliklari lozim. Zero, bu
fuqarolarning huquqlarini kamsitadi, degan ma’noni bildirmaydi. Shunday ekan,
oila, jamiyat va butun davlat bolani himoya qilish va uning inson huquqlaridan
foydalanishiga yordam berishga majburdir, deb hisoblaymiz.

Bu borada 1966-yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro

pakt Umumjahon deklaratsiyasi qoidalarini, jumladan irqi, rangi, jinsi, tili, dini,
siyosiy yoki boshqa e’tiqodi, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy holati,
tug‘ilishi kabi kamsitishlarni taqiqlashni tasdiqladi. Xususan, unga ko‘ra, ushbu
Paktda ishtirok etuvchi har bir davlat o‘z hududida turgan va o‘z yurisdiksiyasi
ostida bo‘lgan barcha shaxslarning ushbu Paktda e’tirof etilgan huquqlarini hech
bir ayirmachiliksiz, jumladan, irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa
e’tiqodidan, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, tug‘ilishi yoki o‘zga
holatidan qat’i nazar hurmat qilish va ta’minlash majburiyatini oladi (2-
moddaning 1-bandi). Shuningdek har bir bola irqi, tana rangi, jinsi, tili, dini,
milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli yoki tug‘ilishi (nasli-nasabi)dan
qat’i nazar hech bir kamsitishsiz go‘dakligi sababli oila, jamiyat va davlat

14

Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi / Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining Rezolyusiya 217

A

(III)

bilan

1948-yil

10-dekabrda

qabul

va

e’lon

qilingan.

Elektron

manbaa:

https://constitution.uz/uz/pages/humanrights

(murojaat vaqti: 27.12.2023).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

10

tomonidan muhofaza choralari ko‘rilishi huquqiga ega (24-moddaning 1-
bandi)

15

.

Shu bilan birga 1966-yildagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar

to‘g‘risidagi xalqaro paktga muvofiq, barcha bolalar va o‘smirlarga hech bir
kamsitishsiz, oilaviy kelib chiqishi yoki boshqa belgilaridan qat’i nazar alohida
himoya choralari va yordam ko‘rsatilishi shart. Bolalar va o‘smirlar iqtisodiy va
ijtimoiy ekspluatatsiyadan himoyalangan bo‘lishi kerak. Ularning mehnatini
axloqi va salomatligi uchun zararli bo‘lgan yoki hayot uchun xavfli sohalarda
yoki ularning normal o‘sishi uchun zarar keltirishi mumkin bo‘lgan sohalarda
qo‘llash qonun bilan jazolanishi kerak. Bundan tashqari, davlat shunday yosh
chegarasini belgilab qo‘yishi kerakki, shu chegaradan quyi yoshdagi bolalar
mehnatidan foydalanish taqiqlanishi va qonun bilan jazolanishi lozim (10-
moddaning 3-bandi)

16

.

Shunday qilib, inson huquqlari to‘g‘risidagi xalqaro huquqiy hujjatlardagi

qoidalar bolalarning urushdan keyingi xalqaro huquqiy maqomiga asos soldi.
Ular davlatlar zimmasiga bolalarni, ularning huquq va erkinliklarini himoya
qilishni ta’minlash majburiyatini yukladilar. Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi qoidalarining odatiy huquqiy maqomi va ta’sirini xalqaro
hamjamiyatning barcha davlatlariga kengaytirdi

17

.

Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, urush davrida fuqarolarni himoya qilish

to‘g‘risidagi 1949-yildagi Jeneva konvensiyasi va unga qo‘shimcha protokollar
migratsiyadagi bolalarni himoya qilishda alohida rol o‘ynaydi. Shunday qilib
mojaroda ishtirok etayotgan davlatlar va neytral davlatlar bolalarni ko‘pincha
qochoqlar oqimiga olib keladigan harbiy harakatlar oqibatlaridan maxsus himoya
bilan ta’minlash majburiyatini yukladi

18

. Urush davrida fuqarolarni himoya qilish

to‘g‘risidagi konvensiyada mojaro ishtirokchilari urush natijasida yetim qolgan
yoki oilasidan ajralgan 15 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlashlari, har

15

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, 1966 yil 16 dekabr, Nyu-York // O‘zbekiston Respublikasi

mazkur Xalqaro paktga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 127-I-сонли “1966 йил 16
dekabrdagi fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995 yil 28 dekabrdan kuchga kirgan. Elektron manbaa:

https://lex.uz/docs/2640479

(murojaat vaqti: 27.01.2024).

16

Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, 966 yil 16 dekabr, Nyu-York // O‘zbekiston

Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustdagi 126-I-sonli
“1966 yil 16 dekabrdagi Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida”gi
qaroriga asosan qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995 yil 28 dekabrdan kuchga kirgan. Elektron manbaa:

https://lex.uz/docs/2686000

(murojaat vaqti: 27.01.2024).

17

Карташкин В.А. Права человека: международная защита в условиях глобализatsiи. – М.: Норма: ИНФРА-М,

2011. – С. 32

18

Ястребова А.Ю. Международно-правовые аспекты общей и специальной защиты детей в условиях

вооруженных конфликтов // Ученые записки Российского государственного социального университета. 2010.
4(80). – С. 79-83.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

11

qanday sharoitda ham ularning diniy va ta’lim bilan bog‘liq vazifalarini bajarishiga
ko‘maklashish uchun zarur choralarni ko‘rishlari belgilandi

19

.

Bundan tashqari, 1951 yildagi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya

va 1967 yildagi qochoqlar maqomlariga taalluqli protokol qochoq ta’rifini
belgilab, unga ko‘ra, qochoqning shaxsiy maqomi bilan bog‘liq avvaldan mavjud
bo‘lgan huquqiga va, xususan, nikohdan kelib chiqadigan huquqiga, zarur
holatlarda, tegishli huquq ushbu davlat qonunlarida tan olingan huquqlardan
biri bo‘lishi sharti bilan, ushbu davlatning qonunlarida belgilab qo‘yilgan
rasmiyatchiliklar agar ushbu shaxs qochoq bo‘lmaganida, Ahdlashayotgan
davlatlar

tomonidan

bajarilishi

bo‘yicha

amal

qiladi

(12-moddaning 2-bandi)

20

. Biroq “shaxsiy maqom” tushunchasi Konvensiyada

belgilanmagan.

Tayyorgarlik ishlari (travaux préparatoires) doirasida Konvensiya

matnining kelishuviga ko‘ra, bolalarning huquqiy maqomi masalasi bir necha
marotaba muhokama qilingan. Shu bilan birga, hamrohlik qilayotgan qochoq
bolalarga maqom berish masalasi oila birligini ta’minlash tamoyiliga muvofiq hal
qilinishi kerak. Agar oila boshlig‘i qochoq maqomini olgan bo‘lsa, u holda uning
qaramog‘idagi oila a’zolari (shu jumladan bolalar) oila birligi tamoyiliga muvofiq
qochoq maqomini oladilar

21

.

Shu bilan birga, ajratilgan va hamrohsiz bolalar qochoq maqomini olish

uchun individual ariza berish huquqiga ega, bu holda bunday bolalar 1951 yilgi
Konvensiya yondashuviga bo‘ysunadi. Alohida arizalarni ko‘rib chiqish tartibi
hamrohsiz qochoq bolalar haqidagi maxsus yo‘riqnomada aniq belgilab
qo‘yilgan.

BMT Bosh assambleyasining rezolyusiyasi bilan 1959 yilda Bola huquqlari

to‘g‘risidagi deklaratsiya qabul qilinib, unda bola o‘zining jismoniy va ruhiy
yetukligi tufayli alohida himoya va g‘amxo‘rlikka, shu jumladan tug‘ilishdan oldin
ham, tug‘ilgandan keyin ham tegishli huquqiy himoyaga muhtoj, deyilgan norma
mustahkamlandi. Deklaratsiya 10 ta tamoyilni o‘z ichiga oladi, ulardan 5 tasi 1924
yilgi Jeneva deklaratsiyasidan olinganligi mazkur hujjatlarning mantiqiy
davomiyligini tasdiqlaydi.

19

Уруш вақтида фуқароларни ҳимоя қилиш бўйича Женева конвенцияси. Халқаро Қизил Хоч Қўмитаси

(ХҚХҚ). 1949 йил 12 август. UNTS 287. Электрон манбаа:

http://www.refworld.org.ru/docid/52f0b9654

. (мурожаат

вақти: 03.01.2024).

20

Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya Qochoqlar maqomlariga taalluqli protokol // Elektron manbaa:

https://www.unhcr.org/centralasia/wp-content/uploads/sites/75/2021/11/UNHCR-Refugee-conventions-2021-A5-v2-
screen.pdf

(murojaat vaqti: 03.02.2024).

21

Гудвин-Гилл Г.С. Статус беженца в международном праве. – М.: ЮНИТИ, 1997. – С. 419.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

Bizning fikrimizcha, ulardan quyidagi yangi tamoyillarni sanab o‘tish

maqsadga muvofiq bo‘lardi:

birinchi tamoyil

, bolalarning irqi, rangi, jinsi, tili, dini, siyosiy yoki boshqa

qarashlari, milliy yoki ijtimoiy kelib chiqishi, mulki, tug‘ilishi yoki bolaga yoki
uning oilasiga tegishli boshqa maqomiga ko‘ra kamsitmaslik;

ikkinchi tamoyil

, erkinlik sharoitida bolaning jismoniy, aqliy, axloqiy,

ma’naviy va ijtimoiy rivojlanishi uchun alohida himoya va imkoniyatlar hamda
qulay shart-sharoitlar bilan ta’minlash;

uchinchi tamoyil

, ijtimoiy xavfsizlik huquqi;

to‘rtinchi tamoyil

, jismoniy, aqliy yoki ijtimoiy nuqsonlari bo‘lgan bolalarga

maxsus davolash, ta’lim va g‘amxo‘rlik qilish huquqi;

beshinchi tamoyil

, ta’lim olish huquqi;

oltinchi tamoyil

, e’tiborsizlik va shafqatsizlikning barcha shakllarini

taqiqlash;

ye

ttinchi tamoyil

, o‘zaro tushunish, bag‘rikenglik, xalqlar do‘stligi, tinchlik

va umuminsoniy birodarlik ruhida tarbiyalanish huquqi.

Deklaratsiyada birinchi marta bolaning eng yaxshi manfaatlari tamoyili

qayd etilgan. Migratsiyadagi bolalarni himoya qilish nuqtai nazaridan
Deklaratsiya kamsitmaslik tamoyili bilan ajralib turadi, bu esa kamsitmaslik
uchun asoslarning to‘liq ro‘yxatini taqdim etadi. O‘z navbatida bu Fuqarolik va
siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktning

22

qoidalariga ham to‘liq mos

keladi.

Ijtimoiy nochor bolalarga maxsus muomala, ta’lim va g‘amxo‘rlik qilish

masalasi ijtimoiy zaif, ayniqsa, migratsiyadagi bolalarga ham taalluqli bo‘lishi
mumkin. Migratsiya holatining oqibatlari bolalarni odam savdogarlari, bolalar
qul mehnatidan foydalanish va hokazolar uchun oson o‘ljaga aylantirganda,
barcha ko‘rinishdagi qarovsizlik, shafqatsizlik va ekspluatatsiyaning oldini olish
tamoyili alohida qayd etilishi lozim, deb hisoblaymiz.

XX asrning 70-yillariga kelib, bola huquqlari bo‘yicha amaldagi xalqaro

huquq normalari endilikda zamon talablariga javob bermadi va bolalar uchun
inson huquqlari to‘g‘risidagi qonunlar bolalarning maxsus ehtiyojlarini
qondirish uchun aniq yo‘naltirganlikni talab qildi. Bundan tashqari, 1959 yilda
Bola huquqlari deklaratsiyasi imzolangandan beri bola huquqlari konsepsiyasi
va ularni himoya qilish usullari bo‘yicha yangi yondashuvlar ishlab chiqildi,

22

Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi Xalqaro pakt, 1966-yil 16-dekabr, Nyu-York // O‘zbekiston Respublikasi

mazkur Xalqaro paktga O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 31-avgustdagi 127-I-sonli “1966-yil 16-
dekabrdagi fuqaroviy va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktga qo‘shilish haqida”gi qaroriga asosan qo‘shilgan.
O‘zbekiston Respublikasi uchun 1995-yil 28-dekabrdan kuchga kirgan. Elektron manbaa:

https://lex.uz/docs/2640479

(murojaat vaqti: 27.01.2024).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

13

masalan, bolalarning qurolli mojarolarda, migratsiya jarayonida ishtirok etishi
va boshqalar. Bola huquqlarini himoya qilish bo‘yicha normalar ishlab chiqishda
oldingi tajriba va yangi g‘oyalarni o‘z ichiga olgan yagona xalqaro hujjatga
ehtiyoj tug‘ildi. Va nihoyat, shu tariqa 1989 yilda Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiya qabul qilindi

23

.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya bolalarning fuqarolik, ijtimoiy-

iqtisodiy, madaniy va boshqa huquqlariga, shu jumladan ota-onalarning bolaga
nisbatan huquqlariga bag‘ishlangan 54 ta moddadan iborat. Hozirgi vaqtda
Konvensiyaga 200ga yaqin davlatlar qo‘shilgan bo‘lsa-da, AQSh ushbu
Konvensiyani hozirgi kunga qadar ratifikatsiya qilmagan

24

.

O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston Respublikasi

Oliy Kengashining 1992 yil 9 dekabrdagi 757-XII-sonli “Bola huquqlari
to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi Qaroriga muvofiq qo‘shilgan.
Konvensiya O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994 yil 29 iyuldan kuchga kirgan.
Konvensiyaga muvofiq har bir shaxs 18 yoshga to‘lgunga qadar bola deb e’tirof
etilib, hujjatda quyidagi asosiy 7 toifadagi normalar belgilangan

25

:

birinchidan

, “bola” tushunchasi, bolalar manfaatlarining ustuvorligi va

ishtirokchi-davlatlarning Konvensiyada belgilangan huquqlarni kamsitishsiz amalga
oshirish choralarini ko‘rish majburiyati (1–4-m.);

ikkinchidan

, hayotga, ismga, fuqarolikka, ota-onasini bilish huquqiga, ota-

onaning g‘amxo‘rligi va ajralmasligiga, ota-onalarning bolalarga nisbatan
huquqlari va majburiyatlari (5–11-m.);

uchinchidan

, bolalarning o‘z nuqtai nazarini, o‘z fikrini bildirish,

fikrlash, vijdon va din erkinligi, uyushish va tinch yig‘ilishlarga bo‘lgan
huquq, bolaning axborotga ega bo‘lish va uni tarqatish huquqlari (12–17-m.);

to‘rtinchidan

, davlat tomonidan bolaning ota-onalariga va qonuniy

vakillariga yordam berish, shuningdek bolalarga ularni tarbiyalovchi shaxslar
tomonidan qo‘pol muomala bo‘lish, ularning tahqirlanishidan himoya qilish,
oilaviy muhitdan mahrum bo‘lgan yoki asrab olingan, aqliy yoki jismoniy
jihatdan zaif bolalarni himoya qilish, bolalarning sog‘liqni saqlash sohasidagi

23

Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya, 1989-yil 20-noyabr. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga O‘zbekiston

Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga qo‘shilish
haqida”gi Qaroriga muvofiq qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyuldan kuchga kirgan. Elektron
manbaa:

https://lex.uz/docs/2595913

(murojaat vaqti: 27.02.2024).

24

Predstavitel OON prizvala SShA i Somali ratifitsirovat Konvensiyu o pravax rebenka. Elektron manbaa:

https://news.un.org/ru/story/2010/10/1171621

(murojaat vaqti: 27.02.2024).

25

Bola huquqlari to‘g‘risida konvensiya, 1989-yil 20-noyabr. O‘zbekiston Respublikasi mazkur Konvensiyaga

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1992-yil 9-dekabrdagi 757-XII-sonli “Bola huquqlari to‘g‘risidagi
konvensiyaga qo‘shilish haqida”gi Qaroriga muvofiq qo‘shilgan. O‘zbekiston Respublikasi uchun 1994-yil 29-iyuldan
kuchga kirgan. Elektron manbaa:

https://lex.uz/docs/2595913

(murojaat vaqti: 27.02.2024).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

14

huquqlari, shuningdek, bolalarning ijtimoiy rivojlanishi uchun zarur bo‘lgan
turmush darajasi to‘g‘risidagi normalar (18–27-m.);

beshinchidan

, bolalarning ta’lim olish, ona tili va madaniyatidan

foydalanish, dam olish olish va madaniy sohadagi huquqlari (28–31-m.);

oltinchidan

, davlatning bolalarni noqonuniy ekspluatatsiya qilinishdan,

giyohvand moddalarni noqonuniy iste’mol qilish, o‘g‘irlash va bolalar savdosidan
himoya qilishga oid majburiyatlari (32–36-m.);

ye

ttinchidan

, sodir etilgan jinoyatlar uchun jazodan ozod qilish imkoniyati

bo‘lmasa o‘lim va umrbod ozodlikdan mahrum qilish jazolari 18 yoshga to‘lgunga
qadar sodir etilgan jinoyatlarga nisbatan qo‘llanilmasligi, bolalarga nisbatan
qiynoqqa solish va qadr-qimmatni kamsituvchi jazo taqiqlanishi, jinoiy xatti-
harakatlar sodir etishda ayblanayotgan bolaning huquqlari, shuningdek qurolli
to‘qnashuvlar va urushlar paytida bolalarni himoya qilish normalari (37–41-m.).

Konvensiyaning a’zo davlatlar tomonidan bajarilishi ustidan monitoringni

BMTning Bola huquqlari bo‘yicha qo‘mitasi amalga oshiradi

26

.

Shu o‘rinda, agar migratsiya sharoitida ota-onaning bolaga nisbatan

suiiste’moligi bo‘lsa, bolaning eng yaxshi manfaatlarini aniqlash zarur bo‘ladi. Bu
huquq 1966 yildagi Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro paktda
(17, 23-m.) va 1989 yilgi Konvensiyaning o‘zida (10, 22-m.) e’lon qilingan oila
birligi tamoyiliga asoslanadi.

Konvensiya bolalarni noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan hibsga olishni

taqiqlaydi (37-modda), bu bolani hibsga olish yoki qamoqqa olish qonuniy
bo‘lishi oxirgi chora sifatida va eng qisqa muddatda qo‘llanilishini talab qiladi.
Biroq, 1989 yilgi Konvensiyaning ushbu qoidasi ozodlikdan mahrum qilishning
barcha shakllariga nisbatan noqonuniy va o‘zboshimchalik bilan hibsga olish,
shu jumladan migrantlar va boshpana izlovchilarni hibsga olish taqiqlanishini
kafolatlamaydi.

Shu bilan birga 1951 yildagi Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi

konvensiyaning

31-moddasining

1-bandida

mustahkamlanishicha,

Ahdlashayotgan davlatlar 1-moddada ko‘zda tutilgan, hayotlariga yoki
erkinliklariga xavf tug‘dirgan hududdan kelib, o‘zlarining hududlariga
noqununiy kirganlari yoki hududlarida noqonuniy turganlari, ruxsatsiz bu
davlatlarning hududlariga kirganlari yoki bo‘lishlari uchun qochoqlar
kechiktirmasdan o‘zlari hokimiyat oldiga borishlari va noqonuniy kirganliklari
yoki bo‘lishlarini qoniqarli tushuntirib berishlari sharti bilan jazo choralari
qo‘llamaydilar. Bundan tashqari, ahdlashayotgan davlatlar o‘z hududlarida

26

Bola huquqlari to‘g‘risida Konvensiya haqida nimalarni bilamiz? // Elektron manbaa: https://xs.uz/uzkr/post/ bola-

huquqlari-togrisida-konventsiya-haqida-nimalarni-bilamiz (murojaat vaqti: 21.02.2024).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

15

qonuniy yashayotgan qochoqlarni davlat xavfsizligi va jamoat tartibi nuqtai
nazaridan boshqa holatlarda chiqarib yubormaydilar (32-moddaning 1-bandi)

27

.

Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiya jinoyat qonunchiligini buzgan,

ayblangan yoki buzgan deb e’tirof etilgan bolalar uchun aybsizlik prezumpsiyasi,
qo‘yilgan ayblovlar to‘g‘risida zudlik bilan xabardor bo‘lish, o‘z himoyasini
tayyorlash va amalga oshirishda huquqiy hamda boshqa zarur yordam olish kabi
kafolatlarni belgilagan. Bizning fikrimizcha, ushbu kafolatlar, ayniqsa, dunyoning
turli mintaqalarida tez-tez uchrab borayotgan muayyan davlat chegaralarini
noqonuniy kesib o‘tish holatlarida migratsiyadagi bolalarni muntazam ravishda
ushlab turish nuqtai nazaridan dolzarb hisoblanadi.

Demak, Konvensiya bu kabi migrant bolalarga huquqiy himoyaning milliy

rejimini kafolatlaydi, bu esa ushbu hujjatning progressivligini isbotlaydi

28

.

1990 yil 30 sentyabrda AQShda bo‘lib o‘tgan Butunjahon bolalar

sammitidan so‘ng rivojlanishning yangi bosqichga asos solindi, desak mubolag‘a
bo‘lmaydi. Unda Bolalarning omon qolishi, himoyasi va rivojlanishi to‘g‘risidagi
Butunjahon deklaratsiyasi

29

va Butunjahon deklaratsiyasini amalga oshirish

bo‘yicha harakatlar rejasi qabul qilindi

30

. Deklaratsiyada muammolar qatorida

o‘z uylarini va oilalarini tashlab ketishga majbur bo‘lgan migratsiyadagi
bolalarning o‘sishi va rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan behisob azob-uqubatlar
aniqlangan (4-band). Maqsad bola huquqlarini himoya qilish va ularning
hayotini yaxshilash bo‘lgan dasturning 10 bandi orasida Deklaratsiya migrant
bolalarga yangi hayotda moslashishlari uchun yordam ko‘rsatish zarurligini
e’lon qildi (20-band). Butunjahon deklaratsiyasini amalga oshirish bo‘yicha
Harakatlar rejasida migratsiyadagi bolalarning og‘ir turmush sharoiti, ularning
oilalari va jamiyatlari tomonidan alohida e’tibor, himoya va yordam ko‘rsatish
zarurligi ta’kidlandi.

1994 yilda Qohirada bo‘lib o‘tgan Aholi soni va taraqqiyoti bo‘yicha

xalqaro konferensiyaning ishtirokchilari tomonidan boshqariladigan tamoyillar

27

Qochoqlar maqomi to‘g‘risidagi konvensiya Qochoqlar maqomlariga taalluqli protokol // Elektron manbaa:

https://www.unhcr.org/centralasia/wp-content/uploads/sites/75/2021/11/UNHCR-Refugee-conventions-2021-A5-v2-
screen.pdf

(murojaat vaqti: 03.02.2024).

28

Маркелова М.Н. Международно-правовая защита прав детей в условиях вынужденной мигрatsiи //

Диссертatsiя на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – М.: Федеральное государственное
автономное образовательное учреждение высшего образования «РУДН», 2019. – С. 80.

29

Всемирная декларaция об обеспечении выживания, защиты и развития детей от 30 сентября 2000 г. //

Дипломатический вестник. – 1992. – №6. – С. 10–13.

30

Bolalar uchun Butunjahon sammitida mamlakatlar rahbarlari tomonidan qabul qilingan Deklaratsiya va Harakat

rejasini taqdim etish marosimi: BMT Bosh Assambleyasining 1990 yil 18 oktyabrdagi 45/625 rezolyusiyasi. Doc. BMT
A/RES/44/25.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

16

belgilab berildi

31

. 11-tamoyiliga ko‘ra, barcha davlatlar va oilalar bolalarga

maksimal darajada ustuvorlik berishlari lozim. Bola o‘zining farovonligini,
munosib turmush darajasi va sog‘lig‘ini, ta’lim olish huquqini ta’minlaydigan
barcha huquqlarga ega. 12-13-tamoyillar migrantlarning huquqlariga
bag‘ishlangan bo‘lib, 1951 yilgi Konvensiyaga muvofiq davlatlarning qochoqlar
oldidagi majburiyatlarini eslatib o‘tgan.

Ushbu muammolarni hal qilish uchun quyidagi yechimlar taklif sifatida

keltirilgan:

birinchidan

, migratsiya oqimining paydo bo‘lishiga olib keladigan odamlar

ko‘chirilishining asosiy sabablarini bartaraf etish;

ikkinchidan

, migrant ayollar va bolalarning ehtiyojlari va jismoniy

xavfsizligiga alohida e’tibor qaratgan holda ularni samarali himoya qilish hamda
ularga yordam berish;

uchinchidan

, migrantlarning sog‘lig‘ini saqlash, ta’lim va ijtimoiy xizmatlar

bilan ta’minlash

32

.

2000 yilda Bola huquqlari to‘g‘risidagi konvensiyaga bolalarni qurolli

mojarolarga jalb qilish bo‘yicha Fakultativ protokol qabul qilindi, bu esa bolalarning
harbiy harakatlarda bevosita ishtirok etmasligini kafolatlaydi (1-modda). Biroq,
bizning fikrimizcha, so‘nggi yillarda migratsiyadagi bolalar zaif toifa bo‘lganligi
sababli Afg‘oniston, Livan, Suriya, Sudan, Ukraina kabi ayrim mamlakatlarda
bolalarning qurolli mojarolarda ishtirok etish holatlari kuzatilishi achinarlidir.

2006 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan tashkil etilgan Xalqaro

migratsiya va rivojlanish bo‘yicha oliy darajadagi muloqot doirasida davlatlar
xalqaro migratsiya muammosi bo‘yicha bir qator asosiy tushunchalarni qayta
ko‘rib chiqdilar. Ayrim zaif guruhlar, xususan, migrant ayollar va bolalarning
alohida himoyaga muhtojligi, ksenofobiya, kamsitish, irqchilik va migrantlarning
ijtimoiy chetlanishiga qarshi kurashish uchun sa’y-harakatlarni birlashtirish
zarur. Bu borada ishtirokchi davlatlar, shuningdek, hukumatlar inson huquqlari
bo‘yicha asosiy konvensiyalar va boshqa tegishli xalqaro hujjatlarni ratifikatsiya
qilish va amalga oshirishlari shart, deb hisoblaymiz.

2013 yilda bo‘lib o‘tgan Xalqaro migratsiya va rivojlanish bo‘yicha oliy

darajadagi muloqot yakunlari bo‘yicha deklaratsiya qabul qilindi

33

. Unda

31

BMTning Aholi va rivojlanish bo‘yicha xalqaro konferensiyasi hisoboti. Qohira, 5-13 sentyabr 1994-yil.

A/CONF.171/13/Rev.1. Nyu-York, 1995. 1-111-betlar. A/CONF.171/13/Rev.1. Nyu-York, 1995. B. 1–111. Elektron
manbaa: https://www.unfpa.org/sites/default/ (murojaat vaqti: 03.12.2023).

32

Маркелова М.Н. Международно-правовая защита прав детей в условиях вынужденной мигрaции //

Диссертatsiя на соискание ученой степени кандидата юридических наук. – М.: Федеральное государственное
автономное образовательное учреждение высшего образования «РУДН», 2019. – С.81.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

17

migratsiya maqomidan qat’i nazar, barcha migrantlarning inson huquqlari va
asosiy erkinliklarini hurmat qilish va himoya qilishni samarali rag‘batlantirish
zarurligi yana bir bor kun tartibiga qo‘yildi. Jumladan, bolalarning huquq va
erkinliklari, shuningdek, migrant bolalarning, ayniqsa, kuzatuvsiz migrant
bolalarning zaifligini hisobga olgan holda, ularning inson huquqlarini himoya
qilish, ularning salomatligi, ta’limi va psixologik rivojlanishini ta’minlash har bir
a’zo davlatning majburiyati ekanligi bildirildi.

2016 yilda xalqaro hamjamiyat migratsiyadagi shaxslarning katta

guruhlari harakati muammosini hal qilish uchun birlashdi va eng muhim
yakuniy hujjat – Qochoqlar va migrantlar bo‘yicha Nyu-York deklaratsiyasini bir
ovozdan ma’qulladi

34

.

Bugungi kunda insoniyat tarixida kutilmagan darajada nihoyatda ko‘p

sonli kishilarning bir joydan ikkinchi joyga ko‘chishi kuzatilayotgani tufayli
migratsiya bilan bog‘liq masalalar dunyoning aksariyat davlatlari, jumladan,
O‘zbekiston uchun ham g‘oyat dolzarb hisoblanadi. O‘zbekiston birinchilardan
bo‘lib, BMT Bosh assambleyasining 2018 yil 19 dekabrdagi 73/195-sonli
rezolyusiyasi bilan ma’qullangan Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiya bo‘yicha
global

shartnomani

qo‘llab-quvvatladi.

Migratsiya

bo‘yicha

global

shartnomaning 53-bandida barcha a’zo-davlatlarga Migratsiya bo‘yicha global
shartnomani amalga oshirish uchun keng qamrovli vazifalardan iborat bo‘lgan
milliy dasturlarni imkon qadar tezroq ishlab chiqish va milliy darajada
erishilgan yutuqlarni muntazam ravishda har tomonlama baholagan holda,
jumladan, amalga oshirishning milliy dasturini ixtiyoriy tayyorlash va
foydalanish orqali tahlil qilish tavsiya etilgan. Bizning fikrimizcha, bunday
tahliliy hisobotlar barcha tegishli sub’ektlar, shuningdek, parlament a’zolari va
mahalliy hokimiyat organlari vakillarining fikrlarini inobatga olgan holda
tayyorlanishi hamda Xalqaro migratsiya muammolarini ko‘rib chiqish bo‘yicha
forum ishida ishtirok etuvchi a’zo-davlatlarni samarali xabardor qilishga xizmat
qilishi lozim. Bu kabi harakatlar rejasini ishlab chiqishda inson manfaatlarini
yuqori qo‘yish, gender jihatlarini hisobga olish, bolalar va nogironlarni
e’tibordan chetda qoldirmaslik, migratsion maqomidan qat’iy nazar barcha
migrantlarning huquq va erkinliklarini hurmat qilish, shuningdek ayol
migrantlar va migrant bola huquqlarini inobatga oluvchi milliy migratsiya

33

Диалог высокого уровня по вопросам международной мигрatsiи и прав человека, 3-4 октября 2013 года.

Электрон манба: https://www.ohchr.org/ru/migration/high-level-dialogue-international-migration-and-development -3-
4-october-2013 (мурожаат вақти: 03.12.2023).

34

Нью-Йоркская декларaция о беженцах и мигрантах // Электрон манба: https://www.ohchr.org/ru/migration/

high-level-dialogue-international-migration-and-development-3-4-october-2013 (мурожаат вақти: 03.02.2024).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

18

siyosati hamda qonunchiligini ishlab chiqish kabi jihatlarni alohida hisobga olish
lozimligi tavsiya etilgan

35

.

Xavfsiz, tartibli va qonuniy migratsiyaga erishish uchun global shartnoma

23 ta maqsadni qamrab oldi

36

. Unda quyidagi maqsadlar bevosita yoki bilvosita

migratsiyadagi bolalarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga aloqador, deb
hisoblaymiz:

3-maqsad

: Migratsiyaning barcha bosqichlarida to‘g‘ri va o‘z vaqtida

ma’lumot bilan ta’minlash;

4-maqsad

: Barcha migrantlarning qonuniy shaxsini tasdiqlovchi va tegishli

hujjatlarga ega bo‘lishini ta’minlash;

7-maqsad

: Migratsiya bilan bog‘liq zaiflik omillarini bartaraf etish va ularni

kamaytirish;

8-maqsad

: Odamlar hayotni saqlab qolish va bedarak yo‘qolgan

migrantlarni izlash bo‘yicha muvofiqlashtirilgan xalqaro sa’y-harakatlarni yo‘lga
qo‘yish;

9-maqsad

: Migrantlarning kontrabandasiga qarshi transmilliy choralarni

kuchaytirish;

10-maqsad

: Xalqaro migratsiya sharoitida odam savdosini oldini olish,

unga qarshi kurashish va barham berish;

11-maqsad

:

Chegaralarni

integratsiyalashgan,

xavfsiz

va

muvofiqlashtirilgan tarzda boshqarish;

12-maqsad

: Tegishli nazorat, baholash va yo‘naltirishni amalga oshirish

uchun migratsiya tartib-taomillarining izchilligi va bashorati darajasini oshirish;

13-maqsad

: Migrantlarni vaqtincha saqlash markazlariga joylashtirish

amaliyotini faqat oxirgi chora sifatida qo‘llash va muqobil usullarni izlash;

21-maqsad

: Migrantlarning xavfsiz va munosib qaytishi va qayta qabul

qilinishi hamda barqaror reintegratsiyasiga ko‘maklashishda hamkorlik qilish.
Xulosa qilib aytganda, bolalarni universal darajada himoya qilish imkoniyati
Millatlar Ligasining tashkil etilishi bilan paydo bo‘ldi. Uning doirasida aholining
ushbu toifasining alohida zaifligini hisobga olgan turli hujjatlar qabul qilindi.
Vaqt o‘tishi bilan xalqaro hujjatlarda ota-onalari hamrohligidagi migrant
bolalarga oid qoidalar yuzaga keldi. BMT ta’sis etilishi bilan inson huquqlari
tarixi yangi pog‘onaga ko‘tarilib, insonning fuqarolik, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy
huquqlari xalqaro hujjatlarda mustahkamlangan va ishtirokchi davlatlar milliy
miqyosda ularga rioya qilish majburiyatini oladilar. 1989 yildagi Bola huquqlari

35

Isoqov L.X. Davlat boshqaruvida Migratsiya bo‘yicha global shartnoma maqsadlariga erishishning dolzarb

muammolari. “Jamiyat va boshqaruv” jurnali, 2023 yil, 3(101)-son. – B. 145–152.

36

BMT Bosh Assambleyasining 2022-yil 7-iyundagi rezolyusiyasi bilan qabul qilingan (A/RES/76/266).


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

19

to‘g‘risidagi konvensiyaning qabul qilinishi bilan bola huquqlarini himoya qilish
bo‘yicha yangi g‘oyalar va normalar ishlab chiqish bo‘yicha oldingi tajribani
o‘zida mujassam etgan holda xalqaro miqyosda bolalarni himoya qilishni har
tomonlama huquqiy tartibga solish davri boshlandi. Vaqt o‘tishi bilan xalqaro
hamjamiyat inson huquqlari bo‘yicha konvensiyalarga hurmat bilan
munosabatda bo‘lib, o‘zaro hamkorlikning yangi shakliga – yuqori darajadagi
konferensiya va muloqotlarga o‘tdi, ularning yakunlari bo‘yicha hujjatlar qabul
qilindi. Ushbu hujjatlarning qoidalari yuridik jihatdan majburiy bo‘lmasa-da,
ko‘plab davlatlarning milliy qonunchiligida o‘z aksini topgan