Авторы

  • Ilxom Xuramov
    Temiz davlat universitet tayanch doktoranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.53648

Аннотация

Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Bu tizimni isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqlidir. Bu tizimda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlar joriy qilish, ta’lim tizimini yuqori va zamon talablariga moslash bo‘yicha amalga oshiralayotgan ishlardan ushbu fikrlarimizni isbotini topishimiz mumkindir. O‘rta va oliy ta’lim uchun sun’iy intellekt (AI) ilovalarini ishlab chiqish va joriy etish talabalarning fanlarni o‘rganishi va o‘qituvchilarning dars berish usullarini ijobiy tomonga o‘zgartirish imkoniyatlariga ega.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

86

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING PEDAGOGIK MAHORATINI

RIVOJLANTIRISHDA SUNIY INTELLEKTNING O‘RNI

Xuramov Ilxom Panjiyevich

Temiz davlat universitet tayanch doktoranti

Emai:xuramovilxom@gmail.com

https://doi.org/10.5281/zenodo.11636792

Bugungi kunda yurtimizda ta’lim sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda.

Bu tizimni isloh qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar ham salmoqlidir. Bu
tizimda zamonaviy texnologiyalardan foydalanish imkoniyatlar joriy qilish,
ta’lim tizimini yuqori va zamon talablariga moslash bo‘yicha amalga
oshiralayotgan ishlardan ushbu fikrlarimizni isbotini topishimiz mumkindir.
O‘rta va oliy ta’lim uchun sun’iy intellekt (AI) ilovalarini ishlab chiqish va joriy
etish talabalarning fanlarni o‘rganishi va o‘qituvchilarning dars berish usullarini
ijobiy tomonga o‘zgartirish imkoniyatlariga ega. AI ilovalari talabalar uchun
shaxsiylashtirilgan ta’lim tajribasini taqdim etishi va ta’lim sohasidagi
muammolar uchun innovatsion yechimlarni taklif qilishi mumkin [1]. Sun’iy
intellektning ideal xususiyati – bu aniq maqsadga erishish uchun eng yaxshi
imkoniyatga ega bo‘lgan harakatlarni baholay olish va amalga oshirish
qobilyatidir. Hozirda sun’iy intellekt turli amallarni bajarishga mo‘ljallangan
algoritim hamda dasturiy tizimlardan iborat va u inson ongi bajarishi mumkin
bo‘lgan bir qancha vazifalarning uddasidan chiqa oladi [2]. Sun’iy intellekt va
kompyuter texnologiyalarni ta’lim sohasiga jorit etish zamonaviylashayotgan
dunyoning talabiga aylanib bormoqda. Ta’limni raqamlarga ko‘chirish albattaki
bu sohani rivojlantirishda o‘z ahamiyatini kasb etadi.

Sun’iy intellekt bo‘yicha dunyodagi eng mashhur darsliklardan biri “Sun’iy

intellekt: zamonaviy yondashuv” mualliflari Styuart Jonatan Rassell va Piter
Norvigning so‘zlariga ko‘ra, birinchi marta 1995-yilda nashr etilgan (kitobning
to‘rtinchi nashri allaqachon 2020-yilda nashr etilgan). Sun’iy intellekt aqlli
mavjudotlarni tushunishga va yangi aqlli shaxslarni yaratishga harakat
qilmoqda. “Hech kim kelajakni batafsil bashorat qila olmasa-da, inson
darajasidagi (yoki undan yuqori) aql-zakovatga ega kompyuterlar bizning
kundalik hayotimizga va sivilizatsiyaning kelajakdagi rivojlanishiga katta ta’sir
ko‘rsatishi aniq”- deydi [4]. Bugungi zamonda taʼlim sohasini rivojlantirish
boʻyicha xorij tajribalaridan andoza olish, ijodiy yondashgan holda amaliyotda
joriy etish, zamon talabiga mos ravishishda tatbiq qilish boʻyicha loyihalar ishlab
chiqildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2017 – 2021-yillarda
maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

87

to‘g‘risida”gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ2707-sonli, “Maktabgacha ta’lim tizimini
tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 9-sentyabrdagi
PQ-3261-son qarorlari, “Maktabgacha ta'lim tizimi boshqaruvini tubdan
takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 2017-yil 30-sentyabrdagi PF-
5198 sonli Farmoyishi shu jumladandir

Sun’iy intellekt - bu kompyuter dasturlarining, asosan ma’lumotlar

analizini, tahlil qilishni va umumiy yorliqlarni ko’rsatishni o’rganuvchi
texnologiya. U o’zining o’ziga xos tizim va algoritmlari bilan ko’plab ma’lumotlar,
statistik ma’lumotlar, axborotlar va hujjatlarni yig’ib olib, ulardan narsalarni
aniqlash va natijalarni ko’rsatish orqali faoliyat ko’rsatadi. Sun’iy intellekt,
tadbirkorlik, tibbiyot, ta’lim vaboshqa ko’plab sohalarda foydalaniladi.

O'qituvchilik kasbida muvaffaqiyatga erishish uchun har bir muallim

pedagogik mahoratni egallashi zarur. Pedagogik mahorat egasi kam kuch sarf
qilib, katta natijalarga erishadi, o’z ishining natijasi bilan mo'jizalar varatadi,
ijodkor bo'ladi. Pedagogik ishga qobiliyatli, iste’dodli kishidagina pedagogik
mahorat bo'lishi mumkin.

Jamiyatimizning ma’naviy yangilanishi ijtimoiy yo'naltirilgan bozor

iqtisodiyotini shakilantirish jahon hamjamiyatiga qo'shilishini ta’minlaydigan,
demokratik huquqiy davlat qurish, zamonaviy pedagog kadrlar tayyorlash
masalasi ustuvor mezon sifatida muhim rol o'ynaydi.Hayot, fan va madaniyat
jud a katta sur’at bilan nvojlanmoqda Hozir axborotlar nihoyatda ko'paygan
davr. Axborotlar oqimi ichidan o’zi uchun eng muhimini topa olish biz
o’qituvchilardan tinmay izlanishni talab etmoqda.
Afsuski, oliy o’quv yurtida olgan bilimi bilan cheklanayotgan, bilim dorasi
darslikdan nariga o’tmaydigan o’qituvchilar ham ko'p. Bunday о’qituvchi
O’quvchilaridan orqada qolmoqda. Chunki o’quvchi boy va ko’p qirrali
axborotdan bahramand. bu o’qituvchining obro’yini tushirmoqda.O’qituvchi
o’z ustida ishlamasligining yomon oqibati shundaki, u o’quvchilar umrini
zoye ketkizadi. O’quvchining oltin vaqtini behuda oladigan o’qituvchi esa bir
umr ziyo bermay, dudlab yotgan chiroqni eslatadi. Ziyokor o’qituvchi esa
mudom porlab nur bermog’i, o’z ziyosidan avlodni bahramand qilishi lozim.

Adabiyotlar ro‘yxati:

1.Sabirjonov R.A., Ayupov R.H. va boshqalar. Zamonaviy raqamli
texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari. “Media” nashriyoti, 2022 yil. 202 bet.
2. Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A. FILIPOVA
“Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish” (ma’ruza kursi) Samarqand-2022 b-7


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

88

3.Panjiyevich, XI (2024). SUN'IY INTELLEKTNING O'ZBEKISTONDA
RIVOJLANISHI VA PROFESSIONAL TA'LIMDA QO'LLANILISHI. TA'LIM VA
RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI , 4 (2), 257-259.
4. Panjiyevich, KI (2022). IJTIMOIY HAMMARLIK TARIXI, MOHIYATI,
RIVOJLANISHI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASPEKTLARI. EVROPA
ZAMONAVIY TIBBIYOT VA AMALIYOT JURNALI , 2 (12), 12-15.
5.Xuramov, IP (2022 yil, sentyabr). TA'LIM MUASASSALARI FAOLIYATI
SAMARADORLIGINI OSHIRISH VOSITALARI. “FAN, AMALIYOT VA TA’LIMDAGI
INNOVATSION TRENDLAR” XALQARO ILMIY KONFERENTSIYADA ( 1-jild, 2-son,
217-219-betlar).
6.XI Panjiyevich Sun'iy Intellekt Vositalarini A Professional Ta'limda Qo'llash
Samaradorligi //Ta'lim va ijtimoiy tadqiqotlarda innovatsiyalar jurnali//2 (3),
10-12 (2024)

Библиографические ссылки

Sabirjonov R.A., Ayupov R.H. va boshqalar. Zamonaviy raqamli texnologiyalarning rivojlanish istiqbollari. “Media” nashriyoti, 2022 yil. 202 bet.

Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti I.A. FILIPOVA “Sun’iy intellektni huquqiy tartibga solish” (ma’ruza kursi) Samarqand-2022 b-7

Panjiyevich, XI (2024). SUN'IY INTELLEKTNING O'ZBEKISTONDA RIVOJLANISHI VA PROFESSIONAL TA'LIMDA QO'LLANILISHI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI ONLAYN ILMIY JURNALI , 4 (2), 257-259.

Panjiyevich, KI (2022). IJTIMOIY HAMMARLIK TARIXI, MOHIYATI, RIVOJLANISHI VA UNING PSIXOLOGIK-PEDAGOGIK ASPEKTLARI. EVROPA ZAMONAVIY TIBBIYOT VA AMALIYOT JURNALI , 2 (12), 12-15.

Xuramov, IP (2022 yil, sentyabr). TA'LIM MUASASSALARI FAOLIYATI SAMARADORLIGINI OSHIRISH VOSITALARI. “FAN, AMALIYOT VA TA’LIMDAGI INNOVATSION TRENDLAR” XALQARO ILMIY KONFERENTSIYADA ( 1-jild, 2-son, 217-219-betlar).

XI Panjiyevich Sun'iy Intellekt Vositalarini A Professional Ta'limda Qo'llash Samaradorligi //Ta'lim va ijtimoiy tadqiqotlarda innovatsiyalar jurnali//2 (3), 10-12 (2024)