CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
81
JURNALISTLARNING SUD JARAYONI BILAN BOG’LIQ KASBIY VA
AXLOQIY MAJBURIYATLARI
Xujaqulova Farangiz
O’zDJTU 4-kurs talabasi
Tel: +998883872101
xujaqulovafarangizz@gmail.com
https://doi.org/10.5281/zenodo.11633359
ANNOTATSIYA:
Sud-huquq jarayonlarini yoritish va to’g’ri material tayyorlashda
jurnalistlarning kasbiy va axloqiy majburiyatlari bilan tanishib chiqamiz. Har bir
soha vakilining o’z kasbiy etikalari mavjud bo’lib, ularni to’g’ri qo’llay olish, ish
ustuvorligi va samarasini oshiradi. Jurnalistning kasbiy va axloqiy majburiyatlari
tegishli hujjatlarda keltirilgan. Bu majburiyatlarga amal qilmaslik, jurnalist
saviyasi va tayyorlagan materiallarida ko’rinib qoladi.
Kalit so‘zlar:
“O‘zbekiston jurnalistlarining odob-axloq qoidalari”, jurnalist
majburiyatlari, sud-huquq jurnalistining kasbiy odobi.
Sud-huquq yo‘nalishida faoliyat yuritadigan jurnalist axborot olishning
kuzatuv, intervyu, suhbat, hujjatlar tahlili usullaridan foydalana olishi lozimligi
ta’kidlandi. Jurnalist o‘z tekshiruvini olib borish davomida muharrir va
kasbdoshlari bilan, shuningdek, ekspertlar bilan hamkorlik qilishi talab etiladi. U
ochiq axborot olishni kafolatlovchi qonun me’yorlaridan yaxshi xabardor
bo‘lishi, yozayotganlari kimningdir sha’ni va qadr-qimmatiga daxl qilmasligi,
material chop etilgandan so‘ng o‘zi va tahririyat noqonuniy xatti-harakat
qilganlikda ayblanishiga asos topilmasligi kerak.
Jurnalistlarning sud jarayonidagi qonuniy faoliyati qonuniy jihatdan
ta’minlangan bo‘lsa ham, mavjud protsessual sudlov tartibida ommaviy axborot
vositalarining sud ishiga halaqit bermasligi belgilangan. Sudyalarning ishiga
aralashish va sud jarayoniga ta’sir ko‘rsatish sud raisining ajrimi bilan
jurnalistlarni sud zalidan chiqarib yuborishga asos bo‘lishi mumkin. Jurnalist
sud jarayoni haqida o‘zi tekshiruv o‘tkazib, natijalarini OAVda e’lon qilish
huquqiga ega. Lekin, aksariyat hollarda jurnalistning fikri sud hukmi yoki
qaroridan farq qilmoqda. Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, yuqori
turuvchi sudlar quyi sudlarning hukm yoki hal qiluv qarorlarini tekshirish uchun
ish materiallarini tegishli suddan talab qilib olib, o‘rganadi. Bunda asosiy e’tibor
taraflarning sud majlisida aytgan gaplariga qaratilib, ular nima degani sud
majlisi bayonnomasidan o‘rganiladi. Afsuski, sud bayonnomasi noxolis va
biryoqlama yozilishiga oid misollar amaliyotda istagancha topiladi. Jurnalist esa
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
82
o‘z xulosasini sudda ishtirok etgan taraflar bilan suhbatga asoslanib yozadi.
Shuning uchun, sud hujjati bilan jurnalist yozgan gaplar o‘rtasida katta tafovut
kelib chiqadi. Ayrim sudyalar esa bu holatni “sudyalarning faoliyatiga aralashish,
sudlarning obro‘sini to‘kishga harakat” sifatida baholashadi. Agarda sudlarda
bayonnoma o‘sha jarayonni to‘laligicha ochib bersa, jurnalistlarning materiallari
sud hujjatlaridan deyarli farqlanmaydi. Agar jurnalistlar ham material
tayyorlashda ortiqcha ehtiros va bo‘rtirishdan foydalanmasa, kasbiy odob
me’yorlariga amal qilsa, ikki tomon ham o‘zaro nizolarga bormaydi. Ba’zi
sudyalarning o‘z ishini puxta bilmasligi sud jarayonida jurnalistlarning
qatnashishiga tish-tirnog‘i bilan qarshilik qilishi bilan ko‘rinib qoladi. Bu esa
sudyalarning kasbiy etika qoidalariga rioya qilmayotganidan dalolat beradi.
Bugungi kungacha har ikki kasb egalarining sudlov va jurnalistik faoliyatni
yuritishi uchun kasbiy odob-axloq qoidalari ishlab chiqilgan bo‘lib, mazkur
qoidalarda ularning axloqiy harakati belgilab qo‘yilgan. “O‘zbekiston
jurnalistlarining odob-axloq qoidalari” Kodeksida jurnalistlarning ochiq sud
majlislarida hozir bo‘lishi, sud jarayonini yoritishda aybsizlik prezumpsiyasiga
amal qilishi, material tayyorlashda fuqarolarning sha’ni, qadr-qimmati hisobga
olinishi kerakligi alohida qayd etilgan. Lekin 2002 yilda qabul qilingan
“O‘zbekiston sudyalarining odob-axloq qoidalari”da sudlarning ommaviy
axborot vositalari bilan o‘zaro munosabatlari, sudyalarning jurnalistlarga
nisbatan munosabati haqida umuman so‘z yuritilmaydi. Bu esa sudyalarga
jurnalistlar faoliyatini har qanday yo‘l bilan cheklashiga zamin yaratadi.
Xalqaro tajribaga nazar tashlasak, deyarli barcha mamlakatlarda
jurnalistlarning kasb odobi qoidalari qabul qilinganligiga guvoh bo‘lamiz. Gʻarb
matbuotida “Kasb odobi qoidalari”ni qabul qilmagan birorta tahriryatni
uchratish qiyin. Shunindek, faoliyat turiga ko‘ra uyuushgan OAVda ham tarmoqli
axloq normalari qabul qilingan [1; b.135].
Shuni unutmaslik kerakki, sud miting yoki erkin majlis emas. Bu qonun
bilan kafolatlangan va ayrim holatlardagina uni yopiq tartibda o‘tkazishga ruxsat
beriladi. Odatda, josuslik, maxfiy hujjatlarni o‘rganish, zo‘rlash bilan bog‘liq
mahkamalarda yoki ishni alohida muhokamasiga ajratib chiqarilgan holatlarda
yopiq o‘tkaziladi. Qolgan barcha holatlarda sudlar ochiq tarzda o‘z ishini olib
boradi. Shunday ekan, sud jarayoniga har kim, ayniqsa, jurnalist qatnashishi
mumkin. Ammo jamoatchilikdan hech kim savol berib yoki luqma tashlab
voqelikka munosabat bildirishi mumkin emas. Albatta, zaldagi odamlar qay yo‘l
bilandir o‘z munosabatini bildiradi: shivirlash, keskin vaziyatlar muhokama
qilinganda, hukm e’lon qilinayotganda shovqin ko‘tarish. Sud esa bunday
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
83
holatlarga e’tibor bermasdan o‘zining funksional vazifalarini to‘liq bajarishi
kerak. Har qanday vaziyatni ham sud ishiga aralashish va sudyalar
mustaqilligiga dahl qilish deb baholash sudyalarning kasbiy odobiga to‘g‘ri
kelmaydi.
Endilikda quyidagi moddaga e’tibor bering: “Ommaviy axborot vositalari o‘z
xabarlarida muayyan ish yuzasidan sud muhokamasi natijalarini oldindan
o‘zicha hal qilib qo‘yishga yoki sudga boshqacha ta’sir etishga haqli emas”.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 60-moddasida o‘rnatilgan cheklovga ko‘pgina
jurnalistlar e’tirozlar bildirishi bejiz emas. Dastlabki tergov va sud tergovi
davomida to‘plangan tom-tom ish materillari, rad etib bo‘lmas ashyoviy dalillar,
shu toifadagi ishlarni yuritish bo‘yicha sud amaliyoti va Oliy sud Plenumining
ko‘rsatmalari bo‘la turib, sudya qanday qilib, jurnalist tomonidan yozilgan
maqolaga ta’sirlanadi yoki uning taxminlariga ishonadi? Madomiki, sudlar
shunchalar ta’sirchan ekan, inson taqdirini hal etishdek, mas’uliyatli vazifani
amalga oshirishiga shubha tug‘iladi . Jurnalistlar sud qarori yoki hukmi qonuniy
kuchga kirgandan keyin o‘z fikr-mulohazalarini e’lon qilish huquqiga ega
ekanligi Jinoyat prosessual kodeksining 23-moddasida, “Jurnalistlik faoliyatini
himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonunining 5-moddasida belgilab qo‘yilgan [2].
Bunday cheklov aybsizlik prezumpsiyasi deyiladi.
Shu o‘rinda aybsizlik prezumpsiyasi kimga taalluqli? degan tabiiy savol
tug‘iladi. “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga Sharhlar”ning Asosiy
Qonunimizning 26-moddasiga sharhlariga murojaat qilaylik: “Aybsizlik
prezumpsiyasi (lotin. preasumptio – faktning teskarisi isbotlangunicha yuridik
jihatdan to‘g‘ri hisoblanishi) jinoyat-huquqiy qonunchilik prinsipining asosini
tashkil etadi hamda odil sudlovning asosiy prinsiplaridan biri hisoblanadi”. OAB
institut tariqasida jinoyat-sudlov jarayonida qatnashmaydi va shuning uchun
ularga jinoyat sudlovning prinsiplari qo‘llanilishi mumkin emas.
Ko‘pgina matbuotshunos olimlar bu masala ustida bir qarorga kela
olishmagan. Soha mutaxassisi Karim Baxriyev jurnalistlarga nisbatan aybsizlik
prezumpsiyasi prinsipini qo‘llash shart emas, deb hisoblaydi. Filologiya fanlari
nomzodi Olimjon O‘sarov esa jurnalistlarga nisbatan aybsizlik prezumpsiyasi
prinsipini qo‘llash inson huquqlarini ta’minlashning eng muhim vositasi, deb
baholaydi. Mutaxassislarning fikricha, “jurnalist uzil-kesil xulosa yoki hukm
chiqarmasligi kerak. Chunki jurnalistning maqolasi uning shaxsiy tekshiruvi
natijasidan kelib chiqib bildirgan fikr-mulohazalaridir. Voqeaga huquqiy bahoni
esa mas’ul idoralar beradi”. Mazkur fikrni eng maqbul xulosa sifatida baholash
mumkin. Chunki jurnalistlar kasb odobi qoidalaridan kechmagan holda shaxsiy
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
84
tekshiruvi natijasidan kelib chiqib o‘z fikr-mulohazalari bildirishi mumkin. Bu
uning asosiy funksiyasi. Voqelikka nisbatan hukm chiqarish esa uning vakolatiga
kirmaydi. U o‘z mulohazasi bilan jamoatchilik fikrini uyg‘otadi va mavjud holat
haqida xabar beradi. Hukm chiqarish esa boshqa idoralarning vakolatiga kiradi.
Bu aybsizlik prezumpsiyasi emas, jurnalistlar uchun huquqiy me’yor. Sababi
aybsizlik prezumpsiyasi keng qamrovli tushuncha hisoblanadi.
kodeksining 327-moddasiga ko‘ra: “Muayyan jinoyat to‘g‘risida matbuot,
radio va televideniye, hujjatli kinofilmlardagi, shuningdek ommaviy axborot
vositalariga yo‘llangan, lekin e’lon qilinmagan xatlardagi xabarlar jinoyat ishini
Sudlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, axborot xizmati va
faoliyatini rivojlantirish, soha vakillarinning kasbiy mahoratini oshirish, hamda
shiddat bilan o‘zgarib turuvchi global axborot bozorida o‘zining doimiy o‘rniga
ega bo‘lish uchun axborot tarqatishning turli usul va vositalarini qo‘llashga oid
ko‘nikmalarni rivojlantirib borish talab etiladi [3; b. 47 ].
Jurnalistning kasbiy odobi qoidalari hamisha uning haqqoniy va xolis
axborot tarqatishi uchun asos bo‘ladi. Chunki ko‘p holatlarda jurnalistlarning
noaniq va noxolis axborot tarqatishi natijasida ham ular sud jarayoniga ro‘para
bo‘ladi. Ko‘pgina fuqarolar jurnalistlarni o‘z huquqlarini paymol etganlikda
ayblab, sudga berishadi. Jurnalistlarga qilinayotgan da’volarning aksariyatini
ommaviy axborot vositalari orqali tuhmat va haqorat qilganlik, sha’n, qadr-
qimmat va ishchanlik obro‘sini pastga urganlik kabi ayblovlar tashkil etadi
Ko‘pgina jurnalistlar tanqidiy materiallar hamda sud jarayoni bilan bog‘liq
materiallarni yozishda xatoga yo‘l qo‘yishadi. Buning asosiy sababi esa ularning
huquqiy jihatdan bilim saviyasi pastligi, mavjud kasb odobi qoidalariga rioya
qilmasligi, shuningdek, me’yoriy darajadan ortiq ta’sirchanlikka berilib
ketishidir. Hatto, ba’zi jurnalistlar sudyalarni mavjud prosessual tartibni
buzganlikda ayblab ham maqolalar yozishadi. Lekin arzimagan xatolarni deb o‘z
niyatiga erisha olmaydi. Sudyalar haqida yozishda jurnalist bir qancha omillarni
inobatga olishi kerak.
Xulosa:
Xulosadan ko’rinadiki, sudyalar haqida tayyorlangan jurnalistik material albatta
rad etiladi. Materialda hamma faktlar tasdiqlangan taqdirda ham
huquqshunoslar mavzuni yuzaki o‘rganganingizni isbotlash uchun mayda-
chuyda vaj-karson topishga harakat qiladi. Chop etishdan oldin materialni
imkon qadar tajribali huquqshunosga tekshirtirib olish kerak. Bu kichik
ko‘ngilsizliklar va achinarli xatolarning oldini oladi. Hech kim e’tiroz bildira
olmasligi uchun bunday materiallar zargarona noziklik bilan yozilishi kerak.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
85
Yana bir muhim jihat borki, , zaxirangizdagi qartada “kozer” kabi hali e’lon
qilinmagan baquvvat dalillar bo‘lishi kerak. Sizni yomonotliq qilishga harakatlar
chog‘ida bu faktlar o‘zingizni oqlash uchun qo‘l keladi. Unutmanki, huquqiy
mavzudagi muammoli, tahliliy va tanqidiy chiqishlar yuridik nuqtai nazaridan
aniq bo‘lishi kerak. Sudlar tomonidan yo‘l qo‘yilgan qonunga zid harakatlar,
jumladan, sansalorliklar, ashaddiy jinoyatlar, xususan, korrupsiyaga qo‘l
urganlarga yengil jazo berish kabi holatlarni tanqid qilish zarur. Bu, avvalo,
sudlar uchun foydali. Sudyalar qonunlarni buzgani yoki ayblanuvchi huquqiga
daxl qilgani so‘zsiz isbotlangan taqdirdagina ularni tanqid qilish to‘g‘ri va asosli.
Hayotda ko‘p ko‘rganmiz, ba’zan jurnalist pozitsiyasini advokat pozitsiyasidan
ajratish qiyin bo‘ladi. Sir emas, advokatning maqsadi — o‘z himoyasidagi
shaxsning yonini olish, uni jazodan qutqazib qolish. Jurnalist esa ikki tomonga
ham bab-baravar, xolis bo‘lmog‘i, faqat va faqat haqiqat tomonida turmog‘i
lozim. Ana shundagina sud hokimiyati va ommaviy axborot vositalari o‘rtasidagi
munosabat yaxshilanishi va soha rivojlanishiga turtki bo‘lishi mumkin
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun//lex.uz
2.O‘sarov O.OAV va sud hokimyati munosabatlari, O‘zbekiston amaliyoti va
xalqaro tajriba. Toshkent: 2013. – B.135.
3. O‘zbekiston Respublikasi Oliy Sudi. “Ochiqlik va shafffoflik sudlar faoliyatining
muhim tamoili”. T.: 2016. B. 47.