CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
55
AMIR TEMURNING HARBIY YURISHLARI VA TAKTIKALARI
Shonazarov Maqsudbek Hasan o‘g‘li
QarDU tarix fakelteti talabasi
+998942265832
shonazarovmaqsudbek2005@gmail.com
I.Jabbarova
Ilmiy rahbar:
QarDU O‘zbekiston tarixi kafedrasi o‘qituvchisi
https://doi.org/10.5281/zenodo.11604051
Аннотация.
Ushbu
maqolada
Sohibqiron
Amir
Temurning
markazlashgan davlat tuzishdagi harakatlari uning bu yo‘ldagi harbiy yurishlari
haqidagi ma’lumotlar har xil manbalarda solishtirilgan. Shuningdek maqolada
Amir Temurning qo‘shini tuzilishi va tarkibi, Sohibqironning harbiy hiyla va
taktikalari haqida ham ma’lumot berilgan.
Калит сўзлар:
Sohibqiron, Amir Temur, Zafarnoma, Ibn Arabshoh,
Klavixo, janggovor fillar, To‘xtamish, Yildirim Boyazid, Xo‘ja ilg‘or, Samarqand,
Movarounnahr, Xuroson .
Аннотация.
В данной статье сравниваются сведения о усилиях
Сахибкирона Амира Темура по созданию централизованного государства и
его военных походах на этом пути в различных источниках. В статье также
приведены сведения о структуре и составе армии Амира Темура, военных
приемах и тактике Сахибкирана.
Ключевые слова:
Сахибкирон, Амир Темур, Зафарнама, Ибн
Арабшах, Клавихо, боевые слоны, Тохтамыш, Йылдирим Баязид, Ходжа
Ильгор, Самарканд, Моваруннахр, Хорасан.
Abstract
.
This article compares information about Sahibqiron Amir
Temur's efforts to create a centralized state and his military campaigns on this
path in various sources. The article also provides information about the
structure and composition of Amir Temur's army, Sahibqiran's military tricks
and tactics.
Key words:
Sahibgiron, Amir Temur, Zafarnama, Ibn Arabshah, Claviho,
fighting elephants, Tokhtamish, Yildirim Bayazid, Khoja Ilghor, Samarkand,
Movarunnahr, Khorasan.
Biz yashayotgan Qashqadaryo diyorida juda ko‘p buyuk siymolar yetishib
chiqqan. Bu siymolar ichida eng buyugi mohir sarkarda, markazlashgan davlat
asoschisi Sohibqiron Amir Temur sanaladi. Amir Temur haqida juda ko‘p fikrlar
bildirilgan ular ichida eng yaxshisi yana bir Qashqadaryo o‘g‘loni O‘zbekiston
xalq shoiri Abdulla Oripov tomonidan bildirilgan.
Tarixdagi ulugʻ zotlar Bahri
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
56
Ummonda kezib yurgan bahaybat kemalarga oʻxshaydi. Bir qaraganingizda, bu
kema kuzyangizga yaxlit tashlangani bilan uning ichida va kayutalarida
qanchadan-qancha tilsimli hodisalar yuz beradi. Va bu kemaning izidan
mavjlangan iz qoladi. Bu iz hatto fazodan boqqanda ham koʻzga yaqqol
tashlanishi mumkin. Biz buyuk Sohibqiron bobomiz Amir Temur hazratlarini
dunyoda neki eng kuchli, eng jozibali, eng mahobatli boʻlsa, oʻshalarga
qiyoslashimiz mumkin. Bu ulugʻ zotning hayoti va faoliyati, koʻproq aytganda,
tarjimai holi bizga maʼlum boʻlsa-da, biroq biz eslatgan choʻqqi yoxud ulkan
kema yanglig‘, bu muhtasham siymoning nomi bilan bogʻliq biz bilmagan,
eshitmagan rivoyatlar, hikoyatlar yer yuzi boʻylab kezib yuribdi.
Amir Temur 1336-yilda 9-aprelda kesh viloyatining Xo‘ja Ilg‘or
qishlog‘ida tug‘ildi. Bu ma’lumot Amir Temur haqidagi boshqa ma’lumotlar kabi
Arabshoh tomonidan yetkazilgan. Amir Temurning qayerda tug‘ilganligi
haqidagi ma’lumot faqat Arabshohning asaridagina uchraydi. Amir temur
hokimiyat tepasiga chiqqach juda ko‘p yurishlarni amalga oshirdi. Bulardan eng
yiriklari To‘xtamish va Yildirim boyazidga qarshi olib borilgan kurashlardir. Bu
kurashlar Temur tarixiga bag‘ishlangan turli asarlarda qanday yoritilganligini
ko‘rsatishga harakat qilaman.
Amir Temurning va Yildirim Boyazid o‘rtasidagi jang Klavixo, Arabshoh,
Sharafiddin Ali Yazdiy va boshqa tarixchilar tomonidan bizgacha yetkazilgan.
Klavixo asarida jangni bunday tasvirlaydi: Turklar Konstantinopol shahri bilan
ham. Temurbek bilan ham biron bitimga kelolmagach, ikki tomon ham qoʻshin
toʻplay boshlaydi. Harbiy ishda ancha tadbirkor va mug‘ombir Temurbek
Boyazidga qaraganda tezroq qo‘shin toʻplab, Erondan shoshilinch ravishda
chiqib, Turkiya sarhadiga keldi. Avval yurgan yoʻl bilan Arsinga (Erzinjon)
yerlaridan oʻtib, Sabastriya (Sivos) shahriga kelib tushdi. Temurbekning yetib
kelganini bilgan turk podshosi oʻz yoʻlini oʻzgartirdi. Yuk ortilgan ot-aravalarini
Anguri (Anqara) degan mustahkam qalʼada qoldirib, barcha qoʻshini bilan
Temurbekka qarshi yurdi. Turk podshosining xufyona qilgan harakatlaridan
xabar topgan Temurbek ham Oʻz yoʻlini oʻzgartirib, soʻlga baland toglar tomonga
qarab yurdi. Temurbekning oʻz yoʻlini oʻzgartirganini kurgan Boyazid uni qochib
ketayapti, deb oʻylab, katta tezlik bilan uning izidan quvishga tutinadi. Temurbek
esa, baland toglar orqali sakkiz kun yoʻl bosgach, tekis yoʻlga tushib olib, Boyazid
ot-aravalarini qoldirib ketgan Anguri (Ankara) qalʼasiga keladi. Bu yerdagi ot-
arava va boshqa anjomlarni qoʻlga tushiradi. Bundan xabar topgan turk podshosi
zudlik bilan Anguriga (Ankaraga) yetib kelishga harakat qiladi. Lekin bu qalʼaga
yetib kelganda turk podshosining qo‘shini holdan toyib, charchagan edi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
57
Temurbek Boyazidni chalgʻitish uchun ataylab aylanma yoʻllardan yurgan edi.
Shu yerda boʻlgan jangda yuqorida zikr etganimizdek. Boyazid yengilib asirga
tushadi. Konstantinopol imperatori na Pera shahridagi genuyaliklar
Temurbekka bergan vaʼdalarini bajarish oʻrniga, aksincha, Yunonistondagi
turklarning Turkiyaga qaytishiga yoʻl ochib beradilar. Xullas, turk podshosi
yengilgach. Konstantinopol va Pera hokimlari turklar tarafiga oʻtib, qochqin
turklarni oʻz kemalarida Turkiyadan Yunonistonga tashiydilar. Shu sababli
Temurbek nasroniylardan qattiq norozi bulib, buning alamini oʻz mamlakatidagi
nasroniylardan oldi.
Bu jang haqida Sharafiddin Ali Yazdiy quyidagicha ma’lumotlarni bergan:
“Ikki soridin cheriklar saf tortib turdilar. Sohibqiron ul mahalda otdin tushub,
niyoz yuzini hazrat Parvardigor sori qilib ikki rakʼat namoz fath va nusrat uchun
oʻqudi. Va har doimkim, mundoq urush voqioʼ bulsa erdi, hazrat sohibqiron ul
namozni oʻqur erdi. Bu jihatdin hazrat Haqq subhonahu va taolo anga nusrat va
fath karomat qilur erdi. Bu yerda ham ikki rakʼat namozini oʻqub, sidqu ixlos bila
otlanib, maydon sori kelib gulda turdi. Va hukm bildikim, “Bahodurlar ilgari
yurub, ishlariga mashg‘ul bulsunlar!”. Barchadin burun oʻng quldin amirzoda
Abo Bakr muborizat maydoniga kirib, yigitlari bila oʻq yey eliklariga olib,
muxoliflar sori yurub shayba toʻkaboshladilar, dushmanning soʻl qoʻlini koʻtarib
bir-bir ottilar.
Jahonshohbek va Qaro Usmonbek taqi ot solib, dushmanning sul qulda- gi
turgon cherikini koʻtarib urdilar.
Va Kurashchikim, qaysari Rumnung oʻgʻlonlaridin ul bahodur va pahla
von erdi, turub kub saʼyi qildikim cherikini turguzgolgay. Turguza olmay qochti.
Va sohibqironning soʻl qoʻlidin amirzoda Sulton Husayn zafar shiʼor cheriki bilan
ot solib, qilich va nayza zarbi bila dushmanlardin kub kishini tushurdilar. Va
amirzoda Muhammad Sultonga gʻayrat bulub, sohibqirondin ijozat tiladi.
Sohibqiron dedi: “Sul qul sori yurigil va alarga koʻmak bulgil!” Va Afranjning
dilovarlari turub kub ishlar qildilar va necha qatla bir-birini surdilar. Oxirulamr,
nusratshiʼor bahodurlari Las Afranjiyning oʻgʻlini cheriki bila surub qochurdilar.
Va Yayoglari ot ayogida qolib, kub kishi oʻldi.
Alqissa, rumiylardin ancha kishi oʻldurdilarkim, ul sahroning tufro- gi
alar qonidin balchiq buldi. Bayt:
Zi rumiy sipax oncha uldurdilar,
Ki tuldi bari yer yuzi, bahru bar.
Amirzoda Pir Muhammad Umarshayx va amirzoda Iskandar va amir Shoh
Malik bahodurlar bilan ilgari yurub dushmanlardin kub kishini tushurdilar.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
58
Shayx Nuriddinbek va Burundukbek yaxshi ishlar qildilar. Sohibqiron koʻrdikim
aʼdo zaif boʻldi, hukm qildikim, “Bir yula ot solsunlar!” Amirzoda Mironshoh
beklari bila bir tarafdin va amirzoda 2656 Shohrux beklari bila bir soridin,
barcha ittifoq bila hamla qildilar. Qiyomat kuni zohir boʻlub, bir suron va gavgo
olamdin koʻpdikim, hargiz bu dahrdin mundoq kun koʻrmaydur edi. Malaklar
falaklarda tahayyur bar- moglarini tishlab, nazorat qilur erdilar. Yildirim
Boyazid amirzoda Muhammad Sulton sori chopib, alarni surdi va bir tepa ustiga
chiqib koʻrdikim, cheriki bir-bir bulub turur, hayron qolib turdi. Va bir necha
otliq va yayog aning qoshida yigʻildilar. Hazrat sohibqiron shahzoda Shohrux
bila qaysari Rum sori mutavaj- jix buldi. Va amirzoda Mironshoh va amirzoda
Sulton Husayn taqi Yildirim Boyazidqa tavajjux ettilar. Qaysar axshomgacha
turub urushti.
Va namozshomga yaqin ul tepadin tushub, oʻzini mansur cherikiga urub,
cherik alarga yoʻl berib, chiqib qochtilar. Ammo alardin kub kishini oʻq bila otib
uldurdilar. Yildirim Boyazid yuz mehnat va mashaqqat bila urtadin chiqib ketti.
Va bir jamoat bahodurlar aning keynida tushtilar. Va qochqonlar havo issigʻidin
suvsab, kub kishi oʻldi. Nasim fath va nusrat Haqq subhonahu va taolo inoyatidin
mansur cheriki sori boʻlub, dushmanni bostilar. Sohibqiron oʻrduga tushti va
Haqq taologa shukru sipos beqiyos dedi. Shahzodalar va beklar barcha yigʻilib,
sohibqiron qoshiga kelib yukunub, mubarakbod dedilar. Va bu fath jumʼa kuni,
zul-hijja oyining oʻn toʻqkuzida, torix sekkiz yuz toʻrtta (20.07.1402) vokiʼ buldi.
Val hamdu li-Lloh val minna.
Arabshoh Amir Temurni yomon ko‘rganligi uchun uni yomon
ko‘rsatishga urinadi. Lekin u o’zi xohlamagan holda Sohibqiron haqida hech kim
jur’at etib yoza olmagan ma’lumotlarni yozib qoldiradi. Bu urush haqida
Arabshoh bunday yozadi: Temur Anqara shahriga yetib kelgan bo'lib, uning
odamlari-yu otlari rohatlanayotgan va kerilib yurishib urushga intizor, jangga
etagini shimarayotgan bo‘lsa-da, to‘qnashuvga e'tibor qilib, uning tashvishida
qayg‘urmas edilar. Go‘yo ular Quraysh boshliqlari kabi suvga yetib kelganlar-u
Badr musulmonlari misoli (Boyazid) askarlarini tashnalik tomonida
qoldirganlar. Natijada, ular g‘amu g‘ussadan va tashnalikdan halok bo‘lib,
suvsizligu chanqoqlikdan qirildilar. Go'yoki u (Boyazid) (Temur) askarlarini shu
manzilga boshlab kelib, o‘z holi tili bilan ularga shunday nashida qildi: Misra «Ey
mehmonimiz! Agar bizni uchratsang shunday topasanki, Biz mehmonmizu, sen
bo‘lsang manzil egasi».
Anqara, qaysiki uni Asvad ibn Ya'far o‘z qasidasi “Tanonada” zikr qilgan
bo‘lib, mana u:
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
59
Ular Anqaraga tushdilar, tog‘lardan kelayotgan Firot suvi
ular ustiga sel bo'lib oqadı,
Bu jannat, jannatda baxt, farovonlik va bu bilan
qilinadigan o‘yin-kulgilar bir kun eskiradi va yo'q bo‘lib ketadi
Qachonki qo‘shin qo‘shinga yaqinlashib, vahshiylar vahshiylarga urilib,
sahro-yu cho‘llar ulardan to‘lgach, chap (tomon) o‘ng (tomon) dagi, o‘ng (tomon)
chap (tomon)dagi bilan uchrashgach, Ibn Usmon askarlari ichidan totorlar
ajralib chiqdilar va avvalda Temur qanday tushuntirib, ko‘rsatgan bo‘lsa, xuddi
shu zaylda Temur askari bilan qo'shilib ketdilar. Totorlar ular (turklar)
askarlarining mustahkam qismi bo'lib, Ibn Usmon askarlaridan oshiq va aksar
edilarki, hatto aytishlaricha, totor jamoalari ushbu sonsiz-sanoqsiz turk
askarlarining uchdan ikkisiga yakinini tashkil qilganlar, balki aytilishicha, ushbu
olomon Temur qo‘shinining uchdan ikkisiga yaqin bo'lgan Ibn Usmon bilan birga
uning farzandlaridan ham bo'lib, ularning eng kattasi amir Sulaymon edi.
Sulaymon totorlar fe'lini ko‘rgach ota- sining halokatga uchrashini payqadi.
Shunda u askarlarining qolgan qismini olib, jang maydonidan chekinib, orqada
qoldi va otasini tang ahvolda tashlab, o‘zi bilan birga bo'lgan (kishi) lar bilan
Brusa tomoniga ajralib ketdi. Natijada, Ibn Usmon bilan faqatgina piyodalar va
ularning yaqinlari va «ozchilikni tashkil qilgan bilan qurolli jangchilar qoldi.
Agar qochsa taloq voqe' bo'lishidan qo'rqib, Ibn Usmon qolgan hamrohlari bilan
urushishga bel bog'ladi. U bu ma'rakasi-yu takroriy jangida Antaraning mana
ushbu aytganini o‘zida mujassam etdi:
Men seni eslayman, go‘yo nayzalaring qonimdan yutayotgan,
yaltiroq hind qilichlaring qonimni to‘kayotgan,
men qilichlarni o‘pishni xush ko‘raman,
chunki ular kulib turgan labingdan yaltirayotgan tishga o‘xshaydi.
Natijada, u (Ibn Usmon) zamon hodisalari va qiyinchiliklariga chidadi va
imom Molik mazhabiga vafo etishni iroda qilib, undan voz kechmaslik yo‘lini
tutdi. Shunda uning atrofini go‘yo bilakuzuk bilakni siqib olgandek (Temur)
qo‘shinlari halqasi o'rab oldilar. Qachonki usmoniylar sulolasining mag‘lubiyatga
uchraganligi ayon bo‘lib, uning muhtojlik lashkari ichida qiyin ahvolga tushgani
ma'lum bo‘lgach, piyodalar otliqlar ustiga sakradı, boltalar va o‘tkir qilichlar
ishga tushdi. Shu jang maydonida taxminan besh ming kishi bor edi, ular
o‘zlariga teng miqdordagini to‘zitib, o'z adadlariga barobarini halok etdilar.
Lekin ular yelpig‘ich bilan qumtepaliklarini ko‘chirmoqchi yoki dengiz suvini
g‘alvir bilan bo‘shatmoqchi yoki tog‘lar vaznlarini misqol qiyrotlari bilan
o‘lchamoqchi bo‘lgan kishidek bo‘ldilar. Ular o‘sha tog‘lar cho‘qqilariga va ushbu
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
60
sherların tutib turgan dalalarga qora bulutdan to‘xtovsiz qonli yashinlar va qora
nayzalar yomg‘irlarini yog‘dirdilar. Qadar adovatchisi va qazo sayyodi
ko‘ppaklarni sigirlar ustiga olqishladi. Ibn Usmon askarlari yiqilish bilan yiqitish
o‘rtasida qoldilar. Ular qazoda baralla teshib o‘tuvchi o‘q hukmi bilan mazrub
bo‘lgandilarki, nihoyat ular tipratikonlar kabi bo'ldilar.
Jang saboqlari ushbu («guruhlar» o‘rtasida «choshgohdan» asrgacha
davom etib, «Temur» «to‘dalari» «fathga ko‘chib, rumliklar ustida «an-Nasr>»
(«G‘alaba») surasini tilovat qildilar. Keyin, qachonki u (turk) larning bilaklari
charchab, dushmanga qarshi to‘sqinlik va qurol-yarog‘lari kamaygach, ularga
uzoq yurtdan kelganlar va g‘arib kishilar (Temur odamlari) hukmron bo‘lib,
ularni qilich va nayzalar bilan urib yanchdilar, ularning qonlari bilan qo‘llarini,
tanalari bilan vodiylarni to‘lg‘izdilar. Ibn Usmon o'lja tushib, qafasdagi qushdek
tutqunlikda qoldi. Bu hodisa Anqara shahridan bir milga yaqin joyda, hijriy 804-
yil zul-hijja oyining yigirma yettinchisi (1402-yil 28-iyul) chorshanba kunida
bo'lgan edi. Askarlarning ko‘p qismini chanqoqlik va madorsizlik halok qildi,
chunki (o‘sha kuni) yigirma sakkizinchi tammuz (iyul) edi.
Amir Temurni yoqtirmagan Ibn Arabshoh oʻzi bilmagan va istamagan
tarzda hali hech kim bitmagan, qoʻl urmagan va jurʼat etolmagan mavzuni
yoritib, kelgusi avlod uchun qim- matli guvohliklar qoldirgan. - Josuslar, - deb
yozadi Ibn Arabshoh, chor-atrof- da boʻlayotgan hodisalar va ularning
xabarlarini Temurga yetkazib, manzilu shaharlarni tavsiflardilar. Ularning tekis
va notekis joylarining suratini keltirib, uy- lari va diyorlari oʻrinlarini chizib
koʻrsatardilar, shu lar orasida u joylarning yaqin yo uzoq, tor yoki kengli- gini,
shaharlar va qishloqlarning nomlarini, manzil va panohjoylar nomlarini, har bir
joyning ahliyu boshliqlari, amirlari, uluglari, fozillari, sharif lari, boylariyu
faqirlarini, ularning har biri ism va lakabini, shuhrati va nasabini, hunari va
vosita larini bayon qilardilar. Natijada Temur oʻz fikri bi- lan shu narsalarni
yaqqol koʻrib, tafakkuri vositasida Oʻz yerlari bilan birga xorij joylar ustidan ham
tasar ruf yuritardi.
Chindan ham olganda Ibn Arabshoh Oʻz iqrorlari bilan boshqa
muarrixlardan karama-qarshi oʻlaroq, Amir Temur razvedkasi va
kontrrazvedkasi xususida qiziqar li fikrlar bildiradi. - Temur askarlari orasida,
deb yozadi Ibn Arabshoh, butparast turklar, olovga sajda qiluvchi maju- siy
ajamlar, kohinlaru sehrgarlar, zolimlaru munkir- lar bor edi.
Ibn Arabshox - Amir Temur razvedkachilari axbo rotlari xususida soʻz
yuritib shunday xulosaga keladi. Bu hukmda ular kamdan-kam xato qilardilar.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
Ibn Arabshohning yana bir iqrori ham diqqatga sazovordir. “U (odamlarni)
chalgʻitish qobiliyatiga ega boʻlib, harakatlarida shiddatlik (asari) bor edi.
Agar uning boshiga bexosdan bir mushkul ish tushsa, u oʻzini guyo
ushbu ishkalga margub koʻrsatib (aslida) uni daf qilishga kirishardi. Uning
(odamlarni) chalkashtirishidan bir misol shuki, agar unda biror makonga
nisbatan xohish tugʻil- sa yoki biron qavm maydoniga tushishni istab qolsa,
xufiyalik va bekinishga yuz qoʻyib, qalbaki harakat va Oʻzini gullikka solishni
talab etardi”.
Ibn Arabshoh Sohibqironning razvedka bobidagi ma- xoratini tan olib
yana shuni yozadi: U oʻz davlati arkon- larini, mamlakati ayonlarini, oʻz
mulohaza va mashvarat egasi boʻlgan kishilarining birortasini ham qoldirmay
tuplardiki, bola otaning, ota esa bolaning oʻrnini bosa olmasdi. Sungra ularga
maxfiy tutgan masalasini zohir qilib, qaysi tomonga yurish haqida (ulardan)
maslahat surar hamda gap jilovini ularga tashlab kuyib: “Xalq- ning xos qismi bu
masalaga chukur qarab, bir kun bi- lan bir yil orasidagi ishlar oqibatini koʻzlab
gapir- sa, uning gunohi yoʻq. Mayli, har kimsa xatoning eng kuyisigacha yiqilsa
ham yoki savobning choʻqqisiga koʻta- rilsa ham farqi yoʻq, hech biri
tortinmasdan gapi raversin. Chunki agar xato qilsa, bu nuqson emas, agar
maqsadga muvofiq boʻlsa, unga ikki hissa mukofot”. - derdi. Shunda har kim oʻz
jiddu jahdini sarflab, bu ma salada maqsadi va mehnatini koʻrsatib, oʻz ijtihodi
ber- gan natijasini namoyish qilar, oʻylagan fikri Temur murodiga muvofiq deb
tasavvur etardi. Shu tarzda hamma fikrlar toʻplanib, bir tomonga qarab yurishga
ittifoq bulgach, ushbu majlis (ahli) tarqalardi. Keyin u oʻzining Sulaymonshoh,
Kamariy, Sayfuddin, Ollohdod, Shoh Malik va Shayx Nuriddin kabi yaqin kishilari
bilan majlis qurib, masalani qaytadan har tomonlama bagʻoyat puxta oʻylardilar
va hamma yullarni diqqat bi lan muhokama qilardilar. Nihoyat, bir tomonga
yurish qilish toʻgʻrisida ittifoq voqeʼ boʻlardi. Keyin Temur bu masalada oʻzining
yoʻlboshlovchi, rahbaru boshliqla rini chaqirib, oʻsha (avval) kelishilgan
tomonga yoʻl olib (faqat) boshqa tarafga qarab tarqalishlarini amr qilardi.
Qachonki zulmat oʻz chodirini buzib, subh bosh- lovchisi oʻz
bayroqlarini yoygach va joʻnash uchun nogora chalinib, odamlar oʻz yuklarini
ortib borishga kelishi- lib, amr qilingan tomonga ravona boʻlganlarida, Temur
Oʻz mulozimlarini chaqirib, ular ham oʻz yuklarini or- tib, junay boshlaganlaridan
keyin (odamlardan) aj- ralishlarini va boshqa tomonga qarab yurishlarini amr
qilardi. Masalaning oydinligi (qaysi tomonga yuri shlik) jamoaga faqat shu onda
ayon boʻlar edi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
Odamlar u tomonga ketsa, Temur bu tomonga, askar- lar gʻarbga yursa,
Temur sharqqa yurardi.
Muarrixning mazkur yozganlaridan shu narsa maʼlum ki. Sohibqiron
razvedkani ustomonlik bilan yoʻlga kuygan. Ibn Arabshoh Amir Temurning
kontrrazvedka- chilik mahoratini ham eslatib oʻtadi. “Agar uning askari ichida
(dushmanning) xabarchisi yoki askarning borish-kelishini kuzatib yuruvchi kishi
bulsa, u darhol askarlarning yuklarini ortib qoʻzgʻalib yura boshlaganini koʻrgan
zahotiyoq oʻz maxdumiga qarab (kushday) uchib borib, unga oʻziga maʼlum
boʻlgan xabar- ni - yaʼni ittifoq boʻlgan tomonga karab Temur askar- larining
otlanib joʻnaganini oʻz koʻzi bilan mushohada etganligini izhor qilardi. Shunda
askarlar junagan to- mon ahli oʻz ehtiyotkorligini koʻrib, boshqa tomonlar esa
har xil kulfatlardan oʻzlarini bexatar sezardilar. Ular faqatgina Temur (keyin)
qasd qilgan tomonni yaksonlab, vayron qilgandan va ular ustiga yonayotgan olov
azobidan alangayu chugʻlar tashlaganidan keyingina voqif boʻlar- dilar. Shular
jumlasidan: Temur Shomda boʻlib, dushman askarlari unga qarshi turganda u oʻz
qoʻshini halqasini boʻshatdi, deb itoat tarqatib, ozroq orqaga surilib chekindi
hamda otlariyu odamlarining yemishga muhtojligi uchun oʻzini endi Bagʻdod
tomonga junaydi degan xabarni yoyli. Sungra bu ishning natijasi Misr
askarlarining magʻlubiyati bilan tugadi”.
Ibn Arabshoh guvohligidan koʻrinib turibdiki, Amir Temur doimo
sergak va ogoh boʻlgani holda oʻz salta nati va oʻz yaqinlari, lashkarboshilari
orasida ham dush- man odamlari ish koʻrishini zinhor unutmagan. Achchiq
tajriba, saboqlar va alamli judoliklar uni shunga ur- gatgan. “Temur tuzuklari”da
Sohibqiron oʻzining oʻgitla ridan birida ichki razvedkaga doir qiziq misol
keltiradi: “Podshoh majlis ahlidan ogoh va hushyor boʻlsinkim, ular koʻpincha
ayb axtarib uni tashqariga tashiydilar. Podshohning soʻzidan, ishidan vazirlarga,
amirlarga xa- bar berib turadilar. Masalan, shunga oʻxshash bir vokea mening
oʻzim bilan roʻy bergandi, oʻzimning xos majli simdagi bir qancha
suhbatdoshlarim vazirlar va amirla rimning josuslari ekan” Amir Temur
razvedka va kontrrazvedka naqadar katta ahamiyatga egaligini avlodlarga oʻz
“Tuzuklari”da aniq hayotiy misollar bilan tushuntirgan: “Davlat ishida ta lay
olchoq yomon odamlar bordirki, davlat dushmanlarini yaxshilab, uning jon
fidolarini turli makr-hiylalar bilan xarob qiladilar. Chunonchi, Amir Husayn
vazirla rimdan birini aldab, davlatimning tayanchi, ikki qoʻli bulmish amir Idiku
Temur va Amir Jokuni menga qar shi qoʻymoqchi boʻlib gap chiqardi. Men uning
xiyonatini farosatim-la sezib qoldim, shuning uchun ular xususida aytilgan
hamma gaplarni eshitmaganga oldim”.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
63
Amir Temur qo’shin tuzilish haqidagi ma’lumotlar Rui Gonsales de
Klavixo ham ma’lumot beradi. Uning ma’lumotlariga ko‘ra: Podshohning oʻzi
bilan doimiy birga yuradigan ku- shini bor. Bu quyidagi tartibda tuzilgan: qoʻshin
boshliq- lar oʻrtasida taqsimlangan. Yuz kishiga, ming kishiga, oʻn ming kishiga
yetakchilik qiladigan boshliqlar, shu ningdek, ularning hammasi ustidan rahbar
boʻlgan bosh- lik mavjud. Bu oliy darajadagi boshliq biron bulin- maning biror
joyga borishi haqida farmoyish bermoqchi boʻlsa, mazkur boshliqlarni huzuriga
chaqirib, ulardan tegishli maʼlumot oladi va qoʻshinni oʻz xohishiga muvo- fiq
taqsimlaydi.
Hozirgi paytda Jansa Mirassa (Amir Jahonshoh) shoh koʻshinining bosh
lashkarboshisi edi. (Amir Jahon- shox) Samarqand podshosini oʻldirishda
Temurbekning yonida turgan kishidir. Temurbek unga katta muruvvat koʻrsatib,
kup yer-suv taqdim etdi, yuqori mansabga ku- tardi. Bundan tashqari. Temurbek
otlari va kuylarini Oʻz yasovullariga biriga ming, bobaqasiga oʻn minglik suruv
qilib, saqlash uchun bulib beradi. Shoh talab qilganda suruvlarni qaytara
olmagan yoki tuyogini mul jaldagidan kamaytirib qaytargan taqdirda podshoh
hech qanday tovon toʻlash shartlariga koʻnmaydi, borini oladi-yu, lekin
gunohkorni qatl etadi.
Aynan Klavixo Amir Temur qoʻshinidagi fillar haqida ham maʻlumot
beradi. Fil juda idrokli hayvon bulib, ustiga oʻtirib olgan sohibining buyruqlarini
itoatkorlik bilan ijro etadi. Boshlovchi filning bir kishi zo‘rgʻa sigʻadigan juda
qisqa buyniga oʻtirib oladi, oyoqlarini fil qulogʻi orqasiga uzatadi. Boshlovchi
qoʻlidagi sim xivich bilan filning boshini ishqalab, zarur tomonga yurishga
majbur qiladi. Fil xivich koʻrsatgan tomonga tez yuradi yoki orqaga qaytishga
imo qilsa, xuddi ayiq singari keyingi oyoqlari bilan shu ondayoq orqaga buriladi.
Fil ayiq singari yuradi va chopadi.
Fil jangga kirganda filbonning oʻzi ham qurollanib, filni ham
qurollantiradi. Fil ayiqday sakrab- sakrab harakatlanadi. (Ilgariga qarab) har
sakraganda boshini yuqoriga va pastga silkitib, (dushmanga) qilichsimon
nayzalar bilan zarba beradi. Filni tezlik bilan jang qildirish lozim boʻlsa,
boshlovchi uning boshiga qattiq urib, ancha ogʻir jarohat yetkazadi. Zarbadan
junbushga kelgan fil (yovvoyi) toʻngʻizday ogʻzini ochib bukirib, (boshlovchi)
undagan tomonga qarab tez chopali. Fil ochiq havoda turganda jarohati bir
kechadayoq bitadi, mabodo tom ostiga qamab qoʻysalar, halok buladi.
Boshlovchi yerdan biror narsani olishni buyursa, fil har qancha ogʻir
narsani ham xartumi bilan olib va yuqoriga kutarib, ustidagi ayvonchada
oʻtirgan kishilarning qoʻliga tutqizadi. Shuningdek, ayvonchadagi kishilar pastga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
64
tushmoqchi boʻlganlarida fil ularning buyrugi bilan oldingi oyoqlarini bir
tomonga, keyingi oyoqlarini ikkinchi tomonga uzatib, qorni qariyb yerga
tegadigan darajada pastlashadi. Ustidagi odamlar ayvonchaga bogʻlangan ipga
osilganicha, (filning) keyingi oyoqlari sagrisidan pastga tushadilar.
Shu kuni fillarni ot va odamlar ketidan choptirib, har xil qiziqarli
tomoshalar koʻrsatdilar. Ularning hammasi bir boʻlib chopganlarida yer larzaga
kelganday tuyulardi. Na ot, na boshqa biron hayvon yugurishda filga teng
kelolmaydi.
Bularni oʻz kuzim bilan koʻrib, “bir fil jangda ming odamga teng kela
oladi” degan fikrga ishonch hosil qildim. Chunki fil odamlar orasidan yurib, har
ikki tomonga ham zarba beradi. Filning oʻzi yaralanganda esa, orqa-oldiga
qaramay tez harakat qilib, yanada yaxshiroq jang kiladi. Filning juda uzun jagʻ
tishlari balandlikdan zarba yetkazishga moslashganligi uchun uni
oʻtmaslashtirib, pastdan zarba yetkazishga moʻljallab qilichsimon nayza
oʻrnatadilar. Fillar bir-ikki kun ovqatsiz bemalol yashay oladi. Aytishlaricha,
hatto ovqatsiz uch kunlab jang qila oladi.
Xulosa qilib aytganda Amir Temur buyuk davlat asoschisi sifatida tarixda qoldi.
Uning o‘zi tomonidan tuzilgan “Temur tuzuklari” avlodlar uchun o‘gitlar sifatida
qoldi. Uning merosi mustaqillik davrida qayta tiklandi. 1996-yilda yurtimizda
”Amir Temur yili” deb e’lon qilingani ham bunga yaqqol isbot bo’la oladi.
Sohibqiron bobomizning tarixini yanada chuqurroq o‘rganish biz yoshlar uchun
sharaf bo’lishi kerak.
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:
1. . Амир Темур салтанатида хавфсизлик хизмати: (тарихий бадиалар): (3
кисмли] / Ҳ. Содиков; масъул мухаррир Н. Абдуазизова; гоя ва дастур
муаллифи О. Убайдуллаев. - Т.: «ART FLEX», 2010.
2. “Amir Temur tarixi” Ajoib al-maqdur fi tarixi Tay- mur. 1-Il qismlar / Arab
tilidan tarj. va izohlar, so'zboshi mual. U. Uvatov; Mas'ul muharrir A. O'rinboyev.
K. II. Toshkent: “Fan” nashriyoti, 2019.
3. Темур тарихида тақдир ажойиботлари / Араб тилидан тарж, ва
изоҳларни, сўз бошини У. Уватов тайёрлаган. Масъул муҳаррир А.
Уринбоев. К. 2.- Т. Меҳнат, 1992.
4. Samarqandga - Amir Temur saroyiga sayohat kundaligi. R. Klavixo. Toshkent.
“O‘zbekiston”, 2010.
5. Sharafiddin Ali Yazdiy “Zafarnoma”.
6. Temur tuzuklari. Toshkent. “ G‘afur G‘ulom nashriyoti”, 1991.