CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
30
NOSIRIDDIN TUSIYNING “ADAB-UL MUTA’ALLIMUN” ASARINING
AXLOQSHUNOSLIGIDA O‘RNI VA AHAMIYATI
Qo‘shshayeva Nafisa Mansurovna
Buxoro davlat universiteti, dotsent
Raxmatov Mironshoh Oybekovich
Buxoro davlat universiteti, talaba
https://doi.org/10.5281/zenodo.11525589
Rezyume:
Ushbu maqola Nosiriddin Tusiyning talabalik madaniyati va
ilmgaga doir qarashlari aks ettirilgan.
Kalit so‘zlar:
muallim , ilm olish , talaba, axloqshunoslik, imlo, tadris.
Ilm insonning buyuk sifati bo‘lib, madaniyatga erishishning birdan-bir
yo‘li hisoblanadi. Ilmsiz hech qachon taraqqiyotga erishib bo‘lmaydi. Alloh
tomonidan insonga berilgan ulug‘ ne’matlardan biri bu – ilmdir. Ilm insonni
ulug‘lik sari yetaklab, uning xulqini, aqlini charxlaydi, ziynatlaydi. Zero, “Dunyo
va oxirat ezguliklari ilm bilandir hamda dunyo va oxirat sharafi ham ilmdadir”, –
deyiladi Hadisu sharifda. Falsafa tarixi shundan dalolat beradiki, ilm, ilm olish,
uning odobi, ilm bilan shug‘ullanish masalasi barcha davrlarda ham faylasuflar,
mutasavviflar va mutafakkirlarning ta’limotlari, ularning qarashlari markazida
turgan asosiy masalalardan biri bo‘lgan. Buning asosiy, sababi ilmning barcha
mutafakkir olimu-fuzalolar tomonidan ulug‘langanligi, ilohiy va muqaddas
kitoblarda yuksak ne’mat va qadriyat sifatida e’tirof etilganligidir.
Nosiriddin Tusiy odob – axloqqa doir 12 fasldan iborat “Adab ul -
mutaallimun” (Talabalik madaniyati) deb nomlangan maxsus risolasida
yuqorida ko‘rsatilgan masalalarni keng va atroflicha tahlil etadi. Ushbu risolani
mutafakkir “Axloqi Nosiriy” asaridan so‘ng yozgan. Muallif bu asarida ilm
o‘rganishni boshlagan talabalarga tahsil olishning o‘ziga xos nozik jihatlari
va uslub,metodlarini ko‘rsatadi. Olim tadrisning metod va usullarini silliq
jihatlariga katta ahamiyat beradi va haqli ravishda talabaning turli xil ilmiy
bilimlarda yuksalishida tadris metodining muhim rol o‘ynaganini qayd etadi.
Shu o‘rinda bir narsani alohida qayd etish lozimki, madrasalar qadimdan oliy
o‘quv yurti maqomida bo‘lib, ularning paydo bo‘lishi bilan bilim berishda yangi
usullar vujudga kelgan. Tolibu ilmlarga asosan masjidlarda musulmon dini
aqidalari, islomiy ilmlar (naqliy ilmlar) bilan bir qatorda, aniq fanlar (aqliy
ilmlar) ham o‘qitilgan. Asosan bu jarayonda imlo usulidan foydalanilgan. Ya’ni
aytib turilgan, talabalar yozganlar. X asrdan e’tiboran ushbu o‘quv
muassasalarida ushbu usuldan voz kechilgan. Uning o‘rniga “tadris” usuli
qo‘llanila boshlangan. Buni Gʻarb sharqshunos olimi Adam Mes o‘zining
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
31
fundamental “Musumon renesansi” deb nomlangan asarida quyidagicha
izohlaydi; “O‘qitishda yangi usullarning vujudga kelishi, o‘z navbatida, yangi
turdagi o‘quv muassasalarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Avval aytib turib
yozdirish (“Imlo”) usuli o‘qitishda eng yuqori daraja hisoblangan bo‘lsa, X
asrdan boshlab “tadris” (sharh, izoh, munozara) usuli yetakchi mavqeni egalladi.
Ushbu usul o‘sha davrda qabul qilingan ilmiy munozara bilan uzviy bog‘liq edi,
masjidlar esa munozara uchun muvofiq emas emas edi. Natijada, bu davrga kelib
madrasa vujudga keldi” .
Ilmning mohiyati haqida fikr yuritar ekan Nosiriddin Tusiy buni ilmlar
bilan mashg‘ul bo‘lish kayfiyatidir, deb hisoblaydi. Talaba avval – oxir unga
nima foydali, nima zararli ekanini nazardan qochirmasligi, foydali ishlar
bilan mashg‘ul bo‘lishi, zararli ishlardan uzoqda turishi va bu yo‘lda aqli va
ilmi unga mayoq vazifasini bajarishi kerak shundagina uning jazosi ortmaydi,
deb hisoblaydi.
Mutafakkir ilm olish masalasida avvalo ilm o‘rganuvchining ilm
o‘rganmoqqa mutlaq niyati bo‘lishini va bu niyat butun hollar uchun asos
ekanligini Qur’oni Karimdagi so‘zlar bilan asoslab ko‘rsatadi.
Alloma ilm o‘rganadigan talabaga quyidagi tavsiyalarni ko‘rsatadi:
ilmlarning eng yaxshisini, diniy ishlarda ehtiyoj tuyganini, so‘ngra esa mol –
davlat to‘plash uchun kerak bo‘ladigan ilmlarni tanlashi lozim.
Muallimga kelganda esa, alloma qo‘yidagicha fikrlaydi, ya’ni talaba uning
eng savodlisini, eng dindorini va eng yaxshisini tanlashi kerak. Ilm
o‘rganishni, ya’ni yangi ilmlarni puxta egallashni istagan kishi atrofidagilar
bilan maslahatlashishi kerak. Talaba agar tahsil olishni istasa shahardagi
olimlarga aloqador xilma-xil fikrlarga tushmaslikka harakat qilishi lozim.
Ilmni o‘rganishga bel bog‘lagan talaba, ikki oy sabr etsa, bu muddat ichida
o‘ziga muallim tanlasa, u ham muallimni tark etganda, uning xayr – duosini
olmasdan boshqa bir muallimning yoniga ketmasligi shart. Har bir yangi
muallimni va o‘rganadigan kitobni tark etmaslik uchun sabrli va mahkam
bo‘lmoq lozimdir. Bir fanni chuqur egallamasdan boshqa bir fan bilan
mashg‘ul bo‘lish mumkin emas. Talaba zaruratdan tashqari tahsil olib
turgan shahridan boshqa bir shaharga ketmasliklari shart. Chunki, bular
talabani tahsiliga bog‘liq ishlardan ayiradi, fikrini chalg‘itadi va vaqtini
ketqazadi.
Talaba o‘ziga yo‘ldosh tanlagan vaqtda deydi alloma, birinchi navbatda
xayrxoh, dindor va haqiqatparast xosiyatli insonlardan do‘st tanlashi lozim.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
32
Tanbaldan, manmandan, ko‘p gapiradigandan uzoq bo‘lish kerak. Chunki,
tuproq ham o‘z nomi bilan taniladi, do‘st esa o‘z do‘sti bilan.
Bundan tashqari ilm oluvchi ilm ahliga samimiy qalbdan katta ehtirom
ko‘rsatishi kerak. Kitob hech vaqt tahoratsiz olinmasligi, mutolaa etilmasligi
va dars o‘qilmasligi shart.
Nosiriddin Tusiy o‘zining qarashlarida ilm talabida bo‘lgan ilm tolibi ilmni
istehzo, hurmat va ehtirom bilan tinglashni o‘rganishi, ilm sohasi talaba
tomonidan emas, balki muallim tomonidan tanlanishi kerakligini uqtiradi.
Chunki, muallim “tadris” jarayonida bu sohada kerak bo‘lgan tajribani biladi.
Muallim har bir talabaga nima kerak ekanligini va har kimning tabiatiga nima
munosib bo‘lganini yaxshi biladi.
Ilm o‘rganish talabida bo‘lgan kishi dars vaqtida zarurat yuzasidan
muallimga yaqin o‘tirishi, talaba bilan muallim orasida bir kamon masofa
bo‘lishi kerakligini va bu masofani Tusiy hurmat alomati deb ko‘rsatadi.
Mutafakkir ilm o‘rganayotgan talabani yomon axloqiy sifatlardan uzoq
bo‘lishga chaqiradi, chunki, yomon axloq uning nazdida ma’naviy itdir. Ilmni
o‘rganishda talabaga tirishqoq bo‘lishni taklif etadi. Bir narsani istagan va uni
jiddu – jahd bilan axtargan oxirda topadi, deb hisoblaydi.
Uning qarashlariga ko‘ra, ta’lim olishda uch kishiga ehtiyoj tug‘iladi.
Talabaga, muallimga va otaning soyasiga. Ilmni o‘rganishni maqsad qil-gan
talaba darsni o‘rganish va uni takror etish uchun oqshom, kecha – kun-duz,
muborak vaqt bo‘lgan har daqiqada o‘rganishi lozim. Bu bilan u kechasini
saharga ko‘chirgan odamning kunduzi qalbi faraxlanadi, deb hisoblaydi.
Ilmni o‘rganishni maqsad qilgan har bir kishi, ilmning boyliklariga
o‘zining mashaqqatli kunlarini sarf etishi kerak. Tusiy talaba haddan ortiq
harakat qilib, o‘zining ustida ishlasa, o‘zini zaiflantirib ilmini rivojlantirsa, bu
o‘ziga nisbatan marhamat ko‘rsatish deb, hisoblaydi. Barcha ishlarda
marhamat buyuk asos hisoblanadi. Ilmni o‘rganmoqchi bo‘lgan talaba ilmda
kifoyat qadar tirishqoq bo‘lishi talab qilinadi. Haqiqatdan inson o‘z
tirishqoqligi soyasida qo‘sh qanotlari bilan uchadigan qush kabi uchadi.
Uning ichki yashirin imkoniyatlari ochiladi.
Talaba ba’zi narsalarni o‘rganish uchun kitoblarning hammasini yodda
saqlamoqqa jahd etmog‘i lozim. Agar talaba kifoya qadar tirishqoq bo‘lib,
jiddu – jahd ko‘rsatmasa, yoki jiddu – jahd ko‘rsatib, yetarlicha tirishqoq
bo‘lmasa, unda ilmdan faqat oz miqdorini o‘rgana oladi. U ilmlarning
fazilatlarini va nozik jihatlarini tushunish vositasida jiddu – jahd va tahsilga
qarab harakatlanadi. Ilmning fazilat ekanligini tahlil eta turib, Tusiy uni
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
33
quyidagicha izolaydi: “dunyoda ilm qoladi, undan boshqalari esa puch bo‘lib
ketadi. Ilm abadiy holda jonlidir. Deydilarki: “Olimlar o‘lsalar ham, jonlidirlar”.
Aql uchun ilmning lazzati tahsilni chaqirishdan iboratdir”.
Shuningdek, ilm olish masalasida darsning boshlanishi, hajmi va tartibi
to‘g‘risida ham o‘zining qarashlarini bayon etgan alloma darsni haftaning juma
oqshomi kuni boshlashni tavsiya etadi. O‘zining ushbu fikrini quyidagicha
asoslaydi. “Rasululloh deydiki: Xayrli ishlarni har biri juma oqshomida
boshlanadi. Chunki, juma oqshomi Allohning Nurni yaratgan kunidir. Ushbu
kun kofirlar uchun nahs, mo‘minlar uchun esa muborak kundir” .
Boshlang‘ichda darsning hajmiga kelganda, (talaba uchun) darsning hajmi
shunday bo‘lishi kerakki, talaba uni rohat va tadrijan ikki dafa takrorlay
bilsin, deydi.
Ilm o‘rganayotgan talabaga Tusiy har xil savol – javob va muzokara-ni
eng asosiy kerak narsa deb hisoblaydi. U insofli, diqqatli va tushunchali
bo‘lishi, kuydan va asabiylikdan saqlanishi lozim ekanligini ta’kidlaydi. Talaba
shuningdek, mubohasa va muzokara haqiqati bilan qarshilikda
maslahatlashishi, bunga ham asabiylik va kuydan chekinib, tushuncha va
insof bilan ega bo‘lish mumkinligini ko‘rsatadi. Qarama – qarshi savol – javob
mujarrad takrordan foydaliroq ekanligini uqtiradi.
Mutafakkir o‘z qarashlarini davom ettirib, aytadiki, tabiatli, adolatli
kishilar yomon tabiatli insonlar bilan muzokara qilishdan qochadi. Chunki,
uning tabati yashirin, axloqi tajovuzkordir. Ilmni o‘rganadigan kishi har doim
uning nozik jihatlarini tushinishi va bunga odatlanishi lozim. Haqiqatdan
ilmning nozikliklarini faqat tushunish bilan bo‘ladi.
Bundan tashqari tanasi va aqli sog‘lom bo‘lgan har bir kishining ilm
o‘rganishiga hech bir uzrli sabab yo‘q ekanligi, talaba domo tilida Allohga
undan fahm va ilm bergani uchun shukr qilishni o‘rganishi lozimligini,
aundagina Alloh tavfiq va hidoyat yo‘lini istagan insonlarga to‘g‘ri yo‘l
ko‘rsatishini ta’kidlaydi.
Ilm o‘rganadigan kishi tirishqoq bo‘lish bilan birga, insonlarning mol –
davlatiga ko‘z olaytirmasligini uqtiradi. Avvalgi zamonlarda insonlarning mol-
davlatiga ochko‘zlik qilmaslik uchun avval san’at, so‘ngra ilm o‘rganar edilar.
Olim ochko‘z bo‘lsa, uning uchun ilmga mashg‘ullik bo‘lmaydi va u haq
so‘zni aytmaydi. “Ilmni o‘rganmoqchi bo‘lgan talaba o‘zini hozirlashi,
takrorning haddini muayyan yaxshi etishi va bundan uning qalbi rohat
topishi lozim” , -deb yozadi Tusiy.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
34
Alloma ilm olish odobi to‘g‘risida fikr yuritar ekan, talaba bugungi kun
darsini besh marta, undan oldingi kun darsini to‘rt marta, undan avvalki
kun darsini uch marta, undan oldingi kun darsini ikki marta va nihoyat
undan avvalgi kunning darsini bir marta takrorlashi lozim deya taьkidlaydi.
Bu yodda saqlamoqning va takrorning yuqori va quyi chegarasidir, haddidir.
Talaba takrordan qo‘rqmasligi kerak, dars va takror uning hayotiy
faoliyatiga aylanishi lozim. Har qanday ishning eng xayrlisi o‘rta vaziyatdir.
Talaba ilm o‘rganishda tahsilini avvaldan – oxirga qarab davom ettirishi
shart.
Shuningdek, alloma ilm olish masalasida tavakkul masalasiga alohida
e’tibor qaratadi. Ilm o‘rganadigan talaba tavakkul etmog‘i kerak. Rizq bilan
bog‘liq ishlar unga rohat beradi, uning qalbini mashg‘ul etadi va sabrli
qiladi. Chunki, ilm o‘rganish katta ish bo‘lib, ilmni yoyishda bir mukofot
bordirki, bu ham olimlarning ko‘pchiligi yonida qiroat o‘rganmoqdan
yaxshidir. Tusiy e’tirofiga ko‘ra, unga sabr etgan kishi dunyoni boshqa
lazzatlaridan ustun bo‘lgan lazzatni topishi mumkin. Talaba eng avvalo
boshqa ishlar bilan mashg‘ul bo‘lmasdan, fiqhdan, hadisdan, tafsirdan va
Qur’onni o‘rganishdan qo‘l tortmasligi kerak.
Alloma ta’lim olish muddatlari haqida fikr yuritar ekan, o‘qub – o‘rganish
davri beshikdan to qabrga qadardir. Bu davrning tahsili uchun eng yaxshi
vaqtlar esa yilning boshlang‘ich davrlari, ikki oqshom namozi orasidir.
Ko‘rsatilgan vaqtlarning hammasi ta’lim olish uchundir. Bir ilmni
tugatgandan so‘ng, boshqa bir ilm bilan mashg‘ul bo‘lish lozimligini uqtiradi.
Ilm sohibi shafqatli va nasihat beradigan bo‘lishi shart. Agarda
hasadgo‘y bo‘lsa o‘ziga zarar, u nimaki xayrli ishni qilmasin, hatto uni
komillik darajasida tahsil olish niyatidan uzoqlashtiradi. Muallim shunday ish
qilishi lozimki, talabasi uning davrida olim bo‘lsin. Dunyo olimlaridan ustun
bo‘lishi uchun u o‘z talabalariga shafqat ko‘rsatishi kerak.
Ilm o‘rganadigan kishi hech bir kimsa bilan tortishmasligi va adovat
qilmasligi lozim, chunki bu hol vaqtni ketkazadi. Xayrxoh odam o‘z yaxshi
amallari bilan mukofotlanadi, badxulq odamning amallari o‘ziga kifoyat
etadi. Shu o‘rinda Tusiy “agar sen o‘z ma’naviyatingni ta’-min etish uchun
harakat qilsang, dushmanlik qilishdan saqlan, chunki dushmanlik seni rasvo
etadi va vaqt yo‘qotiladi”, deb yozadi.
Tusiy nazdida, ilmni o‘rganishdan maqsad foyda olishdir. Foyda olish
uchun talaba har bir vaqtdan unumli foydalanishi kerak. Ilm buyuk
shaxsiyatlarning fikrlari bo‘lib, ular eshitganlarining eng sarasini aytadilar.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
35
Alloma ilm ko‘p, ammo umr qisqa deb, talabani vaqtni va soatlarni behudaga
sarflamaslikka, kechalarni va tanho qolgan kunlarni vaqtlaridan unumli
foydalanishga chaqiradi. U shuningdek, ilm tolibiga shayxlarning tajribasidan
foydalanishni maslahat beradi.
Ilm olishda dindorlikning alohida ahamiyatga ega ekanligini qayd etar
ekan Tusiy “Tahsil vaqtida dindor bo‘lmagan kishining Alloh uch narsadan biriga
mubtalo etadi: Yo uni yosh holida o‘ldiradi, yo uni xoxlagan shakliga soladi, yo
uni sultonga qulluq qilishga duchor qiladi ”. Uningcha, ilm o‘rganadigan
talabaning ilmini oson va manfaatli bo‘lishi aynan shu narsaga bog‘liq.
Shuningdek, dindorlik talabani foydasiz ishlardan saqlaydi.
Ilmni o‘rganadigan talaba g‘iybatdan o‘zini saqlashi va keraksiz
majlislardan saqlanmog‘i lozim. Chunki, bu narsalar talabaning umrini o‘g‘irlaydi
va vaqtini oladi. Dindorlik esa talabani fitna-fasod bilan mashg‘ul bo‘lganlardan
va dinsizlardan uzoqlashtiradi. Mutafakkir qayd etishiga ko‘ra, tahsil olishdagi
eng asosiy jihat ilmlarni takrorlashdir. Bu holatda alloma talabaga bir qancha
Sharqona tarbiyaning o‘ziga xos jihatlarini ko‘rsatishga harakat qiladi. Jumladan,
ilm olish vaqtida talabaning yuzi qibla tomonga qarashi va buni o‘z o‘rnida
Payg‘ambarimiz sunnatiga uyg‘un keladi, deb hisoblaydi.
Alloma e’tirofiga ko‘ra, ana shundagina talaba xayrixox inson-larning
chaqirishidan o‘zini tiya oladi, zulumkorlikdan, da’vatdan chekina-di, solih
amalli insonlarni o‘z yoniga chakiradi. Uning mulohazalaridan shu narsa
ayonlashadiki, ilm o‘rganadigan talaba odob qoidalariga va sunnatga rioya etishi
lozim. Odob qoidalariga loqaydlik ko‘rsatgan sunnatdan mahrum bo‘ladi,
sunnatga loqaydlik ko‘rsatgan faroizdan mahrum bo‘ladi, faroizga loqaydlik
ko‘rsatgan oxiratdan mahrum bo‘ladi. Ilm o‘rganadigan kishi ibodat masalasida
itoatkor bandalar kabi ibodat etishlari lozim, bu ta’lim olishga yordam beradi.
Talaba o‘qimoq uchun har ehtimolga qarshi o‘zi bilan bir daftar olib yurishi
kerak. Agarda ta’lim olish vaqtida kimningki qo‘lida daftar bo‘lmasa, uning
qalbidan hikmat o‘rin tutmaydi.
Xulosa qilib aytganda, Nosiriddin Tusiy ilmga asosiy mezon sifatida qarab,
talabaning mukammallikka erishuvida ma’naviy, jismoniy rivoj-lanish sohasini
ham himoya qiladi va uni ilmiy-nazariy jihatdan asoslab beradi. U o‘z
qarashlarida talabani ilm o‘rganish orqali mukammallashib borishini va bu
jarayon uzoq va og‘ir ekanligini, talaba bunda o‘zini tanqidiy nigoh bilan
kuzatishi, ustozlarning yordamiga tayanib, shariat qoidalariga qat’iy amal qilishi
lozimligini uqtiradi. Uningcha, har qanday mukammallik faqat va faqat ilm
o‘rganish vositasida bo‘lib, aynan shu narsa uning sharafli ekanligini ko‘rsatadi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
36
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
Rahmatulloh Turkistoniy. Ilm va imon. Toshkent: Movarounnahr,1993.
2.
MACIT FAHRI. Islâm felsefesi, kelâmi ve tasavvufuna kisa bir giriş.Çeviren
Şahin FILIZ. Istanbul, insan yayinlari, 2008.
3.
Nәsirәddin Tusi. Adabül-mütәәllimin (Tәlәbәlik mәdәniyyәti). Bakı, 2002.
4.
N.M.Qo‘shshayeva .Nosiriddin Tusiy ma’naviy – axloqiy ta’limotini yoshlar
tarbiyasidagi ahamiyati. Monografiya. N.M. Qo‘shshayeva –T.:“Lesson Press”
nashriyoti, 2023 y.
5.
5.Tusi Nəsirəddin. Əxlaqi Nasiri. Bakı: “Lider” nəşriyyatı, 2005.
6.
Sobirovich, T. B. (2023). Basic Criteria for Building the Third Renaissance
in Uzbekistan. Asian Journal of Applied Science and Technology (AJAST), 7(1),
149-157.
7.
Sobirovich, T. B. (2021). The Strategy of Cultural Development in Central
Asia During Amir Temur and the Temurids Dynasty. Int. J. Sci. Res. in
Multidisciplinary Studies, 2021.
8.
Sobirovich, T. B., & Norman, Z. D. M. (2023). Harmony of National and
Universal Values in Uzbekistan. Harmony, 7(1), 08-16.
9.
Turdiyev, B. S. (2021). Cultural and educational development of society in
the scientific heritage of world philosophers. Academic research in educational
sciences, 2(4), 443-451.
10.
Sobirovich, T. B. (2022). A study of national and universal principles of
democracy. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 12(5),
417-421.
11.
Turdiyev, B. (2024). O ‘RTA ASR MUTAFAKKIRLARINING JAMIYAT
IDEOSFERASI YANGILANISHI TO ‘GʻRISIDAGI FALSAFIY QARASHLAR TAHLILI.
Farg'ona davlat universiteti, (1), 39-39.
12.
Sobirovich, T. B. (2023). National Revival and Development Idiosphere of
Uzbekistan.
13.
Sobirovich, T. B. (2018). Spiritual renewal: a new decision and a strategy
for viable reforms. Bukhara State University Scientific Information. Bukhara, (2),
70.
14.
Sobirovich, T. B. (2020). Uzbekistan: from national revival to national
progress. Modern scientific challenges and trends, (27), 5.
15.
Sobirovich, T. B., & Ikrom o’g’li, I. M. (2022, September). ISSUE OF THE
DEVELOPMENT OF SOCIETY IN THE VIEWS OF EASTERN THINKERS. In "
ONLINE-CONFERENCES" PLATFORM (pp. 111-114).