CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
23
TAʼLIM IJTIMOIY TARAQQIYOTNI YUZAGA KELTIRUVCHI OMIL
Qambarova Dilorom Yusupovna
Farg‘ona davlat unoversiteti
chet tillari kafedrasi dotsenti
https://doi.org/10.5281/zenodo.11518180
O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichida taʼlim tizimini yangi sifat
bosqichiga olib chiqish, jamiyatni ilm-fan va innovatsiyalar orqali
rivojlantirishga doir jadal islohotlar olib borilmoqda. Barcha sohalarda o‘zgarish
va yangilanishlar kuchayib borayotgani taʼlim sohasida ham zamonaviylashtirish
jarayonlarni olib borish ijtimoiy taraqqiyotning muhim omili ekanligi kelib
chiqmoqda. Shuning uchun, taʼlim tizimini isloh qilishdagi ustuvor vazifalarni
tadqiq etish ham muhim va kechiktirib bo‘lmaydigan amallardan biridir.
Jamiyatning ijtimoiy rivojlanishi aholining turmush darajasi, farovonligi,
yashash tarzi va davlatning iqtisodiy barqarorligi bilan belgilanadi.
Mamlakatimiz o‘z taraqqiyotining yangi davriga qadam qo‘ygan hozirgi kunda
O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
asosida barcha sohalarda keng ko‘lamli o‘zgarishlar amalga oshirilmoqda. Taʼlim
vazifalari respublika hukumatining “...avvalo ilm-fan va taʼlim tarbiya sohasining
rivoji bilan, bu borada bizning dunyo miqiyosida raqobatdosh bo‘la olishimiz
bilan uzviy bog‘liq”, ekanligini taʼkilab o‘tgan[1]. Shu bois bosh vazifa
O‘zbekistonda odamlarning yetarli daromad topib, yashash darajasi va
moliyaviy taʼminotini yaxshilash va yangi-yangi korxona va ish o‘rinlarini
ko‘paytirish orqali taʼlim tizimini isloh qilishdir. Odamlarning bilimi,
dunyoqarashi, fikrlash tarzini o‘zgartirish, salohiyatli kadrlar avlodini
tarbiyalash ishlari ham uning tarkibiy qismidir. Zero, biz taʼlimga yoshlar
barkamolligining kafolati sifatida “jamiyatning muhim muammolarini hal
etishning ratsional yechimi hisoblanadi”[2].
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev yurtimizda zamonaviy taʼlim tizimini
shakllantirishda “o‘z oldimizga qo‘ygan ko‘p qirrali va murakkab vazifalarni
amalga oshirish zamonaviy va kreativ fikrlaydigan, har qanday vaziyatda ham
masʼuliyatni o‘z zimmasiga olishga qodir bo‘lgan, g‘ayrat-shijoatli, intellektual
salohiyati yuksak, vatanparvar yosh kadrlarga davlat va jamiyat boshqaruvida
muhim vazifalarni” ishonib topshirish ko‘zlagan[3]. Jamiyat taraqqiyoti va taʼlim
muammolari salohiyatli va raqobatbardosh kadrlarning boshqaruvdagi ishtiroki
bilan belgilanib, zamonaviy taʼlimning tarbiya bilan bog‘liq holda muammolarini
tushungan holda vaziyatni ijobiy hal etishga qobilligi muhimdir. Biz taʼlim
yoshlarning jamiyatlar taraqqiyoti va tanazzulini belgilab berishidan, ularga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
24
yetakchi intellektual yoshlarning ilmiy elitasini shakllantirish orqali inqilob va
buyuk o‘zgarishlarni yasashimiz mumkin. Shu maʼnoda biz taʼlimga inson
shaxsiyatini kashfiyoti, yoshlarning milliy identivligini anglash, borliqni idrok
qilish, jamiyatni farovonlik omili, deb hisoblaymiz. Fikrimizni taʼlimning
umuminsoniy qadriyatning bir qismi ekanligidan, shaxsning tayanch ehtirosi
milliy genetik shakllangan tabiiy tarixiy hodisa hamdir. Shuning uchun ham
“yoshlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlari himoyasini kuchaytirish, ijtimoiy-
siyosiy faolligi va huquqiy madaniyatini oshirish, milliy o‘zlikni anglash, yuksak
maʼnaviyatni
shakllantirish
yo‘nalishlarida
tizimli
ishlarni
amalga
oshirilmoqda”[4]. O‘zbekiston hukumati mazkur muammo va uning yechimida
davlat va nodavlat taʼlim tizimini, jamoatchining faol ishtirokida taʼlim
manfaatlarining muhofazasi, yoshlarning kayfiyati va ijtimoiy mo‘ljallariga jiddiy
taʼsir etishini hisobga oladi. Bu hol o‘z navbatida taʼlimning ijtimoiy taraqqiyotni
shakllantirish omillarini aniqlash, milliy taraqqiyotga doir muammolar bilan
professional taʼlimning ijtimoiy zaruratini falsafiy asoslash ham muhim
vazifalardan biridir.
Taʼlim ijtimoiy taraqqiyotni yuzaga keltiruvchi omil bo‘lsa, ijtimoiy
taraqqiyot taʼlimni professionallik darajasining mezoni hisoblanadi. Demak,
ijtimoiy taraqqiyot va taʼlim – mushtarak rivojlanuvchi, bir birini to‘ldiruvchi, bir
biridan ko‘mak oluvchi jarayon. O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev
“Qozog‘iston elboshisi Nursulton Nazarboyevning barqaror va inklyuziv
iqtisodiy taraqqiyotga erishish, o‘zaro manfaatli hamkorlikni kuchaytirishga
qaratilgan musulmon davlatlari o‘rtasida infratuzilmalar bo‘yicha integratsiyani
tashkil etish” haqidagi tashabbusini qo‘llab quvatlagan[5].
Ijtimoiy taraqqiyot tadrijiy takomillashuvi va jamiyatning rivojlanish
qonuniyatlarining tahlili taʼlim tizimining evolyutsiyasini nazorat qilish imkonini
beradi. Chunki, tarixiylik tamoyilida taʼlim va jamiyatlar taraqqiyotining o‘zaro
aloqadorligini kuzatish mumkin. Tajriba taʼlimning qatʼiy va yopiq tizimi
muayyan mamlakat davlat tuzumining muhim tarkibiy qismi bo‘lsa, yangi asr
boshida insoniyat turmushining sifat ko‘rsatkichi, taraqqiyot va alohida shaxs
darajasining farovonlik indeksida ham namoyon bo‘ladi. Mazkur ishlar
natijasida “taʼlimning jadal surʼatlarda rivojlanishi, uni inson va jamiyatni
rivojlantirishning muhim omillaridan biriga aylantirdi”[6] va ijtimoiy
taraqqiyotni keltirib chiqaradi.
O‘tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab xalqaro tashkilotlar tomonidan taʼlim
tizimini tartibga solish, butun dunyoda taʼlim olishning huquqiy asoslarini ishlab
chiqish jarayoni boshlandi. Jumladan, BMT tomonidan butun dunyoda ilm-fan,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
25
taʼlim-tarbiya va ijtimoiy hayotni rivojlantirishga qaratilgan alohida bo‘lim
faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi ham muhim qadamlardan biri bo‘ldi. BMT tomonidan
qabul qilingan «Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi» har bir insonning
taʼlim olish huquqi o‘rnatildi. Natijada, taʼlim olish huquqi butun dunyoda
kafolatlanib, har bir mustaqil davlatda taʼlim olish huquqi konstitutsiyaviy
huquqqa aylantirildi. Taʼlim jamiyat taraqqiyotining asosi, uni harakatga
keltiruvchi, yuksak marralarga olib chiquvchi omil ekanligi namoyon bo‘la
boshladi. Shu bois, taʼlim sohasida har qanday kamsitish inson huquqlarini
buzish, deya baholanadigan bo‘ldi.
Adabiyotlar:
1. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir . 2-jild. –T.: O‘zbekiston. 2018. –B. 446.
2. O‘zbekistonda taʼlim: talab va taklif mutanosibligi / Saidova G. –Toshkent.:
O‘zbekiston. 2008. –B. 9.
4. Mirziyoyev Sh.M. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy
bahodir . 2-jild. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2018. –B. 491.
5. Narbayeva T. K. Yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishda kasaba
uyushmalarining o‘rni // O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat
siyosatini amalga oshirishning dolzarb muammolari –Toshkent.: O‘zbekiston.
2008. – B. 13.
6. Mirziyoyev Sh. M. Niyati ulug‘ xalqning ishi ham ulug‘, hayoti yorug‘ va kelajagi
farovon bo‘ladi. 3-jild. – Toshkent.: O‘zbekiston. 2019. – B. 212.
7. O‘zbekistonda taʼlim: talab va taklif mutanosibligi /Saidova G. – Toshkent.:
O‘zbekiston. 2008. – B. 9.