CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
119
ILOVA KONSTRUKSIYALARDA SINTAKTIK BIRLIKLAR VA
SINTAKTIK ALOQALARNING OʻZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Toʻlakova Dilbar Elmurodovna
Samarqand davlat chet tillar instituti tayanch doktoranti,
Dilbar83tulakova@gmail.com, +998975784335
https://doi.org/10.5281/zenodo.14545980
Annotatsiya
Ilovali elementlarga xos boʻlgan xususiyatlarni izohlashda ularni sintaktik
oʻziga xos xususiyatlari muhim oʻrin tutadi. Mazkur maqola ushbu mavzuga
bagʻishlangan boʻlib, unda ilovali elementlarga bag‘ishlangan ilmiy ishlarning
mazmuni, ularga xos bo‘lgan sintaktik oʻziga xos xususiyatlarning germanshunos
olimla tomonidan ilmiy qarashlarda ifodalanishi bayon etilgan va ilovali
elementlarning sintaktik xususiyatlari oʻrganilgan.
Kalit soʻzlar.
Ilovali element, ilova konstruksiya, matn, sintaksis,
semantika, struktura, ilovali komponent, kommunikativ, funksiya
Аннотация
При объяснении характеристик атрибутивных элементов важную
роль играют их синтаксические особенности. Настоящая статья посвящена
данной теме, в которой изложено содержание научных работ, касающихся
атрибутивных
элементов,
а
также
выражение
специфических
синтаксических особенностей, присущих им, в научных взглядах
германистов. В статье также изучены синтаксические особенности
атрибутивных элементов.
Ключевые
слова:
атрибутивный
элемент,
атрибутивная
конструкция, текст, синтаксис, семантика, структура, атрибутивный
компонент, коммуникативный, функция.
Abstract
When explaining the characteristics inherent in attributive elements, their
syntactic peculiarities play an important role. This article is dedicated to this
topic, in which the content of scientific works related to attributive elements is
presented, as well as the expression of their specific syntactic peculiarities in the
scientific views of Germanic scholars. The syntactic characteristics of attributive
elements are also examined in the article.
Key words:
attributive element, attributive construction, text, syntax,
semantics, structure, attributive component, communicative, function.
Ma’lumki, tilshunoslik taraqqiyotining bugungi bosqichida yangidan-yangi
tushunchalar paydo boʻlib, u yoki bu ilmiy tadqiqot ishlarining tekshirish
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
120
obyektiga aylanmoqda. Ilova hodisasi terminologik tushunchasi yirik sintaktik
birliklar terminologik tushunchasiga nisbatan qisman qulayroq boʻlganligi,
uning lingvistik mohiyati biz tanlagan mavzuning lingvistik mohiyatiga mos
kelganligini hisobga olib, ishimizda ilova konstruksiyalarning sintaktik birlik
sifatidagi oʻziga xos xususiyatlarini tatbiq qilishni asosiy maqsad qilib oldik.
Chunki hozirgi davrda juda koʻplab tilshunoslik fanlarida ilova hodisasi sintaktik
aloqaning bir turi sifatida keng qoʻllanilmoqda va uning yangidan-yangi qirralari
yuzaga kelayotganligiga guvoh boʻlamiz.
Ilova hodisasi hozirgi kungacha qanchalik oʻrganilish tarixiga ega boʻlmasin,
u doimo har qanday tilshunoslik fani doirasida eng muhim, kam oʻrganilgan
dolzarb muammolardan biri boʻlib qolaveradi. Ilova hodisasining lingvistik
mohiyatini, shuningdek u bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina xususiyatlarni
grammatika fani nuqtai nazaridan yechishga harakat qilingan boʻlsa-da, biroq
unga bogʻliq boʻlgan bunday xususiyatlarni matn nuqtai nazaridan talqin
etishmaydi. Natijada ilova hodisasining koʻp tomonlari izlanish doirasidan
chetda qolganday tuyuladi. Ba’zi hollarda ilova hodisaning semantik, uslubiy va
boshqa xususiyatlari alohida oʻrganiladi, lekin ularning ana shunday
xususiyatlari bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ichki qonuniyatlari izlanish
ramkasidan chetda qolaveradi. Demak, ilova hodisasini oʻrganishga nisbatan
boʻlgan bunday munosabat kutilgan natijaga olib kelmaydi.
Ilova hodisasi atrofida olib borilayotgan tahlillar shuni koʻrsatadiki, ilmiy
tadqiqot ishlarida sintaktik-stilistik jihatdan oʻrganilgan ilova hodisasi tilning
barcha qoidalariga ham mos kelavermaydi. Shuning uchun sintaktik birliklarni
ilova konstruksiya ramkasida tahlil qilish ilova nazariyasining biron bir
xususiyatlariga toʻgʻri kelmaydi [5, 81-b.].
Keyingi vaqtlarda ilova hodisasini oʻrganishga boʻlgan munosabat tubdan
oʻzgardi. Natijada ilmiy izlanishlarning tekshirish obyekti qilib ilova
konstruksiyaning alohida-alohida strukturaviy guruhlari tanlandi. Ilmiy
izlanishlarga nisbatdan qoʻllangan bunday metodlar ijobiy natijaga olib keldi.
Shu asosda olib borilgan ba’zi bir ilmiy izlanishlardan namuna keltiramiz:
Tilshunos olim G. N. Ribakova rus tili materiallari asosida ergashgan qoʻshma
gap yordamida ifodalangan ilovali elmentlarning strukturaviy va ma’no
xususiyatlarini tahlil qilib, ilova hodisasining yuzaga kelishidagi quyidagi
qulayliklarni sanab o‘tadi: 1) asosiy ifoda tarkibida ilovali elementga oʻxshash
ergash gap kelsa; 2) ilovali element funksiyasida keluvchi ergash gap asosiy
ifodaga nisbatan izohlash konkretlashtirish mazmuniga ega boʻlsa; 3) ilovali
element funksiyasida keluvchi ergash gap asosiy ifodadagi biron-bir
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
121
komponentga bogʻliq boʻlsa [4, 16-b.]. J. Ye. Petrashevskaya [6] ilova hodisasini
ingliz tilida keltirilgan sodda gap strukturasi orqali tahlil qilgan. Ilova
konstruksiyaning strukturaviy guruhlarini bu tartibda oʻrganishga va tahlil
qilishga juda koʻplab ilmiy maqolalar, monografik asarlar, darsliklar, oʻquv va
metodik
qoʻllanmalar
bagʻishlangan.
Bu
ilmiy
ishlarda
ilova
konstruksiyaparining strukturaviy, ma’noviy, stilistik, tipologik, frazeologik,
fonetik va boshqa xususiyatlari toʻgʻrisida chuqur ilmiy fikr va mulohazalar
keltiriladi.
Ayrim olimlar [7] tilshunoslikda bu sohada toʻplangan boy tajribalarga
tayangan holda murakkab sintaktik butunlikni ham nazariy, ham amaliy
oʻrganib, uning tizma bogʻlanishga asoslangan murakkab sintaktik butunlik va
parallel bogʻlanishga asoslangan murakkab sintaktik butunlik kabi strukturaviy
turlarini izohlab bergan. Tizma va parallel bogʻlanishli murakkab sintaktik
butunlikning strukturaviy xususiyatlarini izohlab berishda muallif [7] bu ikkala
guruhlarning bir-birlaridan oʻzaro farq qiluvchi omillarini misollar tahlilida
koʻrsatib berishga harakat qiladi. Muallifning mulohazalariga koʻra ushbu tahlil
qilingan misollardan birinchisi tizma va ikkinchisi esa parallel bogʻlanishga
assoslangan murakkab sintaktik butunlikdir. Tizma bogʻlanishli murakkab
sintaktik butunlik bu yerda kesimning takrorlanishi bilan ifodalansa, parallel
bogʻlanishli murakkab sintaktik butunlik esa barcha boʻlaklarni bir xil formada
kelishi bilan ifodalanadi. Biroq, murakkab sintaktik butunlik strukturaviy
guruhlarining bunday usul yordamida bir-birlaridan farq qilish ancha
kiyinchiliklarni keltirib chikarishi mumkin.
Shuning uchun ham , ularning strukturaviy guruhlarini bir-biridan
ajratishda qoʻllanadigan qulayroq prinsiplarga, boshqacharoq qilib aytganda,
usullarga tayanmoq lozim. Bu sohada rus tilshunosligida qoʻlga kiritilgan boy
tajribalardan foydalanish ancha oʻrinli boʻladi. Chunki rus tilshunosligida
murakkab sintaktik butunlik mavzusida diqqatga sazovor boʻladigan ilmiy
tadqiqot ishlari bajarilgan. G.Ya. Solganik [10] sintaktik butunlikning faqat tizma
va parallel bogʻlanishli strukturaviy guruhlari toʻgʻrisida mulohaza yuritibgina
qolmasdan, balki bizning ilmiy izlanishlarimizning mavzusi bilan bevosita
bogʻliq boʻlgan strukturaviy guruhlari haqida ham alohida fikir yuritgan.
Ilovali bogʻlanishlarga asoslangan bu murakkab sintaktik butunlik oʻzining
strukturaviy shakllanishi bilan tizma va parallel murakkab sintaktik butunlikdan
farq qiladi. Bu farq eng avvalo asosiy ifodaga birikib keluvchi ilovali
elementlarning intonatsion tugallikka ega bulishligi bilan xarakterlanadi va
yozma nutqda «nuqta» tinish belgisini qoʻyish bilan ifodalanadi [2, 87-b.].
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
122
Bunday ilova konstruksiya komponentlari orasida «nuqta» tinish belgisining
ishlatilishi, birinchidan asosiy ifoda funksiyasida keluvchi gapning grammatik
jihatdan mustaqilligini koʻrsatsa, ikkinchidan unga birikib kelgan ilovali
elementlarning ham struktural, ham intonatsion jihatdan mustaqil komponent
emasligini koʻrsatadi, chunki ular ana shu asosiy ifoda tufayli uning ma’nosini
toʻldirish, konkretlashtirish, izohlash maqsadida namoyon boʻladi. Fikrimizning
dalili uchun ba’zi bir ilmiy izlanishlarning xulosalaridan namuna keltiramiz.
A.A.Andriyevskaya [1] hozirgi zamon fransuz tili materiallari asosida ilova
konstruksiyani tahlil qilib, bunday ilova konstruksiyalar murakkab sintaktik
butunlikning oʻzginasi deb ta’kidlaydi va uning kommunikativ nutq birliklariga
nisbatan Sh. Balli tomonidan olgʻa surilgan «tema» va «rema» tushunchalarini
qoʻllaydi.
Bu kabi tushunchaning ilova aloqalariga asoslangan murakkab sintaktik
butunlik komponentlariga nisbatan qoʻllanishi ilovali elementning yana bir
xususiyatini ochib berishga sabab boʻladi. A.A. Andriyevskaya tilshunoslikda
mavjud boʻlgan «tema» va «rema» tushunchalaridan foydalanib, asosiy ifodaga
nisbatan «tema», ilovali elementga nisbatan «rema» tushunchasini qoʻllaydi [1,
80-b.]. Bu bilan ilova konstruksiyalar tabiatiga xos boʻlgan yana bir xususiyatini
izohlashga zamin tayyorlaydi. Bu hol ilovali elementlarning gapning aktual
boʻlinishidagi komponentlariga nisbatan boʻlgan munosabatini aniqlash bilan
xarakterlanadi. A.A.Andriyevskayaning bu mulohazalari yirik tilshunos olim
Ye.A.Referovskayaning «Лингвистические исследования структуры текста»
nomli monografik asarida ham qayd qilinadi. Ye.A.Referovskaya ilovali
elementlarning rematik komponentlar funksiyasida kelishini quyidagicha
izohlagan: «umuman olganda, gaplarning aktual boʻlinishi nazariyasi nuqtai
nazaridan ilovali elementlarning oʻzi bu rematik komponentlarning oʻzginasidir,
chunki ular mavjud boʻlgan yetakchi gaplarga nisbatan «qoʻshimcha»
komponent sifatida yuzaga keladi» [8, 181-b.].
Haqiqatdan ham ilova konstruksiyaga yoki uning ajralmas qismi boʻlmish
ilovali elementlarga nisbatan berilgan bunday baholar bu hodisaning nihoyatda
dolzarb ekanligidan, uning oʻrganilishi tarixi uzoq boʻlishidan qat’iy nazar, hali
ham mukammal, har tomonlama toʻla oʻrganilmaganligidan dalolat berib turadi.
Shuning uchun ham B.T.Tursunov oʻzining doktorlik dissertatsiyasida ilova
hodisasi bu bir unversal tipologik lingvistik hodisadir, uni tahlil qilaversang,
yangi-yangi tomonlar koʻz oldimizda namoyon boʻlaveradi, buning manbai
birinchidan, tilshunos olimlarning ilmiy-tadqiqot ishlari boʻlsa, ikkinchidan esa
har xil funksional uslubni oʻzida mujassamlantira oladigan nemis
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
123
yozuvchilarining badiiy, prozaik-poetik asarlaridir, [11, 214-b.] deydi. Ilova
hodisasi toʻgʻrisidagi bu mulohazalar J.B.Buronovning gaplarning «ichki» va
«yuzaki» konsepsiyasini ham eslatadi. Chunki J.B.Bo‘ronov konsepsiyasining
asosiy lingvistik mohiyati biron-bir tilga oid hodisani oʻrganishda, unga faqat
«yuzaki» yondashmasdan, ya’ni aniqlangan, izohlangan tomonlarni tahlil
qilibgina qolmasdan, balki uning ichki qonuniyatlarigacha tayangan holda
noma’lum, hali yoritilmagan tomonlarini oʻrganish lozimligini alohida
ta’kidlaydi.
Ilova konstruksiya va uning ajralmas qismi boʻlmish ilovali elementlarni
gapning aktual boʻlinishi nazariyasi nuqtai nazaridan oʻrganish yuqorida
ta’kidlangan fikr va mulohazalarga amaliy javob boʻladi. Chunki ilovali
elementlarni gaplarning aktual boʻlinishi komponentlari, aniqrog‘i rema
funksiyasida oʻrganish oʻzining ma’lum bir tarixiga ega. Bu oʻrinda
M.Ye.Shafironing «Соотнесенность присоединённого компонента с
компонентами актуального членения предыдущега предложения» [13]
nomli ilmiy maqolasida keltirilgan ayrim fikrlarni bayon etamiz. M.Ye.Shafiro
chex tilshunos olimi V. Matezius tomonidan taklif qilingan «gapning aktual
boʻlinishi» terminini rus tilshunosligida tatbiq qilib, uning lingvistik mohiyatini
kengaytiradi, ya’ni uning komponentlari boʻlmish «tema» bilan «rema»ni yagona
gap doirasida emas, balki murakkab sintaktik butunlik doirasida tushuntirib
berishga harakat qiladi. Shu sababli M.Ye. Shafironing «Ilovali komponentning
gapning aktual boʻlinishi komponentlariga munosabati mavzusida» [13] deb
nomlangan va yuqorida qayd qilingan ilmiy maqolasi yuzaga keldi. Ushbu
maqolada ilova konstruksiya tabiatiga mos kelgan bir qator misollar tahlil
qilinadi va ilovali elementning rematik funksiyasi izohlab beriladi.
«Ergashgan qoʻshma gaplarning grammatik boʻlinish chegarasi gapning
aktual boʻlinish chegarasiga hamma vaqt ham mos kelavermaydi» [9]. Gapning
aktual boʻlinishi natijasida ilova konstruksiya hodisasi sodir boʻladi va bu
konstruksiyaning strukturasini tashkig etuvchi asosiy ifoda va ilovali element
ham yuzaga keladi. Ushbu jarayonda sodir boʻlayotgan ilovali elementlar
gapning aktual boʻlinishi nazariyasi jihatidan «rema» yoki «rematik» birliklar
ham deb atalishi mumkin. Ilova konstruksiya asosiy ifoda va ularga har xil yoʻllar
bilan birikib keluvchi ikkita va uchta ilovali elementlardan tashkil topadi.
Ilova hodisasi atrofida yuzaga kelayotgan «ilova konstruksiya» «ilovali
aloqa», «ilovali munosabat», «ilovali element», «ilovali qism», «asosiy ifoda»,
«asosiy qism», «ilovali aloqalarga asoslangan murakkab sintaktik butunliklar»
kabi terminologik tushunchalar, «tema» va «rema», «til materiallarini tejash»,
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
124
«sof» va «sof boʻlmagan» kabi bir qator tushunchalar bilan boyib borib, ilova
konstruksiya toʻgʻrisidagi bilimlarimizni yanada chuqurlashtiradi, kengaytiradi,
natijada paydo boʻlayotgan bunday muammolar yangi izlanishlar uchun tadqiqot
obyektiga aylanib boraveradi. Ilova hodisasiga nisbatan ilmiy tadqiqot ishlarida
qoʻllanilayotgan xilma-xil terminologik tushunchalar bu mavzuning nihoyat
darajada dolzarb muammolardan biri ekanligini ta’kidlamokda. Ilova hodisayei
doirasida sodir boʻlayotgan bunday tushunchalar ilova konstruksiya
hodisasining yangi-yangi tomonlarini oʻrganishga, ochishga, shuningdek ilova
hodisasi atrofida mavjud boʻlgan har qanday baxsli, jumboqli muammolarni
ijobiy yechishda bizga yaqindan yordam beradi deb ta’kidlaydi B.T. Tursunov
[12, 102-b.].
Asosiy ifodaga bitta parsellyat va uchta ilova konstruksiya birikib kelgan.
Lekin ularning bir-birlaridan farq qilish omillari koʻrsatilmagan. Sabab-u bu
sohada mavjud boʻlgan ba’zi ilmiy izlanishlarning xulosalari bilan yaqindan
tanish boʻlmagan. Natijada bir xil lingvistik mohiyatga ega boʻlgan parsellyatsiya
hodisasi bilan ilova hodisasini bir-biridan ajratishga harakat qilingan. Umuman
olganda parsellyatsiya va ilova yagona lingvistik hodisadir. Ularning yagona
sintaktik va stilistik hodisa ekanligi B.T.Tursunovning «Дискуссия вокруг
проблем присоединения и парцелляции» [12] nomli maqolasida atroflicha
oʻz aksini topgan. Xuddi shunday xulosa V.G.Gakning «Теоретическая
грамматика французского языка» [3] nomli monografiyasida ham keltirilgan.
Fikrimizning isboti uchun V.G.Gakning quyidagi mulohazasini keltiramiz:
«Parsellyatsiya bu assimetriya hodisasining asl koʻrinishidir, bunda tobe
komponentlar
uzuq-uzuq
gap
boʻlaklari
shaklida
rasmiylashadi.
Parsellyatsiyaning (bizning tushunchamizda ilovali elementlarning) ma’no
xususiyati «qoʻshimcha» mohiyatga ega. Ilovali elementlar asosiy fikr
aytilgandan soʻng yuzaga keladi».
Ilova hodisasi atrofida sodir boʻlayotgan bunday kamchiliklarni boshqa
mualliflarning ilmiy ishlar hajmida ham uchratish mumkin. Masalan: S.S.
Odinsova «Семантика синтаксиса присоединения в современном немецком
языке» [14] deb nomlanuvchi oʻquv qoʻllanmasini chop qildi. Bu qoʻllanmada
tahlil qilingan misollardan aksariyati ilova qoidasiga toʻgʻri kelmaydi, ya’ni bu
sintaktik birliklar ilova konstruksiyalar emas.
Yuqorida bilfirilgan fikr-mulohazalardan xulosa qilib, shuni aytishimiz
mumkinki, aksariyat hollarda sintaktik birliklarni ilova konstruksiya ramkasida
tahlil qilish ilova nazariyasining biron-bir xususiyatlariga toʻgʻri kelmaydi.
Demak, muallif ilova hodisasiga bagʻishlangan barcha nazariy manbalar bilan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
125
toʻligʻicha tanisha olmagan. Shu sabablar tufayli bunday xatolarga yoʻl qoʻyilgan.
Umuman olganda, ilova hodisasining lingvistik mohiyatini toʻgʻri tushunish
uchun bu sohada koʻp va har xil tillarda chop qilingan ilmiy ishlar bilan yaqindan
tanishish maqsadga muvofiq boʻladi. Ana shundagina ilova hodisasini yoki u
bilan bevosita bogʻliq boʻlgan ilova nazariyasining lingvistik mohiyatini toʻgʻri
tushunish mumkin.
Adabiyotlar:
1.
Андриевская А.А. Явление “сепаратизации” в стилистическом
синтаксисе современной французской художественной прозы. -M.,
Филологические науки 1969, №2. -С. 77-83. 2
2.
Begmatov M.. Nemis tilida ilova konstruktsiyalar. Monografiya. -
Samarqand, SamDChTI nashri, 2020, 131-bet.
3.
Гак В. Г. Теоретическая грамматика французского языка. Синтаксис.
М.: Изд-во “Высшая школа”, 1996. -220 с. 7
4.
Голикова Н.Н. “Лингвистический статус и коммуникативная
сущность присоединительных конструкций”. Ученые записки Тартуского
гос. ун-та. -Тарту, 1985., вып. 713. -C. 8-15. 9
5.
Mamasoliyev I.U. Hozirgi nemis tilida ilova konstruksiyalarning stilistik-
pragmatik funksiyalari. Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
dissertatsiyasi. -Samarqand, 2022. -137 b.
6.
Петрашевская
Ж.Е.
Парцеллированная
конструкция
как
экспрессивный стилистический вариант простого непарцеллированного
предложения. Проблемы языкознания и теории английского языка. -М.
1978, вып. 3. -С. 50- 61. 21
7.
Rasulov I. Murakkab sintaktik butunlik. T.: O‘zbek tili va adabiyoti, 1983,
№1. 22-26 betlar. 24
8.
Реферовская Е.А. Лингвистические исследования структуры текста.
Л., 1983. -215 с. 26
9.
Рыбакова Г.Н. Общие условия парцелляции сложноподчинённых
предложений. Научные труды Краснодар, гос. пед. ин-та. – Краснодар,
1968, вып. 81. -C. 16- 25. 28
10.
Солганик Г.Я. Синтаксическая стилистика (сложное синтаксическое
целое). -М., 1991. -182 с. 30
11.
To’lakova D.E. Murakkab sintaktik butunlikning o’ziga xos xususiyatlari.
“Yosh olimlar” Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2023y, 5-son, 32-
33betlar.
12.
Тулакова
Д.Э.
Особенности
синтаксической
структуры
присоединительных
конструкций.Oriental
renaissance:
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
126
innovative,educational,natural and social sciences, volume 3, #9,2023, c: 528-
531
13.
To’lakova D.E. Ilova konstruksiyasining sintaktik xususiyatlari. “Yosh
olimlar” Respublika ilmiy amaliy konferensiyasi, 2023y, 6-son, 183-185-betlar.
14.
To’lakova D.E. Gapni aktual bo’laklarga ajratish nazariyasi va ilova
hodisasi. Journal of Progressive Research, volume 2, issue 4, April 2024,p: 15-17.
15.
Турсунов Б.Т. Присоединение как особый тип синтаксической связи.
Докт. дисс... -Санкт-Петербург, 1993. -465 с. 33
16.
Турсунов Б. Т. Дискуссия вокруг проблем присоединения и
парцелляции. Вопросы зарубежной филологии. -Самарканд. Изд-во СамГУ,
1995. -С.92-105. 34
17.
Шафиро М.Е. Соотнесенность присоединенного компонента с
компонентами актуального членения предыдущего предложения. Кн.:
Вопросы теории и методики изучения русского языка. Изд-во Саратовск.
гос. ун-та. -Саратов 1965. -С. 34-44. 37
18.
Одинцова С.С. Семантика синтаксиса присоединения в современном
немецком языке (учебное пособие). -Хужанд. 1992. -130 с. 38