Kishi jonli so‘zlashuv nutqida ma’lum axborotni qisqa va lo‘nda ifodalashda, fikrning emotsionalligini va ta’sirchanligini oshirishda holat va sharoitdan kelib chiqib tilga yondosh bo‘lgan noverbal vositalardan foydalanadi. Aloqa-aralashuv jarayoni verbal/lisoniy, noverbal/nolisoniy yo‘l asosida ro‘yobga chiqadi . Verbal muloqot inson his-tuyg‘ulari va kechinmalarini eshituvchiga tushunarli tarzda yetkazib beruvchi eng qulay vosita bo‘lsa-da, noverbal muloqot verbal muloqot bilan birgalikda, bir-birini to‘ldirgan xolatda ishlatiladi. Boisi, fikr-mulohazalarni imo-ishora va tana harakatlari yordamida ifoda etish muloqot qilish uchun eng murakkab jarayon hisoblanadi .