Авторы

  • Xoshruy Tokaeva
    O’zbekiston respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyi informatika oqituvchilari:
  • Dilbar Berdibaeva
    O’zbekiston respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyi informatika oqituvchilari:
  • Bibisanem Kudaybergenova
    O’zbekiston respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Qoraqalpoq akademik litseyi informatika oqituvchilari:

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.64845

Ключевые слова:

Kreativ fikrlash Muammoli vazifalar- Brainstorming- Loyiha asosida o‘qitish Motivatsiya Emotsional muhit Mustaqil fikrlash Ta’lim jarayoni Qobiliyatlarni oshirish Ta’lim tizimi.

Аннотация

Mazkur ishda Akademik litsey o‘quvchilarida kreativ fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Kreativ fikrlash, o‘quvchilarni muammolarni yangi va innovatsion usullar bilan hal qilishga tayyorlaydi, shu bilan birga ularning o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali qiladi. Tadqiqotda,  kreativ fikrlashni rivojlantirishda ishlatiladigan turli metodlar, jumladan, muammoli vazifalar, guruh ishlari, brainstorming va loyiha asosida o‘qitish usullari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda bo‘ladigan motivatsiya, emotsional muhit va mustaqil fikrlashning ahamiyati tahlil qilinadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

5

AKAMEMIK LITSEY O‘QUVCHILARIDA KREATIV FIKRLASHNI

RIVOJLANTIRISH OMILLARI.

Tokaeva Xoshruy Balkanovna

Berdibaeva Dilbar Maksetovna

Kudaybergenova Bibisanem Kallibekovna

O’zbekiston respublikasi Ichki Ishlar Vazirligi Qoraqalpoq

akademik litseyi informatika oqituvchilari:

https://doi.org/10.5281/zenodo.14809656

Annotatsiya:

Mazkur ishda Akademik litsey o‘quvchilarida kreativ

fikrlashni rivojlantirishning samarali usullari ko‘rib chiqiladi. Kreativ fikrlash,
o‘quvchilarni muammolarni yangi va innovatsion usullar bilan hal qilishga
tayyorlaydi, shu bilan birga ularning o‘rganish jarayonini qiziqarli va samarali
qiladi. Tadqiqotda, kreativ fikrlashni rivojlantirishda ishlatiladigan turli
metodlar, jumladan, muammoli vazifalar, guruh ishlari, brainstorming va loyiha
asosida o‘qitish usullari ko‘rsatiladi. Shuningdek, o‘quvchilarda bo‘ladigan
motivatsiya, emotsional muhit va mustaqil fikrlashning ahamiyati tahlil qilinadi.

Natijalar orqali o‘quvchilarning kreativ qobiliyatlarini oshirishning

samaradorligi hamda ularning ta’limdagi muvaffaqiyatlariga ijobiy ta’siri
tasdiqlanadi. Bu takliflar kelajakda ta’lim tizimida kreativlikni oshirishga xizmat
qiladi.

Kalit so‘zlar.

Kreativ fikrlash Muammoli vazifalar- Brainstorming- Loyiha

asosida o‘qitish,Motivatsiya, Emotsional muhit, Mustaqil fikrlash, Ta’lim
jarayoni,Qobiliyatlarni oshirish, Ta’lim tizimi.

Bugungi kunda zamonaviy ta‘lim tizimining asosiy jihatlaridan biri

innovatsion pedagogik texnologiyalar hisoblanadi. Pedagogik texnologiyalar
orqali 360 dars jarayonlarining olib borilishi oʻquvchilarning erkin fikrlashlariga
xizmat qiladi. Texnologiya hamda ishlab chiqarishning yuksak taraqqiyoti yangi
ijtimoiy talablarni kun tartibiga qо‘ymoqda. Ijtimoiy talablar sirasida jamiyat,
qolaversa, uning negizida sohalar rivojini harakatga keltiruvchi kuch – malakali
kadrlarni tayyorlash, ana shu maqsadga yо‘naltirilgan tizimni takomillashtirish
muhim ahamiyatga ega. Malakali kadrlarni tayyorlashga bо‘lgan ehtiyoj
hanuzgacha о‘z dolzarbligini saqlab kelmoqda. Buni asosiy sabablaridan biri
jamiyatning ijtimoiy va madaniy taraqqiyotiga bogʻliq ravishda yangidan-yangi
yо‘nalishlarning paydo bо‘lishi, tezkor davrda mutaxassislarning kasbiy bilim,
malaka va mahoratlarini izchil ravishda oshirib borishga bо‘lgan ehtiyojning
shakllanishi va mutaxassis sifatida mehnat bozoridagi raqobatga bardosh bera
olishga boʻlgan talabning ortishidir. Innovatsion texnologiyalar o‘quvchi


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

6

faoliyatiga yangiliklar kiritish boʻlib, uni amalga oshirishda interfaol
metodlardan foydalanishni taqozo etadi. Interfaol usullar ta‘lim jarayonida
qatnashayotgan har bir oʻquvchining faolligiga va mustaqil fikr yuritishga
asoslanadi. Bu usullardan foydalanganda bilim olish oʻquvchi uchun qiziqarli
mashgʻulotga aylanadi. Interfaol usullar qoʻllanilganda oʻquvchilar hamkorligida
mustaqil ishlash koʻnikmalariga ega boʻladi. Oʻquvchilar yangi bilimlarni ilmiy
izlanish va tajriba sinovlar oʻtkazish asosida oʻzlashtiradi. Ilm orqali bilim olish
tamoyiliga amal qilinadi. Ta‘lim jarayonida qatnashchilar kichik guruhlarga
boʻlingan holda mehnat qiladi. Darsda berilgan topshiriqlar alohida bir
oʻquvchiga emas, balki kichik guruhning barcha a’zolariga beriladi. Oʻqitish
jarayonini tashkil etishning asosiy shakli darsdir. Bugungi kunda darsning xilma-
xil noan‘anaviy shakllari joriy etilmoqda. Darslar oʻquvchining ijodiy qobiliyatini
oʻstirish, ilmiy dunyoqarashini kengaytirish va yangilikni tez qabul qila olish
koʻnikmalarini shakllantiradi. Dars jarayonida innovatsion texnologiyalarni
qoʻllash oʻquvchilarda ijodkorlik va bunyodkorlik qobiliyatini rivojlantiradi.
Natijada egallangan bilim, koʻnikma va malakalar amaliy faoliyatda tatbiq etiladi,
oʻzlashtirish sifati oshadi. Buning uchun oʻqituvchi mahoratli boʻlishi va
mavzularning mazmuniga qarab darsni toʻgʻri rejalashtirishi, mashgʻulot
davomida barcha oʻquvchilarni ongli ishlashlariga erishmogʻi lozim. Bunda har
bir oʻqituvchini qisqa vaqt ichida juda katta miqdordagi axborot toʻplamini
oʻzlashtirish, qayta ishlash va amalda qoʻllay olishga oʻrgatish muhim
ahamiyatga egadir. Ta’lim oluvchilarning kreativ fikrlashini rivojlantirishda
muammoli ta’lim boshqa ta’lim turlaridan farqli ravishda oʻrganuvchilarda
bilimlarni targʻib toptirish bilan birga, oʻz-oʻzini rivojlantirishni shakllantiradi.
Interfaol ta’limda oʻqituvchi oʻquv faoliyatining faol tashkilotchisi boʻlib,
oʻquvchi bu faoliyatning sub’yekti sifatida namoyon boʻladi. Bunda oʻqitishning
maqsad va vazifalari, 361 uning mazmuni va kutilayotgan natijalar bevosita
ta’lim oluvchining individual imkoniyatlari doirasida belgilanadi va shunga
moslashtiriladi. Interfaol ta’limni amalga oshirishning muhim vositasi interfaol
oʻqitish metodlaridir. Interfaol oʻqitish metodlari oʻquvchilardan axborotlarni
oʻzlashtirish jarayonidagi faollik, ijodkorlik, mustaqillikni shakllantiribgina
qolmay, oʻqitish maqsadlarining toʻlaqonli amalga oshishiga yordam beradi. Fan
oʻqituvchisi dars jarayonida qoʻllash mumkin boʻlgan muammoli ta'lim
texnologiyasini yaxshi oʻzlashtirib olgani ma’qul. Rivojlantiruvchi ta’lim
texnologiyalari tarkibida taqdim etiluvchi “Sinkveyn”, “Muloqot treningi”, “Blits-
o‘yin’, “Munozara”, “Guruhlarda ishlash”, “Taqdimot”, yangi mavzuni bayon
qilishda “Rolli oʻyin”, “Aqliy hujum”, “Hamma hammaga oʻrgatadi”, “Aql charxi”


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

7

kabi interfaol usullarni darsning maqsadidan kelib chiqqan holda loyihalashtirib
qoʻllash dars sifatini oshirishda katta ahamiyatga ega. Ular oʻquvchining nazariy
bilimlarni puxta egallashi; vaqtdan unumli foydalanishi; ijodiy fikrlashi; darsni
faollashtirish; oʻzgalar fikrini tinglay bilishi; bildirilgan fikrlardan xulosa
chiqarishiga olib keladi. Akademik litsey o‘quvchilarning ijodiy fikrlashini
rivojlantirishda shaxsga yoʻnaltirilgan ta'lim alohida ahamiyat kasb etadi. Unda
oʻrganuvchiga beriladigan topshiriqlar uning oʻzligini rivojlantirishi, anglashi va
baholashiga qaratiladi. Shunga koʻra, topshiriq turlarida oʻz-oʻzini baholash, oʻz
xatolarini tahlil qilish, oʻquv faoliyatidagi oʻrnini baholash, oʻz qobiliyati va
iqtidorini yuzaga chiqarishga alohida e’tibor beriladi. Oʻquvchiga oʻquv
topshirigʻi yoki oʻquv faoliyati turlarini tanlash imkoni beriladi. U guruh
tarkibida oʻz qobiliyat va layoqatlarini rivojlantirishi kerak bo‘ladi. Shunga koʻra,
ta’lim oluvchilarning hamkorlikda ishlashiga sharoit yaratish uchun aqliy hujum,
“rolli oʻyinlar”, guruhlarda ishlash, loyiha metodi kabilardan samarali
foydalaniladi. Oʻquv jarayonida muammoli va rivojlantiruvchi ta’lim
texnologiyalari bilan bogʻliq interfaol usullarni darsning maqsadidan kelib
chiqib, loyihalashtirib qoʻllash quyidagi natijalarga olib keladi: - akademik litsey
o‘quvchilarining oʻqishga qiziqishlari ortib boradi; - akademik litsey
o‘quvchilarining darsda zerikishining oldi olinadi; - akademik litsey
o‘quvchilarining nutqi va mantiqiy tafakkuri oshadi; - akademik litsey
o‘quvchilarining ijodiy ishlash koʻnikmalari va faol fikrlashi rivojlanadi. Xulosa
qilib aytadigan bo‘lsak, akademik litsey oʻquvchilari orasida ma’naviy ruhiy
holat, metodik va psixologik chora-tadbirlar qoʻllashga ham alohida e’tibor
qaratish kerak bo‘ladi. Muvaffaqiyatli ijodiy muhit oʻquvchilar tomonidan
yangiliklarni faol oʻzlashtirish imkonini beradi. Bu esa ularning o‘qish
faoliyatlarida rivojlanishiga har tomonlama koʻmaklashadi.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheckie texnologii v podgotov uchitelya. - T.:
TDPU, 2000. -80-b.
2. Ibragimova G.N. Interfaol oʻqitish metodlari va texnologiyalari baholashda
tala-balarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. I Monogpafiya. - T.: «Fan
va texnologiyalar», 2016. -77-b.
3. Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Papdaev A. Ta'limda innovatsion
texnologiya-lap. I Ta'lim muassasalari pedagog-oʻqituvchilari uchun qoʻllanma. -
T.: «Istedod», 2008. -180-b.

Библиографические ссылки

Azizxodjaeva N.N. Pedagogicheckie texnologii v podgotov uchitelya. - T.: TDPU, 2000. -80-b.

Ibragimova G.N. Interfaol oʻqitish metodlari va texnologiyalari baholashda tala-balarning kreativlik qobiliyatlarini rivojlantirish. I Monogpafiya. - T.: «Fan va texnologiyalar», 2016. -77-b.

Ishmuxamedov R., Abdukodirov A., Papdaev A. Ta'limda innovatsion texnologiya-lap. I Ta'lim muassasalari pedagog-oʻqituvchilari uchun qoʻllanma. - T.: «Istedod», 2008. -180-b.