Ushbu ilmiy tadqiqotda maktab amaliyotchi psixologlarining uzluksiz kasbiy rivojlanishini takomillashtirish metodikasini yaratish masalasi o‘rganilgan. Tadqiqotda psixologik xizmat ko‘rsatish jarayonida amaliyotchi psixologlarning kasbiy mahoratini oshirishga yo‘naltirilgan pedagogik texnologiyalardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlangan. Shuningdek, malaka oshirish kurslarida amaliy mashg‘ulotlar va innovatsion yondashuvlardan foydalanish istiqbollari ko‘rsatib berilgan.