CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
61
OʻTKIR HOSHIMOV QALAMIGA MANSUB INSON QIYOFALARI
Gulnur Kakisheva
Ajiniyoz nomidagi Nukus DPI 3- kurs talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.14882514
Annotatsiya.
Ushbu maqolada, xalqimizning suyukli yozuvchisi O'tkir
Hoshimovning "Ikki eshik orasi" asarida inson hayotini butkul o`zgartirib
yuboradigan urush va tinchlik haqida so`z yuritilgan.
Kalit so`zlar.
O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi", urush va tinchlik, roman,
Kimsan , Robiya.
"Rost bilan yolg'onning o'rtasi-to'rt enlik ", degan gap bor, qiziq, nega endi
oz emas, ko'p emas, to'rt enlik? Gap shundaki, ko'z bilan quloqning orasi -to'rt
enlik ekan. Eshitganingga emas, ko'rganingga ishon...Maqsad –shu.
"Ikki eshik orasi". Xo'sh, hammaga tushunarli. Umr demoqchidek yozuvchi.
Aslida esa bunday emas. O'tkir Hoshimov shunday kuchli asarga bunday sodda
va jo'n sarlavha tanlamaydi. Romanda tilga olingan asosiy ikkita tuyg'u bor:
xiyonat va sadoqat. Asar ibtidosida tilga olinadi: sadoqat va xiyonat orasi to'rt
enlik. U eshikdan bu eshikka o'tish juda osondek shu ma'noda. Lekin bu jarayon
davomida inson qalbida qanchalik kurash va kechinmalar o'tishi yolg'iz o'ziga va
O'ziga ayon bo'ladi. Xo'sh, asarning bir nechta qahramonlar tilidan bayon etilishi
gruzin adabiyotidan olingan chiroyli usul bo'lib, u o'zbek tilida yanada sayqal
topgan. E'tibor beradigan bo'lsak, roman voqealari asosan dala va Ajinako'prik
atrofida sodir bo'ladi. Bunda ham bir ramziy ma'no bor. Sadoqat eshigidan
xiyonat eshigini taqillatgan personajlar mana shu ko'prikdan "o'tadi".
Qalami o'tkir yozuvchi O'tkir Hoshimov yozgan bu romanning hayotiy
ekanligini anglab o'zbegimning irodasiga matonatiga tahsinlar o'qiyman. Ilk bor
katta hajmli o'qigan asarim "Ikki eshik orasi" ekanligidan mamnunman. Badiiy
adabiyotga yaqinlashtirgan ko'nglimga kurtak ochgan asar desam
yanglishmayman.Har gal har sahifasini varaqlar ekanman ,o'sha tanish, ko'pdan
beri taniydigan issiq chehralar nafasini tuygandek bo'laman.Asar oddiy maishiy
hayotni emas,balki, o'sha vaqtlarni og'ir vaziyati yoritilgan.Yozuvchi har bir asar
qahramonini nazardan chetda qoldirmaydi. Aynan qahramonlarning muallif
tomonidan emas asar qahramonlarining tilidan hikoya qilinganligi asarni yanada
ta'sirchan qilib ko'rsatgan.
O'zbek adabiyotidagi eng sara javohirlardan biri bo'lgan bu asar
yaratilganiga ancha yillar o'tgan bo'lsa-da hali hamon kitobxonlar qo'lidan
tushgani yo'q.Bu asarda urushdan oldin, urush davri va undan keyingi davrda
hayot tarzi, insonlarning chekkan g'am anduhlari tasvirlangan. Urush qanchadan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
62
qancha mamlakatlar boshiga og'ir kunlar soldi.Shu jumladan o'zbeklarga ham.
Agar urush bo'lmaganida Kimsan va Robiya baxtli bo'lar edi, qora amma balki
yillar o'tib o'g'lining haykali bilan emas o'zi bilan suhbatlashgan, Husan duma
qalbining bir chetida o'g'lining xoinligiga gumon qilgan xolda bu dunyoni tark
etmagan , tog'day kelbatli oqsoqol ikki farzandidan ajralib qolmagan bo'lardi.
Balki Ra'no ham o'z umr yo'ldoshiga xiyonat qilmasmidi, shunday bo'lganida
Muzaffar va Munavvar ham baxtli bo'lardi. Bu asarni o'qib shuni anglash
mumkinki, urushda hech qachon hech kim yutmaydi. Hamma birdek aziyat
chekadi .To'g'ri yutgan davlat qandaydir hududga ,boylikka ega bo'lar .Lekin bu
boyliklarning hech biri qanchadan qancha yigitlarning joniga, onalarning
farzand dog'ida yonishiga ,hali yoshlik davrini sura olmagan farzandlarning
yetim qolishiga arzimaydi. Urush tugaganiga ancha yillar o'tgan bo'lsa ham hali
hanuzgacha insoniyatga azob berishda, ularning ko'z yoshlarini to'kishda davom
etmoqda. "Yo'q" deyishga shoshilmang. Bu asrni o'qib turib qahramonlar bilan
birga yig'lamagan, azoblanmagam, ilojsizlikdan qiynalmagan, ularning taqdiriga
yonib kuymagan kitobxon bormikan? Ko'rayapsizmi urush haligacha insonlarni
qiynaydi. Bu esa insoniyat uchun fojia.
"Hayot bu ikki eshik orasi. Bir xil odamlar bor: u eshikdan kirib, bu
eshikdan chiqayotganda qo'lidan kelgancha savobli ish qiladi. Hayot degan
imoratga aqalli bitta g'isht qo'yib ketadi. Yana bir xillar bor: o'sha imoratdan
bitta g'ishtni o'g'irlasam deydi. O'g'irlab-ku hech qayoqqa bormaydi, narigi
eshikka borganda tashlab ketishga majbur bo'ladi. Ikki orada imoratni buzgani
qoladi".
Xulosa
Oʻtkir Hoshimovning "Ikki eshik orasi" romani inson hayoti, sadoqat va
xiyonat, urushning achchiq oqibatlari kabi muhim mavzularni qamrab olgan.
Asar sarlavhasi oddiy koʻrinsa-da, unda chuqur falsafiy maʼno mujassam: inson
hayoti ikki eshik oraligʻi kabi oʻtkinchi, shu oraliqda qilgan ishlari esa uning
kimligini belgilaydi. Romanning eng kuchli jihatlaridan biri – voqealar
qahramonlarning oʻz tilidan hikoya qilinishi bo‘lib, bu usul asarni yanada
taʼsirchan qiladi. Asardagi asosiy voqealar urush davriga va undan keyingi
hayotga bog‘langan. Urush insoniyatga qanday dahshatli yo‘qotishlar olib
kelishini yozuvchi aniq va ta’sirli misollar orqali ochib bergan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi" roman, “Ilm-ziyo-zakovat” Toshkent-
2019
2.
O'tkir Hoshimov, "Ikki eshik orasi" roman, “Sharq” Toshkent-2018
3.
@mutolaa_sehri. Ne`matullayeva Ozoda.