CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
111
ERIX FROMMN IJTIMOIY-EKZISTENSIAL KONSEPSIYASINING
ILMIY-NAZARIY ASOSLARI
Asatulloev Inomjon Abobakir ugli
Associate Professor of Fergana State University,
Doctor of Philosophy (PhD)
https://doi.org/10.5281/zenodo.14921124
Abstract:
In the existential philosophy of Erich Fromm, the human soul's
tendency to creativity and destruction, the desire for domination or submission
in people, the content and social significance of love and hatred for life are
analyzed.
Keywords:
creativity, destruction, desire for domination, submission, soul,
social dependence, alienation.
Erix Frommn ijtimoiy-ekzistensial qarashlarining konseptsal asoslari
ekzistensializm falsafasini shakllanishi va ekzistensial yondashuvlarga borib
taqaladi. SHu ma’noda, Frommning ekzistensial falsafasining konseptual
asoslarini ko‘rib chiqish uchun ekzistensializm va eszistensial falsafaning
mazmun-mohiyati, asosiy g‘oyalari va nazariyalarini ko‘rib chiqish maqsadga
muvofiq ish bo‘ladi.
Ekzistensializm falsafasi XX asr boshlarida Germaniyada yuzaga keldi. Bu
davrda ijtimoiy-siyosiy sharoit Birinchi Jahon urushidan so‘ng ancha murakkab
edi. Germaniya urushda qatnashgan asosiy davlatlardan bo‘lib, bu urushda
engilishi munosabati bilan ichki siyosiy-iqtisodiy ahvol nihoyatda og‘irlashdi.
Mamlakatda ishsizlik, iqtisodiy tanglik avj oldi. Germaniyadagi ziyoli tabaqa
vakillari ruhiy inqirozga yuz tutgan edilar. Bunday sharoitda yangi falsafiy
g‘oyalarning shakllanishi uchun ehtiyoj va zamin mavjud edi. Ekzistensializm
falsafasi aynan shunday sharoitda vujudga keldi.
Uning nazariy va g‘oyaviy asoslarini S.Kerkegor va A.SHopengauerning
tushkunlik falsafasi, N.Berdyaevning romantik va mistik qarashlari, F.Nitsshe va
V.Dilteyning
«hayot
falsafasi»
tashkil
etadi.
Badiiy
adabiyotda
ekzistensializmning shakllanishiga Kafka, Mark Avreliy, F.Dostoevskiylarning
ijodi katta ta’sir ko‘rsatdi.
Ekzistensionalizm
falsafasida
«ekzistensiya
tushunchasi
asosiy
tushunchalardan biri hisoblanadi. «Ekzistensiya» - «mavjudlik» degan ma’noni
anglatadi. Bu tushunchaning shakllanishida neokantchilikning ham ta’siri
bo‘lgan. Ayniqsa, «ekzistensiya» tushunchasi Kantning «narsa o‘zida»
tushunchasiga o‘xshab ketadi. Kant falsafasida «narsa o‘zida» biz uchun sirli bir
olam bo‘lib qolganday va bu sirli olamga o‘tish, ya’ni Kantning iborasi bilan
«transendensiya» sodir bo‘lishi qanday mushkul bo‘lsa, ekzistensionalizm
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
112
falsafasida ham inson borlig‘ini bilish va shu borliqning ichki mohiyatini
tushunish nihoyatda qiyin.
Insonning mavjudligida hayotning mohiyati ochilmaydi. Biz «Inson
borlig‘ining mohiyati nimada?» degan savolni o‘rtaga tashlay olmaymiz. SHuning
uchun ham inson hayotining mavjudligi, mohiyati, mazmuni biz uchun sir bo‘lib
qolaveradi. «Nega?» degan savol tug‘iladi.Bu savolga javobni ekzistensialistlar
insonning begonalashuvidan axtaradilar. Dastlab, inson tabiat ko‘ynida yashar
ekan, uni o‘zidan ajralmagan holda tabiatning bir qismi sifatida mavjud bo‘lgan.
Lekin ko‘hna o‘tmishning bu davri uzoqqa cho‘zilmagan. Inson tafakkuri
taraqqiyoti natijasida u sun’iy tabiat yaratib, o‘zini tabiatdan ajrata boshladi. Bu
begonalashish jarayoni xususiy mulkning shakllanishi, shaharlarning paydo
bo‘lishi natijasida nihoyatda kuchayib bordi. Inson aqli yaratgan fan va uning
yutug‘i bo‘lgan texnika begonalashish jarayonining kuchayishiga olib keldi.
Qachonlardir yagona bo‘lgan odamzod millatlar, elatlar va davlatlarga bo‘linib
ketdi. Natijada inson, ham tabiatdan, ham kishilik jamiyatidagi o‘zaro qardoshlik
aloqalaridan begonalashib qoldi. Bu begonalashishning ikkinchi bosqichi bo‘ldi.
Ekzistensialistlar fikricha, begonalashish jarayonining uchinchi bosqichi
hozirgi zamonda davom etmoqda. Bu bosqichda inson o‘zining ichki olamidan,
o‘zining hayotidan, mazmunidan ham begonalashib qolmoqda. Inson o‘zining
botiniy tabiatini yo‘qotib, faqat zohiriy tabiatda yashab, unga moslashib
bormoqda. Inson tobora o‘zining ichki hissiyotlarini yo‘qotib jamiyat
mashinasining bir zarrachasiga aylanib qolmoqda. Demak, ekzistensialistlar
fikricha, inson jamiyatda o‘zining qandaydir rolini bajarib boradi. Bu xilma-xil
niqoblar ortida insonning asl qiyofasi yashirinib yotadi. Bu asl qiyofa qachon
ochilishi mumkin. Bu qiyofa zaminida yotgan inson mohiyati qachon yuzaga
chiqadi? Bu masala ekzistensionalizmni nihoyatda qiziqtirib keldi.
Ekzistensializm falsafasi inson o‘z hayotining mohiyati va ma’nosini anglashi
uchun, u erkinlikka va erkin tanlash huquqiga ega bo‘lishi kerak, degan fikrlarni
ilgari surdi. Lekin inson bu erkinlikni suiste’mol qilib, bilim mevasidan tatib
ko‘rdi va shu bilan gunohkor bandaga aylandi. Uning gunohi bilimga ega
ekanligidir. SHu bilim orqali inson o‘zining fojiasiga o‘zi sabab bo‘ldi.
Ekzistensial faylasuflar fikricha, hozirgi jamiyatdagi inson hayotga bo‘lgan
qiziqishini tobora yo‘qotib bormoqda. U tabiatning go‘zalligini ham, boshqa
insonlar kayfiyatini ham his qilmaydi. Inson faqat aqli bilan yashar ekan, aql uni
faqat o‘z manfaatlarini ko‘zlashga undaydi. Natijada inson hayotidan ezgulik
o‘rniga faqat foyda axtaradi. Bunday odamning ongi dasturlashtirilgan
mashinaga, kompyuterga o‘xshab qoladi. Inson ham kompyuterga o‘xshab, ichki
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
113
beg‘ubor hissiyotlaridan mahrum bo‘lib qoladi. Bunday odamlarga hayot
zerikarli, ma’nosiz bo‘lib tuyuladi. YUrakdagi bolalarga xos bo‘lgan samimiylik
va hayratlanish xususiyatlarini saqlab qolgan odamlar hayotning go‘zalligini his
qilishi mumkin.
Ekzistensialistlar fikricha, inson o‘z qo‘llari bilan yaratgan narsalardagina
joziba, iliq saqlanadi. Inson bu narsalarni yaratishda ularga o‘z mehrini,
ruhiyatini beradi. Hozirgi zamonaviy sanoat mahsulotlari esa inson bilan bunday
ruhiy aloqani yo‘qotgan va natijada inson o‘zi yaratgan moddiy olamdan ham
begonalashib qolib, narsalardan faqat ehtiyojini qondirish ob’ekti sifatida
foydalanadi. Insonning asl qiyofasi faqat ayrim sharoitlarda yaqqol ochilishi
mumkin. Bunday sharoitlarni ekzistensionalistlar chegaradosh vaziyat deb
ataydilar. O‘lim va hayot o‘rtasidagi chegara, insonning ichki va tashqi olami
o‘rtasidagi va insonning mavjudligi va haqiqiy borlig‘i mohiyati o‘rtasidagi
chegara nihoyatda murakkab bo‘lib, bu tushunchani ochib berish uchun
ekzistensionalistlar insonning ichki olamiga, erkinlik masalasiga diqqatlarini jalb
etdilar.
Ekzistensialistlardan biri bo‘lgan Sartrning fikricha, o‘lim muqarrar bo‘lgan
holatda ham insonda erkin tanlash imkoniyati bor. Agar inson o‘z erkinligidan
voz kechsa, bu o‘limdan ham og‘irroqdir, deb hisoblaydi. Umuman olganda, o‘lim
haqiqatdir. O‘lim arafasida insonning ichki kechinmalarida keskin o‘zgarish
sodir bo‘ladi. Bu o‘zgarish natijasida inson avval anglab etmagan narsalari birda-
niga o‘z-o‘zidan ravshanlashadi. Inson uchun yaxshilik va yomonlik ortida
yotgan cheksiz olam ochiladi. Barcha narsalardagi ziddiyatlar birdaniga
birlashadi.
Ekzistensiya inson ichki olamining ob’ekti emas, balki sababidir.
Ekzistensiya o‘z-o‘zini belgilaydi va ilohiyot («transsendensiya») olamini bilish
uchun kalitdir. «Ekzistensiya» va ilohiyat tushunchalarining mohiyati taffakkur,
aqliy bilim orqali ochilmaydi. Aqliy tadqiqot ilohiyat olamini bilish uchun faqat
zamin tayyorlaydi. Bu olamning o‘zi narsalar, ob’ektlar mohiyati orqali «belgilar
(shifr)» orqali namoyon bo‘ladi. Insonning asl mohiyati uning faoliyati ob’ektlari
orqali ochiladi. O‘z faoliyati orqali inson asl ichki erkinligini ochadi. Ekzis-
tensiyasiz «taffakkur va hayot cheksiz borliqda yo‘qolib ketadi».
Agar fan tashqi olamdagi ob’ektlarni o‘rganib, shu bilim orqali inson
taffakurini rivojlantirsa, ekzistensial falsafani bu yo‘sindagi taffakkur rivoji
qiziqtirmaydi. U ob’ektiv olamni fanga yaqin bo‘lgan usullar, vositalar orqali
o‘rganmaydi. SHuning uchun ekzistensial falsafa tilga murojaat qilib, undagi
umumiylik o‘rniga shaxsning individual xususiyatlariga e’tibor beradi. Insonning
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
114
har kungi hayotida uning ichki mohiyati ochilmaydi. U faqat chegaradosh
vaziyatlarda, ya’ni inson hayot va o‘limi hal qilinayotgan paytda yuzaga chiqadi.
Demak, insonning borliq sirlari oddiy hayotda mavhum, yashirin bo‘lib,
g‘ayritabiiy vaziyatda bu mavhumlikning asl qiyofasi gavdalanadi, yaqqol
namoyon bo‘ladi.
Boshqa bir mutafakkir, ekzistensializm vakili YAspersning fikricha, o‘lim
bilan bir qatorda parokandalik xolatida ham inson mehr qo‘ygan narsalaridan
ajralar ekan, bulardan ham ustun turadigan qadr-qimmat borligini his qiladi. Bu
qadriyat moddiy boylik bo‘lmay, beqiyos cheksiz ummondir. Bu ummonni qalb
xotirjamligi, ichki sokinlik deb ham atashimiz mumkin. Bu ichki sokinlik oldida
hayot bo‘hronlari kuchsizdir. Ichki sokinlikning o‘zi buyuk bir olamiy kuchdir.
YAspers fikricha, bu ichki sokinlik xotirjamlik olamiga inson esankiratib
qo‘yadigan yo‘qotishlar, ajralishlar natijasida kirish mumkin. Bunday zarbalarga
faqat qalbda yashiringan cheksiz xotirjamlik va ichki sokinlik dosh bera olishi
mumkin. Inson yo‘qotish orqali butun borliqda mavjud bo‘lgan ichki sokinlikni
birdaniga his qiladi. Agar inson qalbi yolg‘iz bo‘lgan bo‘lsa, endilikda bu ichki
sokinlik orqali butun borliqqa tutashadi. Ekzistensiolizmdagi chegaradosh
vaziyat masalasini faylasuflar aynan shunday ochib berdilar.
Insonning ichki erkinligi uning hayotiy yo‘li bilan chegaralangan bo‘lib,
ekzistensiya tushunchasini ochib berolmaydi. YAspers fikricha, ekzistensiya bu
insonning ichki erkinligi emas, balki bu insonning xudo bilan bo‘lgan aloqasi,
ichki erkinlik olamidan, ilohiyat olamiga sakrashidir. Ilohiy til orqali
predmetlashadi va uning belgilarini biz g‘oyalarda, obrazlarda, miflarda, diniy
tushunchalarda kuzatishimiz mumkin.
Inson qalbida azaldan ikki qarama-qarshi kuch kurashadi. Bu ezgulik va
yovuzlik kuchlari - farishta va shaytondir. Bu ikki kuch o‘rtasidagi kurash doimo
davom etadi. Bu kurash bor ekan, inson insonligicha qoladi. Lekin bu kurash
natijasida inson ichki xotirjamligiga erisha olmaydi, baxtsizlikka, cheksiz
iztirobga mahkumdir. Unga na yaqinlari, na do‘stu birodarlari, na sevgan
odamlari, na boylik rohat bera oladi. Inson o‘z ichki olamida rohat topa olmaydi.
Bu rohatni unga na o‘zi, na ilohiy kuch bera oladi. Insonning ichki olamidagi
ziddiyat butun borliqqa xosdir. Bu ziddiyatdan chiqib ketish yo‘llari inson uchun
mavhumdir. Inson barcha narsalarda ilohiy belgilarni topadi, lekin ular uning
uchun mavhum bo‘lib qoladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun inson ziddiyatni
bartaraf qiluvchi mutanosiblik, ya’ni garmoniyaga intiladi. Bu holatni
musiqadan, mifologiyadan, san’atdan, arxetekturadan axtaradi. Lekin bu
sohalarda ham belgilarni ochib berish mavhumlikni ravshanlashtirish uchun
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
115
insonda ichki ekzistensial ruhiy ko‘tarinkilikka erishishi yoki tubanlashishi
lozim. Sartrning mashhur iborasi bo‘yicha, «inson erkinlikka mahkum etilgan».
Lekin bu erkinlik insonga baxt keltirmaydi. Insonning shaxsiy erkinligi boshqa
odamlarning erkinligi bilan to‘qnashadi, natijada inson vaziyat paydo bo‘lganda
tanlashga majbur bo‘ladi. Bu tanlashda shaxsning ichki dunyoqarashi yaqqol
gavdalanadi. Mana shu ichki olamda inson o‘zining mas’uliyatini his qilmog‘i
kerak. SHu mas’uliyatni amalga oshirishda uning o‘zi erkin bo‘lmog‘i lozim.
Demak, Sartr fikricha, erkinlik mas’uliyatni his qilib, shu asosda tanlash jarayoni
bilan bog‘langan. Bu tanlash erkinligidir.
Erix Fromm ham o‘zining ekzistensial qarashlarida inson va madaniyat
o‘rtasidagi qarama-qarshi ziddiyatli ruhdagi freydcha tasavvurlar hamda
insonning tabiiyligi va ijtimoiyligi o‘rtasida uzilish sodir bo‘lganligiga tanqidiy
yondashdi. Fromm insonga ijtimoiy mavjudot sifatida qaradi, unda doimo inson
dunyosi va tabiat mushtarakligini ko‘rdi.
Umumiy tarzda, Fromm ta’limotining shakllanishi freydizm g‘oyalari va
turli falsafiy maktablarning ta’sirida amalga oshdi. Fromm o‘z asarlarida qadimgi
faylasuflardan tortib, ya’ni Geraklit, Aflotun, Arastu, Foma Akvinskiy, Gobbs,
Spinoza, Golbax, Paskal, Kant, Gegel, Nitsshe, Diltey, Gusserl, Dyui, Jeyms, SHarq
va buddaviy faylasuflar va zamonaviy falsafiy antropologiya hamda
ekzistensializmning vakillari bo‘lgan Xaydegger, Sartr, Kamyu, Tillix, Nibur va
boshqalarning asarlariga murojaat qilganini ko‘ramiz. U ruhiyat tahlili
g‘oyalarini qayta ko‘rib chiqib, Freydni psixologiyani falsafadan va axloqdan
ajratib qo‘yganligi uchun tanqid qiladi. Freyd inson hayoti mazmunini axloqiy va
xulqiy mezonlarini cheklab o‘tadi. Vaholanki, aynan shular inson hayot-
faoliyatining shakllantiruvchi ibtidosi bo‘lishi shart, deydi Fromm. Bunday
e’tiroz, albatta qisman bo‘lib, Freyd butunlay falsafiy muammolardan tashqarida
bo‘lmagan. Zero, u ko‘targan ko‘pgina masalalar hamda insoniy muammolar
falsafiy jihatdan tahlil qilingan. Lekin Fromm ruhiyat tahlilining tashqi
ziddiyatlarini to‘g‘ri ilg‘ab oldi, ya’ni cheklangan falsafiy tizimlar orqali ongsizlik
haqida mulohazalar yuritib, ularning aniq ichki ruhiy jarayonlarini, ishlash
tuzilmalarini tadqiq qilishga kirishdi. E.Fromm fikricha, ruhiyat tahlili inson
haqidagi bilimni boyitishga yordam bergan bo‘lsa ham, Freyd ta’limoti inson
qanday yashashi kerakligi, nima qilishi shartligi haqidagi bilimlarni boyitmadi.
Xuddi shu ma’noda Frommni K.YUngning «ruhiyat tahlili» ham qoniqtirmaydi.
Unda ham inson mavjudligi haqidagi savollarga to‘liq javob ololmaysiz. Ana shu
ikki ta’limotga zid ravishda Fromm falsafiy-axloqiy muammoni ko‘rib chiqishga
urinadi. Uning diqqat markazida turgan masalalar qadriyat va hayot mazmuniga
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
116
oid bo‘lgan inson borlig‘i, axloqiy mezonlar va xulqiy nizomlardan iborat edi.
Freyd singari, insonning «tabiiy» va «ma’naviy» hayot sohalari o‘rtasidan chiziq
tortish o‘rniga, Fromm insonparvar axloqshunoslar an’analariga murojaat
qilgan. Masalan, Arastu va Spinoza insonni yaxlitlikda ko‘rib, axloqiy hayot
mezoni manbaini ochishga harakat qilganlar. Axloqiy qonun-qoidalar inson
mavjudligining ichki sifatlariga asoslanishi shart. Ularning buzilishi shaxsning
ruhiy olamini ajralib, maydalashib ketishiga olib keladi.
«Insonparvar» ruhiyat tahlilining maqsadi – insonning o‘zligini anglashga
yordam beradi, bu harakat hayotiylikka, samaradorlikka yo‘g‘rilgan bo‘ladi. Bu
o‘z o‘rnida insonparvar axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtirib olishga borib taqaladi,
o‘zining ichki tabiatini bilishni, «hayotiylik san’ati»ni egallashni talab qiladi. Bu
maqsadga erishish Fromm fikricha, inson mavjudligi va mohiyati muammolariga
murojaat qilinganda shaxsning falsafiy-axloqiy va ijtimoiy-iqtisodiy jihatlariga
asosiy e’tibor beriladi. Bu shundan dalolat beradiki, «psixologiya na falsafa, na
axloqdan, na sotsiologiya va iqtisoddan ajralmagan bo‘lishi shart»[16].
O‘zining birinchi mustaqil ishi bo‘lgan «Ozodlikdan qochish» asarida
Fromm inson mavjudligi muammosiga murojaat qiladi. U odatiy hayotiy
vaziyatlarni ko‘rib chiqadi, o‘z zamonasi jamiyatiga xos bo‘lgan G‘arb
madaniyatining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish omillari, o‘ziga xos shaxs xarakteri
shakllarini ajratib ko‘rsatishga harakat qiladi. Bu xarakter muayyan berilgan
ijtimoiy tizimda yashaydi, harakat qiladi. Fromm shu narsani sezadiki, G‘arb
sivilizatsiyasining rivoji qator ziddiyatlarning shakllanishi bilan davom etadi. O‘z
erkinliklarini kengaytirishga harakat qilib, inson erkinlik tazyiqiga uchraydi,
an’anaviy xudolarga sig‘inadigan din bilan aloqani uzib, inson o‘zi uchun yangi
sanamlarni yaratadi, ularga butun borlig‘i darajasida sig‘inadi. O‘rta asrga xos
bo‘lgan begonalashuvning ayrim shakllarini engib o‘tib, hozirgi sharoitda
insonning ijtimoiy tuzilmasidan yanada chuqurroq begonalashadi. O‘z mehnati
mahsulidan, odamlardan, o‘z-o‘zidan ajralib qoladi, natijada, hatto hayotdan
bezishga keladi. Tabiat bilan birga bo‘lgan davrlarni qo‘msaydi, inson
mavjudlikdagi shaxsiy o‘ziga xosligini yo‘qotib qo‘yadi. SHunday qilib, erkinlik va
begonalashuv masalasi Fromm tomonidan inson sivilizatsiyasi tarixiy
jarayonining ikki qutb nuqtasiga aylanadi. Xuddi shunday nuqtai nazardan inson
mavjudligi haqida mulohaza yuritadi.
Inson erkinligi Fromm tomonidan ikki tomonlama murakkab jarayon
sifatida - salbiy «nimadandir erkinlik» va ijobiy «nima uchun erkinlik» shaklida
talqin qilinadi. Uning ta’kidiga ko‘ra, insoniyat rivoji «nimadandir erkinlik»
yo‘lidan kelmoqda, lekin bu erkinlik qanchalik ahamiyatliroq bo‘lsa, shunchalik
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
117
inson unga bog‘lanib bormoqda. Oxir oqibat inson shunchalik erkin bo‘lib
qoladiki, salbiy «nimadandir erkinlik» uni eza boshlaydi, uning ustidagi begona
kuchga aylanadi. Bunda begonalik bartaraf qilinmasdan, aksincha inson o‘z
mavjudligini yanada kengroq qamrab olib, yanada jumbishga keladi, natijada
zamonaviy inson «o‘zligini yo‘qotib boradi»[17].
Albatta, erkinlikni bunday talqin qilish faqat Erix Frommga tegishli emas.
SHunga o‘xshash inson erkinligi talqini F.Nitsshe tomonidan ham bayon
qilingan. Ikki xil erkinlik haqida mulohaza yuritib, F.Nitsshe o‘zining «Zardo‘sht
tavallosi» (1883-1884) asarida yozadi: «Nimadan erkinlik?» Zardo‘shtning bu
bilan nima ishi bor! Lekin sening nigohing menga shunday deyishi kerak: «Nima
uchun erkinlik?»[18]. Lekin Fromm mazkur muammoni o‘zining inson haqidagi
mulohazalarining markaziga qo‘ydi. Erkinlikning ikki taraflama jarayon
sifatidagi talqini zamonaviy madaniyatda inson mavjudligining ziddiyatli
erkinligini yaqqol ko‘rsatish qulay bo‘ladi. Darhaqiqat, Fromm «nimadandir
erkinlik bilan» «nima uchun erkinlik o‘rtasidagi» farqni mutlaqlashtiradi, ular
o‘rtasidagi dialektik bog‘liqlikni ko‘rmaydi. Aslida shaxsni ezadigan ijtimoiy
borliqdan «erkin bo‘lish», insonning haqiqiy mavjudligi uchun «erkin bo‘lish»siz
mumkin emas. Uning erkinlik konsepsiyasi G‘arb nazariyotchilarining dunyo va
hayot haqidagi qarashlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatgani tasodif emas. Ular shaxsga
berilgan erkinlikdan aqlga muvofiq tarzda foydalana olmaydi, o‘zini va ma’naviy
dunyosini rivojlantirishda, ichki imkoniyatlarini ochishda to‘g‘ri ishlata olmaydi,
deb hisobladilar. Bu holatdan hamma salbiy oqibatlarni qidirdilar, bular
begonalashish bilan bog‘liq inson xususiyatlarining muayyan darajadagi
yo‘qolishi va ichki nizolardir, deb bildilar.
Fromm insonda yangi paydo bo‘lgan sig‘inish ob’ektini tasvirlaydi. Bular
jamiyat sanamlari, ijtimoiy imtiyozlar, iqtisodiy muvafaqqiyatlar, «faqat o‘ziga
mahliyolik», tashqi dunyoni o‘ziga xos shaklda qabul qilishda namoyon bo‘ladi.
Dunyoni o‘z ichki «Men»i orqali ko‘radi yoki «ijtimoiy mahliyolik»ka bog‘liq
bo‘lib, yangi sig‘inish ob’ekti yaratadi. Bu inson begonalashuvining shunday
shakliki, bunda insonlar o‘rtasidagi munosabat tovar munosabatlarining
yakunlangan qismi sifatida namoyon bo‘ladi.
Адабиётлар рўйхати:
1.
Комилов Н. Тасаввуф. Биринчи китоб. -Тошкент: Ёзувчи, 1996. –Б.143.
2.
Fromm E.Özgürlükten kaçiş. –Ankara: Teknografik Matbaası, 1996. –S.13.
3.
Добренькое В.И. Неофрейдизм в поисках «истины» (Иллюзия и
заблуждения Эриха Фромма). – Москва: Мысль, 1974. –С.144.
4.
Егорова И.В. Философская антропология Эриха Фромма. Москва.:
2002. –С.164.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
118
5.
Жалолиддин Румий. Ичингдаги ичингдадир. Тошкент: Ёзувчи, 1997. -
Б.57.
6.
Фромм Э. Севги санъати. –Тошкент: Ўзбекистон, 2011. –Б. 124.
7.
Фромм Э. Здоровое общества догмат о Христе. – Москва: АСТ:
Транзиткнига, 2005. –С.571.
8.
Фромм Э. Психоанализ и этика. – Москва: Республика, 1999. –С.244.
9.
Фромм Э. Человек для самого себя. – Москва: АСТ: АСТ МОСКВА, 2009.
–С.763.
10.
Фромм Э. Искусство любить. – Москва: Педагогика, 1990. –С.157.
11.
Фромм Э. Иметь или быть? – Москва: Прогресс, 1990. –С.330.
12.
Фромм Э. Анатомия человеческой деструктивности / Э. Фромм. –
Москва: Республика, 1994. –С.58.
13.
Рузматова Г. Руҳият таҳлили фалсафаси. –Тошкент: Нишон-ношир,
2014. – Б.197.
14.
Fromm E. Sevginin ve şidetin kaynaği. –Istanbul: Payel yayınevi, 1990 -
S.50
15.
Агапов П.В. Эрих Фромм о человеческой агрессивности и
деструктивности: опыт философско-антропологического анализа. //
Вестник МГУКИ, 2012. № 6 (50) ноябрь–декабрь.-С.59.
16.
Фромм Э. Человек для самого себя. –М.: АСТ: АСТ МОСКВА, 2009. –С.
433.
17.
Ницше Ф. Зардўшт таваллоси. –Т.: Шарқ,, 2006. –Б. 64.
18.
Фромм Э. Бегство от свободы. –М.: Прогресс, 1990. –С. 280.