Авторы

  • Sitora Raxmatova
    Navoiy davlat universiteti magistranti

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.78022

Ключевые слова:

Tasavvuf Alisher Navoiy tavhid fano baqo vahdat ul-vujud ma’rifat tasavvufiy istilohlar.

Аннотация

Mazkur maqolada tasavvufiy istilohlarning, xususan, tavhid, fano, va baqo tushunchalarining Alisher Navoiy ijodidagi o‘rni, ma’naviy-falsafiy mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Alisher Navoiyning tasavvufiy asarlari orqali insonning ruhiy kamolot sari intilishi, ilohiy haqiqatga yetishish yo‘li ramziy obrazlar orqali tasvirlanadi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” asaridagi tavhidga doir nazariy va amaliy yondashuvlari, shuningdek, tasavvuf peshvolari (Ibn Arabiy, Junayd Bag‘dodiy, Bayazid Bistomiy, Halloj) ta’limotlari orqali bu tushunchalarning tarixiy-falsafiy ildizlari yoritiladi. Ibrohim Haqqulning “Tasavvuf va she’riyat” asariga tayanib, Navoiy g‘azallaridagi fano va baqo mazmuni izchil tahlil qilinadi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

TASAVVUF NAZARIY ISTILOHLARINING O‘RGANILISHI, OBRAZ

TAKOMILI TADQIQI

Raxmatova Sitora Bobir qizi

Navoiy davlat universiteti magistranti

https://doi.org/10.5281/zenodo.15167421

Annotatsiya.

Mazkur maqolada tasavvufiy istilohlarning, xususan, tavhid,

fano, va baqo tushunchalarining Alisher Navoiy ijodidagi o‘rni, ma’naviy-falsafiy
mazmuni chuqur tahlil qilinadi. Alisher Navoiyning tasavvufiy asarlari orqali
insonning ruhiy kamolot sari intilishi, ilohiy haqiqatga yetishish yo‘li ramziy
obrazlar orqali tasvirlanadi. Najmiddin Komilovning “Tasavvuf” asaridagi
tavhidga doir nazariy va amaliy yondashuvlari, shuningdek, tasavvuf peshvolari
(Ibn Arabiy, Junayd Bag‘dodiy, Bayazid Bistomiy, Halloj) ta’limotlari orqali bu
tushunchalarning tarixiy-falsafiy ildizlari yoritiladi. Ibrohim Haqqulning
“Tasavvuf va she’riyat” asariga tayanib, Navoiy g‘azallaridagi fano va baqo
mazmuni izchil tahlil qilinadi.

Kalit so‘zlar:

Tasavvuf, Alisher Navoiy, tavhid, fano, baqo, vahdat ul-vujud,

ma’rifat, tasavvufiy istilohlar.

Alisher Navoiy ijodida tasavvufiy istilohlarning mohiyati+ va obrazlarning

takomili chuqur ma’naviy va falsafiy asosga ega. Uning asarlari tasavvufiy
tushunchalar bilan boyitilgan bo‘lib, ular orqali insonning ruhiy kamolot yo‘li
tasvirlanadi. Navoiy tasavvufning asosiy g‘oyalarini o‘z she’riyatiga singdirgan
holda, muayyan istilohlar orqali inson va ilohiy haqiqat o‘rtasidagi bog‘liqlikni
ifodalagan. Uning asarlarida ko‘p uchraydigan tasavvufiy istilohlar quyidagilar:

a)

tavhid;

b)

vahdat;

c)

komil inson;

d)

fano va baqo;

e)

vahdat ul-vujud;

f)

ishq va ma’rifat

Tasavvufda

tavhid

(

دحوت

) nafaqat Allohning yagonaligiga e’tiqod qilish, balki

insonning ruhiy jihatdan Olloh bilan birlashishiga intilish jarayoni sifatida
tushuniladi. Oddiy aqidaviy tavhiddan farqli o‘laroq, tasavvufda tavhid
insonning o‘z nafsidan voz kechib, mutlaq Haq (Alloh) bilan bir bo‘lishi, ya’ni
vahdat ul-vujud (borliqning birligi) konsepsiyasi bilan bog‘liq.Tasavvufda tavhid
(

دحوت

) nafaqat Allohning yagonaligiga e’tiqod qilish, balki insonning ruhiy

jihatdan Olloh bilan birlashishiga intilish jarayoni sifatida tushuniladi. Oddiy
aqidaviy tavhiddan farqli o‘laroq, tasavvufda tavhid insonning o‘z nafsidan voz
kechib, mutlaq Haq (Alloh) bilan bir bo‘lishi, ya’ni vahdat ul-vujud (borliqning


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

13

birligi) konsepsiyasi bilan bog‘liq.Tavhid – bu Najmiddin Komilov ta’biri bilan
aytganda, “inson ruhining poklanib, Mutlaq ruhga qo’shilishi tavhidning – oliy
darajada tasdiqlanishi – haqqul yaqin martabasida qozonilgan imondir. ”

1

Najmiddin Komilov “Tasavvuf ” asarida tavhidning ma’nosini o`rganar ekan,

uch xil tavhid ilmini asoslab bergan:

1.

Haqning o`ziga yo`nalgan Haq ilmi.(Allohning yagonaligi ilmi)

2.

Haqqa yo‘naltirilgan Haq ilmi.(Haqning tavhid haqidagi hukmlari va

bandasi ko‘ngliga tavhidni yetkazish ilmi)

3.

Xalqning Haqqa yo‘nalgan tavhidi.( Insonlarni Haq vahdoniyatiga

yetkazish ilmi)

2

Tavhid Allohning yagona ekanligiga, u hech kim va hech narsaga

o`xshamasligiga, barcha mavjudot ustidan mutlaq hokim ekanligiga ishonishdir.

Najmiddin Komilov tavhid ilmini Haq taolo nuriga g'arq bo‘lish va unga

singib ketish sifatida izohlaydi. Bundan ko‘rinadiki, tavhid faqat Yagonalikni tan
olish emas, balki u bilan qoʻshilishga, birlashishga bo‘lgan harakat va insonning
Mutlaq ruh tomon intilishini anglatadigan jarayondir. Buni olim dengiz va
tomchi misolida yanada aniqroq ochib bergan: “Dengiz va tomchi bir vujud.
Xuddi mana shu birlikni tan olish vahdatni tasdiqlashdir. Tomchining dengizga
qarab intilishi va u bilan qoʻshilishi tavhid, demak. Ammo tomchi dengiz tomon
intilishda tozalanib, musaffolanib boradi. Bu tajrid”.

3

Najmiddin Komilovning tasavvufiy asarlarida tavhid ilmi yetarli darajada

yoritilgan bo‘lib, u tasavvufning mohiyatini, uning falsafiy hamda amaliy
jihatlarini chuqur tahlil qiladi. U tavhidni faqatgina aqidaviy tushuncha sifatida
emas, balki ichki ruhiy tajriba, ma’naviy kamolot va ilohiy haqiqatni idrok etish
jarayoni sifatida talqin qiladi.

Komilov o‘z asarlarida tavhidni ikki asosiy nuqtai nazardan ko‘rib chiqqan:
1. Nazariy jihatdan – U tavhidni Qur’on va hadis asosida sharhlab, tasavvuf

ulamolarining fikrlariga tayanadi. Ibn Arabiy, Jaloliddin Rumiy, Bahouddin
Naqshband kabi tasavvuf peshvolarining qarashlari orqali tavhid
tushunchasining rivojlanishini tahlil qiladi.

2. Amaliy jihatdan – Tavhidni faqat nazariy tushuncha sifatida emas, balki

tasavvufiy suluk (ma’naviy yo‘l) orqali inson qalbida shakllanadigan chuqur






background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

14

ruhiy tajriba sifatida ko‘rsatadi. Zikr, muroqaba, riyozat va qalbni poklash
amaliyotlari orqali inson ilohiy haqiqatga yaqinlashishini ta’kidlaydi.

Najmiddin Komilovning tasavvufiy yondashuvi tavhidni faqat shariat

doirasida tushuntirish bilan cheklanib qolmay, balki uning ma’rifiy va irfoniy
tomonlarini ham chuqur ochib beradi. Shuning uchun uning asarlari tavhid
ilmini har tomonlama yoritishda muhim o‘rin tutadi.

Süleyman Uludağnıng “Tasavvuf terimleri sözlüğü ” kitobida tavhid so‘zi

shunday izohlangan: ”Tavhid–(Birlik) (Tas.) Allohning zoti, (Ta'rifatni) aqlan
tasavvur etilgan va taxayyul qilingan har bir narsadan ajratib qo'yish uchun,
Allohni o'z ko'nglingda o'zing xohlagancha tasavvur qil, lekin bilki, bu tasavvur
Alloh emas…”

4

Junayd Bag‘dodiy tavhidni shaxsiy mavjudlikdan voz kechish sifatida

ta’riflasa, Bayazid Bistomiy va Mansur Halloj uni fano darajasida tushungan. Ibn
al-Arabiy esa tavhidni vahdat ul-vujud nazariyasi bilan bog‘lab, borliqning
butunlay Allohga xos ekanligini ta’kidlagan.Demak, tasavvufda tavhid masalasi
Allohning yagonaligiga imon keltirish bilan chegaralanmaydi. U insonning Alloh
bilan birlashish yo‘li sifatida tushuniladi.

Navoiyshunos va tasavvufshunos olim Ibrohim Haqqul Alisher Navoiy

ijodida “Fano va baqo tushunchalarini chuqur tadqiq etib, “Tasavvuf va
she’riyat” nomli asarida ushbu masalalarni keng yoritdi.

Fano

– inson o‘z nafsini

tark etib, Allohning haqiqatiga yetishishi bilan izohlansa,

baqo

– fano

bosqichidan o‘tib, ilohiy nur bilan barqaror qolish holati sifatida tushuniladi. Bu
holatda so‘fiy o‘z mavjudligini Allohning mavjudligida topadi va doimo ilohiy
haqiqat bilan uyg’unlikda yashaydi.

Masalan, “Lison ut-Tayr” dostonida fano va baqoni yo‘ldagi orif qushlar

orqali ramziy tasvirlaydi. Alisher Navoiy o‘z she’riy asarlarida ham fano
istilohini ko‘p bora tilga olgan. Uning tasavvufiy g‘oyalarga asoslangan g‘azal va
masnaviylarida bu mavzu keng yoritilgan:

Deding: “Fano nedurur?” Muxtasar deyin: “O‘lmak!”
Ki sharhin tilasan, yuz risol bo‘lg’usidur.
Ushbu misralarni Ibrohim Haqqul “Tasavvuf va she’riyat” asarida

quyidagicha izohlaydi: “Fano deyilganda, “O‘lmak!” degan muxtasar javob bilan
chegaralanmasdan, “yuzlab risola” boʻladigan sharhlari bilan ham izchil qiziqish
kerakdir. Fano yoʻli “bandaning Xudo tarafiga sayri”ning nihoyasidir. Bu holat
koʻpincha oʻzni yoʻq etish, tugalish, yanada aniqrogʻi, oʻlimga nisbat beriladi.”

5



background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

15

Navoiyning “G’aroyib us-sig’ar” devoniga kiritilgan ushbu g’azalni tahlil

qilar ekanmiz, unda shoir fano (yo‘q bo‘lish, o‘tkinchilik) tushunchasini
tasavvufiy ma’noda yoritib, insonning nafsdan voz kechishi, o‘zligini unutishi va
ilohiy ishq sari intilishi kerakligini ta’kidlaydi.
Dema, ne sud erur o`lmoq fano harimig`a xos,
Yana ne sud kerak o`zlugungdin etsa xalos.

Avomdin, demakim,o`zni qutqaray, er esang
O`zungdin o`zni qutulmoqqa jahd qilg`il xos.

Ko`ngul alil esa forig` emas xavotirdin,
Jarohat uzra yig`ilmoq durur chibinga xos.

Ajab emastur agar topti gavhari maqsud
Birovki, bo`ldi fano ashki bahrida g`avvos.

Ovuch qoqarmen o`z ahvolima tahayyurdin,
Ramida ko`nglum erur bu usul ila raqqos.

Desang, bu yo`lda o`lay, nafsni burun o`ltur
Ki, ishq shar`ida go`yo bu nav` keldi qisos.

Rizo yo`lida Navoiy borur qayon cheksang,
Chu ishq bog`ladi bo`ynig`a rishtayi ixlos.

6


1-baytda Navoiy hayotning o‘tkinchi ekanini anglab, inson o‘zligini yo‘qotib,

ilohiy haqiqat sari yo‘l olishi lozimligini bevosita uqtiradi. Fano harimiga
kirishdan qanday maqsad bor dema, o’zligingdan xalos bo`lishdan boshqa yana
qanday maqsad kerak senga. Bu yerda shoir fano faqat jismoniy o‘lim emas,
balki ruhiy najot ekanini aytmoqda. Ya’ni, inson o‘z “men”idan xalos bo‘lib, ilohiy
yo‘lni tanlashi kerak.

2-bayt:Agar sen haqiqiy er kishi bo‘lsang, avomdan o‘zni qutqaray dema,

o’zingdan o‘zingni qutqarishga jahd qil. Odamlar orasidan chiqib, o‘zini najotga
erishtirishni istagan kishi avval o‘z nafsini yengishi lozim. Zero, haqiqiy najot
nafsga bo‘ysunmaslik bilan bog‘liqdir.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

16

3-bayt: Ko‘ngil ishq dardiga chalingan bo‘lsa, u hech qachon xotirjam

bo‘lolmaydi. Ishq jarohati chuqurlashgan sari, u yanada g‘amga botadi. Bu holat
jarohat ustida chivinlarning yig’ilishi bilan izohlanadi.

4-bayt: Agar kimdir ishq daryosida g‘avvos (sho‘ng‘uvchi) bo‘lsa, u maqsad

gavhariga yetishi ajab emas. Ya’ni, ilohiy ishqqa g‘arq bo‘lgan inson haqiqatni
topishi mumkin.

5-bayt: Bu yerda shoir o’zining ma’naviy holatiga hayron qolib, qo‘l

qoqayotganini ta’kidlaydi. “Ramida” so‘zi orqali lirik qahramon ko‘nglining
holdan toygan, ruhiy charchoq holatida ekanligini tasvirlaydi.Shunga qaramay u
ilohiy ishq oldida taslim bo‘lib raqs tushayotgandek tuyiladi.

6-bayt: Ishq yo‘lida jon berishdan oldin, avvalo nafsni o‘ldirish kerak. Bu

tasavvufiy ma’no – inson nafsini yengib, ilohiy ishqqa tomon borishi lozimligini
ifodalaydi.

7-bayt: Navoiy Allohning roziligi yo‘lida borishdan to‘xtamaydi, chunki u

ishq ipiga bog‘langan. Bu yerda ilohiy ishqqa to‘la fidoyilik tasvirlanadi.

Bu g‘azalda Navoiy tasavvufiy fano tushunchasini yorqin ifodalagan.

Uningcha, haqiqiy najot o‘zlikdan voz kechish, nafsni yengish va ilohiy ishqqa
g’arq bo‘lish bilan bog‘liq. Ishq daryosiga sho‘ng‘igan kishi haqiqiy haqiqatni
anglaydi va ilohiy huzurga yetishadi. Bu falsafiy g‘oya tasavvufda keng tarqalgan
bo‘lib, Navoiy uni ma’no va badiiy san’atlar bilan boyitgan. Ushbu g’azal Ibrohim
Haqqul tomonidan tahlilga tortilar ekan, quyidagicha xulosaga kelinadi: “E'tibor
qildingizmi, fano manzilida qancha mushkul muammolarning tuguni
yechilarkan. Aslida “fano harimig’a” yetgach na o'zlikdan va na avom
qutqusidan, na ko'ngul ilati-yu, na nafs zug'umidan qutilish to’g’risida tashvish
tortishga hojat qolmaydi. Unda «gavhari maqsud» ham topiladi, odamning o'z
ahvoliga hayratlari ham behad ortadi. Lekin shoir fanoning yolg'iz “O’lmak”dan
iborat emasligini asoslash uchun shunga diqqatni qaratadi.

7

Komil inson-

tasavvufda komil inson tushunchasi dastlab istiloh (nazariy

tushuncha) sifatida paydo bo‘lib, keyinchalik obraz sifatida takomillashgan. Bu
rivojlanish tasavvuf falsafasi va adabiyotidagi chuqur o‘zgarishlar bilan bog‘liq.
Komil inson tushunchasi tasavvufga Islom falsafasi va irfoniy tafakkur orqali
kirib kelgan. U ilk bor nazariy asosda tasvirlangan bo‘lib, quyidagi asosiy
ta’limotlarga tayangan: Ibn Arabiy – "Vahdat ul-vujud" ta’limotida komil insonni
Allohning mukammal aks etishi deb ta’riflagan. Unga ko‘ra, komil inson ilohiy
haqiqatni mukammal tarzda aks ettiruvchi mavjudotdir.



background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

17

Al-G‘azzoliy– Axloqiy yetuklik va ma’naviy poklanish orqali inson

komillikka erishishini ta’kidlagan.

Najmiddin Kubro – Ma’naviy yuksalish bosqichlarini belgilab, komil inson

darajasiga yetish uchun ruhiy tarbiya muhimligini bayon qilgan. Bu bosqichda
komil inson tushunchasi ko‘proq nazariy-falsafiy kategoriya sifatida tushunilgan.

Keyinchalik bu tushuncha adabiyotimizda timsol va obraz sifatida

rivojlandi. Tasavvufiy adabiyotda komil inson turli badiiy timsollar orqali
ifodalanib, jonli obraz sifatida gavdalantirildi:

Alisher Navoiy – O‘zining “Xamsa” va boshqa asarlarida komil inson

fazilatlarini ijtimoiy va axloqiy jihatdan yorqin obrazlar orqali aks ettirgan.
Uning qahramonlari – Farhod, Majnun, Shayx San’on – komil inson g‘oyasining
badiiy ifodasi hisoblanadi. Komil inson tushunchasi tasavvufda nazariy
tushunchadan badiiy obrazgacha rivojlangan, bu esa uning ta’sir doirasini
yanada kengaytirgan.

Xulosa qilib aytganda, maqolada ko‘rsatib o‘tilganidek, tasavvufiy istilohlar

Alisher Navoiy ijodining asosiy ma’naviy va falsafiy tayanchidir. Uning asarlarida
tavhid Allohning yagonaligiga ishonishdan tashqari, insonning ruhiy yetuklikka
erishish yo‘li sifatida talqin etiladi. Najmiddin Komilovning tavhidga oid
yondashuvi bu tushunchaning faqat nazariy emas, balki chuqur ichki tajribaga
asoslangan ma’naviy holat ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, Ibrohim
Haqqulning tahlillari orqali fano va baqo tushunchalarining Navoiy ijodida
ramziy obrazlar vositasida qanday ifodalangani ochib beriladi. Demak,
tasavvufiy istilohlar – nafaqat diniy-falsafiy tushunchalar, balki shoirning
ma’naviy izlanishlarini ifoda etuvchi badiiy vositalardir.

Foydalanilgan adabiyotlar:

1.

Haqqulov I.Tasavvuf va she’riyat.--Toshkent,1991.--B.28.

2.

.Komilov

N.Tasavvuf.–Toshkent:”Movarounnahr–”O‘zbekiston”,2009.–

B.320.
3.

Navoiy A. “G’aroyib us-sig’ar”.– B.271.

4.

Süleyman Uludağnıng .Tasavvuf terimleri sözlüğü.–Istanbul,1995.–B.533-

534.

Библиографические ссылки

Haqqulov I.Tasavvuf va she’riyat.--Toshkent,1991.--B.28.

.Komilov N.Tasavvuf.–Toshkent:”Movarounnahr–”O‘zbekiston”,2009.– B.320.

Navoiy A. “G’aroyib us-sig’ar”.– B.271.

Süleyman Uludağnıng .Tasavvuf terimleri sözlüğü.–Istanbul,1995.–B.533-534.