CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
5
“OTA” ROMANIDA MILLIY VA UMUMINSONIY QADRIYATLARNING
IFODASI
Bahriddinova Dilnoza Otabek qizi
Navoiy Davlat Universiteti 2-kurs magistranti
https://doi.org/10.5281/zenodo.15167246
Annotatsiya.
Ushbu maqolada Ulug`bek Hamdamning “Ota” romanidagi
o`zbek xalqining mentalitetiga xos bo`lgan milliy va umuminsoniy qadriyatlar,
o`zbek otasining qanday ota bo`lishi bilan bog`liq holatlar haqida fikr yuritilgan.
Kalit so`zlar.
Oila, qadriyat, milliy mentalitet, mehmondo`stlik, ismlar.
Biz bilamizki, o`zbek xalqida qadriyat tushunchasi ajdodlardan meros
qolgan va jamiyatning ma`naviy-axloqiy asosini tashkil qiluvchi tamoyillar
to`plami hisoblanib, juda muhim ahamiyatga egadir. Qadriyatlar xalqning tarixi,
urf-odatlari, an`analari, diniy e`tiqodi va kundalik hayot tarzida namoyon
bo`ladi. Oila, nikoh masalalari, mehmondo`stlik, hurmat va ehtirom,
mehnatsevarlik, an`ana va urf-odatlar, mehr-oqibat, hamjihatlik - bularning
hammasi o`zbek qadriyatlarining muhim jihatlaridan sanaladi.
Oila - bu o`zbek jamiyatida eng muhim institutlardan biridir. Oila -
jamiyatning bir bo`gini hisoblanadi. Bir nechta oilalar birlashib, jamiyatni tashkil
qiladi. Bu qadriyatga asosan xalqimizda yoshi katta bo`lgan bobo-buvilarimizdan
ota-onalarining rizoligi bilan oila qurayotgan ikki yoshga pand-nasihatlar
beriladi, bilmaganlari bildirilib , o`rgatiladi.
O`zbek xalqi o`zining mehmondo`stligi boshqa ba`zi xalqlardan ajralib
turadi. Kelgan mehmonni xursandchilik bilan kutib olish, dasturxon bezash,
unga iliq munosabatda bo`lish - qadimiy an`analarimizdan biridir. Hatto,
Mirtemir “ Qishlog`im “ she`rida mabodo mehmon kelganda dasturxonga qo`yish
uchun noz-u ne`mating bo`lmasa, sariyog`day yoqadigan yaxshi so`z bilan
ko`nglini oling , deyilgan. To`g`ri, “ Yaxshi so`z bilan ilon inidan chiqar, yomon
so`z biilan pichoq qinidan chiqar “- deb bekorga aytmaganlar. Xushmuomalalik-
insondagi eng yaxshi fazilatlardandir.
Imom al-Buxoriyning “Barcha ishda xushmuomalalik darkorligi haqida”
hadisida shunday deyilgan : “ Nabiy sollallohu alayhi vasallamning jufti halollari
- Oysha raziyallohu anho Urva ibn az-Zubayrga bunday deb aytib bergan ekanlar
: “Bir to`da yahudiylar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga
kirib :”As-somu alaykum!” (ya`ni, Sizga o`lim!) - dedi. Men ularning gapini anglab
:”Va alaykumu-s-somu va-l-la`na!” (ya`ni, Sizga ham o`lim va lan`at!) - dedim.
Janob Rasululloh : “ Yo Oysha , shoshmat turg`il! Alloh taolo barcha ishda
xushmuomalalikni yoqtirg`aydir “, - dedilar. Men : “Yo Rasululloh, ulamong nima
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
6
deganini eshitmay (anglamay) qoldingiz!” dedim. Janob Rasululloh :” Sizlarga
ham dedim-ku, axir!” - dedilar “.
O`zbek xalqi qadimdan dehqonchilik, hunarmandchilik bilan shug`ullanib
kelgan. Mehnatsevarlik va halol mehnat qilish har bir kishining axloqiy burchi
deb qaraladi.
To`ylar, azalar, navro`z, hayit bayramlari singari marosimlar xalqning
madaniy hayotida katta o`rin egallaydi.ushbu marosimlar oila va jamiyat
birdamligini mustahkamlashga xizmat qiladi.
O`zbek qadriyatlari jamiyatning barqarorligini saqlashda, milliy o`ziga
xoslikni mustahkamlashda va yosh avlodni komil inson sifatida tarbiyalashda
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu qadriyatlarni saqlash va avloddan-avlodga
yetkazish xalqning ma`naviy boyligini asrash demaktir. Shuningdek,
yozuvchimizning o`zlari ham o`zbek farzandidir. Shu jumladan, o`zbek xalqiga
xos bo`lgan milliy qadriyatlarni romanga ham singdirganlar.
Biz romanni mutolaa qilar ekanmiz, undagi voqea-hodisalar ko`z oldingizda
namoyon bo`laveradi. Oyning o`n beshi yorug` , o`n beshi qorong`u deganlaridek,
nihoyat ularning uyida ham uzoq kutilgan chaqaloq tug`ildi va o`zi mittigina
bo`lsa-da, beradigan quvonchi bir olam quvonch olib keladi.
Yozuvchi asardagi bosh obrazdan tortib, to epizodik obrazlargacha turkona
ism tanlangan. Masalan, “ Chaqaloqqa Sevinch deb ot qo`yishdi! Chunki sevinchli
edi ular! Ming yillik g`ussa bor edi O`tkir akaning oilasida. Shu uchun sevinaylik,
sevinchlarga yetaylik deb sevinchlanishdi. Qolaversa, bu oilada o`g`il-qizlarga
turkona ot qo`yishardi. “ Shundog`am bir tomonimiz arabiyu boshqa tomonimiz
forsiy otlarga to`lib ketgan. Hatto ular juda-juda ko`p. o`rtada muvozanatni
saqlash uchun, otlarimiz aytilganda, qaysi millatga tegishli ekanimiz bilinib
tursin. Yo`q, men boshqa millatlar ismlarini qo`yishga qarshi emasman. Faqat
me`yor bo`lsin, deyman “.
Bu bilan yozuvchi bugungi kundagi farzandlarga ism qo`yishdagi og`riqli
nuqtamizni aytmoqchi bo`lganlar. Chunki bugungi kundagi ota-onalarimiz
farzandlariga “zamonaviy” , “yevropacha”, ya`ni o`zlari yoqtirgan kino aktyor
yoki aktrisalar, futbolchilar, ashulachilarni ismlarini farzandlariga ism deb
qo`yadilar. Masalan, Ronaldo, Messi, Esmeralda, Ishani kabilar. Mustafo, Ibrohim
, Dovud, Omina, Oisha kabi ismlar ham ma`noli, ham islomiydir.
“Arablarda “Menga ismingni aytsang, men senga otangning kimligini
aytaman” degan maqol bor. Farzandga munosib ism qo`yish farzandning otadagi
haqlaridan biri hisoblanadi. Farzand kelajakda ismidan uyalmasin, ismi yomon
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
7
ma`noni bildirmasin. Eng yaxshi ismlar bandalik, hamd ma`nosini anglatuvchi
ismlardir. Masalan, Abdulloh, Abdurahmon, Abdulhamid, Hamidulloh.
Farzandingizga ism qo`yganingizda u bir umr shu ism bilan chaqirilishini
inobatga oling. Ba`zi ismlar bolaligida bilinmasligi mumkin, lekin yoshi katta
bo`lganidan keyin g`alati tuyuladi. Masalan, Daler ismi. “Dalerjon” deb erkalatib
bo`lmasa yoki ulg`ayganda, “Daler amaki “ deyish ham g`alati, kattalarga xos
ulug`vorlikni bildirmayapti.
Qiz bolaning ismi ham chiroyli, o`ziga xos bo`lgani yaxshi , shu bilan birga
aytganda, eshitganda xijolatchilik bo`lmasin. Ma`nosi yaxshi bo`lsin. Masalan, “
Gulbadan” ismi bir qarashda qiz bolaga xos, chiroyli, nozik tuyuladi, lekin
aytganda xayol beixtiyor badaniga ketib qolaveradi. Otasi balog`atga yetib
qolgan qizini shunday atab chaqirishini o`ylang. Juda noqulay bo`lsa kerak…
Undan ko`ra gulga bog`liq boshqa go`zal ismlar ham bor. Masalan, Gulrang-
kamyob ismlardan “
1
.
“ Musulmon inson barcha narsada go`zallikni ko`zlashi kerak. Jumladan ,
bolalarga ism qo`yishda ham.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bolalarga ism qo`yishga alohida
e`tibor berganlar. Bu o`ta muhim ishning Qiyomat kuniga ham bog`liq joyi
borligini ham aytganlar.
Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi : “ Rasululloh sollallohu
alayhi vasallam dedilar : “ Qiyomat kuni o`z ismlaringiz va otalaringizning ismi
ila chaqirilursiz. Ismlaringizni go`zal qiling “. Abu Dovud, Ibn Hibbon, Tobaroniy
va Bayhaqiy rivoyat qilganlar.
Ismning chiroyli bo`lishi Qiyomat kuni ham kerak bo`lar ekan. Chunki
barcha xaloyiq yig`ilgan joyda birovning ismi aytib chaqirilganda, xursand
bo`lishi, aksincha, xijolat bo`lishi tabiiy. Ismi noqulayligidan xijolat bo`lib
yurganlar oz emas, ismini o`zgartirganlar ham ko`p. ammo o`sha narsa avval
boshda, bola yangi tug`ilgan paytda bir yo`la yaxshilab yo`lga qo`yilsa, maqsadga
muvofiq bo`ladi. Uning musulmon farzandi ekanini dunyo-yu oxiratda ismi ham
namoyon qilib turadi “
2
.
Bularning barchasini yozuvchi inobatga olib, asardagi qahramonlarning
ismini jismiga monand tarzda tanlangan. Masalan, Po`latda - po`latdek
mustahkam iroda, kuch, sabr bor bo`lsa, Yog`duda - Po`latning o`zi aytganidek,
“Yog`dusiz uning dunyosi zulmatga g`arq bo`lar edi”. Chunki erining urushdan
omon qaytishiga ham, sabrli, kuchli bo`lishiga ham hayitidagi “ Yog`du”
1
G`iyosiddin Yusuf. Tarbiya-chi ? Toshkent -2022. 9-10-betlar.
2
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf.
“
Baxtiyor oila
“
.
“
Hilol-nashr
”
, Toshkent-2022 ,
284-bet.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
8
sababchidir. Po`latning otasi - O`tkir aka “xotining gapini eshitar, ustiga-ustak
“xo`p, xo`p” derdi-yu, deyarli hamma aytganlarining teskarisini qilar edi. Uning
o`tkirligi ana shunda edi”. U ham ismiga mos o`tkir, mard , jasur, gapini ustidan
chiqadigan haqiqiy o`zbek otasidir. Sevinch ismiga to`xtalsak, “ismi o`zi bilan
tug`ilgan qiz” deyish mumkin. Oychechak opa esa oy kabi chiroyli, aytgan gapini
qildiradigan, chaqqon, sodda o`zbek ayolidir.
Biz asardagi Po`lat obrazida bir o`rinda o`ziga xos milliylikni ko`rishimiz
mumkin. “ Po`lat ko`zlarini bir og`ir yumib ochdi. Shuning o`zi quroldosh
do`stlariga tutilgan motam, ko`rsatilgan ehtirom, o`qilgan duo edi “. Urush
paytida vaziyatning yomonligi sabab hatto namoz ham o`qishning ham iloji
bo`lmagan. Ammo Po`lat o`zbek milliy an`analarini unutmagan, doim ota-
bobolari yodi bilan yashagan. Bu ham milliyligimizga, qadriyatlarimizga bo`lgan
ehtiromdir. Ayniqsa, bularning yorqin dalili sifatida Oychechak opa va O`tkir aka,
Po`lat va Yog`du obrazlarida yaqqol ko`ramiz.
- Topildimi?! Hoy yaxshilar, Sevinch qizim topildimi !… - Oychechak opaga
mana shu ovoz kerka edi.
“- Topilganda qandoq, Po`latjon ! - eru-xotin vodiy tomondagi udumga ko`ra
bir-birlariga to`ng`ich farzandining ismi bilan murojaat qilishar edi. Faqat
Oychechak opa Po`latjon desa, O`tkir aka Po`latxon derdi. O`tkir aka va
Oychechak opalarning to`ng`ich farzandi ham, o`rtanchasi ham, kenjasi ham bitta
bo`lgani uchun ular bu ismga butun borliqlarini jo qilib aytishardi”.
Oiladagi oila boshliqlari bo`lgan O`tkir aka va Oychechak opalarning
bir-birlariga bo`lgan hurmatlari yonlaridagi o`g`li Po`lat va kelini Yog`duga
o`rnakdir. Chunki “Qush uyasidagi ko`rganini qiladi” deyishgan. Shunday bo`ldi
ham.
“ Oradan uch-to`rt kun o`tib cholu-kampir oyoqqa turishdi, hojatga o`zlari
boradigan, hatto tushkikdan so`ng birpasga tashqariga chiqib toza havoda
aylanadigan bo`lishdi.
- Sevinchxon
- Labbay, Sevinchjon ! “
Bularning barchasini milliyligimizning yorqin ifodasi deyishimiz mumkin.
Bundan tashqari, asarda oilaviy qadriyatlar, ota-onaga hurmat, farzand
mas`uliyati, mehmondo`stlik, mehnatsevarlik, halollik, diniy e`tiqod va
vatanparvarlik kabi muhim an`analar tasvirlangan. Shu boisdan romandagi
quyidagi misollarni keltirib o`taman : “Tutqunlar oqsoqolning nima sababdan
qamoqqa tushganini bilgan kundan boshlab unga “Ota” deya murojaat qilishdi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
9
Umumiy tartib-intizomga bo`ysunishdan tashqari, unga izzat-ikrom
ko`rsatishib,og`ir ishga yo`llamadilar “.
Bilamizki, o`zbek oilalarida ota-onaga bo`lgan hurmat va e`tibor eng muhim
qadriyatlardan biri hisoblanadi. Ota faqat oilaning boshlig`i emas, balki tarbiya
beruvchi inson sifatida tasvirlangan. Bu bilan yozuvchi ota faqat o`z oilasida
emas, balki jamiyatga ham hurmatga loyiq inson sifatida e`tirof etiladi.
“Sening sevgan qizing bor deding, to`y qilamiz! Rosti, mavridi! Sen menga
ishonaqol! Bugunoq, hoziroq sovchilikka borib kelaman!”
Nikoh va oila muqaddas tushuncha sifatida ko`rsatilgan. O`zbek
an’analarida ota - onaning roziligi bilan to`y qilish va oilani mustahkam saqlash
muhim ahamiyat kasb etadi. Bu misol orqali ota - onaning farzandi oilali
bo`lishini, avlod davomiyligini muhim deb bilishini anglatadi.
“Onang bilan turmush qurganimizda juda baxtli edik! Hattoki, yer yuzidagi
eng baxtli insonlar edik! Lekin nega, farzandsiz hayot juda og`ir, azobli bo`lib
qoldi?!”
Bu misol Po`latning otalik orzusini, avlod davomiyligiga bo`lgan ehtiyojni
aks ettiradi. O`zbek jamiyatida farzandli bo`lishi katta baxt hisoblanadi. Farzand
ota - onaning hayotini davom ettiruvchi, oilaning mustahkamligi va o`ziga
bo`lgan ishonchining timsolidir.
“Otalar kerakli joyda qattiq turmasa, dunyo ham o`z o`rnida turmaydi:
buziladi - ketadi.”
Bu jumla shuni anglatadiki, jamiyatning mustahkamligi erkaklarning
mehnatsevarligi va halolligiga bog`liq. O`zbek xalqining asosiy qadriyatlaridan
biri mehnatsevarlikdir. Inson o`z halol mehnati bilan jamiyatda o`z o`rnini
topishi va oilasini boqishi kerak.
“Ozodlikda sizdek otalar bo`lar ekan, qizlarimiz yomon yo`lga kirib
ketmaydi, mabodo kirishsa, jazosi muqarrar ekanligini bilishadi. Rahmat sizga,
ota!”
Bu jumla orqali o`zbek xalqida o`zidan katta kishilarga hurmat va e’tibor
ko`rsatish, minnatdorchilik bildirish fazilati aks ettirilgan.
“Meni kechir, bilib - bilmay, tushunib - tushunmay qilgan isyonlarimni,
gunohlarimni afvu et, Ollohim! Hammasini endi, umr poyonidagina anglab
yetgandekman.”
Bu jumlada insonning gunohlari uchun tavba qilishi va oxiratni o`ylashi
ifodalangan. Diniy qadriyatlar, duo va tavba qilish, qiyinchiliklarga sabr qilish
milliy an’analarimizda muhim o`rin tutadi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
10
“Men uchun hayotning har bir lahzasi muhim, ayniqsa, uyga
qaytayotganimni bilganimdan keyin! Axir vatanim, oilam oldida yana tirikligimni
his qilaman!”
Bu jumlada qahramon vatan va oilasining hayotdagi eng katta boylik
ekanligini tushunadi.O`zbek milliy qadriyatlarida uy va vatan muqaddas
tushunchalar hisoblanadi. Vatan va oila inson uchun eng qadrli narsalar ekanligi
romanda aks etgan.
Romandagi bir misol e`tiborimni tortdi :
- Nikoh o`qilganmi
- O`qilgan !
Tatar millatiga mansub shifokor, o`rta yoshli erkak kunlardan bir kun
otaxonning hovlisiga kirib keldi. Shunda Po`lat otaning birinchi so`rovi shu
bo`ldi. “ O`qilgan “. U shu birgina so`zni necha yil kutdi. Shunday bo`lishiga
ishonmasa ham kutdi. Shunday mo`jiza ro`y berdi. Endi Po`lat ota bu yorug`
olamdan izsiz yo`qolib ketmaydi. Uning nasli davom etadi. Uning sharafini
avlodlarga so`zlab beradi. Avlodlar shunday suvda cho`kmas, o`tda yonmas
odamni faxr bilan tilga olishadi.
O`zbek xalqi uchun nikoh masalasi hamma narsadan ustun. Bizning
dinimizda “valadi zino” degan tushuncha bor. Bunday bolalarni “haromi” deb, or-
nomus yuzasidan qabul qilishni xohlamaydilar. Bir tomondan, bolada nima
gunoh desak, ikkinchi tomondan bu bola o`shaning pushti kamaridan deb,
nafratlanadilar. Axir Po`lat ota ham shu sababli o`z qizining qotiliga
aylanmadimi, shu sababli boshida nevarasini qabul qilishni xohlamay,
jirkanmadimi? Otaning o`zi davomchisi bo`lmasligini o`ylab, ezilib -siqilib
yurgan bir paytda davomchisi borligini bilgach, qabul qilgisi kelmadi. Xalqning
orasida qanday bosh ko`tarib yurishini o`ylasa, odamlar uni qo`llari bilan bigiz
qilib ko`rsatishi xayolidan o`tardi. Barchasi or-nomus yuzidan.
O`zbek oilalarida xuddi shunday valadi zino bo`lib qolib, keyinchalik
oilaning kattalariga aytilib, oilasiga qabul qilinsa ham, hatto shu kelin o`lib ketsa
ham, bu qilgan xatosi hech qachon hech kimning esidan chiqmaydi. O`zining
o`g`lidan bo`lgan nevarasi bo`lsa ham, o`g`lini emas, butun umr kelinini aybdor
sanab keladilar. Yuqorida aytganimdek, barchasi or-nomus yuzidan. “Ota”
romanidagi keltirilgan bu misollar orqali o`zbek xalqining eng muhim
qadriyatlari chuqur yoritilgan. O`zbek xalqining qadriyatlari xalqimizning tarixi
va hayotiy falsafasining ajralmas qismi bo`lib, ular romanda real voqealar va
ta’sirli tasvirlar orqali o`quvchiga yetkaziladi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
11
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Ulug`bek Hamdam.”Ota” romani. Toshkent: Yoshlar matbuoti, 2022. - 208
b.
2.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “ Baxtiyor oila “. “Hilol-nashr”,
Toshkent-2022 , 284-bet.
3.
G`iyosiddin Yusuf. Tarbiya-chi ? Toshkent -2022. 9-10-betlar.
4.
www.ziyouz.com