CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
74
O‘ZBEKISTON SSR DA MA’MURY BUYRUQBOZLIK TIZIMI
O‘RNATILISHI VA MUSTAHKAMLANISHI.
Abdulxay Gulchexra
GulDU Tarix kafedrasi
dotsenti
Abdullayev Azamat
2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.15211923
Annotatsiya.
Ushbu maqolada SSSR da ma’muriy buyruqbozlik tizimining
shakillanishi va uni O‘zbekiston SSRda joriy etilishi, mustahkamlanib borishi
haqida so‘z yuritiladi. Kollektivlashtirish va uning oqibatlari tahlil qilinadi.
Hamda ikkinchi jahon urushi davrida harbiy buyruqbozlikka o‘tilishi keltiriladi
Kalit so‘zlar.
SSSR, O‘zbekiston SSR, NEP, O‘zKP, KP MIQ, Kollektivlashtirish,
Katta terror, Paxta ishi.
O‘zbekiston SSR tashkil topganda uni boshqarishda to‘g‘ridan to‘g‘ri SSSRdagi
ma’muriy buyruqbozlik tizimi asosida boshqarilish joriy etildi. Ma’muriy
buyruqbozlik tizimi 1924- yidagi hududiy bo‘linish natijasida tashkil etilga
barcha mustamlakalarida joriy etilgandi. Ma’muriy buyruqbozlik tizimining
salbiy oqibatlari hozirgi kunda ham mamlakatimizda mavyud va bu
rivojlanishga ma’lum ma’noda to‘siq ham bo‘ldi. Maqolamizda O‘zbekiston SSR
dagi ma’muriy buyruqbozlik tizimi qay tarzda olib borilganligi va bu qanday
oqibatlarga olib kelganligi haqida so‘z yuritamiz.
Ma’muriy-buyruqbozlik tizimi SSSRda XX asrning 1920-yillar oxiri – 1930-yillar
boshlarida shakllangan. Bu tizim iqtisodiyot va jamiyatni qat’iy markazlashgan
boshqaruv ostida ushlab turish tamoyiliga asoslangan bo‘lib, davlat tomonidan
barcha siyosiy va iqtisodiy qarorlarni qabul qilishni nazarda tutgan. Ma’muriy
buyruqbozlik tizimining shakilanishini bir necha bosqichlarga bo‘lish mumkin.
Bular quyidagilar.
1.
Boshlang‘ich bosqich (1917-1924 yillar).
1917-yilgi Oktyabr inqilobidan so‘ng sovet hukumati iqtisodiyotni nazoratga
olishga kirishdi. “Harbiy kommunizm” siyosati doirasida davlat barcha ishlab
chiqarish vositalarini milliylashtirdi va markazlashgan boshqaruvni o‘rnatdi.
1921-yilda YIS (Yangi iqtisodiy siyosat) joriy etilib, bozor munosabatlariga
qisman erkinlik berildi, lekin bu uzoq davom etmadi.
2.
Sanoatlashtirish va kollektivlashtirish (1928-1937 yillar).
1928-yildan boshlab Iosif Stalin YIS siyosatini tugatdi va majburiy
sanoatlashtirishni boshladi. Xo‘jalik yuritish tizimi rejalashtirish tamoyillariga
asoslanib, Markaziy Reja qo‘mitasi (Gosplan) boshchiligida qattiq davlat
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
75
nazoratiga olindi.1929-1933 yillardagi majburiy kollektivlashtirish natijasida
dehqon xo‘jaliklari yo‘q qilinib, hamma yerni davlat nazoratidagi kolxoz va
sovxozlarga birlashtirish boshlandi.
3. Buyruqbozlik tizimining mustahkamlanishi (1937-1953).
1937–1938-yillarda “Katta terror” davrida boshqaruv apparatida shaxsiy
sodiqlikka asoslangan qattiq nazorat joriy qilindi. Davlat rejalashtirish organlari,
jumladan Gosplan, qattiq markazlashgan boshqaruv tizimini yo‘lga qo‘ydi.
Tashabbus va erkin bozor munosabatlari yo‘q qilinib, iqtisodiy qarorlar faqat
markaziy hukumat tomonidan qabul qilina boshlandi
.
Yuqorida keltirilgan
bosqichlardavomida ma’muriy buyruqbozlik tizimi to‘liq shakillandi. Bu jarayon
mustamlakalarda ham xuddi shu tarzda musthkamlanib bortni . Xususan
O‘zbekiston SSR da ham.
1924-yilda Stalinning qarori asosida O‘rta Osiyoda milliy huduiy
chegaralanish o‘tkazildi. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilishi
natijasida Turkiston Avtonom Sovet Sotsialistik Respublikasi tugatilib, uning
hududi yangi tuzilgan Oʻzbekiston SSR, Turkmaniston SSR, Tojikiston ASSR,
shuningdek, Qoraqirgʻiz avtonom viloyati, Qoraqalpoq avtonom viloyati
tarkibiga kiritildi.
Umumoʻzbek sovetlarining Buxoroda boʻlgan birinchi qurultoyi (1925-yil
13–17-fevral)da “Oʻzbekiston Sovet Sotsialistik Respublikasini tashkil etish
toʻgʻrisida deklaratsiya“ qabul qilindi. Qurultoyda respublikaning oliy organlari:
Oʻzbekiston SSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi (Oʻzbekiston SSR MIK) va
Oʻzbekiston SSR Xalq Komissarlari Soveti (Oʻzbekiston SSR XKS tuzilgan).
Oʻzbekiston SSR siyosiy hayotida Oʻzkompartiya (1925-yil fevralda
Buxoroda tuzilgan) yetakchi rol oʻynagan. OʻzSSR da hokimiyatning qonun
chiqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Oliy Soveti (1937-yildan) hamda ijro
qiluvchi va boshqaruvchi oliy organi – OʻzSSR Ministrlar Soveti (1946-
yildan) hisoblangan. Davlat hokimiyatining mahalliy organlari – 2,5 yilga
saylanadigan xalq deputatlarining oblast, rayon, shahar, posyolka, qishloq
va ovul sovetlari boʻlgan. Biroq amalda hokimiyat Sovet Ittifoqi
Kommunistik partiyasi (KPSS)ning respublikadagi boʻlimi – Oʻzbekiston
Kompartiyasi Markaziy Qoʻmitasi va markaz gumashtalari qoʻlida boʻlgan.
OʻzKP eʼtiborini sovet hokimiyatini mustahkamlashga, bosmachilik va
mahalliy mulkdorlarga qarshi kurashga, sotsialistik industrlashtirishni
amalga oshirishga, qishloq xoʻjaligini kollektivlashtirishga, madaniy
inqilobni oʻtkazishga qaratgan.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
76
Oʻzbekiston SSR tashkil qilinganidan soʻng respublika davlat
boshqaruvi organlari Ittifoq organlari tartibida va ulardan andoza olingan
holda tuzilgan. Bu ittifoqdosh respublikalarning markazdan turib
boshqarishning eng oson va oddiy, shu bilan birga mustahkam shakli
edi.Shu tariqa o‘lkamiz hududlarida ma’muriy buyruqbozlik tizimi
o‘rnatildi va mustahkamlandi.Ma’muriy buyruqbozlik boshqaruvining
asosiy elementlaridan biri bu kollektivlashtirish siyosati edi.
Kollektivlashtirish SSSRning 1920-yillarning oxiri va 1930-yillarning
boshlarida qishloq xoʻjaligini davlat nazoratiga olish maqsadida amalga
oshirgan siyosiy-iqtisodiy islohoti edi. Bu jarayon dehqonlarni jamoaviy
xoʻjaliklarga (kolxoz va sovxozlarga) majburan birlashtirish va xususiy
mulkchilikni tugatishni oʻz ichiga oldi. Oʻzbekiston SSRda bu siyosat o‘ziga
xos tarzda olib borildi, chunki respublika Sovet Ittifoqining asosiy paxta
yetkazib beruvchilaridan biri edi.Shu sababli ham bujarayonni 2 bosqichda
amalga oshirildi;
1. Tayyorgarlik davri (1927–1929)
Bu bosqichda Sovet hukumati kollektivlashtirish jarayoniga zamin
yaratish uchun dastlabki siyosiy va iqtisodiy choralarni koʻra boshladi.
Qishloq xoʻjaligida kooperativlashtirish targʻiboti 1927–1928-yillarda Sovet
hukumati qishloqlarda “kooperativlashtirish” nomi ostida kichik dehqon
xoʻjaliklarini birlashtirishni targʻib qila boshladi. Dehqonlarga jamoaviy
xoʻjaliklar iqtisodiy jihatdan foydali ekanligi tushuntirilardi. Ayrim
dehqonlar o‘z ixtiyori bilan kollektiv xo‘jaliklarga qo‘shilgan bo‘lsa ham,
aksariyat qishloq aholisi bunday o‘zgarishlarga qarshilik ko‘rsatdi.Sovet
hukumati qishloqda “sinflarga bo‘lish” tamoyilini ilgari surdi. Bu tamoyilga
ko‘ra, dehqonlar uch guruhga ajratildi:
1. Kambag‘allar – hech qanday yeri yo‘q yoki juda oz miqdordagi yerga
ega bo‘lgan dehqonlar.
2. O‘rta hol dehqonlar – o‘z yeriga egalik qiluvchi lekin ishchi
yollamaydigan dehqonlar.
3. Boy dehqonlar – katta yer maydonlariga ega, yollanma ishchi
ishlatadigan yoki savdo-sotiq bilan shug‘ullanadigan dehqonlar.
Stalin boshchiligidagi Sovet hukumati “quloqlar sinf sifatida yo‘q
qilinishi kerak” degan siyosatni boshladi. Bu siyosat natijasida minglab boy
dehqonlar mol-mulkidan mahrum qilindi, qamoqqa olindi yoki surgun
qilindi.
2. Asosiy bosqich (1929–1932)
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
77
1929-yildan boshlab kollektivlashtirish majburlash yo‘li bilan amalga
oshirildi. Dehqonlar o‘z yerlarini davlatga topshirib, kolxozga a’zo bo‘lishga
majburlandi.Ko‘pchilik dehqonlar bu qarorga qarshilik ko‘rsatdi, ammo
mahalliy partiya organlari ularni zo‘ravonlik bilan qo‘shishga harakat
qildilar. Kalxozlashtirish siyosati natijasida o‘lkadagi barcha dehqonlar
yagona tarmoqqa birlshtirildi. Natijada dehqonlarda mahsuldorlik kamayib
ketdi, ya’ni o‘z yerlariidan mahrum bo‘lgan dehqonlar ,ya’ni berib mehnat
qilmay qo‘ydilar.Ular oilasi uchun yerlarida qo‘shimcha mehnat qilar
edi .Buning oqibatida, bozorlarda ortiqcha mahsulotlar paydo bo‘lar edi.
Kollektivlashtirish siyosati natijasida barcha dehqonlar bir xil mehnat qilar
va bir xil maosh olar edi.Bu ma’muriy buyruqbozlik tizimining iqtisodiyotga
qanchalik yomon ta’sir etganligini ko‘rsatadi.
Mamuriy buyruqbozlik tizimi urush yillarida nihoyatda kuchaydi va bu
harbiy buyruqbozlik tizimiga aylantirildi.
Urush boshlanganidan keyin O‘zbekiston SSR ham SSSRning umumiy harbiy
siyosatiga mos ravishda harakat qildi. 1941-yilning yozida O‘zbekiston
Kommunistik partiyasining Markaziy Qo‘mitasi va mahalliy hokimiyat organlari
SSSR Oliy Kengashining Favqulodda Qarorlarini bajarishga majbur bo‘ldi. Ya’ni
harbiy holat e’lon qilinishi,harbiy xizmatga safarbarlik, harbiy ishlab chiqarish
uchun resurslarni safarbar etish, davlat nazoratining kuchaytirilishi kabi
masalalarni o‘z ichiga oldi.
Bu jarayonda O‘zbekiston SSRda fuqaro boshqaruvi harbiy boshqaruv
tizimiga bo‘ysundirilgan holda ishladi.
O‘zbekiston urush yillarida SSSRning orqa front hududiga aylangani sababli
harbiy buyruqbozlik tizimi barcha sohalarga ta’sir o‘tkazdi. Jumladan:
Ishlab chiqarish: Korxonalar, ayniqsa, harbiy sanoat korxonalari harbiy
buyruqlarga asosan ish yuritdi. Ishchilar ham harbiy tartibga solingan mehnat
sharoitida ishlashga majbur bo‘ldi. Masalan, ko‘plab sanoat korxonalari harbiy
texnika ishlab chiqarish yoki front uchun zarur bo‘lgan boshqa mahsulotlarni
tayyorlashga o‘tkazildi.
Qishloq xo‘jaligida ham harbiy buyruqbozlik tizimi o‘rnatildi.
Dehqonchilik
va
chorvachilik,
harbiy
buyruqlar
asosida
tashkil
etildi.Dehqonlar yetishtirgan mahsulotlarning deyarli barchasi urush
maydonlariga jo‘natildi. Hattoki ana shunday mehnat kuchi yetishmaydigan
vaziyatda ham dehqonlarga mahsulot yetishtirish miqdori belgilab
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
78
qo‘yilgan edi. Belgilangan miqdorlar esa nihoyatda yuqori edi. Agarda
belgilangan miqdorlar bajarilmasa Kolxoz va Sabhoz rahbarlari jazolangan.
Harbiy xizmatga safarbarlik ham nihoyatda qattiq nazorat ostida
amalga oshirilgan. Natijada O‘zbekiston SSRdan 1,5 milliondan ortiq kishi
urushga safarbar etildi. Harbiy komissariatlar qat’iy buyruqbozlik tizimi
asosida ishladi, safarbarlik rejasini bajarmagan rahbarlar jazolandi.
Urush davrida O‘zbekistonda SSRda matbuot, radio va boshqa axborot
vositalari to‘liq harbiy senzura nazoratiga o‘tkazildi. NKVD (Ichki ishlar xalq
komissarligi) va boshqa xavfsizlik organlari harbiy buyruqbozlik tizimini
nazorat qilishda muhim rol o‘ynadi. Har qanday norozilik yoki rejaga zid
harakat qattiq jazolandi. Mahalliy boshqaruv idoralari Moskva buyruqlarini
so‘zsiz bajarishga majbur bo‘ldi.Urushdan keyin hokimyatga Xurushchov
kelgandan keyin .U ma’muriy buyruqbozlik tizimini biroz bo‘lsada
yumshatishga harakat qildi. Xurushchovni ma’muriy buyruqbozlik tizimini
yumshatishga qilgan harakatlari ayrim salbiy oqibatlarga ham olib keldi.
Shubhasiz bu O‘zbekiston SSR ga ham ta’sir etdi.
Xususan 1957-yilda Xrushchov Sovnarxozlar (Xalq xo‘jaligi
kengashlari) tizimini joriy qildi. Bu tizim markazdan mustaqilroq iqtisodiy
boshqaruvni nazarda tutgan bo‘lsa-da, amalda qog‘ozdagina bo‘lib qoldi.
Oʻzbekiston SSRda ham sanoat va qishloq xo‘jaligini boshqarish uchun
Sovnarxozlar tashkil etildi, biroq ular markaziy hokimiyatdan mustaqil
bo‘la olmadi. Xrushchov paxta ekiladigan yer maydonlarini kengaytirishni
ham talab qildi.Natijada, Oʻzbekiston SSRda boshlangan “Paxta
kampaniyasi” natijasida aholi qattiq ekspluatatsiya qilindi.Paxta rejasini
bajarish uchun Oʻzbekistonda dehqonlar va talabalardan majburiy mehnat
qilish talabi yanada kuchaydi. Qishloq xo‘jaligida “qo‘shib yuborish” siyosati
natijasida ko‘plab kichik xo‘jaliklar yiriklashtirildi, bu esa qishloq aholisi
orasida norozilikni keltirib chiqardi. Xurushchov respublika rahbarlariga
biroz ko‘proq vakolat berishga harakat qilgan bo‘lsa-da, amalda markaziy
hokimiyat o‘z nazoratini saqlab qoldi. Yuqorida keltirib o‘tilgan
boshqaruvdagi salbiy oqibatlar Xurushchov tomonidan ma’muriy
buyruqbozlik tizimini yumshatishga qilingan harakatlar edi. Lekin bu
urunishlar O‘zbekiston SSR da samarasiz bo‘ldi.
Brejnev davrida esa Xrushchovning ba’zi islohotlari bekor qilinib,
davlat yana qattiq markazlashgan boshqaruv tizimiga qaytdi. Bu davrda
Sovet Ittifoqida “turg‘unlik” davri boshlanib, ma’muriy-buyruqbozlik tizimi
yanada mustahkamlandi. Oʻzbekiston SSR paxta yetishtirish bo‘yicha
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
79
SSSRning asosiy hududiga aylandi. Paxta rejasini ortiqcha bajarish uchun
rasmiylar statistika soxtalashtirishga o‘tishdi.
1970-yillarga kelib, Oʻzbekiston rahbari Sharof Rashidov markaziy
hokimiyat bilan yaxshi munosabat o‘rnatib, Moskva talablarini “qog‘ozda”
bajarishga harakat qildi. 1980-yillarning boshida bu jarayon “Paxta ishi” nomi
bilan katta korrupsiya janjaliga sabab bo‘ldi.
“Paxta ishi” ishi O‘zbekiston SSR da nihoyatda avjiga chiqdi. Natijada bu
“O‘zbek ishiga” aylantirilib yuborildi. O‘zbek ishi, - deb yozadi O‘tkir Hoshimov
30- va 50-yillardagi qatag‘onlarning mantiqiy davomidir. Sovet siyosati har 10-
15-yilda kalla olib turmasa ko‘ngli joyiga tushmagan. To‘g‘ri, o‘sha paytlar
O‘zbekistonda qo‘shib yozishlar, poraxo‘rliklar bo‘lgan. Buni inkor qilmaymiz.
Ammo bunday harakatlar butun sobiq Ittifoqda avj olgan edi. Unday bo‘lsa, nima
uchun markaz ayni O‘zbekistonni tanladi, degan savol tug‘iladi. Buning sababi
oddiy. Biz anchagina loqaydmiz, darrov qovusha qolmaymiz»
1
Ha, juda adolatli
va to‘g‘ri aytilgan gaplar. Aslida «O‘zbek ishi» degani nima o‘zi va qachon paydo
bo‘ldi. Bu «ish» aslida 80-yillarda O‘zbekiston Davlat Xavfsizlik Qo‘mitasi
(DXQ)ning raisi bo‘lib ishlagan Melkumov (millati arman) bilan O‘zbekiston KP
MQning birinchi kotibi Sh.Rashidov o‘rtasidagi o‘zaro kelishmovchiliklardan
boshlangan. O‘sha kezlarda Buxoro viloyati BXSS boshlig‘i Muzaffarov va Buxoro
shahar savdo idorasining direktori Qudratovlarning poraxo‘rligiga taalluqli
ma’lumotlar DXQda bo‘lgan. Bu shaxslar Buxoro viloyati firqa qo‘mitasining
irinchi kotibi A.Karimov himoyasida bo‘lgan va unga «oshirib» turishgan.
A.Karimov esa o‘z navbanda Sh.Rashidov bilan yaqin aloqada bo‘lgan. Shu bois
Melkumov va uning gumashtalari o‘z oldilariga Muzaffarov va Qudratovni fosh
qilish orqali A.Kanmovga chiqish va so‘ngra u orqali Sh.Rashidovni «nishonga»
olishni mo‘ljallab harakat qilganlar. 1983-yilda Buxoroda ilgaridan o‘ylab
rejalashtirilgan va amalga oshirilgan «operatsiya» tufayli Muzaffarov va
Qudratovlar qamoqqa olindilar. Ular xalqqa ma’lum bo‘lgan birinchi o‘zbek
millionerlari bo‘li chiqdi Bu is darho Moskvag oshirildi va markazda ana shu
tariqa «o‘zbek ishi» paydo bo‘ldi.
Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak SSSR davlati yuritgan ma’muriy buyruqbozlik
tizimi umuman o‘zini oqlamadi. Qariyb 70 yil mobaynida hukum surgan SSSR
davlati 80- yillarga kelib ma’muriy buyruqbozlik tizimi yuritish siyosati
natijasida bir qancha muammolarga yuzlanabshladi. Iqtisodiy soha to‘liq ishdan
chiqib ketdi. SSSR o‘zini mablag‘bilan taminlay qoldi buning natijasida SSSR
tarkibidagi respublikalarda ham turli muammolar yuzaga kela boshladi. Xususan
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
80
O‘zbekistonda iqtisodiy va ijtimoiy vaziyat nihoyatda og‘ir ahvolga tushib qoldi.
ma’muriy buyruyqbozlik tizimi to;liq o‘zini oqlamadi va SSSR ning
parchalanishiga olib keldi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Шомансуров С. Ўзбекистон Совет Республикасида маъмурий-
буйруқбозлик тизими ва унинг оқибатлари. – Тошкент: Фан, 2008. – 256 б.
2.
Юлдашев Қ. СССРда маъмурий бошқарув тизими: шаклланиши ва
инқирози // Тарих ва замон, 2016, №1. – Б. 43–49.
3.
Рой Медведев. О сталинизме и бюрократии. – Москва: Прогресс, 1990.
– 320 с.
4.
Хошимов Ў. Дунё шунақаси, болам... – Тошкент: Sharq, 2005. – 240 б.
5.
Хван Ю.В. Хозяйственные реформы в СССР: от НЭПа до Перестройки. –
Москва: Наука, 2004. – 344 с.
6.
Коммунистическая партия Советского Союза в резолюциях и
решениях съездов, конференций и пленумов ЦК. – Москва: Политиздат,
1986. – Т. 1–2.
7.
Ҳамидов А. Ўзбек “исҳи” тарихи ва унинг ижтимоий-сиёсий таъсири
// Миллий тикланиш, 2020, №2. – Б. 88–94.
8.
Urazalievna, A. G., & Fotima, X. (2024). TURKISTON QO’RBOSHILAR
HARAKATI VA ULARNING FAOLIYATI. TA'LIM VA RIVOJLANISH TAHLILI
ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 5-10.
9.
Urazalievna, A. G., & Aziza, P. (2024). FARG’ONA VODIYSIDAGI
ISTIQLOLCHILIK HARAKATLARI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI. IJTIMOIY
FANLARDA INNOVASIYA ONLAYN ILMIY JURNALI, 4(1), 12-15.
10.
Абдулхай, Г. У. (2020). ТУРКИСТОН АССР: ҚАНДАЙ ДАВЛАТ БЎЛИШИ
КЕРАК ЭДИ. ВЗГЛЯД В ПРОШЛОЕ, 3(1).
11.
Маргилоний, М. А. (1999). Тарихи Азизий. Тошкент: Маънавият.
12.
Сангирова, Д. Х. (2000). Тарихи Азизи. важный источник по истории
изучения царского колониального периода: автореф.... канд. ист. наук.
Ташкент, 1-2.
13.
Sangirova, D. (2019). Hajj and the ruling pilgrims. A look at the past, (18),
27.
14.
Хамидова, Х., & Мирзаева, Н. (2022). Xx asr boshlarida mirzachol
vohasidagi agrar oʻzgarishlar (―Туркестанское селъское хозяйство jurnali
asosida). Современные инновационные исследования актуальные
проблемы и развитие тенденции: решения и перспективы, 1(1), 631-634.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
81
15.
Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. К. (2016). К вопросу о религиозном
составе населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).
Проблемы современной науки и образования, (11 (53)), 44-45.
16.
Мирзаева, Н. Д., & Расулова, М. А. On the issue of religious composition of
the population of Russian settlements in the Hungry Steppe (the beginning of XX
century) Mirzaeva N., Rasulova M. 2 К вопросу о религиозном составе
населения русских поселков в Голодной степи (начало XX века).
17.
Mavlyanov, U. N. (2020). Problems of Ontology in the Heritage of Ali Safi.
International Journal of Multicultural and Multireligious Understanding, 7(7),
540-545.
18.
Mavlyanov, U. N. (2021). FAHRUDDIN ALI SAFI'S TEACHING ABOUT
BEING. Bulletin of Gulistan State University, 2021(2), 61-67.
19.
Мавлянов, У. Н. (2020). ПРОБЛЕМЫ ОНТОЛОГИИВ НАСЛЕДИИ АЛИ
САФИ. Вестник Российского философского общества, (1-2), 200-209.
20.
Nematov, R. A. (2024, December). ESTABLISHMENT OF THE
ADMINISTRATION OF THE WESTERN TURKISH EMPIRE IN THE KHORAZM
OASIS. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC CONFERENCE" SCIENTIFIC ADVANCES
AND INNOVATIVE APPROACHES" (Vol. 1, No. 2, pp. 43-49)