CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
153
FASILITATSIYA-PEDAGOGIK FAOLIYATNING SHART-
SHAROITLARI SIFATIDA.
Eshmatova Go‘zaloy Ziyoyidin qizi
Axborot texnologiyalari va menejment universiteti o‘qituvchisi
Umarova Mubina Ziyoyidin qizi
ADPI Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15259084
Annotatsiya.
Pedagog fasilitator sifatida bolalarga ta’lim va tarbiya
berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi. Pedagog ta’lim va
tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama rivojlanishiga va
uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi muhitni yarata
olishi kerak.
Kalit so’zlar
: fasilitatsiya, ta’lim, tarbiya, xulq-atvor, yo’nalish,
rivojlantirish.
O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 16 dekabrdagi “Maktabgacha ta’lim
va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘RQ-595-son Qonunining 36-moddasi maktabgacha
ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilariga bag‘ishlangan
bo‘lib, unga ko‘ra “Maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi ta’lim-tarbiya jarayoni
ishtirokchilari quyidagilardan iborat: maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bola;
bolaning qonuniy vakillari; pedagog xodimlar”. Ushbu qonunda “bolalarni
Vatanga muhabbat, mehnatga, o‘z xalqining milliy, tarixiy, madaniy
qadriyatlariga, shuningdek umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan
munosabatda bo‘lish, atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida
tarbiyalashi; oilada bolaning har tomonlama rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi
uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlashi shart”ligi belgilab qo‘yilgan.
Takomillashtirilgan “Ilk qadam” davlat o‘quv dasturini amalga oshiruvchi
pedagog bolaning shaxsiga hurmat ko‘rsatadi va ta’lim va tarbiya jarayonini
dastur tamoyillariga muvofiq tashkil qiladi. Pedagog fasilitator sifatida bolalarga
ta’lim va tarbiya berishda o‘z bilimi, ko‘nikma va resurslaridan foydalanadi.
Pedagog ta’lim va tarbiya jarayonini rejalashtiradi, bolaning har tomonlama
rivojlanishiga va uning salohiyatini ochishga hissa qo‘shadigan rivojlantiruvchi
muhitni yaratadi. Buning uchun pedagog bolaning rivojlanish xususiyatlarini
biladi, uning his-tuyg‘ularini tushunadi, har bir bolaning ehtiyojlari va
qiziqishlarini aniqlaydi va hisobga oladi.
Fasilitatsiya masalasini pedagogik faoliyatda o‘rganishni 20-asrning 50-
yillarida K.Rodjers boshlagan. Uchrab kelgan asosiy g‘oyalar chet elda ta’lim-
tarbiyani gumanizatsiya qilish asosida ishlatilgan. O‘z asarlarida K.Rodjers MTT
tarbiyachisining shaxsiyati, uning faoliyati, muloqoti va ta’lim-tarbiyani
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
154
fasilitatsiya qilish qobiliyati haqida o‘rgangan. K.Rodjersning ta’lim-tarbiyani
fasilitatsiya qilish haqidagi ta’rifi shunday edi: “Bu jarayon orqali biz
o‘rgatishning o‘zini o‘rganishimiz va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining
rivojlanishiga yordam berishimiz mumkin”.
Zamonaviy dunyoning xususiyatlari, ilmiy bilimlarning o‘zgarish tezligi buni
ta’kidlaydi: ta’lim-tarbiyaning asosiy maqsadi faqat bilimlar va ko‘nikmalarni
o‘zlashtirish bo‘lishi mumkin emas. Bugungi kunda ta’lim-tarbiyaning asosiy
maqsadi o‘rganishni o‘rganishdir. Tez rivojlanayotgan dunyoda, bilimning o‘zi
emas, balki uni qanday olishni bilish muhimdir. K.Rodjersga ko‘ra, XX asrning
o‘rtalaridan oldingi ta’lim-tarbiya berish usullari hozirgi kunda ma’no kasb
etmaydi.
Zamonaviy dunyo tezkor o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: hozirgi kunda
o‘qitilayotgan fizikadan tortib kimyo, genetika, sotsiologiya, pedagogika
psixologiyagacha bo‘lgan fanlar bir necha yil ichida eskiradi . K. Rodjersga ko‘ra,
bunday sharoitlarda faqatgina o‘rganishni o‘rgatish orqali hayotda omon qolish
mumkin. “Yordam beruvchi ta’lim-tarbiya turi (ya’ni, fasilitatsiyalovchi)
o‘zgarmoqda bo‘lgan jarayonda ishtirok etish, yangi javoblarni topish va yuksak
savollarni yechish imkoniyatini beradi”.
Bunday o‘rganish, tarbiyachi mahoratiga, bilimlariga, o‘quv dasturini tuzish
qobiliyatiga asoslanmaydi, aksincha, yordam beruvchi ta’lim-tarbiyaning asosiy
tayanchi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan MTT tarbiyachisi o‘rtasidagi
shaxsiy munosabatlardagi psixologik xususiyatlardir [98]. K.Rodjers aynan
ushbu masalalarga alohida e'tibor bergan.
Ta’lim-tarbiya jarayonini ko‘rib chiqayotganda, K.Rodjers MTT
tarbiyachisining ishini psixoterapevtning ishiga qiyoslaydi. Psixoterapevt
insonni tarbiyalamaydi, balki unga o‘zida mavjud bo‘lgan ijobiy jihatlarni
topishga yordam beradi. K.Rodjersning o‘zi o‘qitishda psixoterapiya usullarining
eng muhim xususiyatlarini aks ettirgan.
K.Rodjersga ko‘ra, MTT tarbiyachisi psixoterapevt kabi, maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisining sifatlarini his qilish, uni to‘liq qabul qilish va uning qanday
inson ekanligini, uning xohishlari va rivojlanish potentsialini tushunishga
harakat qilishi muhim. Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan shartsiz
ijobiy munosabat, uning muvaffaqiyatlari uchun quvonch, uning xavotirlarini
kamaytirishga va shaxsiy rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari, MTT
tarbiyachisi o‘zini haqiqatda bo‘lishi, o‘z his-tuyg‘ularini, maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisiga bo‘lgan munosabatini ifodalashni bilishi kerak .
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
155
Bunday tarbiyachi sinfda har bir maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisining
qabul qilinishini ta’minlaydigan psixologik iqlimni yaratishi mumkin. U sinfning
fikr va his-tuyg‘ularini o‘zaro baham ko‘rishi mumkin, lekin o‘zining his-
tuyg‘ularini, fikrlarini majburan hech kimga o‘rgatmaydi. K. Rodjers
ta’kidlashicha, MTT tarbiyachisi o‘z fikrlarini ochiqchasiga aytishi, ya’ni o‘zi
bo‘lishi kerak .
Bunday
xulq-atvor
yondoshuvlariga,
K.Rodjersga
ko‘ra,
MTT
tarbiyachisining ko‘nikmalari, yangi o‘quv vositalari yoki yangi usullarni joriy
etish bilan bog‘liq emas. Bu MTT tarbiyachisining fikrlash, shaxsiy yondashuvlar
va qadriyatlaridagi o‘zgarishlar orqali amalga oshiriladi, va ularning amalga
oshirilishi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan o‘zaro muloqotda va yangi
o‘qitish metodlarida namoyon bo‘ladi .
K.Rodjers ta’lim-tarbiya jarayonida fasilitatsiya yondashuvlarini ilgari surib,
MTT tarbiyachisining o‘ziga xos pedagogik vositalarini shakllantirishda bu
yondashuvlarning o‘rni haqida gapirgan. Uning fikricha, fasilitatsiya MTT
tarbiyachisiga maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi bilan samarali muloqot
o‘rnatish, ularning individual va jamoaviy o‘rganish jarayonlarini qo‘llab-
quvvatlash imkonini beradi. K. Rodjers tomonidan tahlil qilingan metodik
yondashuvlar orasida quyidagi asosiy usullarni ajratish mumkin:
1.
O‘quv resurslarining qulayligi: MTT tarbiyachisi, maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisiga kitoblar, vizual yordamlar, turli asbob-uskunalar va boshqa
o‘quv resurslarini qulay va psixologik jihatdan foydalanishga oson tarzda taqdim
etish orqali o‘quv jarayonini osonlashtiradi.
2.
O‘zaro aloqalar tashkil qilish: MTT tarbiyachisi va maktabgacha
ta’lim tarbiyalanuvchisi o‘rtasidagi muloqotni o‘rnatish (masalan, ikki
tomonlama savol-javob, guruhli muloqot va o‘quv faoliyati).
3.
Individual
va
guruh
shartnomalari:
Maktabgacha
ta’lim
tarbiyalanuvchisiga o‘qish faoliyati hajmi, sifati va baholashni muhokama qilish
asosida o‘zaro shartnomalar tuzish. Bu shartnomalar maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisini o‘z-o‘zini ta’lim-tarbiya olishga rag‘batlantiradi va psixologik
xavfsizlikni ta’minlaydi, shuningdek, maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisiga
o‘qish uchun mas'uliyatni o‘z zimmasiga olish imkoniyatini beradi.
4.
Turli yoshdagi diadalar: Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisini bir-
biri bilan ishlashga jalb qilish, bunda bir maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi
MTT tarbiyachisining yordamchisi sifatida ishlaydi. Bu usul, maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisida o‘qish motivatsiyasini va o‘zlarining maqsadlariga
erishishdagi ishonchni oshiradi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
156
5.
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisini guruhlarga ajratish:
Maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisini ijobiy gumanistik (erkin) ta’lim-
tarbiyaga qiziqish bildirganlar va an'anaviy (totalitar) ta’lim-tarbiyani afzal
ko‘rganlar guruhlariga ajratish.
6.
Erkin muloqot guruhlarini tashkil qilish: Maktabgacha ta’lim
tarbiyalanuvchisi va MTT tarbiyachisilar o‘rtasida, shuningdek aralash guruhlar
shaklida, psixologik madaniyatni rivojlantirish va o‘zaro ijobiy munosabatlarni
o‘rnatish, ochiqlik, mehribonlik va baholashdan xoli munosabatlarni
shakllantirish.
K. Rodjersning ta’kidlashicha, ushbu metodik yondashuvlar psixologik
xavfsizlik va psixologik erkinlik kabi ikki asosiy shartga tayanadi. Bu shartlar
MTT tarbiyachisi va maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchisi o‘rtasida yaratadigan
ijtimoiy va psixologik muhitni rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi
qonuni/16.12.2019.
2. "ILK QADAM" davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022
yil
3.Qodirova F. va boshqalar. Maktabgacha pedagogika. Darslik. -T.: “Tafakkur”,
2019,685 b.
3.O‘zbekiston Respublikasi maktabgacha ta’lim tashkilotlari uchun "ILK QADAM"
davlat o‘quv dasturi /takomillashtirilgan ikkinchi nashr. 2022 yil
4.N.X.Avliyoqulov, N.N.Musayeva, Pedagogik texnologiya, Toshkent – 2012, 27
bet
5.N.M.O‘rinova, M.O.Uralova, Ta’lim-tarbiya jarayoniga innovatsion yondashuv,
Farg‘ona – 2011.