Авторы

  • M. Tursunova
    Sh. Rashidov nomidagi SamDU professori

DOI:

https://doi.org/10.71337/inlibrary.uz.canrms.85842

Аннотация

Tabiiyki, har qanday fanning o‘qitish metodikasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-vazifasini hal etishda ayrim fanlarga, birinchi, navbatda adabiyotshunoslik, tilshunoslik, pedagogika va psixologiyaga suyanib ish qo‘radi. Maktablarda o‘qitiladigan adabiyot fanining ilmiy-nazariy asosini va mazmunini adabiyot haqidagi fan belgilab beradi. Adabiyotshunoslik fanining asosi esa o‘zbek adabiyoti tarixini davrlashtirishga tayanilgan holda o‘rganiladi. Davrlashtirish esa tarixdan iborat bo‘lib, adabiyot uni badiiylashtirib xalqimizning o‘tmishini ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini ifodalaydi.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

12

ADABIYOT DARSLARIDA TA’LIMIY, TARBIYAVIY MANBALARDAN

FOYDALANISHNING AHAMIYATI

M.Tursunova

Sh. Rashidov nomidagi SamDU professori

https://doi.org/10.5281/zenodo.15356619

Tabiiyki, har qanday fanning o‘qitish metodikasi o‘z oldiga qo‘ygan maqsad-

vazifasini hal etishda ayrim fanlarga, birinchi, navbatda adabiyotshunoslik,
tilshunoslik, pedagogika va psixologiyaga suyanib ish qo‘radi. Maktablarda
o‘qitiladigan adabiyot fanining ilmiy-nazariy asosini va mazmunini adabiyot
haqidagi fan belgilab beradi. Adabiyotshunoslik fanining asosi esa o‘zbek
adabiyoti tarixini davrlashtirishga tayanilgan holda o‘rganiladi. Davrlashtirish
esa tarixdan iborat bo‘lib, adabiyot uni badiiylashtirib xalqimizning o‘tmishini
ijtimoiy-siyosiy, madaniy hayotini ifodalaydi.

Manbalarda keltirilgan ma’lumotlarda qayd etilishicha, adabiyotni

davrlashtirish bilan bir qatorda adabiyot ilmini o‘rganish bilan uzviy bog‘liq
bo‘lgan boshqa fanlarning o‘zaro aloqadorligi mavjud bo‘lib, muhim ta’limiy
ahamiyatga egadir.

Mumtoz adabiyot namunalarini yaratgan ijodkorlar asarlarini qunt bilan

o‘qilganda, ular qaysidir tabaqa vakili iste’dodli shoir yoki yozuvchi, bilimdon
adabiyotshunos, zukko tilshunos, qaysidir san’at turini ixlosmandi, o‘z hayvonot
va nabodot olamidan xabardor ekanligi ko‘zga tashlanadi. Har bir ijodkor o‘zi
yashagan davrning tarixiy, madaniy, milliy qiyofasini aniq belgilab beruvchi
tarixiy qalam sohiblaridir. Ular zamonasining qomusiy ilmlaridan xabardor,
o‘zga millat asarlarini qunt bilan o‘rganish maqsadida til o‘rganish qobiliyatiga
ega shaxslar hisoblanadi.

Birgina, Bobur hayoti va ijodiga e’tibor berar ekanmiz, uning sohib devon

shoir, yirik adabiyot nazariyotchisi, fiqh olimi, badiiy tarjimon, yangi yozuv
kashfiyotchisi, musiqa sirlarining bilimdoni, mohir sarkarda sifatida harbiy
san’at sirlaridan xabardor, shoirga jahoniy shuhrat keltirgan “Boburnoma”dek
etuk badiiy asar muallifi sifatida ko‘z oldimizda namoyon bo‘ladi.

Birinchidan, muallif birgina “Boburnoma” asarida eng avvalo o‘z davri

taqazosiga ko‘ra hukmron bo‘lgan shariat qonunlariga murojaat qiladi. Asar tom
ma’noda tarixiy asar bo‘lib, unda 15 asrning oxiri 16 asrning birinchi yarmigacha
Xuroson, Movarounnahr, Hindistonda kechgan muhim tarixiy voqealar o‘z aksini
topgan.

Ikkinchi tomondan, “Boburnoma” adabiyotshunoslikka oid asar

hisoblanadi. Unda elikka yaqin shoirlar nomi tilga olinib, ularning asarlari tahlil
qilingan va baho berilgan.


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

13

Uchinchidan, tilshunoslikka oid qimmatli ma’lumotlar ham ko‘zga

tashlanadi. Muallif til ilmining etimologiyasi, fonetik xususiyatlarini
kuzatganligiga guvoh bo‘lamiz. SHuningdek, asarda san’atshunoslik, nabodot,
hayvonot olamiga oid ilmlarni ko‘rishimiz mumkin. Bobur bu asari orqali
o‘zining astranomiya, tabobat, xalq og‘zaki ijodi namunalaridan, matematika,
shahar qurilishi, tush ta’birigacha o‘nlab ilmlardan xabardor ekanligi namoyon
bo‘ladi. Bu hol muallifning ajoyib fazilatlarini, ko‘p qirrali faoliyatini
o‘quvchilarga etkazishda o‘qituvchi adabiyot fanining bir necha fanlar bilan
o‘zaro aloqador ekanligini inobatga olmog‘i lozim.

YUqorida keltirilgan ma’lumotlar birgina Bobur ijodiga tegishli bo‘libgina

qolmay balki, boshqa asarlarida ham qahramon va obrazlar, unda tasvirlangan
voqea-hodisalar mohiyatini chuqurroq izohlash uchun yuqorida tilga olingan
ilmlardan foydalangan va asar mohiyati shu aloqalarni taqazo etgan.

Ayrim mavzularda yozuvchilar o‘z asarlarida tabiat manzaralarini so‘zlar

vositasida ifodalaydi. Haqiqiy, tabiat hodisalari bilan yozuvchining ifodasini
qiyoslashda geografiya fani masalaga oydinlik kiritishda yordam beradi.

Ma’lumki, mumtoz adabiyot namunalari xususan, g‘azal janri bevosita aruz

vazni bilan bevosita bog‘liqdir. Aruz esa ohang, musiqa bilan hamnafasdir.
Adabiyot o‘qituvchisi ma’lum bir asarga bastalangan kuy yoki qo‘shiq haqida
so‘z yuritganda adabiyotning musiqa bilan uzviy bog‘liq ekanligini va bu haqda
o‘quvchilarga so‘zlab berishi lozim. Umumta’lim maktablarining o‘quv dasturida
tarixiy-me’muar asarlar ham o‘rganiladi. Boburning “Boburnoma” asari shular
jumlasidandir. Muallif bu asarda davrning ijtimoiy-siyosiy, tarixiy, madaniy va
boshqa masalalar ta’rifiga to‘xtalar ekan, u bo‘lgan joylardagi hayvonot olami,
o‘simliklar, tabiatning rang-barang ko‘rinishlarini mahorat bilan tasvirlaydi.
Tabiiyki. Bu tasvirlar botanika va zoologiya fanida chuqur o‘rganiladi. Demak.
adabiyot fani qaysidir ma’noda tabiiy fanlar bilan ham bog‘liqdir.

Aslida filologik ilmlar doirasi keng bo‘lib, yuqorida nomlari zikr etilgan

ilmlar qatoriga ya’ni ilmi ahloq (etika), ilmi kalom, ilmi muammo (lug‘z, chiston),
ilmi tafsir, ilmi qiyofa kabi sohalarga doir fanlarni ham qo‘shish mumkin.
YUqorida tilga olingan ilmlarning biri ikkinchisi bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, inson
ruhiyatini o‘rganishda muhim vosita hisoblangan. Ayniqsa, bu o‘rinda ilmi nafs
(psixologiya), ilmi qiyofa (kishining shaklu shamoiliga qarab, uning qanday
odam ekanligini aniqlash) fanlari shakllana borgan. Ba’zi manbalarda bu ilm
“Sirli ilmlar” sifatida tilga olinadi ya’ni, “Farosat maydonida farosat bilan hukm
qilish kitobi” deb ham yuritilgan. Unda kishining gavda tuzilishi va qiyofasiga
qarab uning fe’l atvorini aniqlash usullari bayon qilingan. Insonning tashqi


background image

CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN

MODERN SCIENCES

International scientific-online conference

14

ko‘rinishini tashkil etadigan a’zolar “alomatlar” deb atalgan. Bu alomatlar
insonning ichki tuyg‘ularida kechadigan yaxshi va yomon holatlar va hislatlarga
qarab, uning fe’l-atvori bashorat qilingan. Bu fan ham insoniyat tarixining bir
tilsimi bo‘lib, iste’dodli shoirlaro‘z asarlarida bu ilmdan ham foydalanganlar.

Ayniqsa. o‘zbek adabiyoti tarixiga oid mavzularni o‘tishda, o‘qituvchi tarix

faniga murojaat qilar ekan, o‘quvchiga notanish bo‘lgan tarixiy so‘z va
atamalarning sharhini izohlaydi. SHuningdek. Tarixiy voqealar asarda
ifodalangan o‘rinlarda madaniyat tarixi, xalq tarixiga oid ma’lumotlarni
yoritishda tarixiy manbalariga, darsliklarga murojaat qiladi.

Adabiyotlar:

1.

Tohirov S. Aruz vazni qoidalari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. SamDU

2019.-147 b.
2.

Tursunova M. Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari. T.: “Mumtoz

so‘z” 2017.100 b.
3.

Tojiyeva X. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini sharqona usullar

asosida o‘rganish. Monografiya. 2024.- 125.b.

Библиографические ссылки

Tohirov S. Aruz vazni qoidalari. O‘quv qo‘llanma. Samarqand. SamDU 2019.-147 b.

Tursunova M. Madrasalar ta’limida adabiyot o‘qitish usullari. T.: “Mumtoz so‘z” 2017.100 b.

Tojiyeva X. O‘zbek mumtoz adabiyoti namunalarini sharqona usullar asosida o‘rganish. Monografiya. 2024.- 125.b.