Ushbu ilmiy tezisda bankrotlik xavfi ostida turgan tashkilotlarda inqirozga qarshi moliyaviy boshqaruvning samarali yoʻllari yoritiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi bankrotlik xavfini aniqlash va uni kamaytirish uchun samarali boshqaruv strategiyalarini ishlab chiqishdan iborat. Moliyaviy tahlil, qarzlarni restrukturizatsiya qilish, likvidlikni oshirish va korporativ boshqaruvni takomillashtirish kabi chora-tadbirlar batafsil tahlil qilinadi. Shuningdek, tashkilotlarning barqarorligini ta’minlash uchun inqirozga qarshi rejalashtirish va strategik boshqaruv yondashuvlari ko‘rib chiqiladi. Tadqiqot natijalari moliyaviy qiyinchilikka duch kelgan tashkilotlarga moliyaviy barqarorlikni qayta tiklash va inqirozdan chiqish imkoniyatini beradi.