CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
125
KIBERXAVFSIZLIK MUAMMOLARI VA ULARNING YECHIMLAR.
Zaynobiddinova Gulbahor Bahtiyorovna
Ilmiyrahbar:
Andijon davlat chet tillari instituti .Xorijiytilvaadabiyoti,
Abduraxmonova Sevinch
Ingliztili va adabiyoti yo’nalishi talabasi.
https://doi.org/10.5281/zenodo.15426051
Annotatsiya.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari inson hayotining
deyarli barcha jabhalariga kirib kelgan va uning ajralmas qismiga
aylangan.Raqamli texnologiyalar hayotimizga chuqur kirib kelar ekan, insonlar
uchun turli qulayliklar yaratilmoqda. Elektron to‘lovlar, onlayn ta’lim, masofaviy
ish, internet bank xizmatlari — bularning barchasi zamonaviy inson
faoliyatining ajralmas qismiga aylangan.Internet tarmoqlarining keng
tarqalishi, raqamli xizmatlarning rivojlanishi va ulardan foydalanish hajmining
ortib bormoqda ammo bu qulayliklar bilan bir qatorda, kiberxavfsizlik deb
ataluvchi jiddiy muammolar ham yuzaga kelmoqda. Kiberxavfsizlik — bu
axborot tizimlari, kompyuter tarmoqlari va foydalanuvchi ma’lumotlarini
ruxsatsiz kirish, o‘g‘rilik, zararli dasturlar va boshqa tahdidlardan himoya qilish
tizimidir. Bugungi kunda bu sohaga e’tibor qaratmaslik katta xavflarga olib
kelishi mumkin.
Kalit soʻzlar:
Kiberxavfsizlik,axborot xavfsizligi, kiber jinoyatlar, Phishing
nima, Ransomware virus, DDoS hujumi, onlayn firibgarlik, parol himoyasi, ikki
bosqichli autentifikatsiya.
Annotation.
Cybersecurity and Its Solutions
Nowadays, information technology has entered almost every sphere of
human life and has become an integral part of it. As digital technologies become
more deeply integrated into our lives, various conveniences are being created
for people. Electronic payments, online education, remote work, and Internet
banking have all become essential aspects of modern human activity. With the
widespread expansion of internet networks, the development of digital services,
and the increasing scale of their usage, serious problems known as cybersecurity
have also started to emerge alongside these conveniences. Cybersecurity is a
system that protects information systems, computer networks, and user data
from unauthorized access, theft, malicious software, and other threats.
Neglecting this field today can lead to significant risks.
Keywords:
Cybersecurity, information security, cybercrimes, what is
phishing, ransomware virus, DDoS attack, online fraud, password protection,
two-factor authentication.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
126
Aннотация.
В наше время информационные технологии проникли
практически во все сферы жизни человека и стали её неотъемлемой
частью. По мере того как цифровые технологии глубже внедряются в нашу
жизнь, для людей создаются различные удобства. Электронные платежи,
онлайн-образование, дистанционная работа, интернет-банкинг — всё это
стало неотъемлемой частью деятельности современного человека. С
ростом распространения интернет-сетей, развитием цифровых услуг и
увеличением объёмов их использования, наряду с этими удобствами,
возникают и серьёзные проблемы, называемые кибербезопасностью.
Кибербезопасность — это система защиты информационных систем,
компьютерных
сетей
и
пользовательских
данных
от
несанкционированного доступа, кражи, вредоносных программ и других
угроз. На сегодняшний день игнорирование этой сферы может привести к
серьёзным последствиям.
Ключевые слова:
Кибербезопасность, информационная безопасность,
киберпреступления, что такое фишинг, вирус-вымогатель (Ransomware),
DDoS-атака, онлайн-мошенничество, защита паролей, двухфакторная
аутентификация.
Hozirgi kunga kelib kiber jinoyatlarning bir qancha turlari mavjud bulardan
eng keg tarqalganlaridan biri phishing.Phishingda-internet orqali amalga
oshiriladigan firibgarlik usuli boʻlib asosan aldov yo‘li bilan foydalanuvchilardan
maxfiy ma’lumotlarni olishdir. Odatda bunday hujumlar elektron pochta yoki
yolg‘on veb-saytlar orqali amalga oshiriladi. Foydalanuvchi ishonib, parol yoki
karta ma’lumotlarini kiritadi va natijada firibgarlar ularni egallab olishadi.Bu esa
shaxsiy ma’lumotlar orqali moddiy jinoyatlarni amalga oshirishni yuzaga
keltiradi.
Bundan tashqari, ransomware nomli kiber jinoyat turi ham
mavjud.Ransomware — bu “garovga oluvchi virus”. U kompyuteringizdagi
hujjatlar, suratlar, videolar yoki boshqa muhim fayllarni qulflab, sizdan ularni
ochish uchun pul to‘lashingizni talab qiladi ya’ni tizimni bloklab qo‘yuvchi va
foydalanuvchidan "to‘lov" talab qiluvchi zararli dasturlar. Ushbu dasturlar orqali
foydalanuvchi ma’lumotlari yo‘qolishi yoki shifrlanib, unga kirish imkonsiz
bo‘lib qolishi mumkin.Ransomwaredan qanday himoyalansa boʻladi? Asosan
zaxira nusxalarni muntazam yaratish, muhim fayllarni tashqi disk yoki bulutga
nusxalash, antivirus va himoya dasturlaridan foydalanish, noma’lum havolalarni
bosmaslik va shubhali ilovalarni yuklab olmaslik, tizim va dasturlarni doim
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
127
yangilab turish, elektron pochta orqali kelgan fayllarni ehtiyotkorlik bilan ochish
darkor.
Yana bir kiber jinoyat-DDoS bu server veb-sayt yoki onlayn xizmatni juda
koʻp soʻrovlar bilan toʻldirib uni ishdan chiqaradi yoki oddiy foydalanuvchilarga
xizmat koʻrsatishni toʻxtatish uchun amalga oshiriladigan jinoyat ya’ni bir joyga
bir vaqtning oʻzida yuz minglab odam kirganday boʻlib, tizimni qulatish.Minglab
soʻrovlar yuborilishi natijasida tarmoq sekin ishlaydi, javob bermaydi, butunlay
ishdan chiqadi.DDoS hujumining asosiy maqsadi: kompaniyani moliyaviy
zararga uchratish, shantaj qilish yoki toʻlov talab qilish muammolarini keltirib
chiqaradi.Bu asosan jismoniy shaxslarning kiber jinoyatlar haqida toʻliq
maʼlumotga ega emasliklari, eʼtiborsizlik va ijtimoiy tarmoqlardagi koʻp
reklamalarga ishonib qolishlari natijasida yuzaga keladi.
Bugungi kunda insonlar shu kabi kiber jinoyatlarga uchramasliklari uchun
nimalarga e’tibor berishi kerak.Eng avvalo, foydalanuvchilar kuchli va murakkab
himoya kodlaridan foydalanishi lozim. Har bir platforma uchun alohida parol
tanlash va uni har oyda yangilab turish tavsiya etiladi.Shuningdek, ikki bosqichli
autentifikatsiya funksiyasini yoqish foydalanuvchi akkauntini qo‘shimcha
darajada himoya qiladi, chunki ikkinchi bosqichda telefon raqam yoki maxfiy
kod talab qilinadi.Bundan tashqari antivirus dasturlarini oʻrnatish, operatsion
tizim va dasturlarni yangilab turish, muammoli havolalari bosmaslik,
ma'lumotlarni bulutli xotiradan yoki tashqi qurulmalardan zaxiralab
saqlash ham juda muhim himoya choralaridandir.Bundan tashqari,
kiberxavfsizlik madaniyatini shakllantirish – maktablar, universitetlar va ish
joylarida foydalanuvchilarga axborot xavfsizligi boʻyicha taʼlim berish juda
muhim sanaladi.
Bugungi raqamli davrda axborot texnologiyalari hayotimizning ajralmas
qismiga aylangan bo‘lsa-da, ular bilan birga turli kiber tahdidlar ham ortib
bormoqda.
Phishing,
ransomware,
DDoS
kabi
kiber
jinoyatlar
foydalanuvchilarning shaxsiy ma’lumotlari, moliyaviy resurslari va ishonchini
xavf ostiga qo‘yadi. Kiberxavfsizlikni ta'minlash esa har bir foydalanuvchining
mas'uliyatiga bog‘liq. Kuchli parollardan foydalanish, ikki bosqichli
autentifikatsiya, antivirus dasturlarini o‘rnatish va muntazam yangilanishlar —
bu oddiy ko‘rinsa-da, juda muhim choralar hisoblanadi. Shu bilan birga, axborot
xavfsizligi madaniyatini shakllantirish, aholiga ta’lim berish va ogohlikni
oshirish kiber jinoyatlar bilan kurashda eng samarali yo‘llardan biridir. Demak,
raqamli dunyoda xavfsiz va ishonchli yashash har birimizning ongli
harakatlarimiz bilan ta'minlanadi.
CURRENT APPROACHES AND NEW RESEARCH IN
MODERN SCIENCES
International scientific-online conference
128
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:
1. Karimov Sh. A. — Axborot xavfsizligi va kiberxavfsizlik asoslari. Toshkent:
Innovatsiya nashriyoti, 2022.
2. Xolmatov B. R. — Axborot texnologiyalarida xavfsizlik asoslari. Toshkent: Fan,
2021.
3. Nazarov A. A. — Kompyuter xavfsizligi asoslari. Toshkent: Iqtisod-Moliya,
2020.
4. Solodovnikova A. A. — Kiberxavfsizlik: nazariya va amaliyot. Moskva: BINOM,
2019.
5. Andress J. — Foundations of Information Security. Boston: Syngress
Publishing, 2020.
6. Stallings W. — Network Security Essentials: Applications and Standards. 6th
ed., Pearson Education, 2018.