ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
49
УДК: 616.72-002.77-039-092
Ахмедов Ибрат Амриллаевич
ассистент кафедры внутренние болезни №1
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан.
Абдушукурова Комила Рустамовна
ассистент кафедры внутренние болезни №1
Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан.
ПРИМЕНЕНИЕ АСПИРИНА У БОЛЬНЫХ РЕВМАТОИДНЫМ АРТРИТОМ В СОЧЕТАНИИ С ИШЕМИЧЕСКОЙ
БОЛЕЗНЬЮ СЕРДЦА
For citation:
Ahmedov I.A., Abdushukurova K.R.
- Efficiency of aspirin in patients with rheumatoid arthritis and coronary heart disease.
Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol.3, issue 1, pp.49-51
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-9
АННОТАЦИЯ
Цель: изучить коагуляцию и внутривенний тромбоцитарный гемостаз при применении аспирина у пациентов ревматоидным
артритом (РА) в сочетании с ишемической болезнью сердца (ИБС).
В нашем исследовании было обследовано 82 пациента (68 женщин и 14 мужчин), которые лечились от РА в сочетании ИБС.
Исследования показывают, что снижение фибриногена и фибринолитической активности плазмы связано с развитием атеросклероза
и повышенным риском развития сердечного приступа и инсульта. Наши исследования также выявили аналогичные изменения в
свертывании крови, несмотря на прием нестероидных противовопалительных средств (НПВС) и аспирина. В нашем исследовании
устойчивость к НПВС, в частности к мелоксикаму составляло 8,5%, к нимесулиду 7,3% и к диклофенаку 6%. Пациентам, у которых
не наблюдалось антиагрегантное действие аспирина при сочетании РА с ИБС, назначался другой антиагрегантный препарат.
Ключевые слова:
ревматоидный артрит, ишемическая болезнь сердца, инфаркт миокарда.
Akhmedov Ibrat Amrillaevich
Assistant of the Department of Internal Medicine No. 1,
Samarkand State Medical Institute Samarkand, Uzbekistan.
Abdushukurova Komila Rustamovna
Assistant of the Department of Internal Medicine №1
Samarkand State Medical Institute
Samarkand, Uzbekistan.
EFFICIENCY OF ASPIRIN IN PATIENTS WITH RHEUMATOID ARTHRITIS AND CORONARY HEART DISEASE
АNNOTATION
Objective: To study coagulation and intravenous platelet hemostasis when using aspirin in patients with rheumatoid arthritis (RA) in
combination with coronary heart disease (CHD).
In our study, 82 patients (68 women and 14 men) were examined who were treated with RA in CHD. Studies show that decreased fibrinogen
and plasma fibrinolytic activity are associated with the development of atherosclerosis and an increased risk of heart attack and stroke. Our
studies also reported similar changes in blood clotting despite the use of non-steroidal anti-inflammatory drugs (NSAID) and aspirin. In our
study, resistance to NSAID, in particular to meloxicam, was 8.5%, to nimesulide 7.3% and to diclofenac 6%. Patients who did not show the
antiplatelet effect of aspirin in combination with RA with coronary artery disease were prescribed another antiplatelet drug.
Keywords:
rheumatoid arthritis, ischemic heart disease, myocardial infarction.
Axmedov Ibrat Amrillaevich
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi assistenti
Samarqand, O‘zbekiston.
Abdushukurova Komila Rustamovna
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi assistenti
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
50
Samarqand, O‘zbekiston.
REVMATOID ARTRIT VA YURAK ISHEMIK KASALLIGI BO‘LGAN BEMORLARDA ASPIRIN QO‘LLANILISHI
ANNOTATSIYA
Ishning maksadi:
Revmatoid artrit (RA) kasalligini yurak ishemik kasalligi (YUIK) bilan birgalikda kechgan bemorlarga aspirin
qo‘llanilganda koagulyasiya va tomir ichi trombotsitlarga bog‘liq gemostazni o‘rganish.
Bizning tadqiqotimizda revmatoid artrit bilan yurak ishemik kasalligi birga qo‘shilib kelgan holati bilan davolangan 82 bemor (68 ayol va 14
erkak) tekshirildi.
Tadqiqot ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, fibrinogen, VO va plazmadagi fibrinolitik faollikning pasayishi aterosklerozning rivojlanishi va
yurak xurujlari hamda insult xavfining oshishi bilan bog‘liq. Bizning tekshiruvlarda ham nosteroid yallig’lanishga qarshi dori vositalari
(NYAQD) vositalari va aspirin qabul qilishiga qaramasdan koagulyasiyadagi bunday o‘zgarishlar qayd etildi. Bizning ishimizda NYAQD
vositalarining aspirinorezistentlik holati meloksikam bilan 8,5%, nimesulid bilan 7,3%, diklofenak bilan 6% ko‘rsatadi. RA bilan YuIK
qo‘shilib kelganda aspirinning antitrombotsit ta’siri yetarli bo‘lmagan bemorlarga, boshqa antiagregant preparati buyurildi.
Kalit so‘zlari:
revmatoid artrit, yurak ishemik kasalligi, miokard infarkti.
Dolzarbligi.
Revmatoid artrit (RA) — hozirgi kunda yurak
qon-tomir tizimi asoratlari rivojlanishida yuqori xavf guruhlaridan
biri bo‘lib, miokard infarkti (MI), insult va to‘satdan koranar o‘lim
rivojlanishiga olib keladi [1,2]. Revmatoid artritning yuqori ijtimoiy
ahamiyati mehnatga layoqatli yoshda zararlanishi, kasallikning
rivojlanishi, erta nogironlik va umr ko‘rish davomiyligini pasayishi
bilan belgilanadi (Nasonov L.E., va b., 2008). O’zbekistonda har yili
32 ming yangi RA kasalligi qayd etiladi. RA bilan kasallangan
bemorlarning umr ko‘rish davomiyligi aholining umr ko‘rish
davomiyligidan 10-15 yil past va besh yillik omon qolish darajasi
yurak ishemik kasalligi (YuIK) koronar arteriya shikastlanishi bilan
taqqoslanadi (Nasonov L.E., va b., 2003).
RA kasalligi bilan kasallanganlarda tizimli yallig‘lanish
jarayonini kechishi bilan, musbat revmatoid omil va siklik
sitrullangan peptidiga antitanachalarning(SSPA) ko‘p sintez bo‘lishi
yurak qon-tomir tizimi asoratlari rivojlanishi xavfini yanada oshiradi.
RA bilan kasallangan bemorlarda yallig‘lanish faolligi
oshishi bilan birgalikda, ko‘p sonli koronar arteriyalarning
zararlanishi, o‘tkir koronar sindromning rivojlanishi, MI simptomsiz
kechishi kabi yurak qon-tomir tizimi asoratlari o‘lim xavfi
ko‘rsatkichini oshiradi [3,4]. RA bilan YuIK qo‘shilgan bemorlarda
yurak qon-tomir tizimi asoratlari oldini olishda aspirinni tavfsiya
qilish muhim davolash usullaridan biri hisoblanadi. Boshqa
tomondan,
RA
yuqori faollikdagi
yallig‘lanish
jarayonini
bemorlarning doimiy ko‘p miqdorada nosteroid yallig’lanishga
qarshi dori (NYAQD) vositalarini qabul qilishga majbur bo‘lishadi.
Ateroskleroz rivojlangan yurak ishemik kasalligida bemorlarda
trombotsitik va koagulyasion gemostaz batafsil o‘rganilgan [5]. RA
bo‘lgan bemorlarda ateroskleroz va YuIK qo‘shilib kelganda
gemostaz holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar, shuningdek davolashda
NYAQD dori vositalari va aspirinni bir vaqtda qo’llanilishidagi
gemostaz holatini baholash kam o‘rganilgan.
Ishning maksadi:
RA kasalligini YuIK bilan birgalikda
kechgan bemorlarga aspirin qo‘llanilganda koagulyasiya va tomir
ichi trombotsitlarga bog‘liq gemostazni o‘rganish.
Tekshirish materiallari va usullari
: tadqiqotda qo‘yilgan
maqsad va vazifalarni amalga oshirish uchun SamMI 1– klinikasining
revmatologiya bo‘limida Amerika Revmatologlar assotsiatsiyasi
hamda Evropa revmatizmga qarshi kurashish ligasi (ACR / EULAR)
revmatoid artrit tasnif me’zonlariga muvofiq qo‘yilgan tashxis
asosida, bo‘limda RA bilan YuIK birga qo‘shilib kelgan holati bilan
davolangan 82 bemor (68 ayol va 14 erkak) tekshirildi. Bemorlar
haqidagi ma’lumot 1-jadvalda keltirilgan.
Bemorlarning o‘rtacha yoshi 61,0 (55,0; 69,0) yil, RA
o‘rtacha davomiyligi 9,3 (4,0; 30,0) yil. Seropozitiv RO -79,0
(96,3%) va ATSSP -76,0 (92,7%) da aniqlandi, bu esa adabiyotlarda
keltirilgan ma’lumotarga mos keladi.
1-jadval
Bemorlar haqida umumiy ma’lumotlar
Belgilar
N
(%)
O‘rtacha yoshi
61.0 (55.0; 69.0)±12,2
Kasallikning o‘rtacha davomiyligi
9.3 (4.0; 30.0) ±1,86
Jinsi
Erkak
14±2,8
17,0 %
Ayol
68±13,6
83,0%
Faolligi
I daraja
3±0,6
3,6%
II daraja
43±8,6
52,5%
III daraja
36±7,2
43,9%
R-bosqichi
I bosqich
4±0,8
4,9%
II bosqich
42±8,4
51,2%
III bosqich
30±6,0
36,6%
IV bosqich
6±1,2
7,3%
DAS-28
5.78±1,15 (5.14; 6.61)
RO
Musbat
79±15,8
96,3%
Manfiy
3±0,6
3,7%
ATSSP
Musbat
76±15,2
92,6%
Manfiy
6±1,2
7,4%
Kasallanganlarning 39 nafarida (47,6%) da bo‘g‘idan
tashqari shikastlanish holatari ham aniqlandi. Bemorlarning asosiy
qismini RA faolligi yuqori bo‘lgan bemorlardan iborat bo‘lib, DAS-
28 ko‘rsatkichining o‘rtacha qiymati 5,78 (5,14; 6,61)ni tashkil etdi.
Barcha bemorlarga O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni
saqlash vazirligi standarti asosida bazis davo: 24 - metotreksat, 45 -
leflunomid, 1- azatiopirin, 1- xlorbutin, 2 - siklofosfamid, 8-
metotreksat va leflunomid, 1-rituksimab va metotreksat; NYAQD
vositalaridan diklofenak 39,0 (47,6%), nimesulid 30,0 (36,6%), 13,0
(15,8%) – meloksikam; Gormonal dori vositalaridan 72,0 (87,8%)
bemor prednizolon qabul qilishgan, hamda kunlik o‘rtacha dozasi 8,6
(5-20) mgni tashkil etgan.
Bemorlarning barchasida yurak qon-tomir kasalliklari bo‘lib,
shundan 12 nafarida ilk bor yurak qon-tomir kasalliklari aniqlandi.
Barcha bemorlarga davolash standartlariga muvofiq yurak qon-tomir
kasalliklari uchun qo‘shimcha dori vositalari tavsiya etildi. Faqat
bemorlarning 26 nafarida kasalxonagacha bo‘lgan davrda ham
antiagregantlar qabul qilganliklari aniqlandi.
Qabul qilingan kunining 2-kunidan boshlab barcha
bemorlarda koagulyasiya va gemostaz tekshirildi. Antiagregantlar
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
51
qabul qilmagan bemorlarda giperagregatsiya aniqlandi va ularga 100
mg dozada aspirin buyurildi. Aspirinli terapiyaning 7-8 kunlarida
bemorlar qayta tekshirildi. Yurak ishemik kasalligini aniqlash uchun
EKG tekshiruvlari “SIEMENS–ELEMA” (Shvetsiya) tomonidan
ishlab chiqarilgan MINGO-GRAF-420 elektrokardiografiyasi, Xolter
EKG monitoringi «INCARD» (Sankt-Peterburg) apparati yordamida
amalga oshirildi.
Tromboplastin vaqti qismining faolligi (TVQF), PTI,
fibrinogen, eruvchan fibrin-monomerik komplekslar (EFMK),
protrombin nisbati (PTN) gemostaz ko‘rsatkichlari Sysmex SA-50
(Yaponiya) analizatorida aniqlandi. Trombotsitlar agregatsiyasini,
villebrand omilining qon plazmasidagi darajasini o‘rganish "ALAT"
- "Biola" LA230–2 modelida trombotsitlar agregatsiyasining lazer
analizatoridayorug‘lik
o‘tkazuvchanligining
o‘zgarishi
usuli
yordamida o‘tkazildi. Olingan natijalar umumiy kattalik egri
chiziqlari bo‘yicha baholandi.
Olingan natijalar:
Koagulyatsion gemostazni o‘rganish.
Gemostazning koagulyasion bosqichidagi o‘zgarishlar 54
(65,8%) bemorda, 48 (58,5%) giperkoagulyasiya belgilari kuzatildi:
yuqori va nisbatan yuqori trombinemiya - 49, giperfibrinogenemiya -
20, ichki koagulyasiya mexanizmi bilan giperkoagulyasiya - 10
bemorda, 3 ta bemorda giperfibrinogenemiya bilan birga kechgan
trombinemi aniqlandi.
Erkaklar va ayollardagi koagulyasiya ko‘rsatkichlari sezilarli
darajada farq qilmadi. Olingan natijalardagi fibrinogen, fibrinoliz va
VO statistik jihatdan sog‘lom odamlarga nisbatan solishtirildi.
Aspirinli (26 kishi) va aspirinsiz (56 kishi) guruhlarda
koagulyasion gemostaz ko‘rsatkichlarini taqqoslaganda statistik
jihatdan ahamiyatli farqlar topilmadi. Shuningdek koagulyasiya
indekslariga olingan NYAQD vositalari turi ta’sir qilmadi.
Agregatsiya gemostazini o‘rganish.
Aspirin qabul qilmagan RA bilan YUIK bo‘lgan bemorlarda
agregatsiya
gemostazining
ko‘rsatkichlari
bemorlar
jinsiga
bog‘lanmadi. Nazorat guruhiga nisbatan tadqiqot guruhida
adenozindifosfat (ADF) bilan indutsirlangan trombotsitlarning
spontan agregatsiyasi sezilarli darajada ortishi aniqlandi.
Kasalxonaga yotqizilishidan oldin aspirin iste’mol qilgan
bemorlarda (n=26), trombotsitlar agregatsiyasi darajasi aspirinsiz
guruhga nisbatan ancha past edi. Aspirin iste’mol qilmagan 56
bemorga kuniga 100 mg aspirin buyurilgandan 7-8 kun o‘tgach tahlil
natijalari sezilarli darajada pasayganligini ko‘rsatdi. Aspirinni
NYAQD vositalari bilan birga qo‘llash samaradorligini tahlil
qilganimizda, meloksikam trombotsitlar agregatsiyasini 70,0 dan
19,0% gacha, nimesulid 67,0 dan 28,5% gacha, diklofenak 64,0 dan
19,5% gacha pasayishiga olib keldi.
Umuman olganda, 18 nafar (21,9%) bemorda: 7 nafari
(meloksikam bilan 8,5%), 6 nafari (nimesulid bilan 7,3%), 5 nafar
(diklofenak bilan 6%) bemorda aspirin yetarlicha ta’sir ko‘rsatmadi.
Natijalar muhokamasi:
Ishimizda RA bilan YUIK qo‘shilib kelganda NYAQD
vositalarini bemorlarda koagulyasiya va trombotsitlar gemostazining
ko‘rsatkichlarini
tahlil
qildik.
Bemorlarning
60,5%
giperkoagulyasiya qayd etilgan: fibrinogen, EFMK, VO darajasi va
fibrinolizning
XII
omili
natijalari
boshqa
tadqiqotchilar
ma’lumotlariga
mos
keladi.
Tadqiqot
ma’lumotlari
shuni
ko‘rsatadiki, fibrinogen, VO va plazmadagi fibrinolitik faollikning
pasayishi aterosklerozning rivojlanishi va yurak xurujlari hamda
insult xavfining oshishi bilan bog‘liq. Bizning tekshiruvlarda ham
NYAQD vositalari va aspirin qabul qilishiga qaramasdan
koagulyasiyadagi bunday o‘zgarishlar qayd etildi. Fibrinogen va VO
trombotsitlarni to‘planib bir-biriga yopishishida asosiy rol o‘ynaydi.
Trombin, fibrin va trombotsitlarning o‘sish omili turli xil
mexanizmlar orqali silliq mushak hujayralarining migratsiyasi va
ko‘payishini rag‘batlantiradi, shuning uchun gemostaz tizimining
tarkibiy qismlari nafaqat tromb hosil bo‘lishida ishtirok etadi, balki
aterosklerotik pilakchalar hosil bo‘lish jarayonida ham muhim rol
o‘ynashi mumkin.
Trombotsitlarni faollashishi RA kasallarida ateroskleroz va
aterotrombozning erta rivojlanishi sabablaridan biridir [6].
RA bilan YuIK bo‘lgan bemorlarda ADF tomonidan
induksiya qilingan trombotsitlar agregatsiyasining ko‘payishini
aniqladik. Ushbu ma’lumotlar kasallikning yuqori faolligi va
ateroskleroz bilan namoyon bo‘ladigan VO induksiya qilingan
agregatsiya darajasining oshishi bilan tavsiflanadi, bu ham boshqa
tadqiqotlar natijalariga mos keladi [7].
Tizimli yallig‘lanish va tomir ichi trombotsitlar gemostazi
ateroskleroz va YuIK tezroq rivojlanishiga olib keladi. Ba’zi
tekshiruvlarda yurak qon-tomir kasalliklarida o‘limining yuqori
darajasi NYAQD vositalarini qabul qilish bilan bog‘liq degan fikirlar
mavjud. RA bilan og‘rigan bemorlarda yallig‘lanishning ateroskleroz
genezidagi rolini hisobga olgan holda, NYAQD vositalarini
yallig‘lanish tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan yurak qon-tomir
kasalliklarini oldini olishi mumkin deb taxmin qilish mumkin [7].
Bizning
ishimizda
NYAQD
vositalarining
aspirinorezistentlik holati meloksikam bilan 8,5%, nimesulid bilan
7,3%, diklofenak bilan 6 % ko‘rsatadi. RA bilan YuIK qo‘shilib
kelganda aspirinning antitrombotsit ta’siri yetarli bo‘lmagan
bemorlarga, boshqa antiagregant preparati buyurildi.
Xulosalar:
RA bilan YuIK qo‘shilib kelgan bemorlarning 65 %
koagulyasion gemostazning tomir ichi qon ivishining kuchayishi va
fibrinolitik faollikning pasayishi bilan tavsiflanadi. NYAQD
vositalarini qabul qilish paytida koagulyasion gemostazning
o‘zgarishi
bir
tomonlama
bo‘ladi.
Diklofenak,
nimesulid,
meloksikamni qabul qilgan bemorlarda gemostazning tomir ichi
trombotsitlar faollashishi aniqlandi. Tekshirish natijalari RA bilan
YUIK qo‘shilib kelgan bemorlarda yurak-qon tomir kasalliklarining
oldini olish uchun bazis terapiya va NYAQD vositalar bilan aspirinni
buyurish zarurligini belgilaydi. RA bilan YUIK qo‘shilib kelgan
bemorlarga aspirin buyurish trombotsitlar agregatsiyasining
pasayishiga olib keladi. Olib borilgan izlanishlar aspirinning ta’siri
yetarli bo‘lmagan bemorlarga boshqa antiagregant tavsiya qilish
kerakligini ko‘rsatdi.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1.
Kropotina T. V., Morova N. A./ Effektivnost aspirina u bolnыx s revmatoidnыm artritom i ishemicheskoy boleznyu serdsa,
poluchayuщix nesteroidnыe protivovospalitelnыe sredstva// Rossiyskiy kardiologicheskiy jurnal № 2 (100) 2013. Str. 69-74.
2.
Toirov E.S., Axmedov I.A., Sultonov I.I./ Disbalans nevrnoy i endokrinnoy sistemы pri revmatoidnom artrite. // Jurnal
kardiorespiratornыx issledovaniy №2 2020. Str. 73-76
3.
Toirov E.S., Abdullaeva N.N., Axmedov I.A./ Klinicheskie osobennosti nevroticheskix narusheniy pri revmatoidnom artrite. // Journal
of neurology and neurosurgical research №1 2020. Str 19-22
4.
Abdushukurova K.R., Axmedov I.A., Toirov E.S. / Sravnitelnaya otsenka psixologicheskix kachestv bolnыx revmatoidnыm artritom
i osteoartrozom. // Biologiya va tibbiyot muammolari №2 (118) 2020. Str 18-22.
5.
Abduraxmanova N.M., Axmedov X.S. Osobennosti techeniya revmatoidnogo artrita v zavisimosti ot polimorfizma S3435T gena
MDR1. //O‘zbekiston tibbiyot jurnali. 2019. №1. str. 101-105.
6.
Nasonov E.L. Farmakoterapiya revmatoidnogo artrita: novaya strategiya, novыe misheni. //Nauchno-prakticheskaya revmatologiya.
2017. №55(4). str. 409-419.
7.
Nasonov E.L. Farmakoterapiya revmatoidnogo artrita: rossiyskie i mejdunarodnыe rekomendatsii. //Nauchno-prakticheskaya
revmatologiya. 2016. №54(5). str. 557-571.