ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
59
УДК 616.379-008.64-616.1-08
Исламова Камола Акрамовна
Ассистент кафедры внутренных болезней №1
Самаркандский государственный медицинский институт,
Самарканд, Узбекистан.
Карабаева Гульчехра Худойбердиевна
Резидент магистратуры кафедры Внутренних болезней №1 Самаркандский государственный медицинский институт
Самарканд, Узбекистан
ОСОБЕННОСТИ КЛИНИЧЕСКОГО ТЕЧЕНИЯ ЗАБОЛЕВАНИЙ СЕРДЕЧНО - СОСУДИСТОЙ СИСТЕМЫ НА
ФОНЕ САХАРНОГО ДИАБЕТА
For citation:
Islamova K.A., Karabaeva G. Clinical characteristics of cardiovascular system diseases against the background of diabetes
mellitus
.
Journal of cardiorespiratory research. 2020, vol.3, issue 1, pp.59-62
http://dx.doi.org/10.26739/2181-0974-2020-3-12
АННОТАЦИЯ
Цель работы:
Изучить особенности клинического течения заболеваний сердечно-сосудистой системы (ССС) на фоне сахарного
диабета (СД).
Методы и материалы исследования:
Было обследовано 80 пациентов с установленным диагнозом СД II типа с сопутствующей
патологией ССС из них 50 (62,5%) женщин и 30 (37,5%) мужчин, были проведены клинические, лабораторно-инструментальные
исследования.
В ходе обследований пациентов с СД II типа, выявлено, что ССЗ встречается у лиц старше 50 лет. Из числа лиц старше 50 лет,
женщин составило 46 (92,0%), мужчин 26 (87,0%). Из общего количества исследуемых пациентов у 49 (61,25%) были обнаружены
заболевания ССС. Из них у 34 (69,4%) пациентов была диагностирована гипертоническая болезнь, у 13 (26,5%) – ишемическая
болезнь сердца, у 2 (4,1%)- пороки сердца в последствие перенесенного ревматизма.
Вывод:
Быстрое развитие осложнений заболеваний внутренних органов в осбенности ССС происходит у больных
ассоциированным СД 2 типа. Правильно подобранная доза гипогликемических лекарственных средств при коморбидном течение СД
2 типа и ССЗ, немаловажна в комплексном лечении.
Ключевые слова:
Сахарный диабет, сердечно-сосудистая система, гипогликемичские препараты, артериальная гипертензия,
ишемическая болезнь сердца.
Islamova Kamola Akramovna,
Assistant of the Department of Internal Medicine №1
Samarkand State Medical Institute,
Samarkand, Uzbekistan.
Karabaeva Gulchehra Khudoyberdievna,
Master's resident of the Department of Internal Medicine 1
Samarkand State Medical Institute,
Samarkand, Uzbekistan.
CLINICAL CHARACTERISTICS OF CARDIOVASCULAR SYSTEM DISEASES AGAINST THE BACKGROUND OF
DIABETES MELLITUS
ANNOTATION
Purpose:
To study the clinical features of cardiovascular disease (CVD) in the context of diabetes mellitus (DB).
Examination materials and
methods:
In the 1st therapy department of the Samarkand State Medical Institute Clinic, 80 patients with DB type II visceral diseases underwent
clinical, laboratory and instrumental examinations. The current classification of etiological and vascular complications of DB was introduced,
and it was studied whether this classification was confirmed on the basis of diagnostic criteria.
Our tests show that DB is more common after the age of 50. Men over the age of 50 scored 46 (92.0%) among women and 26 (87.0%)
among men. Cardiovascular diseases were detected in 49 (61.25%) of the patients examined. Of these, 34 (69.4%) patients had hypertension,
13 (26.5%) patients - ischemic heart disease, 2 (4.1%) patients - rheumatism, heart defects.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
60
Conclusion:
Against the background of type II DB, mainly diseases of the internal organs lead to the rapid development of various
complications in patients and the severity of DB. The correct dose of antidiabetic drugs is important in the complex treatment of comorbidities
of DB and CVD.
Keywords:
diabetes, cardiovascular system, antidiabetic drugs, hypertension, ischemic heart disease.
Islamova Kamola Akramovna
,
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi assistenti,
Samarqand, O‘zbekiston.
Karabaeva Gulchehra Xudoyberdiyevna
,
Samarqand davlat tibbiyot instituti
1-ichki kasalliklar kafedrasi magistratura rezidenti,
Samarqand, O‘zbekiston.
QANDLI DIABET KASALLIGI FONIDA YURAK QON TOMIR TIZIMI KASALLIKLARINING KLINIK KECHUV
XUSUSIYATLARI
ANNOTATSIYA
Ishning maqsadi:
Qandli diabet (QD) kasalligi fonida, yurak qon tomir tizimi (YUQTT) kasalliklarini klinik kechuv xususiyatlarini
o‘rganish.
Tekshiruv materiallari va metodlari:
Samarqand davlat tibbiyot instituti klinikasi 1-terapiya bo‘limida QD II tipi aniqlangan ichki a’zo
kasalliklari bilan kasallangan 80 bemor klinik, laborator va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazildi. Amaldagi QD ning etiologik va tomir
asoratlari tasnifi kiritilib, ushbu tasnifning diagnostik mezonlar asosida tasdiqlanganligi o‘rganildi.
Tekshiruvlarimizda QD kasalligi 50 yoshdan keyin ko‘proq uchrashi aniqlandi. 50 yoshdan katta kishilar ayollar orasida 46 (92,0%), erkaklar
orasida esa 26 (87,0%) ko‘rsatkichga ega bo‘ldi. Tekshiruvdagi bemorlarning 49 (61,25%) nafarida yurak qon tomir tizimi kasalliklari
aniqlandi. Bundan 34 (69,4%) bemorda gipertoniya kasalligi, 13 (26,5%) bemorda - yurak ishemik kasalligi, 2 (4,1%) bemorda – revmatizm,
yurak nuqsonlari aniqlandi.
Xulosa:
QD II tipi fonida ichki a’zo kasalliklaridan asosan YUQTT kasalliklari bemorlarda turli asoratlarni tez rivojlanishiga va QDni og‘ir
kechishiga olib keladi. QD va YUQTT kasalliklari komorbid kechganda kospleks davolashda antidiabetik dori vositalar to‘g‘ri dozada tavsiya
qilinishi muhim o‘rin tutadi.
Kalit so’zi:
Qandli diabet, yurak qon tomir tizimi, antidiabetik dori, gipertoniya kasalligi, yurak ishemik kasalligi.
Dolzarbligi: Qandli diabet (QD) - insulin sekretsiyasi va ta’siri
yoki ushbu ikki omil nuqsoni natijasida kelib chiqadigan hamda
giperglikemiya bilan kechadigan bir guruh moddalar almashinuvi
buzilish kasalligidir (JSST 1999). QD 2- tipi – bu periferik
to‘qimalarning insulinga rezistentligi va insulinning nisbiy defitsiti
natijasida rivojlanadi. Endokrin kasalliklarning 60-70% qismini QD
egallaydi. QD kasalligining 85-90% qismini QD II-tipi tashkil etadi
[1, 3].
QD kasalligi erta nogironlikka va yuqori o‘lim ko‘rsatkichiga
sabab bo‘ladigan va birinchi navbatda yurak qon tomir tizimi
(YUQTT) kasalliklariga olib keluvchi kasallik hisoblanadi. 2000
yilda dunyo buyicha 175,4 mln. kishi QD (ulardan 2,07 mln.
Rossiyadan) bilan registratsiya qilingan bulib, 2025 yilda ularning
soni 380 mln. (Rossiyada 4,51 mln.) bo‘lishi kutilmoqda [4, 5].
Diabetolog Djoslin ma’lumotiga ko’ra, QD bilan kasallanganlar
o‘limining 50,2% da koronar qon-tomirlar zararlanishi, 12,1% da
bosh miya tomirlari zararlanishi, 11,3 %da buyrak tomirlari
zararlanishi, 2,3%da oyoq-qo‘l arteriyalari zararlanishi natijasida
rivojlangan gangrena sabab bo‘lgan.
QD II-tipi YUKTT kasalliklari bilan og‘rigan bemorning hayoti
uchun xavf tug‘diruvchi faktor hisoblanadi. QD II-tipining YUQTT
asoratlari o‘limning 60%ni tashkil etadi. QD II-tipida umumiy
populyasiyaga nisbatan YUIK rivojlanishi 2-4 marta, O‘MI 6-10
marta ko‘pni tashkil qiladi [6, 7].
QD II-tipining 70-80% holatida arterial gipertenziya (AG)
kuzatiladi. QD II-tipi bilan og‘riganlarda sistolik arterial bosimning
(SAB) har 10 mm.sim.ust. YUQTT ning zararlanishi 20 % oshadi [8].
Ishning maqsadi:
QD kasalligi fonida yurak kon-tomir tizimi
kasalliklarini klinik kechuv xususiyatlarini o‘rganish.
Tekshiruv materiallari va metodlari:
Samarkand davlat
tibbiyot instituti klinikasi 1-terapiya bulimida QD II tipi aniqlangan
ichki a’zo kasalliklari bilan kasallangan 80 bemor klinik, laborator va
instrumental tekshiruvlardan utkazildi. Amaldagi QD ning etiologik
va tomir asoratlari tasnifi kiritilib, ushbu tasnifning diagnostik
mezonlar asosida tasdiqlanganligi o‘rganildi.
Adabiyotlar tahliliga ko’ra, QD II tip kasalligi ko‘proq
ayollarda uchraydi. Bizning tekshiruvimizda ham ayollarda ko‘p
bo‘lib, ular 50 (62,5%) nafarni, erkaklar 30 (37,5%) nafarni tashkil
etdilar. Umuman, bizning tekshiruvlarimizda QD kasalligi 50
yoshdan keyin ko‘proq uchrashi aniqlandi. 50 yoshdan katta kishilar
ayollar orasida 46 (92,0%), erkaklar orasida esa 26 (87,0%)
ko’rsatkichga ega bo‘ldi.
QD xavf omillari o’rganilganda tekshiruvdagi bemorlarning 18
(22,5%) nafari kasallik kelib chikishini ruhiy zuriqish bilan, 4 (5,0%)
nafari ovqat rejimining buzilishi bilan bog‘lasa, 5 (6,25%) nafari
oilasida QD borligi bilan bog‘laydi. Bemorlardan 53 (66,25%) nafari
kasalligini hech narsa bilan bog‘lay olmaydi.
Barcha bemorlarning 32 (40,0%) nafarida asosiy kasallik sifatida
QD II tipi aniqlandi. Qolgan 48 bemorning 21 (26,25%) nafarida –
YUQTT kasalliklari asosiy kasallik sifatida kechganligi aniqlandi.
Bemorlarning faqat 4 nafarida QD alohida kasallik bo‘lib kelgan.
Qolgan 76 bemorda QD, ichki a’zo kasalliklari bilan komorbid
kelganligi kuzatildi. QD aniqlangan bemorlarda YUQTT kasalliklari
61,25% bemorda, nafas tizimi kasalliklari 17,5% bemorda, oshkozon
ichak trakti kasalliklari 25,0% bemorda, buyrak kasalliklari 17,5%
bemorda, revmatologik kasallik 10,0% bemorda qo‘shilib kelishi
aniqlandi. QD fonida ichki a’zo kasalliklari qo‘shilib kelishi
bemorning aqvolini og‘irlashuviga va ularning asoratlarini erta
rivojlanishiga olib kelishi aniqlandi. Tekshiruvdagi bemorlarning 49
(61,25%) nafarida yurak qon tomir tizimi kasalliklari aniqlandi.
Bundan 34 (69,4%) bemorda gipertoniya kasalligi, 13 (26,5%)
bemorda - yurak ishemik kasalligi, 2 (4,1%) bemorda – revmatizm,
yurak nuqsonlari aniqlandi. Gipertoniya kasalligi aniqlangan 34
bemorning 26 nafarini ayollar, 8 nafarini esa erkaklar tashkil etdi.
Natijalar:
Nazoratdagi bemorlardan 8 (10,0%) nafarida
gipertoniya kasalligi I bosqichi, 32 (40,0%) nafarida gipertoniya
kasalligining II bosqichi, 2 (2,5%) nafarida III bosqichi aniqlandi.
Butun Rossiya Kardiologlar Ilmiy Jamiyati tasnifiga kura AQB
darajalari tahlil qilinganda, AGning I darajasi 22,5%, AGning II
darajasi 20,0%, Izolirlangan SAG 16,25% uchrashi kuzatildi. Normal
qon bosimi esa 32,5% ni tashkil qildi. Gipertoniya kasalligi tashxisini
aniqlashda bemorlarning shikoyatlari, anamnezi, AB kutarilishi
darajasi va dinamikasi, nishon a’zolarining o‘zgarishlari hisobga
olindi.
QD II tipi fonida yurak ishemik kasalligi aniqlangan 13
bemorning 7 nafarini ayollar, 6 nafarini esa erkaklar tashkil etdi.
Tekshirilgan bemorlarning yoshi 53-79 yoshgacha (o’rtacha yoshi
58,7±6,6 yosh), YUIK kechish davomiyligi 1-20 yillar orasiga
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
61
(urtacha davomiyligi 7,0±0,7 yil) to’g’ri keldi. YUIK bilan
kasallangan erkaklarning o’rtacha yoshi 58,3±5,5 yilni, ayollarniki
esa -59,3±6,4 yilni tashkil etdi.
QD II tipi va YUIK aniqlangan bemorlarning 5 (6,25%) nafarida
zo’riqish stenokardiyasi, 8 (10,0%) nafarida aterosklerotik
kardioskleroz, 3 (3,75%) nafarida infarktdan keyingi kardioskleroz
qayd qilindi. Shu bilan birgalikda 10 (12,5%) bemorda yurak
ritmining turli tipda buzilishi, 10 (12,5%) bemorda miokardning
og‘riksiz ishemiyasi va 18 (22,5%) bemorlar ikkala kasallikning
asorati sifatida surunkali yurak yetishmovchiligi aniqlandi.
Yurak qon tomir kasalliklarining jinsga kura rivojlanishini tag‘lili
yuqorida keltirilgan dalillarimizga aniqlik kiritishga imkon berdi.
Bunda, erkaklar orasida kasallikni 10 yildan ortiq kechuvi kuzatilgan
bemorlar 17 nafar bo‘lib, bu ko’rsatkich –60,7%, ayollar orasida 29
bemorda kuzatilib, bu ko’rsatkich –64,4%. Demak, ayollarda QD
kasalligi fonida yurak kasalliklari va ularning og‘ir asoratlari erta
rivojlanadi. Bundan tashqari, ayollarda QD fonida yurak qon tomir
kasalliklaridan gipertoniya kasalligi (GK) og‘irroq kechadi. Bizning
tekshiruvlarimizda GK ayollar orasida 26 (57,8%) bemorda
aniqlandi, erkaklar orasida esa bu kasallik 8 (26,6%) bemorda
kuzatildi.
YUQTT ni fizikal tekshiruvlarida 65,0% bemorda yurak
chegaralari chapga siljishi, 5,0% bemorda-yurak chegaralarini barcha
tomonga kengayishi, 2,5% bemorda yurak chuqqisida sistolik-
diastolik shovqin, 8,75% bemorda aorta ustida qisqa sistolik shovkin,
42,5% bemorda - aorta ustida II ton aksenti, 5,0% bemorda - II
tonning upka arteriyasi ustida aksenti harakterli bo‘ldi. YUrak
tumtoqligining o‘rtacha kundalang ulchamining me’yoridan
oshganligi (15sm.dan kup) 40,0% bemorlarda aniqlandi. Kichik qon
aylanish doirasida dimlanish natijasida yuzaga keladigan o‘pkaning
pastki soxalaridagi mayda pufakchali nam xirillashlar 27,5%
bemorda, katta qon aylanish doirasi venalarida dimlanish natijasida
yuzaga keluvchi jigarning kattalashuvi – gepatomegaliya 25%
bemorda aniqlandi.
Puls tekshiruvida 16 bemorda kuchsiz puls aniqlanib, 26 bemorda
taxikardiya, 2 bemorda bradikardiya xarakterli bo’ldi. Yurak
ritmining buzilishlaridan ekstrasistoliya 6 bemorda, titrok aritmiya 3
bemorda (taxisistolik turi) rivojlanganligi topildi.
Instrumental tekshiruv - bemorlarda yurakning avtomatizm,
o’tkazuvchanlik, qo‘zgaluvchanlik, qisqaruvchanlik va refraktorlik
kabi funksiyalarini va miokard holatini aniqlash maqsadida EKG
tekshiruvi o‘tkazildi. Bemorlarning 2,5% bemorda bradikardiya,
57,5% nafarida yurak qisqarishlar soni normasistolik tipni, 36,25%
nafarida taxisistolik tipni, 3,75% nafarida titrok aritmiya taxisistolik
tipni tashkil qildi. EKG tahlil qilinganda bemorlarning 23,75%
nafarida metabolik, diffuz-distrofik va chuqur o‘zgarishlar, 16,25%
nafarida ishemiya belgilari, 12,5% nafarida aritmiya, 7,5% nafarida
surunkali koronar qon aylanish yetishmovchiligi, 1,25% nafarida
chap qorincha yetishmovchiligi belgilari, 75% nafarida chap qorincha
gipertrofiyasi, 3,75% nafarida ikkala qorincha gipertrofiyasi
aniqlandi. QD kasalligida tomir asoratlari sifatida koronar qon
tomirlarning zararlanishi va hamrox kasallik sifatida yurak qon tomir
kasalliklarining qo‘shilib kelishi yurakning funksiyalarini buzilishini
kuchaytiradi.
QD kasalligida ExoKG tekshiruvda yurak sistolik zarbi (zarb
fraktsiyasi) o‘rtacha 52,3±4,8% atrofida bo‘lib, uning pasayish
ko’rsatkichlari yengil, o‘rtacha va og‘ir ifodalangan sistolik
disfunksiyani ifodaladi. Faqat 10,0% bemorlarda zarb fraksiyasi
normal bo‘lib, uning ko‘rsatkichi 60-80% atrofida bo‘ldi. ExoKG
tekshiruvi 27,5% bemorlarda yengil darajadagi disfunksiya (zarb
fraktsiyasi - 59-50%), 30,0% bemorlarda – o‘rtacha darajadagi
sistolik disfunksiya (zarb fraktsiyasi 49-40%) va 32,5% bemorlarda -
og‘ir darajadagi sistolik disfunksiya (zarb fraktsiyasi 36-40%)
belgilarini aniqlash imkonini berdi.
Yurak sistolik kuchining yengil darajada kamayishi QD bilan
komorbid kechgan revmatizm va yurak nuqsonlari, yurak ishemik
kasalligi va gipertoniya kasalligi natijasida kelib chiqqan yurak
yetishmovchiligida bir xil nisbatda (20,0%, 30,0% va 33,3%
bemorlarda) aniqlansa, sistolik zarb kuchining o‘rtacha darajadagi
kamayishi ushbu guruhlarda – 53,3%, 40,0% va 30,0%, og’ir
darajadagi kamayishi esa – 13,3%, 20,0% va 26,7% bemorlarda
aniqlandi. Sistolik zarb kuchining o’rtacha va og’ir darajada
kamayishi kasalliklarning asorati hisoblangan qon aylanishi buzilishi
II B va III bosqichlarida ko‘p kuzatildi. Yuqorida keltirilgan
ma’lumotlar QD II tipi bilan kasallanganlar o’rasida boshqa a’zo
kasalliklariga nisbatan YUKTT kasalliklari ko‘p uchrashi va qon
aylanishi
yetishmovchiligining
og‘ir
ko’rsatkichlari
bilan
asoratlanishini kursatadi.
Tekshiruvimizdagi bemorlarning 2,5% nafari parhez qilsa, 42,5%
nafari qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar, 21,25% nafari
insulin, 6,25% nafari qand miqdorini kamaytiruvchi va insulin
preparatlarini qabul qilsa, ulardan 36,25% nafari diabetik
preparatlarni umuman qabul qilmagan yoki betartib qabul qilganligi
aniqlandi.
Bemorlarda qondagi qand miqdori tekshirilganda 9 (11,25%)
bemorda normada (5,8-7,0 mkmol/l), 26 (32,5%) bemorda o‘rtacha
baland (7,1-9,0 mkmol/l), 26 (32,5%) bemorda yuqori (9,1-
12,5mkmol/l) giperglikemiya mavjudligi aniqlandi. Siydikda qand
miqdori tekshirilgandi 10 (12,5%) bemorda qand miqdori yuqoriligi
aniqlandi. Sutkalik siydikda qand miqdori 16 (20,0%) bemorda qand
miqdori 1-2% mavjudligi aniqlandi.
Tekshiruvimizdagi bemordan faqat 11,25% bemor to‘g‘ri
davolanayotganligi va giperglikemiya kuzatilmayotganligi aniqlandi.
65%
bemorda
giperglikemiya
kuzatilishi
bemorlarning
e’tiborsizligini
kursatibgina
qolmay,
yo‘ldosh
kasalliklarni
og‘irlashuviga va hayot sifatini pasayishiga olib kelgan.
Statsionar sharoitda bemorlarga endokrinolog kurigi va maslahati
asosida qand miqdorini kamaytiruvchi preparatlar va insulin tavsiya
qilingandan keyin 51 (63,75%) bemorda qondagi qand miqdorini
(3,9-6,6mkmol/l) kamaytirishga, 16 (20,0%) bemorda yuqori
giperglikemiyani o‘rtacha baland giperglikemiyaga tushirishga va
bemorlarning ahvoli yaxshilanishiga erishildi. Bemorlardan 4 (5,0%)
nafari
berilgan
preparatlarni
qabul
qilmaganligi
tufayli
giperglikemiya saqlanib qolganligi va ahvoli yengillashmaganligi
aniqlandi.
Antidiabetik preparatlarni qabul qilgan bemorlarda AQB, puls,
laborator tekshiruvlar, EKG ko‘rsatkichlari va bemorlarning ahvoli
yaxshilanganligini yuqoridagi ma’lumotlar asosida ko’rish mumkin.
Tekshiruvlarimizda QD kasalligining dastlabki rivojlangan
vaqtini aniqlash imkoniyati ma’lum qiyinchiliklarga ega bo‘ldi. Bu
aksariyat bemorlarning ularda kasallikning asoratlari rivojlanguncha
o‘zlarini sog‘lom hisoblab, kasallikning dastlabki belgilarini aniq
ifodalay olmaganliklari, bemorlarning yana bir qismini o‘zlarining
kasalliklarini yashirishga harakat qilganliklari bilan bog‘liq bo‘ldi.
Tekshiruvdagi 32,5% bemorda kasalliklar 10 yildan ortiq davom
etayotgan bo‘lsada, bu bemorlarning aksariyati (10 nafari, 12,5%)
davolashga birinchi marta kelayotganliklarini yoki betartib
davolanganligini ta’kidladilar. Bizning olib borgan ko‘zatuvlarimiz,
yana bir guruh bemorlarni faqat statsionar davolanish vaqtidagina
dori moddalarini qabul qilishlari, parhez va jismoniy faollikni saqlash
bo‘yicha qoidalarga rioya qilishlarini ko‘rsatadi, bu holatlarda
bemorlarni davolash muolajalari samarasi juda past bo‘ladi.
Xulosa:
QD II tipi fonida ichki a’zo kasalliklaridan asosan
YUQTT kasalliklari bemorlarda turli asoratlarni tez rivojlanishiga va
QDni og’ir kechishiga olib keladi. Shuning uchun, QD va YUQTT
kasalliklari komorbid kechganda kompleks davolashda antidiabetik
dori vositalar to’g’ri dozada tavsiya qilinishi muhim o‘rin tutishini
ko‘rsatadi.
Список литературы/ Iqtiboslar/References
1.
Ошепкова Е.В., Лазарева Н.В., Чазова И.Е. Особенности клиники и лечения больных артериальной гипертонией с ожирением
(по данным Национального регистра артериальной гипертонии) Терапевтический архив. 2019; №8. Стр. 8-14.
ЖУРНАЛ КАРДИОРЕСПИРАТОРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ | JOURNAL OF CARDIORESPIRATORY RESEARCH
№3 | 2020
62
2.
Галяви Р.А., Михопарова О.Ю., Фролова Э.Б. Артериальная гипертензия и сахарный диабет. Вестник современной
клинической медицины 2014; № 7, стр.78-81.
3.
Шестакова В. Оправдано ли изменение целевых значений артериального давления при сахарном диабете? Дискуссионная
статья 2017, 28(4), стр.340-345.
4.
Парфенов В.А., Остроумова Т.М., Остроумова О.Д., Павлеева Е.Е. Особенности клинической картины у пациентов среднего
возраста с эссенциальной артериальной гипертензией. Терапевтический архив 2018; №9, стр.15-24.
5.
Остроумова О.Д., Кочетков А.И. Артериальная гипертония на рабочем месте как вариант стресс-индуцированной
артериальной гипертонии. Терапевтический архив 2018; №9, стр.123-130.
6.
Ларина В.Н., Барт Б.Я., Миронова Т.Н., Литвин А.Ю., Кульбачинская О.М. Клинические наблюдения пациентки с
артериальной гипертензией и синдромом обструктивного апноэ сна. Терапевтический архив 2018; №9, стр.110-113
7.
Чесникова А.И., Батюшин М.М., Терентьев В.П. Артериальная гипертензия и коморбидность: современное состояние
проблемы. Редакционная статья 2016; № 22(5), стр.432-438.
8.
Чесникова А.И., Сафроненко В.А., Скаржинская Н.С., Сафроненко А.В., Коломацкая. О.Е. Особенности артериальной
гипертензии у коморбидных больных. Медицинский вестник Юга России 2017; том 8 №1 стр.32-36