YURAK – QON TOMIR XAVFI TO`G`RISIDA UMUMIY AMALIYOT SHIFOKORlARI BILIMINI BAHOLASH

Sanjar Kholboyev
Amaliy tibbiyotda umumiy yurak-qon tomir xavfini baholash "asimptomatik" bemorlarda, ya'ni aterosklerozning klinik belgilariga ega bo'lmagan shaxslar orasida yuqori xavf guruhlarini shakllantirishda muhim rol o'ynaydi. Hozirgi kunda eng keng tarqalgan bo'lib umumiy koronar xavfni baholash, shuningdek Yevropaning SCORE (koronar kasalliklar xavfini tizimli baholash) shkalasi mavjud bo'lib, u Yevropadagi barcha past va yuqori xavfli davlatlar uchun 10 yillik halokatli xavfni bashorat qiladi. So'rovda O'zbekistonning turli viloyatlardan 66 nafar shifokor qatnashdi. Qatnashchilarni so'roq qilish jarayonida, ShKlarning umumiy miqdorini Yevropaning SCORE shkalasi bo'yicha baholash to'g'risida vrachlarning yuqori darajada xabardorligi aniqlandi. Respondentlarning atigi 10% uni amaliy ishlarida ishlatmaydi yoki ular bilan tanish emas.
70

Koʻrishlar

22

Yuklashlar

hh-index

0

Iqtibos