Патологическое арбитражное соглашение во внешнеэкономических договорах

Поделиться
Дехканов, Р., & Рахманкулова, Н. (2022). Патологическое арбитражное соглашение во внешнеэкономических договорах . Перспективы развития международного коммерческого арбитража в Узбекистане, 1(1), 101–105. https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-6-3/iss1-pp101-105
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Статья включает в себя анализ теоретических и практических особенностей патологического третейского соглашения во внешнеэкономических сделках. Значение патологии арбитражных соглашений во внешнеэкономической деятельности, порядок урегулирования в международной практике, рекомендации, разработанные в ходе исследования.


background image

«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО

АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»

Сборник международной научно-практической конференции

101

Rahmatilla Dehqanov, Nilufar Rahmankulova

https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-6-3/iss1-pp101-105

TASHQI IQTISODIY BITIMLAR TUZISHDA PATOLOGIK ARBITRAJ

KELISHUVI

Annotatsiya

. Maqola tashqi iqtisodiy bitimlarda patologik arbitraj

kelishuvining nazariy va amaliy xususiyatlarining tahlilini oʻz ichiga oladi.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda arbitraj kelishuvlari patologiyasining ahamiyati,

xalqaro amaliyotda hal qilish tartibi, oʻrganish natijasida ishlab chiqilgan

tavsiyalarni oʻz ichiga oladi.

Kalit soʻzlar:

Patologik arbitraj tushunchasi, Patologiya konsepsiyasi, defekt.

ПАТОЛОГИЧЕСКОЕ АРБИТРАЖНОЕ СОГЛАШЕНИЕ

ВО ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКИХ ДОГОВОРАХ

Аннотация.

Статья включает в себя анализ теоретических и

практических особенностей патологического третейского соглашения во

внешнеэкономических сделках.

Значение патологии арбитражных соглашений во внешнеэкономической

деятельности, порядок урегулирования в международной практике,

рекомендации, разработанные в ходе исследования.

Ключевые слова

: понятие патологического арбитража, понятие

патологии, порок.

PATHOLOGICAL ARBITRATION AGREEMENT IN FOREIGN

ECONOMIC TREATIES

Abstract.

The article includes an analysis of the theoretical and practical

features of the pathological arbitration agreement in foreign economic

transactions. The importance of the pathology of arbitration agreements in foreign

economic activity, the order of settlement in international practice, and the

recommendations developed in the study.

Keywords:

the concept of pathological arbitration, the concept of pathology, defect.

Tashqi iqtisodiy faoliyatda arbitraj kelishuvlarining patologiyasi koʻp uchrab

turadigan holatlar sirasiga kiradi. Bu holat o’z navbatida xalqaro tijorat arbitrlari

yoki mazkur sohada faoliyat olib boruvchi amaliyotchilar uchun ham yangi

holatemas. Ular shunchaki taraflar tomonidan yanglish tayyorlangan, bajarishda

qiyinchiliklar tugʻdiradigan arbitraj kelishuvlari sifatida e’tirof etiladi [1].


background image

«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО

АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»

Сборник международной научно-практической конференции

102

Patologik arbitraj kelishuvlari dastlab Fransiyada vujudga kelgan. Chunki

undan oldin arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvlarda kamchiliklar aniqlansa yoki xato

tuzilgan boʻlsa, uni haqiqiy emas deb topishgan. Lekin 1974-yilga kelib fransiyalik

huquqshunos olim Frederik Eisemenn patologik arbitraj tushunchasini oʻylab

topgan va uni oʻz nazariyasida yoritib bergan [2]. Eisemanning fikricha, agar

arbitraj bitimi, uning loyihasini ishlab chiqishga koʻra, hakamlik kelishuvining

toʻrtta muhim funksiyalaridan birini yoki bir nechtasini qoʻllab-quvvatlamasa,

patologik hisoblanadi.

Patologiya konsepsiyasining oʻzagi shundan iboratki, arbitraj bitimi oʻziga

xos nuqson bilan tugʻiladi. Hujjat shunday tuzilganki, bitim tuzilgan paytdan

boshlab uning talqini bilan bogʻliq savollar tugʻiladi.

Koʻpgina xalqaro yuridik adabiyotlarda ushbu terminga soddagina tarif

berilgan. Ya’ni Patologik arbitraj kelishuvlari – bu tarkibida “defekt” mavjud

boʻlganligi sababli uni ijro etish qiyin boʻlgan yohud umuman ijro etib

boʻlmaydigan arbitraj bitimlaridir [3]. Arbitraj shartnomasini “patologik” deb

atash, albatta, uning huquqiy xarakterini yoki mazmunini oʻzgartirmaydi. Arbitraj

bandidagi nuqson shu bilan tuzilgan shartnomani inkor etishi shart emas. Bu

nuqsonning tabiati yoki mohiyatiga yoki nuqsonni davolash mumkinmi-yoʻqligiga

bogʻliq [4].

Amaliyotda patologik arbitraj kelishuvlari asosan arbitraj sudining nomi

yanglish tuzilishi, nizoni hal qilish lozim boʻlgan arbitraj sudi nizo vujudga

kelganda oʻz vakolatini tugatganligi yoki qaytadan tashkil qilinganligi, protsessual

qoidalar tanlashdagi xatoliklar mavjudligi boʻlganda kuzatiladi.

Misol tariqasida quyidagilarni koʻrishimiz mumkin:

Astra Footwear kompaniyasida Yugoslaviya ishlab chiqaruvchisi va

amerikalik distribyutor oʻrtasida poyabzal sotib olish boʻyicha shartnomada

aytilishicha, “barcha nizolar Belgraddagi Federal Savdo Palatasida eksport savdosi

boʻyicha arbitraj vakolatli hisoblanadi. Agar xaridor ayblansa, Nyu-Yorkdagi Savdo

palatasi vakolatlidir”. Xaridor “NYCC nomini kelishib olingan moddiy

huquqlarning ajralmas qismi ekanligini va shu sababli arbitraj kelishuvi oʻz

kuchini yoʻqotganligini, chunki NYCC arbitraj faoliyati Nyu-York Savdo-sanoat

palatasiga (NYCCI) oʻtkazilishi munosabati bilan shartnoma tuzilishidan oldin oʻz

faoliyatini toʻxtatganini da’vo qildi. Sud xaridorning fikriga qoʻshildi: NYCCning

yoʻqligi yurisdiksiyani taqsimlash uchun halokatli ekanligini aniqlamadi. Sud

FAAning 5-boʻlimiga muvofiq (Yugoslaviya sotuvchisi talabiga binoan) hakamlik

sudi a’zolarini tayinladi.

Argentinalik va amerikalik biznes oʻrtasidagi savdo shartnomasidagi

nizolarni hal qilish shakli “arbitraj”, arbitraj joyi “AQShda” va nizolar “Nyu-York

Tijorat arbitraj assotsiatsiyasining Tijorat arbitraj qoidalariga muvofiq

Nyu-Yorkdagi arbitraj tomonidan nihoyat hal qilinishini” aytdi. Koʻrib

chiqilayotgan “Assotsiatsiya” mavjud emas edi, shuning uchun Argentina tomoni

“AAA arbitraji” ni talab qildi, Sud dastlab federal siyosatga ishora qildi va taraflar

nizoni arbitrajda hal qilish niyatiga asosan AAAga yuborilgan [5].


background image

«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО

АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»

Сборник международной научно-практической конференции

103

Xalqaro xususiy huquqda tadqiqot olib borgan koʻplab huquqshunos

olimlar mazkur yanglish tuzilgan arbitraj kelishuvlarining turli jihatlarini yoritib

berishga harakat qilgan. Ulardan bir guruh ingliz olimlari tomonidan arbitraj

toʻgʻrisida kelishib olishning rasmiylashtirishda xatoga yoʻl qoʻyilishining bir

qancha turlari ajratib koʻrsatilgan boʻlib, ular:

– Arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuv shartlarining ikki qarama-qarshi ma’noga

ega boʻlib qolganligi;

– Arbitraj muhokamasi oʻtkazilishini belgilaydigan asosiy qoidalarning aniq

belgilanmaganligi;

– Arbitraj muhokamasi oʻtkaziladigan joyni hamda ishni koʻrib hal etadigan

arbitrlar haqida ma’lumot koʻrsatilmagan arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvlar;

– Shartlarda ishni mazmunan koʻrib hal etadigan arbitr yoki arbitrlar

koʻrsatilgan boʻlsa va ushbu shaxslar vafot etgan, ogʻir xasta (ishni koʻrib hal

etishga qodir emas), muomalaga layoqatsiz boʻlgan arbitraj kelishuvlari;

– Shartlarini bajarishda qarama-qarshi shartlar mavjud boʻlgan arbitraj

kelishuvlari keltirib oʻtilgan [6].

Amaliyotda shunday holatlar ham uchrab turadiki, tashqi iqtisodiy bitim

taraflari arbitraj toʻgʻrisida kelishib olayotganlarida, qoida sifatida arbitraj

muhokamasi oʻtkaziladigan joyni bir xalqaro arbitrajda va uni koʻrib hal qiladigan
qoidalar boshqa bir arbitraj reglamentiga havola qilinadi yohud birorta

davlatning protsessual kodeksi qoidalari qoʻllanilishini kelishib oladi. Bunday

hollarda arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvning qoidalari oʻzaro toʻqnash kelib qoladi.

Chunki, mazkur qoidalarni barchasini bajarish juda mushkul yoki umuman

bajarishning iloji boʻlmay qoladi. Bunda birinchi navbatda arbitraj toʻgʻrisidagi

qarama-qarshi qoidalarning qaysi biri ustunlik xarakteriga ega ekanligini aniqlab

olish maqsadga muvofiq boʻladi. Qaysi qoida birinchi navbatda ijro etilishi bilan

bogʻliq masalani hal qilishda xalqaro huquqshunoslar tomonidan turli xil

nazariylar ishlab chiqilgan. Yuqorida keltirib oʻtilgan masalaga aloqador koʻplab

nazariyalar mavjud. Biroq, bizga eng koʻp tarafdorlari mavjud bo’ʻlgan
nazariylarni tahlil qilish samarali hisoblanadi. Nazariylar umumiy uch guruhga

boʻlinadi. Ular:

– qarama-qarshi boʻlib qolgan arbitraj kelishuvi shartlarining qaysi biridan

voz kechish va qaysi biri ustunligini aniqlashni xalqaro tijorat arbitrajiga da’vo

kiritgan da’vogar taraf zimmasiga yuklashni yoqlab chiquvchi nazariyalar [7];

– qarama-qarshi boʻlib qolgan arbitraj kelishuvi shartlarining qaysi biridan

voz kechish va qaysi biri ustunligini aniqlashni kelib chiqqan nizoning

xususiyatlaridan hamda ishni qonuniy ravishda tez va adolatli hal etilishini

hisobga olgan holda tegishli xalqaro malakali arbitrlar tomonidan hal etilishini

yoqlab chiquvchi nazariyalar;

– qarama-qarshi boʻlib qolgan arbitraj kelishuvi shartlarining qaysi biridan

voz kechish va qaysi biri ustunligini aniqlashda hech kimning imtiyozga ega

emasligini ta’kidlagan holda barcha qarama-qarshi boʻlgan qoidalarni rad etishni


background image

«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО

АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»

Сборник международной научно-практической конференции

104

yoqlab chiquvchi nazariyalar mavjuddir[8]. Yuqorida keltirilgan birinchi nazariya

vakillari fikrining mohiyati shundaki, bir tarafga koʻproq vakolat bergan holda

arbitraj toʻgʻrisidagi bitim shartining haqiqiyligini saqlab qolishdir. Chunki

uchinchi nazariya vakillarining hech bir tarafga imtiyoz bermasligining oqibatida

arbitraj kelishuvining ikkala qarama-qarshi qoidalari bekor boʻlib ketadi. Bunda

arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuv shartlarining daxlsizlik huquqi buzilishi mumkin.

Shuningdek, birinchi guruh olimlar bir taraf yomon niyatlarni koʻzlagan holda

qasddan arbitraj kelishuvi shartlarini buzishga harakat qilishini ham nazarda

tutadi. Bunda, odatda ikkinchi taraf da’vo qiladi va ikki ziddiyatli normadan

bittasini tanlab oladi. Lekin shuni ham e’tiborga olish kerakki, yomon niyatli

ikkinchi tarafning chalkashtirishga boʻlgan urinishi qisman amalga oshadi.

Ikkinchi guruh olimlarining fikri qolgan ikki nazariyadan oʻzining mukammalligi

bilan ajralib turadi. Ya’ni mazkur nazariyada nima boʻlganda ham ish adolatli, tez

va qonun talablariga mos ravishda tuzilishini nazarda tutadi. Uchinchi guruh

olimlarning fikri amaliyotda koʻplab e’tirozlarga sabab boʻlgan nazariyalardan

biri hisoblanadi. Chunki, ushbu nazariyada barcha bir biriga zid shartlar bekor

boʻlishi nazarda tutiladi va buning oqibatida tashqi iqtisodiy faoliyat

sub’yektlarining nizoni hal etishga boʻlgan erk irodalari mavjudligi oʻz mohiyatini

yoʻqotadi. Oʻrganilgan yuqoridagi holatlardan kelib chiqib biz tomonimizdan

quyidagi takliflar ishlab chiqildi:

1.

“Arbitraj kelishuvining patologiyasi” tushunchasini Oʻzbekiston

Respublikasining 2021-yil 16-fevral kuni qabul qilingan “Xalqaro tijorat arbitraji

toʻgʻrisida”da qonunida oʻz ifodasini topmagan, bu esa oʻz navbatida ushbu

turdagi nizolarni qay tarzda hal qilish muammosini keltirib chiqaradi. Shu

maqsadda qonuning 5-moddasida “Arbitraj kelishuvining patologiyasi”

tushunchasini kiritish orqali ushbu turdagi arbitraj kelishuvlarni hal qilishning

samarali vositasini aniqlash.

2.

Arbitraj kelishuvining patologiyasi yuzasida Toshkent xalqaro arbitraji

tomonidan tushuntirish yoʻriqnoma yoki boshqa turdagi koʻrsatma ishlab chiqish

bizning nazarimizda ushbu turdagi kelishuvlarning oldini olinadi yoki

kamayishiga olib kelishi mumkin.

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, Arbitraj kelishuvining patologiyasi

oʻrganilishi lozim boʻlgan oziga xos tabiatga ega, tarkibida “defect” mavjud

boʻlganligi sababli uni ijro etish qiyin boʻlgan yohud umuman ijro etib

boʻlmaydigan arbitraj bitimlaridir.

Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati:

1.

See Frédéric Eisemann, “La clause d’arbitrage pathologique”, published

in Commercial Arbitration Essays in Memoriam Eugenio Minoli, Unione

Tipografico-editrice Torinese, Torino, 1974. According to Frédéric isemann, back

then honorary Secretary General of the International Chamber of Commerce from

Paris, the term `pathological arbitration clauses` designates arbitration

agreements that contain defects which may disrupt the smooth progress of the

arbitration procedure.


background image

«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО

АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»

Сборник международной научно-практической конференции

105

2.

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration

Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974

3.

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration

Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974

4.

Interpretation of Pathological Arbitration Agreements: Nonexisting and

Inaccessible Elements, Morten Frank. Pepperdine Dispute Resolution Law Journal 2020.

5.

Interpretation of Pathological Arbitration Agreements: Nonexisting and

Inaccessible Elements, Morten Frank. Pepperdine Dispute Resolution Law Journal 2020.

6.

From a theoreticians’ perspective, see Jacques Beguin, Michel Menjucq,

Droit du commerce international (International Trade Law), Lexis Nexis

Publishing House, Paris, 2011, p. 1092 and Nigel Blackaby, Constantine Partasides

with Alan Redfern and Martin Hunter, Redfern and Hunter on International

Arbitration, Oxford University Press, New York, 2009, pp. 146-149.

7.

3 See Viorel Roș, Arbitrajul comercial internațional (International

Commercial Arbitration), Regia Autonomă Monitorul Oficial Publishing House,

Bucharest, 2000, p. 158.

8.

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration

Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974.

Библиографические ссылки

See Frédéric Eisemann, “La clause d’arbitrage pathologique”, published in Commercial Arbitration Essays in Memoriam Eugenio Minoli, Unione Tipografico-editrice Torinese, Torino, 1974. According to Frédéric isemann, back then honorary Secretary General of the International Chamber of Commerce from Paris, the term `pathological arbitration clauses` designates arbitration agreements that contain defects which may disrupt the smooth progress of the arbitration procedure.

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974

Interpretation of Pathological Arbitration Agreements: Nonexisting and Inaccessible Elements, Morten Frank. Pepperdine Dispute Resolution Law Journal 2020.

Interpretation of Pathological Arbitration Agreements: Nonexisting and Inaccessible Elements, Morten Frank. Pepperdine Dispute Resolution Law Journal 2020.

From a theoreticians’ perspective, see Jacques Beguin, Michel Menjucq, Droit du commerce international (International Trade Law), Lexis Nexis Publishing House, Paris, 2011, p. 1092 and Nigel Blackaby, Constantine Partasides with Alan Redfern and Martin Hunter, Redfern and Hunter on International Arbitration, Oxford University Press, New York, 2009, pp. 146-149.

3 See Viorel Roș, Arbitrajul comercial internațional (International Commercial Arbitration), Regia Autonomă Monitorul Oficial Publishing House, Bucharest, 2000, p. 158.

Eisemann F. La clause d’arbitrage pathologique. Commercial Arbitration Essays in Memoriam Eugenio Minoli. U.T.E.T., 1974.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов