«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО
АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»
Сборник международной научно-практической конференции
143
Rahmatilla Dehqanov
https://doi.org/10.47689/978-9943-7818-6-3/iss1-pp143-147
TASHQI IQTISODIY BITIMLARDA ARBITRAJ KELISHUVINING
AVTONOMLIK PRINSIPI
Annotatsiya.
Maqola tashqi iqtisodiy bitimlarda arbitraj kelishuvining
avtonomlik prinsipining nazariy va amaliy xususiyatlarini tahlilini oʻz ichiga olgan.
Maqolda tashqi iqtisodiy bitimlarda arbitraj toʻgʻrisidagi shart mavjud boʻlishining
ahamiyati, xalqaro va milliy qonunchilikda, tashqi iqtisodiy bitimlarda arbitraj
toʻgʻrisidagi shartning xususiyati va arbitraj sharti shartnomadan alohida
mustaqilligining hozirgi kundagi muammosi yoritib beriladi.
Kalit soʻzlar:
arbitraj, tashqi iqtisodiy bitimlar, arbitraj kelishuvi, arbitraj
shartining avtonomlik prinsipi.
ПРИНЦИП АВТОНОМИИ АРБИТРАЖНЫХ СОГЛАШЕНИЙ
В ВНЕШНЕЭКОНОМИЧЕСКИХ ДОГОВОРАХ
Аннотация.
Статья
содержит
анализ
теоретических
и
практических особенностей принципа автономии третейского соглашения
во внешнеэкономических сделках.
В статье освещается значение наличия арбитражной оговорки во
внешнеэкономических договорах, сущность арбитражной оговорки во
внешнеэкономических сделках в международном и национальном праве,
актуальная проблема независимости арбитражной оговорки от договора.
Ключевые слова:
арбитраж, внешнеэкономические договоры,
третейское соглашение, принцип автономии третейского соглашения.
THE PRINCIPLE OF AUTONOMY OF ARBITRATION AGREEMENTS
IN FOREIGN ECONOMIC TREATIES
Abstract.
The article contains an analysis of the theoretical and practical
features of the principle of autonomy of arbitration agreement in foreign economic
transactions.
The article highlights the importance of the existence of an arbitration clause
in foreign economic agreements, the nature of the arbitration clause in foreign
economic transactions in international and national law, and the current problem
of the independence of the arbitration clause from the contract.
Keywords:
arbitration, foreign economic agreements, arbitration
agreement, the principle of autonomy of the arbitration agreement.
«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО
АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»
Сборник международной научно-практической конференции
144
Hozirgi kunda dunyoning deyarli barcha davlatlariga rivojlangan
mamlakatlardan toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar oqimi, savdoning
globallashuvi va koʻplab transmilliy kompaniyalarning yangi joylarda kengayishi
tufayli soʻnggi oʻn yil ichida tijorat nizolari soni sezilarli darajada oshdi. Buning
natijasida xalqaro arbitrajlari nizolarni hal qilishning asosiy usuliga aylandi. Bu esa,
kelib chiqadigan yoki kelib chiqishi mumkin boʻlgan nizolarni arbitraj sudlarida
koʻrib chiqish sharti boʻlgan arbitraj kelishuvini tadqiq qilish zaruriyatini yuzaga
keltiradi. Nizolarni xalqaro arbitraj sudlarida hal qilish toʻgʻrisida kelishib olish ikki
usulda rasmiylashtirilishi mumkin. Birinchisi shartnomaning shart sifatida,
ikkinchisi alohida shartnomasi sifatida rasmiylashtiriladi.
Arbitraj bitimi – bu tomonlarning, ular oʻrtasida biron-bir aniq
munosabatlar jarayonida sodir boʻlgan yoki sodir boʻlishi mumkin boʻlgan
huquqbuzarlik oqibatida paydo boʻladigan nizolarni arbitraj muhokamasiga
topshirish toʻgʻrisidagi bitimidir [1].
Tashqi iqtisodiy bitimlarda arbitraj toʻgʻrisidagi kelishuvni bitimning bir
sharti sifatida kiritilishining oʻziga xos xususiyatlaridan biri bu uning asosiy
shartnomadan mutlaqo mustaqil xarakterga ega ekanligidadir. Mazkur universal
xususiyat yuridik adabiyotlarda “avtonomlik” prinsipi deb tilga olinadi. Arbitraj
shartning avtonomligi tushunchasi xalqaro arbitraj huquqida qiziqarli va
munozarali masaladir. Aynan Ushbu prinsipning asl mohiyati shundaki, asosiy
shartnomaning arbitraj toʻgʻrisdagi sharti asosiy shartnomaning tarkibiy bir
qismi (bandi, sharti) boʻlishiga qaramay, unda shartnomaga nisbatan
mustaqilligining mavjudligidir. Arbitraj kelishuvining avtonimlik prinsipi
shartnoma majburiyatlarini bajarmaganda yoki bekor boʻlganda nizoni arbitraj
sudlarida hal qilishni anglatadi. Arbitraj kelishuvining avtonomligi tomonlarning
nizolarni hal qilish tartib-qoidalarini kechiktirishlariga toʻsqinlik qilishi va
nizolarni oʻz vaqtida va samarali va qat’iy hal qilish imkonini beradi.
Hozirgi kunda arbitraj kelishuvining avtonomlik prinsipi shartnomalarda
muhim rol oʻynashiga qaramasdan quyidagi muammolari mavjud. Ular
quyidagilarni tashkil qiladi:
1.
Arbitraj sharti shartnoma amal qilish muddati tugaganda yoki bekor
boʻlgan taqdirda ham oʻz faoliyatini davom ettiradimi yoki yoʻqmi?
Tashqi iqtisodiy bitimning amal qilish muddati tugagandan soʻng arbitraj
toʻgʻrisidagi kelishuv muddatiga ta’sir qilish yuzasidan Rossiya Federatsiyasi
qonunchiligida quyidagi qoida belgilanadi: ya’ni, Rossiya Federatsiyasi Oliy
Arbitraj sudining 22.12.2005 №96 axborot xati “Agar taraflar tomonidan boshqa
tarzda kelishib olinmagan boʻlsa, asosiy bitimning muddati tugaganligi arbitraj
bitimining muddati ham tugashiga olib kelmaydi” [2].
UNCITRAL Qoidalarining 23.1-moddasida aytilishicha, agar sud
shartnomani haqiqiy emas deb topsa ham, bu avtomatik ravishda hakamlik
qarorining haqiqiy emasligiga olib kelmaydi. Biroq arbitraj bandi shartnomalar
bekor boʻlgan taqdirda ham oʻz faoliyatini davom ettiradimi yoki yoʻqmi
«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО
АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»
Сборник международной научно-практической конференции
145
noma’lum. Bu xalqaro arbitraj huquqida hal qilinmagan savoldir.
2.
Bitim haqiqiy emas deb topilganda, bitimdagi arbitraj sharti hali ham
amal qiladimi yoki amal qilishi tugaydimi va ushbu holatni kim hal qiladi?
Xalqaro savdo huquqi boʻyicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Komissiyasi
(UNCITRAL) tomonidan 1985-yil 21-iyunda qabul qilingan xalqaro savdo arbitraji
toʻgʻrisida UNCITRAL namunaviy qonunida avtonomiya haqida qoida
mustahkamlangan. Toʻgʻri, mazkur konvensiya avtonomlik xususiyatini prinsip
sifatida mustahkamlamaydi yoki prinsip sifatida alohida e’tirof etmaydi, lekin ushbu
xalqaro namunaviy hujjatning 16-moddasiga binoan quyidagicha qoida tavsiya
qilinadi, ya’ni arbitraj sudi oʻz vakolatlari toʻgʻrisida shu jumladan, arbitraj bitimi
mavjudligi va haqiqiyligi xususidagi har qanday e’tirozlar yuzasidan oʻzi qaror
chiqarishi mumkinligi, hamda, shu maqsadda shartnomaning bir qismi boʻlgan
arbitraj shartlari shartnomaning boshqa shartlariga bogʻliq boʻlmagan taraflar bitimi
sifatida izohlanishi lozimligi koʻrsatib oʻtilgan. Shuningdek, xalqaro tijorat arbitraji
tomonidan asosiy shartnomaning haqiqiy emasligi toʻgʻrisidagi qaror chiqarilishi
“ipso jure” arbitraj shartlarining haqiqiy emasligini keltirib chiqarmasligi haqida
tushuntirib ketilgan [3]. Xuddi shunday, London Xalqaro Arbitraj Sudi (LCIA)
Qoidalarining 23.2-moddasida bitimning bir qismini tashkil etuvchi yoki tashkil
etish uchun moʻljallangan hakamlik sudining bandi ushbu boshqa kelishuvdan
mustaqil ravishda hakamlik kelishuvi sifatida koʻrib chiqiladi.
Arbitraj sudining bunday boshqa kelishuv mavjud emasligi, haqiqiy
emasligi yoki kuchsizligi toʻgʻrisidagi qarori (oʻz-oʻzidan) arbitraj bandining
mavjud emasligiga, haqiqiy emasligiga yoki samarasizligiga olib kelmasligi
ta’kidlangan. Xalqaro Savdo Palatasining (ICC) Arbitraj qoidalari ham arbitraj
kelishuvining mustaqilligi ta’kidlangan. Yuqoridagi qoidalar Oʻzbekiston
Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi
qonunining 21-moddasida ham oʻz ifodasini topgan. Unga koʻra “Arbitraj sudi o‘z
yurisdiksiyasi to‘g‘risida, shu jumladan arbitraj kelishuvining mavjudligi yoki
haqiqiyligi borasidagi har qanday e’tiroz bo‘yicha o‘zi qaror chiqarishi mumkin.
Ushbu maqsad uchun shartnomaning tarkibiy qismi bo‘lgan arbitraj sharti
shartnomaning boshqa shartlariga bog‘liq bo‘lmagan kelishuv sifatida talqin
qilinadi. Arbitraj sudi tomonidan shartnomaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida
qaror chiqarilishi arbitraj shartining qonunga ko‘ra haqiqiy emasligini keltirib
chiqarmaydi. Yuqoridagi xalqaro hujjatlarda bitim haqiqiy emas deb topilganda
bitimdagi arbitraj sharti hali ham amal qilish yoki amal qilmaslik masalasi
ochiqlanmagan. Bu esa, shartnomaning haqiqiyligi huquqiy masala ekanligi va bu
sud nazoratidan oʻtishi kerakligi umuman e’tibordan chetda qoldiradi. Bunday
yondashuv odil sudlovga putur yetkazadi. Shuningdek, shartnoma huquqining
oʻta muhim qismini, ya’ni shartnomaning bajarilishini himoya qilishni buzadi va
oxir-oqibat hakamlik huquqini shartnoma huquqining asosiy normalariga begona
qiladi. Hakamlik sudining asosi tomonlar oʻrtasidagi shartnomaga asoslanadi,
shuning uchun shartnoma huquqining asosiy normalarini bilmaslik ma’qul emas.
«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО
АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»
Сборник международной научно-практической конференции
146
Arbitraj bandining avtonomligi, shubhasiz, tijorat dunyosining amaliy
ehtiyojlarini qondirish uchun juda foydali maqsadga xizmat qiladi, ammo
noaniqlik bilan uni haqiqiy boʻlmagan shartnomada qoʻllash tomonlar oʻrtasidagi
nizoni hal qilishdan koʻra koʻproq murakkablikni keltirib chiqarishi mumkin.
3.
Bitim imzolangandan yoki boshqa holatlar belgilab qoʻyilgandan keyin
kuchga kirishi lozim boʻlgan taqdirda tomonlar oʻrtasida nizo vujudga kelgan nizo
arbitraj bandi orqali hal qilinadimi?
Avtonom arbitraj moddasining amal qilishi toʻgʻrisidagi masala, agar u
huquq majburiyat keltirib chiqarmagan boʻlsa, murakkab masaladir. Bitta oddiy
dalil shundan iboratki, agar asosiy shartnoma hech qachon kuchga kirmagan
boʻlsa, unda ushbu shartnomada mavjud boʻlgan arbitraj bandi ham haqiqiy
emasligiga ta’sir qilishi kerak.
Uorning fikricha, agar tomonlar ushbu nizo boʻyicha arbitrajni talab
qiladigan “majburiy” shartnoma tuzmagan boʻlsa, hech qanday nizo hakamlik
muhokamasiga tortilishi mumkin emas. Sudya Shvebelning ta’kidlashicha, “agar
kelishuv hech qachon tuzilmagan boʻlsa, uning arbitraj bandi hech qachon kuchga
kirmasligini aytib oʻtgan. Svemlov va Kerrol bu masala boʻyicha, asosiy
kelishuvning mavjud emasligi oʻz-oʻzidan uning barcha qismlarining mavjud
emasligini oʻz ichiga oladi deb ta’kidlaydi.
Yuqoridagi shaxslarning fikriga qarshi Mosses avtonom arbitraj bandi
arbitrajga ruxsat berishini koʻrsatadi [4].
Yuqoridagi oʻrganilgan masaladan xulosa qilib, biz tomonimizdan quyidagi
takliflar ishlab chiqildi:
1.
Arbitraj sharti shartnoma amal qilish muddati tugaganda yoki bekor
boʻlgan taqdirda taraflar tomonidan shartnomadagi arbitraj bandining taqdiri hal
qilinishi taraflar oʻrtasidagi munosabatni tamomila hal qilishni anglatadi.
Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat
arbitraji toʻgʻrisida”gi qonunining 21-moddasini “shartnoma amal qilish muddati
tugaganda yoki bekor boʻlgan taqdirda shartnomadagi arbitraj bandi taraflar
xohishiga asosan hal qilinadi” deb qoʻshimcha kiritilishi taraflar shartnomaning
taqdirini hal qilishda koʻproq huquq beradi.
2.
Bitim haqiqiy emas deb topilganda bitimdagi arbitraj sharti bitim
taraflari avtonom arbitraj bandini qoʻllash doirasi toʻgʻrisida aniq tasavvurga ega
boʻlishlari kerak, bu esa haqiqiy boʻlmagan shartnomalar boʻyicha hech qanday
noaniqlikni keltirib chiqarmaydi. Arbitraj bandining avtonomligi shartnoma
huquqining ayrim asosiy me’yorlarini magʻlub etdi va tijorat maqsadlarida
foydalanishni hisobga olgan holda sud tomonidan qabul qilindi. Shunday ekan,
agar haqiqiy boʻlmagan shartnomalarda ham shunday “hakamlik sudida hamma
narsa adolatli” yondashuvi qoʻllanilsa, bu adolatning oʻziga putur yetkazadi.
Shundan kelib chiqib Oʻzbekiston Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi
“Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi qonunining 21-moddasining 1-qismini
“Arbitraj sudi tomonidan shartnomaning haqiqiy emasligi to‘g‘risida qaror
«ПЕРСПЕКТИВЫ РАЗВИТИЯ МЕЖДУНАРОДНОГО КОММЕРЧЕСКОГО
АРБИТРАЖА В УЗБЕКИСТАНЕ»
Сборник международной научно-практической конференции
147
chiqarilishi shartnomadan mustaqil boʻlgan arbitraj bandining tugatilishiga olib
keladi”, deb toʻldirilishi bizning nazarimizda maqsadga muvofiq. Chunki
shartnoma haqiqiy emas deb topishi ushbu shartnomadan boshqa huquq
majburiyat kelib chiqmasligini anglatadi.
3.
Bitim imzolangandan yoki boshqa holatlar belgilab qoʻyilgandan keyin
kuchga kirishi lozim boʻlgan taqdirda tomonlar oʻrtasida nizo vujudga kelganda,
bizning nazarimizda ushbu nizoni milliy sudlar tomonidan hal qilinishi maqsadga
muvofiq, chunki ushbu shartnomadan kuchga kirmagan va bu oʻz navbatida
tomonlar oʻzlariga huquq va majburiyat yuklamagan. Shu maqsadda Oʻzbekiston
Respublikasining 2021-yil 16-fevraldagi “Xalqaro tijorat arbitraji toʻgʻrisida”gi
qonunining 21-moddasiga “Agar taraflar oʻrtasida hali kuchga kirmagan
shartnomalar yuzasidan nizo boʻlgan taqdirda qarshi shartnomada arbitraj bandi
boʻlsa ham ushbu nizo milliy sudlar tomonidan koʻriladi” kabi qoʻshimcha kiritilishi
tomonlar oʻrtasidagi yuqoridagi holatlarda tushunmovchilikni oldini oladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1.
I.R. Rustambekov, Mejdunarodniy kommercheskiy arbitraj. Uchebnik. -
T.: TGYUU, 2018. 164 str
2.
Informatsionnoe pis`mo Prezidiuma VAS RF ot 22.12.2005 № 96
3.
«Obzor praktiki rassmotreniya arbitrajnimi sudami del o priznanii i
privedenii v ispolnenie resheniy inostrannix sudov, ob osparivanii resheniy
treteyskix sudov i o vidache ispolnitel`nix listov na prinuditel`noe ispolnenie
resheniy treteyskix sudov», p. 22
4.
Mejdunarodnoe chastnoe pravo: uchebnik dlya magistrov / I. V. Get`man-
Pavlova. – 4-ye izd., pererab. i dop. – M.: Izdatel`stvo Yurayt, 2013. – 959 s. –
Seriya: Magistr.
5.
https://www.researchgate.net/publication/319967051
6.
www.sciencedirect.com