Искусственный интеллект в информационном обществе: социально-философский анализ

CC BY f
21-25
2
2
Поделиться
Мирзахолов , Н. (2023). Искусственный интеллект в информационном обществе: социально-философский анализ. Информатика и инженерные технологии, 1(1), 21–25. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25024
Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabatini qaytadan ko‘rib chiqish, mehnatning intellektuallashuvining ishlab chiqarish sifati va samaradorligiga ta’siri, axborotlashgan jamiyat muammolari ijtimoiy-falsafiy aspektda ochib berilgan.


background image

21

В крайнем левом углу, через обозначение 1), показано, как Алиса получает

дезинформацию

(третий канал ниже), пропуская

информацию

и

ключ

через

устройство. Обратите внимание, что результирующая амплитуда для

дезинформации

оказалась меньше, чем у

информации

или

ключа

. Следовательно,

во время следующих операций криптообработки необходимо, чтобы ключ Боба
имел ту же амплитуду, соизмеримую с принятым сигналом, чтобы получить
правильные результаты. Следовательно, Боб должен сначала пропустить ключ
через устройство, как показано в области

2

).

Далее Боб записывает полученную

дезинформацию

и обработанный

ключ

,

соответственно, на первый и второй каналы своего компьютера, затем проходит
через свое устройство и получает желаемую

информацию

по каналу

3

.

Результаты операций, выполненных Бобом, показаны в области

3

) рисунка 3.

Область 4) показывает для сравнения исходную информацию (канал 2),
подготовленную Алисой, и результат расшифровки на компьютере Боба
(информация окончательная - канал 1). Амплитуда сигналов на компьютере Боба
несколько меньше начальных значений, подготовленных Алисой, но это не
важно.

Мы видим, что информация, восстановленная на компьютере Боба,

полностью соответствует оригинальному тексту, подготовленному Алисой для
секретной передачи. Таким образом, можно сделать вывод, что предлагаемый
способ криптографической обработки шифротекстов полностью соответствует
критериям отправки информации по каналам, предназначенным для
конфиденциальных сообщений.

Использованная литература:

1.

Nigel “Smart.Cryptography: An Introduction” A McCraw-Hili Publication,

ISBN 0077099877.

2.

Sh. Egamov, A.Khidirov, Kh.Urinov, Kh. Zhumanov. Waveguide Logic

Gates for Magneto-optical Qubits. Technical Physics Letters, 2020, Vol. 46, No. 10,
pp. 947–949. DOI: 10.1134/S1063785020100041.

3.

Sh. Egamov, A.Khidirov. “Magneto-Optical Waveguide Gates for Digital

Logic Operations”. 2020 International Conference on Information Science and
Communications

Technologies

(ICISCT).

Tashkent,

Uzbekistan.

DOI:

10.1109/ICISCT50599.2020.9351417


AXBOROTLASHGAN JAMIYATDA SUN’IY INTELLEKT: IJTIMOIY-

FALSAFIY TAHLIL

Mirzaxolov Nodirbek Tojiboyevich

Namangan davlat universiteti, O‘zbekiston

nodirbek_mustafo@mail.ru

Annotatsiya.

Maqolada axborotlashgan jamiyatda sun’iy intellektning

muvaffaqiyati natijasida yuzaga keladigan jarayonlar, jumladan, mehnat, aqlli


background image

22

mashinalarning inson mehnatini yengillashtirish bilan birga, insonning o‘z-o‘ziga
bo‘lgan munosabatini qaytadan ko‘rib chiqish, mehnatning intellektuallashuvining
ishlab chiqarish sifati va samaradorligiga ta’siri, axborotlashgan jamiyat muammolari
ijtimoiy-falsafiy aspektda ochib berilgan.

Kalit so‘zlar:

sun’iy intellekt, axborot, axborotlashgan jamiyat, mehnat, axborot

inqilobi, noosfera, kompyuter, robot, texnika, axborot texnologiyalari, axborot
xavfsizligi.


XXI asr zamonaviy tamaddun rivojining o‘ziga xos bosqichi va shunga mos

holda jamiyat qiyofasining o‘zgarishi davri bo‘lib bormoqda. Ijtimoiy rivojlanishda
bilimning ahamiyati oshib borayotgani yangi model – sun’iy intellektning hosilasi
bo‘lgan axborot kommunikasiya texnologiyalarining keng miqdorda yo‘lga qo‘yilishi
asoslangan bilim jamiyati paydo bo‘lishiga olib keldi.

Sun’iy intellekt dunyoni butunlay o‘zga qiyofaga soldi. Ayni vaqtda sun’iy

intellekt salomatlikdan toki nanotexnologiyalargacha, aqlli “market”dan tizimli ishlab
chiqarishgacha bo‘lgan jarayonlarda faol qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt sarhadi shu
darajada katta doirani qamrab olganki, ijtimoiy hayotning biror sohasini sun’iy
intellektsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Bu, bir tarafdan, potensial imkoniyatlarning
barqarorligini namoyon etsa, ikkinchi tarafdan, o‘z-o‘zidan kelib chiqadigan obyektiv
va subyektiv muammolarni ijtimoiy-falsafiy tahlil qilish hamda ularni bartaraf
etishning kreativ yo‘llari va vositalarini ishlab chiqishni taqozo etadi.

Tarix guvohlik berishicha, inson va uning qiziqishlari ustuvor qadriyatga

aylanib, ijtimoiy institutlarning faollashuvi, xususiy manfaat va intilishlarga ega
bo‘lgan insonning mavjud tizim bilan aloqasi, o‘zaro ta’siri kuchayishi, zamonaviy
fuqarolik jamiyati qiyofasi va tizimini belgilovchi yangi, bunyodkor jarayonlar
rag‘batlantirilishiga zamin bo‘lmoqda. Axborotlashgan boshqaruv va tashkillashuv,
ijtimoiy taraqqiyotning harakatlantiruvchi kuchi sifatida jamiyat taraqqiyotini yangi
sivilizatsiya tomon yuksaltiradi.

Industrial jamiyatning asosi bo‘lgan kapital va mehnat axborotlashgan jamiyatda

o‘z o‘rnini axborot va bilimga bo‘shatdi. 1981 yilda ilk shaxsiy kompyuter paydo
bo‘lishi bilan boshlangan axborot inqilobi dunyoning aksariyat mamlakatlarida inson
turmush tarzi va mehnati xususiyatini tubdan o‘zgartirdi.

1991 yilda internet paydo bo‘lganidan so‘ng kompyuter inqilobi va internet

tarmog‘ining rivojlanishi chegaralardan boshqa hamma narsa mavjud bo‘lgan yangi
axborot maydonini vujudga keltirdi.

Mehnatni avtomatlashtirish davrida informatika insonni turg‘un, katta mehnat

sarfini talab etuvchi, og‘ir jismoniy va aqliy mehnatdan xalos etdi, inson tafakkurini
kuchaytirdi. Informatika mehnatning juda ko‘p turlari samaradorligini keskin oshirish
imkonini berdi, insonni yangi hodisalar doirasiga, yangi bilim sohalariga, jumladan,
noosfera olib kirdi. Inson mehnati intellektual mazmun kasb etib, mehnatning
intellektuallashuvi axborotlashgan jamiyatdagi mehnatning o‘ziga xos jihatlaridan
biriga aylandi.

Axborot jamiyatining ishchilari mashinaga tobe bo‘lmay, ishga erkin, oqilona

yondashdi, muayyan mahorat va bilimga ega bo‘ldi. Bu jarayon hozir ham davom
etmoqda. Inson mehnatining intellektuallashuvi uning “ilmiy”lashishida aks etib,


background image

23

ishlab chiqarishda foydalaniladigan bilimlar tarkibida ilmiy bilimlar salmog‘i oshib
bordi.

Mehnat

jarayonida

ilmiy

bilimlardan

foydalanilishi,

mehnatning

intellektuallashuvi, ishchining bevosita texnologik jarayondan erkinligi darajasining
ortishi insonning ijodkorlik qobiliyatini namoyon etishiga imkoniyat yaratdi va uning
mehnatiga ijodiy mazmun baxsh etdi. Mehnat sharoiti yaxshilanib, ishlab chiqarishni
axborotlashtirish va avtomatlashtirishning rivojlanishiga qarab, ishchining ijodi ham
takomillashdi. Qayta tuzish qiyin bo‘lgan dasturlar yordamida boshqariladigan robotlar
faoliyat ko‘rsatgan davrda inson ish joyidan erkin bo‘lmagan va uning ijodiy
yondashuvi cheklangan bo‘lsa, adaptiv boshqaruvli robotlar ish tizimlarini tez tuzatish
imkonini berdi. Natijada ishchilar o‘z ijodiy salohiyatini erkin namoyon etishlari uchun
bo‘sh vaqtga ega bo‘lishdi. Intellektual funksiyalarni texnik boshqarish vositalariga
ega robotlarning yaratilishi xodimlarning yangi texnologiyalar va texnika vositalarini
takomillashtirish va kashf etish bo‘yicha ijodiy qobiliyatlarini namoyon etishlari
hamda ishlab chiqarish jarayonini oqilonalashtirilishi uchun sharoit yaratdi. Aqliy
mehnatning ahamiyati va salmog‘i oshib, axborot texnikasi insonni og‘ir va
mazmunsiz jismoniy mehnatdan insonni ozod qildi. O‘tmishda mehnat inson
ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy va ijtimoiy kuchlarni o‘zgartirish jarayoni sifatida,
insonning mehnat predmeti bilan bilvosita aloqasi kuchayishi bilan tavsiflangan bo‘lsa,
axborot texnologiyasining rivojlanishi mehnatkashlar ma’lumot va malaka
darajasining o‘sishiga, ishlab chiqarishda yuqori malakali mutaxassislar miqdorining
ko‘payishiga va past malakali kasblar sonining kamayishiga olib keldi. Eng
quvonarlisi, mehnat unumdorligiga mehnatning og‘irlashishi natijasida emas, balki
ishning oqilona bajarilishi natijasida erishildi. Mehnat jarayoni ijodiy faoliyat turiga,
insonning o‘z qobiliyatini namoyon etish vositasiga aylanib, mehnatning
insonparvarlashuvi sodir bo‘ldi. Ishlab chiqarishni axborotlashtirish va
avtomatlashtirish ishchilar va xizmatchilarga turli talablar qo‘yib, ularni bevosita
ishlab chiqarish jarayonidan olib chiqdi va bu jarayon bilan bir qatorda turuvchi
subyektlarga aylantirdi. Bir kasbiy faoliyatdan boshqa kasbiy faoliyatga o‘tish uchun
qo‘shimcha imkoniyatlar paydo bo‘ldi.

Mehnat ijtimoiy yoki shaxsiy zaruriyatga qarab o‘zgaruvchi jo‘shqin xususiyat

kasb etdiki, bu standartlashtirilgan ommaviy ishlab chiqarishdan moslashuvchan, ya’ni
ko‘p o‘zgaruvchi, iste’molchilarning ommaviy ehtiyojlariga yo‘naltirilgan ishlab
chiqarishga o‘tishda muhim ahamiyatga egadir.

Bugun dunyoda har qanday mamlakatning geosiyosiy obro‘si uning ilmiy-texnik

salohiyati, xususan, olim va injenerlari mehnatining axboriy-texnik ta’minlanganlik
darajasi bilan belgilanmoqda. Axborotni jamiyatning strategik yo‘nalishi, mamlakat
rivojlanish darajasini aniqlaydigan resurs sifatida tushunish odatiy holga aylanib,
jamiyatni industrial rivojlanish ko‘rinishidan axborotlashgan ko‘rinishiga o‘tishi
ta’minlanmoqda.

XXI asrga ziyoli inson sifatida faqat axborot texnologiyalarini yaxshi bilgan

taqdirda qadam qo‘yish mumkin. Chunki faoliyat o‘z vaqtida axborotga ega bo‘lish va
undan foydalana olish bilan bog‘liq. Barcha sohalarning zamonaviy mutaxassislari
axborotlashgan oqimda erkin harakatlanishi uchun axborotni olish, qayta ishlash va uni
kompyuterlar, telekommunikatsiyalar va boshqa aloqa vositalarida foydalanishni
bilishi talab etiladi. Axborotlashgan jamiyatda informatsiya, ijodiyot va intellektual


background image

24

texnologiyaning ahamiyati ortib, kompyuter, lazer texnikasi, biotexnologiya, gen
injeneriyasi, televideokommunikatsiya, informatika, elektronika taraqqiyoti bilan
bog‘liq mavjud bo‘ladi. Bu jamiyatda asosiy e’tibor mashinalarni o‘zgartirishga emas,
balki inson ongi, axloqi, ma’naviyati va madaniyatini o‘zgartirishga qaratiladi.
Jamiyatni rivojlantirishda asosiy harakatlantiruvchi kuch moddiy mahsulot emas, balki
axborot ishlab chiqarish bo‘ladi.

Bugungi kunda sun’iy intellektning amaldagi to‘rtta turi mavjud. Birinchisi,

reaktiv mashinalar. Bunga 1990-yillarda jahon chempioni G.Kasparovni yutgan
shaxmat dasturi bilan jihozlangan “Deep Blue” kompyuteri misol bo‘la oladi. “Deep
Blue” kompyuteri shaxmat doskasidagi figuralarni tanib olish va prognoz qilish
xususiyatiga ega bo‘lgan. Ikkinchisi, chegaralangan xotira bo‘lib, avtonom transport
vositalarida qaror qabul qilishning ma’lum bir funksiyalari shu tariqa ishlab chiqilgan.
Olib borilgan kuzatuvlardan kelgusida amalga oshiriladigan harakatlar to‘g‘risida
axborot olish uchun foydalaniladi. Bu kuzatuvlar doimiy saqlanmaydi. Uchinchisi,
tafakkur mashinasi bo‘lib, boshqa insonlarning qaror qabul qilishlariga ta’sir qiluvchi
o‘z e’tiqodlari, istaklari va niyatlari borligini tushunib yetishga tegishlidir. To‘rtinchisi,
o‘z-o‘zini anglab yetish. Sun’iy ongning paydo bo‘lishi yozish tizimlarini yaratish va
kvant darajasida axborotlarni deyarli abadiy saqlashni o‘z ichiga oladi. O‘z-o‘zini
anglaydigan mashina o‘zining joriy holatini tushunadi va boshqalar nimani his
qilayotganini aniqlash uchun ma’lumotlardan foydalanadi.

Keyingi o‘n yillikda axborot texnologiyalarining imkoniyatlari yuksak darajada

takomillashishi va yuksalishi, yuqorida qayd etilgan sun’iy intellektning ko‘plab turlari
vujudga kelishi aniq. Shu nuqtai nazardan, axborot xavfsizligini ta’minlash hukumat
miqyosida ko‘riladigan vazifalardan biriga aylandi.

Axborot insonlarning bir-biriga ta’sir o‘tkazish vositasiga aylangani bois, 2003

yil 11 dekabrda “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi Qonun e’lon qilindi. Bundan
ko‘zlangan maqsad

axborotlashtirish, axborot resurslari va axborot tizimlaridan

foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga solish edi. Sun’iy intellekt
texnologiyalarini samarali qo‘llashdan ko‘zlangan maqsad esa sun’iy intellekt
texnologiyalari asosidagi innovatsion biznes-modellar, mahsulotlar va xizmat
ko‘rsatish usullarini rivojlantirish uchun qulay va maqbul ekotizim yaratishdir.

Bugun elektron qurilmalar, texnik vositalar, robot texnologiyasi hech kimni

ajablantirmay qo‘ydi. Bu jarayon shiddat bilan o‘zgarayotgan axborot
texnologiyalarida yangilik va yana yangilik yaratishga qaratilib, aqlli o‘yinchoqlardan
tortib aqlli elektron qurilmalargacha modernizatsiya qilinyapti. Fikrimizni “robot
politsiyachi”, “robot hamshira”, “robot mexanik” kabi faoliyat turiga qaratsak: minglab
mutaxassislarning ish o‘rinlari bir “aqlli robot”ga bo‘shatib berilsa yoki sud,
prokuratura, ichki ishlar idoralari xodimlarining barcha yumushini birgina “yurist
robot” adolatli boshqarsa! Amir Temurdek siymoni filmlashtirish “kinorejissyor robot”
tomonidan yuksak mahorat bilan amalga oshirilsa! Butun dunyo olimlari yechim topa
olmayotgan ilmiy tadqiqot ishlari “robot olim” tomonidan qisqa vaqt ichida kashf
etilib, tadqiq etishga biror bir muammo qolmasa?!

Savol tug‘iladi: inson nima qiladi?
Insoniyat bu kabi hodisalar bo‘sag‘asida turgani sir emas. Sun’iy intellekt

dunyoni butunlay o‘zgacha nigoh bilan anglash darajasida o‘zgarishiga sabab bo‘ladi.


background image

25

Bu esa hayot va mamot masalasidir, ya’ni sun’iy intellekt imkoniyatidan oqilona
istifoda etilishi insoniyatni barqaror va buyuk taraqqiyotga olib boradi. Aksincha,
sun’iy intellekt jaholat va nodonlik qurboni bo‘lsa, ona sayyoramiz xavf ostida qolishi
muqarrar.

Xullas, hayotiy muhim ahamiyatga ega bo‘lgan umuminsoniy manfaatlar – har

bir millatning madaniy-tarixiy birlik sifatida o‘zini o‘zi saqlay olishi, milliy
qadriyatlar, ijtimoiy va davlat institutlarining himoyalangani, davlat suvereniteti
hamda shaxs, jamiyat va davlatning barqaror rivojlanishini ta’minlash kabi ustuvor
masalalar sun’iy intellekt hamda axborotlashuv jarayonlari bilan uzviy bog‘liqdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1.

Gulomov S., Begaliev B. Informatika va axborot texnologiyalari. –

Toshkent: Fan, 2010. – В. 5-6.

2.

Архипов В. В., Наумов В. Б. О некоторых вопросах теоретических

оснований развития законодательства о робототехнике: аспекты воли и
правосубъектности // Закон. 2017. № 5. С. 169–170.

3.

Вернадский В. И. Несколько слов о ноосфере / Вернадский В. И.

Научная мысль как планетное явление. – Москва.: Наука, 1991. – С. 235-244.

4.

Логический подход к искусственному интеллекту. - Москва: Мир, 1990.

– С.

5.

Тешабаев Т. Гулямов С.С. Хайитматов У.Т., Аюпов Р.Х. Рақамли

иқтисодиёт ва дастурлаш асослари. Изоҳли луғат. – Тошкент: Davr Matbuot
Savdo, 2021. – Б. 33.

6.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 26 августдаги

“Сунъий интеллект технологияларини қўллаш бўйича махсус режимни жорий
қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-5234-сон Қарори. – Тошкент: Халқ
сўзи газетаси, 2021 йил 27 август.

7.

Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 11 декабрдаги 560- II-сон

“Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни. – Тошкент: 2003.

8.

Филипова И. А. Искусственный интеллект и трудовые отношения:

социальные перспективы и тенденции правового регулирования // Российская
юстиция. 2017. № 11. С. 67.

9.

Хант Э. Искусственный интеллект. – Москва: Мир, 1978. – С. 5.

10.

Шабров О. Компьютерная революция. В 2 т. Т.1. / Рук. проекта

Г.Семигин. - Москва: Мысль, 1999. – С. 539-540.


MOBIL ROBOTLARNING DINAMIK MUHITLARDA OPTIMAL YOʻLINI

TOPISH ALGORITMINI ISHLAB CHIQISHDA SUN’IY NEYRON

TOʻRLARDAN FOYDALANISH

Norqo‘ziyev Quvonchbek Komiljon o‘g‘li,

Tojiyev Alisher Hasan o‘g‘li

O‘zbekiston Milliy universiteti Jizzax filiali

a_tojiyev@jbnuu.uz

Библиографические ссылки

Gulomov S., Begaliev B. Informatika va axborot texnologiyalari. – Toshkent: Fan, 2010. – В. 5-6.

Архипов В. В., Наумов В. Б. О некоторых вопросах теоретических оснований развития законодательства о робототехнике: аспекты воли и правосубъектности // Закон. 2017. № 5. С. 169–170.

Вернадский В. И. Несколько слов о ноосфере / Вернадский В. И. Научная мысль как планетное явление. – Москва.: Наука, 1991. – С. 235-244.

Логический подход к искусственному интеллекту. - Москва: Мир, 1990. – С.

Тешабаев Т. Гулямов С.С. Хайитматов У.Т., Аюпов Р.Х. Рақамли иқтисодиёт ва дастурлаш асослари. Изоҳли луғат. – Тошкент: Davr Matbuot Savdo, 2021. – Б. 33.

Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 26 августдаги “Сунъий интеллект технологияларини қўллаш бўйича махсус режимни жорий қилиш чора-тадбирлари тўғрисида”ги ПҚ-5234-сон Қарори. – Тошкент: Халқ сўзи газетаси, 2021 йил 27 август.

Ўзбекистон Республикасининг 2003 йил 11 декабрдаги 560- II-сон “Ахборотлаштириш тўғрисида”ги Қонуни. – Тошкент: 2003.

Филипова И. А. Искусственный интеллект и трудовые отношения: социальные перспективы и тенденции правового регулирования // Российская юстиция. 2017. № 11. С. 67.

Хант Э. Искусственный интеллект. – Москва: Мир, 1978. – С. 5.

Шабров О. Компьютерная революция. В 2 т. Т.1. / Рук. проекта Г.Семигин. - Москва: Мысль, 1999. – С. 539-540.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов