Xalqaro miqyosidagi ilmiy-texnik anjuman materiallarida zamonaviy kompyuter ilmlari va muhandislik texnologiyalari sohasidagi innovatsion tadqiqotlar aks etgan.
Globallashuv sharoitida davlatimizni yanada barqaror va jadal sur’atlar bilan rivojlantirish boʻyicha amalga oshirilayotgan islohotlar samarasini yaxshilash sohasidagi ilmiy-tadqiqot ishlariga alohida e’tibor qaratilgan. Zero iqtisodiyotning, ijtimoiy sohalarni qamrab olgan modernizatsiya jarayonlari, hayotning barcha sohalarini liberallashtirishni talab qilmoqda.
Ushbu ilmiy ma’ruza tezislari toʻplamida mamlakatimiz va xorijlik turli yoʻnalishlarda faoliyat olib borayotgan mutaxassislar, olimlar, professor-oʻqituvchilar, ilmiy tadqiqot institutlari va markazlarining ilmiy xodimlari, tadqiqotchilari, magistr va talabalarning ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari mujassamlashgan.