Развитие учебного процесса по науке «Основы вычислительной техники устройств техники на основе цифровых технологий»

CC BY f
173-175
1
0
Поделиться
Хурсанов, Б., Мирзаев, Д., & Абдуназаров, А. (2023). Развитие учебного процесса по науке «Основы вычислительной техники устройств техники на основе цифровых технологий». Информатика и инженерные технологии, 1(1), 173–175. извлечено от https://inlibrary.uz/index.php/computer-engineering/article/view/25358
Бойкози Хурсанов, Ферганский политехнический институт

dots.

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan.


background image

173

MUXANDISLIK TEXNOLOGIYALARI QURILMALARINI HISOBLASH

ASOSLARI FANINING TA’LIM JARAYONLARINI RAQAMLI

TEXNOLOGIYALAR ASOSIDA RIVOJLANTIRISH

dots. Xursanov Boyqo‘zi Jo‘raqo‘ziyevich,

Farg‘ona politexnika instituti

Mirzaev Dilshodbek Bahodir o‘g‘li,

Abdunazarov Abdulaziz Abdurasul o‘g‘li

Farg‘ona politexnika instituti talabalari

b.xursanov@ferpi.uz

Annotatsiya:

Maqolada muhandislik fanlarida axborot texnologiyalari va

ularning didaktik imkoniyatlari hamda ta’lim va tarbiya jarayonlarini raqamli
texnologiyalar asosida takomillashtirish ko‘rsatilgan. Zamonaviy axborot
texnologiyalarining o‘quv-ta’lim-tarbiya jarayonlariga joriy etilishi va o‘quv
ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlari yoritilgan.

Kalit so‘zlar:

axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, kompyuter, ma’ruza,

amaliy mashg‘ulot, prezentatsiya,multimedia vositalari, internet, axborot tizimlari,
ma’lumotlarni to‘plash, qayta ishlash.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining «Raqamli O‘zbekiston - 2030»

strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi
Farmonida raqamli texnologiyalar asosida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni
takomillashtirish vazifasi belgilangan [1]. Ushbu vazifalarni bajarish bo‘yicha, raqamli
iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalar kabi ta’limda zamonaviy
axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-
tadbirlar Farg‘ona politexnika instituti 5320300 - “ Texnologik mashinalar va jihozlar
”(Kimyoviy sanoat va qurilish materiallari korxonalarining mashinalari hamda
apparatlari) ta’lim yo‘nalashida o‘qitilayotgan barcha fanlarda amalga oshirilmoqda.
O‘quv jarayonlari elektron ta’lim Hemis tizimi asosida joriy etilgan. Hemis tizimiga
fan o‘qituvchilari biriktirilgan bo‘lib, ular tomonidan fanlarning o‘quv dasturidagi
barcha ma’lumotlari: ma’ruza matnlari, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari
mavzulari va fan resurslari joylashtirilgan. Ta’lim sohasiga elektron ta’limni joriy
etish, har bir ta’lim muassasasida: o‘qitish va o‘qish jarayonining; ta’lim muassasasi
boshqarilishining; ta’lim muassasasi bo‘linmalarining; ta’lim muassasasi faoliyati
muhitining axborotlashtirilishini talab qiladi [2]. Axborot texnologiyalari mavjud
usullar va vositalardan foydalanib ma’lum axborotlarga ishlov berib, qayta ishlab yangi
ko‘rinishdagi inson faoliyati uchun zarur bo‘lgan axborotlarni yaratish jarayonidir.

Hozirgi kunda zamonaviy AKTdan foydalanish, axborot almashish, ularni

uzatish, o‘zlashtirish inson faoliyatining asosiy negizini tashkil etadi [2,3]. Zamonaviy
axborot - kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlari juda keng tizim bo‘lib, unga
ma’lum bo‘lgan kompyuter, multimedia vositalari, kompyuter tarmoqlari, Internet kabi
tushunchalardan tashqari qator yangi tushunchalar: axborot tizimlari, axborot
tizimlarini boshqarish, axborotlarni uzatish tizimlari, ma’lumotlar ombori,
ma’lumotlar omborini boshqarish tizimlari, bilimlar ombori kabilar misol bo‘ladi.


background image

174

Zamonaviy axborot texnologiyalarining ta’lim jarayonlariga joriy etilishi: talabaga
kasbiy bilimlarni egallashiga; o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarni modellashtirish
orqali fan sohasini chuqur o‘zlashtirilishiga; o‘quv faoliyatining xilma-xil tashkil
etilishi hisobiga talabaning mustaqil faoliyati sohasining kengayishiga; interaktiv
muloqot imkoniyatlarining joriy etilishi asosida o‘qitish jarayonini individuallashtirish
va differensiyalashtirishga; sun’iy intellekt tizimi imkoniyatlaridan foydalanish orqali
talabaning o‘quv materiallarini o‘zlashtirish strategiyasini egallashiga; axborot
jamiyati a’zosi sifatida unda axborot madaniyatining shakllanishiga; o‘rganilayotgan
jarayon va hodisalarni kompyuter texnologiyalari vositasida taqdim etish, talabalarda
fan asoslariga qiziqishni va faollikni oshirishga olib kelishi bilan muhim ahamiyat kasb
etadi. [3,4].

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, shu jumladan, ushbu ta’lim

vositasining didaktik imkoniyatlariga

ob’ektning tabiiy jihatlari, texnik va texnologik

fazilatlari, o‘quv va tarbiyaviy jarayonida didaktik maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan aspektlari sifatida qaralishi mumkin. AKTning tasniflanishiga mos ravishda
didaktik imkoniyatlarini uchta guruhga ajratish mumkin: a) o‘quv ma’lumotlarini
taqdim etish; b) o‘quv ma’lumotlarini uzatish; s) o‘quv jarayonini tashkil etish [5,6].

O‘quv ma’lumotlarini taqdim etish va AKTlarning didaktik imkoniyatlariga:

axborotlarni ta’limga oid elektron resurslar orqali matn, grafika, audio, video,
animatsion formatda ko‘rsatish va uzatish; qiziqtiruvchi ma’lumotlarni taqdim etish
imkoniyati; qabul qilingan bilimlar asosida ko‘nikmalarni mustahkamlash va
ko‘nikmalarni amalda qo‘llash imkoniyati; o‘quv, o‘quv-uslubiy, ilmiy axborotlarni
tayyorlash, tartibga solish va ishlov berish; axborotni saqlash va yig‘ish; axborotni
tizimlashtirish. [2,3,7].

O‘quv ma’lumotlarini uzatish AKTlarning didaktik imkoniyatlariga: axborot-

kommunikatsiya texnologiyalari yordamida axborotlarni turli shakllarda tarqatish;
ma’lumotlardan keng foydalanishni ta’minlash; qiziqtiruvchi ma’lumotlarni olish
uchun biron-bir elektron ma’lumotlar bankiga va maqsadli o‘quv ma’lumotlar
bazalariga ulanish imkoniyati; turli xil axborot tashuvchi vositalardan ma’lumotlarni
yuklash;

kurs o‘qituvchisi bilan muloqotni tashkil etish; bir vaqtning o‘zida ko‘p sonli

o‘quvchilarga xabarlarni yuborish;

o‘qituvchi va talabalar o‘rtasida asinxron ma’lumot

almashish (matn, grafik, audio);

maslahatlar, nazorat qilish va hokazolarni tashkil etish

imkoniyatlari kiradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabr “Raqamli

O‘zbekiston-2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni.

2.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevral “Axborot

texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli Farmoni.

3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 may “«Elektron

hukumat» tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi
loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi PQ-4328-sonli Qarori.


background image

175

4. Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasi. Yevropa

Ittifoqi

Erasmus+

dasturining

ko‘magida.

https://hiedtec.ecs.uni-

ruse.bg/pimages/34/3._UZBEKISTAN-CONCEPT-UZ.pdf

5. Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy

qilishning metodik asoslari. Monografiya. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2018.

6. Khursanov, B. J. (2023). Factors of Preparation of HighQuality Clinker in

Rotary Kilns. Eurasian Research Bulletin, 17, 73-77.

7. Xursanov B. J., & Mirzaev, D. B. (2023). TEXNOLOGIK MASHINALAR

VA

JIHOZLAR

MUTAXASISLIGI

TA’LIM

JARAYONLARINI

TAKOMILLASHTIRISHDA

RAQAMLI

TEXNOLOGIYALARDAN

FOYDALANISH. Science and innovation, 2(Special Issue 3), 565-567.

8.

Khursanov, B. J. (2023). AN INNOVATIVE APPROACH TO THE DESIGN

OF TECHNICAL AND TECHNOLOGICAL PROCESSES OF AGRICULTURAL
PRODUCTS

PRODUCTION

AND

INCREASING

THE

TECHNICAL

LEVEL.

European Journal of Emerging Technology and Discoveries

,

1

(2), 93-100.

9.

Tojimatovich, K. I., & Jurakuziyevich, K. B. (2023). HYDRODYNAMICS

OF FLUID TRANSMISSION CAPACITY OF BUBBLE EXTRACTOR
FILTER.

European Journal of Emerging Technology and Discoveries

,

1

(2), 80-85.

10.

Xursanov, B. J., & Mirzaev, D. B. (2023). Texnologik mashinalar va jihozlar

mutaxasisligi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan
foydalanish.

Science and innovation

,

2

(Special Issue 3), 565-567.

11.

Khursanov, B. J. (2023). Improvement of Educational Processes in

Specialized Subjects Based on Digital Technologies.

European Science Methodical

Journal

,

1

(3), 18-23.

12. Б.Дж. Хурсанов. (2023). Методы анализа технологических систем

переработки энергии.

Евразийский исследовательский вестник

,

21

, 87-92.


OLIY TA’LIMDA ZAMONAVIY TEXNALOGIYALARNI KENG QO‘LLASH

ORQALI XORIJIY O‘QUV DASTURLARDAN FOYDALANISHNING

DOLZARBLIGI

Umirova Navruza Mamasoliyevna

Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti

navruzaumirova3@gmail.com

Annotatsiya:

Ushbu maqola oliy ta’lim jarayonida talabalar mustaqil

dunyoqarashini shakllantirishda zamonaviy pedtexnologiyalarni ta’lim jarayoniga
tadbiq qilish va qo’llash usullarini pedagogik jihatdan ochib beradi, hamda ta’limni
zamonaviylashtirish yo’lida qilinishi lozim bo’lgan masalalarni pedagogik yoritib
beradi.

Kalit soʻzlar:

xorijiy o’quv dasturlar, pedtexnalogiyalar, zamonaviy o’qitish

metodlari, innovatsilar, oliy ta’lim tizimi, talabalar mustaqil dunyoqarash.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 5 oktyabr “Raqamli O‘zbekiston-2030” Strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6079-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 19 fevral “Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalari sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5349-sonli Farmoni.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 21 may “«Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi loyihalarni ishlab chiqish va amalga oshirish sifatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4328-sonli Qarori. 4. Oliy ta’lim tizimini raqamli avlodga moslashtirish konsepsiyasi. Yevropa Ittifoqi Erasmus+ dasturining ko‘magida. https://hiedtec.ecs.uni-ruse.bg/pima/34/3._UZBEKISTAN-CONCEPT-UZ.pdf

Tursunov S.Q. Ta’limda elektron axborot resurslarini yaratish va ularni joriy qilishning metodik asoslari. Monografiya. -T.: Adabiyot uchqunlari, 2018.

Khursanov, B. J. (2023). Factors of Preparation of HighQuality Clinker in Rotary Kilns. Eurasian Research Bulletin,17, 73-77.

Xursanov B. J., & Mirzaev, D. B. (2023). TEXNOLOGIK MASHINALAR VA JIHOZLAR MUTAXASISLIGI TA’LIM JARAYONLARINI TAKOMILLASHTIRISHDA RAQAMLI TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH. Science and innovation, 2(Special Issue 3), 565-567.

Khursanov, B. J. (2023). AN INNOVATIVE APPROACH TO THE DESIGN OF TECHNICAL AND TECHNOLOGICAL PROCESSES OF AGRICULTURAL PRODUCTS PRODUCTION AND INCREASING THE TECHNICAL LEVEL. European Journal of Emerging Technology and Discoveries, 1(2), 93-100.

Tojimatovich, K. I., & Jurakuziyevich, K. B. (2023). HYDRODYNAMICS OF FLUID TRANSMISSION CAPACITY OF BUBBLE EXTRACTOR FILTER. European Journal of Emerging Technology and Discoveries, 1(2), 80-85.

Xursanov, B. J., & Mirzaev, D. B. (2023). Texnologik mashinalar va jihozlar mutaxasisligi ta’lim jarayonlarini takomillashtirishda raqamli texnologiyalardan foydalanish. Science and innovation, 2(Special Issue 3), 565-567.

Khursanov, B. J. (2023). Improvement of Educational Processes in Specialized Subjects Based on Digital Technologies. European Science Methodical Journal, 1(3), 18-23.

Б.Дж. Хурсанов. (2023). Методы анализа технологических систем переработки энергии. Евразийский исследовательский вестник, 21, 87-92.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов