Oila jamiyat poydevori

CC BY f
168-170
15
11
Поделиться
Норбоева, С., & Шадиев E. (2023). Oila jamiyat poydevori. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 168–170. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp168-170
С Норбоева, STARS International University

направление бухгалтерского учета и аудита студент

E Шадиев, STARS International University

Научный руководитель.Ученый секретарь Ученого совета

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivojlanishidagi ta’siri, oilalar mustahkamligidagi kamchiliklar, mamlakat miqyosida amalga oshirilgan chor- tadbirlar ilmiy tadqiq etilgan.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

168

Annotatsiya:

Maqolada oilaning jamiyatdagi o‘rni, uning rivojlanishidagi ta’siri, oilalar

mustahkamligidagi kamchiliklar, mamlakat miqyosida amalga oshirilgan chor- tadbirlar il-
miy tadqiq etilgan.

Kalit so‘zlar:

oila, jamiyat, taraqqiyot, shaxs, inson.

KIRISH

Mamlakatimizda mustaqillik yillarida amalga oshirilgan farmonlar-farmoyishlar,

qabul qilingan qarorlar hech biri bugunga qadar jamiyatimizning asosiy bo‘g‘ini
bo‘lgan oilalarni chetlab o‘tgani yo‘q. Nega jamiyatning asosiy bo‘g‘ini sifatida oila
kamol topib har bir shaxsni voyaga yetkazib jamiyat a’zolaridan biriga aylanti-
rar ekan, u shaxsning ongi, mafkurasi, qarashlari bari-bari o‘sha oilaning ta’sirida,
uning nazoratida shakllanadi.

Adabiyotlar tahlili.

Oila va jamiyat muammolari milliy va xorijiy olimlar tomoni-

dan keng qamrovli tadqiq etib kelinmoqda.

Shu o‘rinda aytish kerakki Iyanla Van-

zat tili bilan aytganda “Oila doirasi bizning xavfsiz panohimiz bo‘lishi kerak, Ammo
biz ko‘pincha eng ko‘p og‘riqni topadigan joy ham oila bo‘lishi mumkin”, ming af-
suski bugun jamiyatimizda oila qadrini, ota-ona, farzand mehrini hali-hanuz his qi-
lib o‘z baxtini anglay olmagan qo‘shtirnoq ichidagi jamiyatni, millatni botqoqqa
yetaklaydigan oilalar haligacha bor.

Sevara Ishmuratova o‘zining “Oila – davlat va jamiyatning poydevori” nomli

maqolasida quyidagi fikr-mulohazalarni bayon etgan: “Ma’naviy jihatdan bir-biriga
sabr qilish lozim bo‘lganiday, moddiy jihatdan ham qanoatli va sabrli bo‘lish juda
muhimdir. Oilaning tinch, farzandlarning baxtli bo‘lishligida er-xotinning har ikkisi
ham oiladagi o‘z burchlarini astoydil ado etishga intilishlari muhimdir. Mustahkam
va saodatli oilada er-xotin o‘zaro totuv yashashi bir-birining yaxshi va yomon ji-
hatlarini ko‘tarishi, ayb va kamchiliklarini kechirishi, tinch va totuv yashashi lozim”.

Oilada erkak kishining mas’uliyati alohida qayd etilgan. Sharqda qadim-qadim-

dan oila muqaddas go‘sha sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa, ma-
hallada tinchlik va hamjihatlikka erishiladi. Binobarin, mahalla-yurt mustahkam

S.B.NORBOYEVA

“STARS International University”,
buxgalteriya va audit yo‘nalishi
talabasi

ILMİY RAHBAR: PHD,
E.T.SHODİEV,

“STARS International University”
Ilmiy kengash ilmiy kotibi

OILA
JAMIYAT
POYDEVORI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp168-170


background image

STARS International University

169

bo‘lsagina, davlatda osoyishtalik va barqarorlik hukm suradi. Oila farovonligi – mil-
liy farovonlik asosidir.

Karomat Axtamova o‘zining “Oila - muqaddas dargoh” nomli ilmiy maqolasi-

da quyidagi fikr-mulohazalarni bayon etgan: Oila jamiyatning muqaddas maskani,
eng asosiy tarbiya makonidir. Oiladagi ota ibrati, ona mehri, bobo va buvilar o‘git-
lari orqali milliy qadriyatlarimizga bo‘lgan imon-e’tiqod, halollik, mehr-oqibat av-
loddan avlodga o‘tadi, farzandlarimiz ongi va qalbida muhrlanib boradi. Iqtisodiy
jihatdan farovon, ijtimoiy-axloqiy va g‘oyaviy muhiti sog‘lom oila negizida yuzaga
kelgan jamiyat va davlatning poydevori mustahkam bo‘ladi. Chunki bunday oila-
larda ma’naviy barkamol inson voyaga yetadi, uning his-tuyg‘ulari, dunyoqarashi,
tafakkuri el-yurtga halol xizmat qilishdek insonparvarlik g‘oyalari bilan sug‘orilgan.

O‘zbeklarda oilaning rahbari ota hisoblanib, u oilani moddiy jihatdan ta’minlas-

hga mas’uldir. Otaning rahbarligi to‘g‘risida Qur’oni karimda “Erkaklar xotinlari
ustidan rahbardurlar” deyilgan. Oyat mohiyatini tahlil qiladigan bo‘lsak, oiladagi
moliyaviy masalalar, chetdan bo‘ladigan xurujlardan uni himoya qilish otaga yuk-
latilmoqda. Nafaqat rahbar, balki ota-oila posboni. Ota bor xonadon charog‘on,
bolalar yuzida tabassum, ona qalbida osoyishtalik. Oilada ijtimoiy-ma’naviy mu-
hitni barqaror bo‘lib turishida, farzand tarbiyasida onaning, ayolning o‘rni beqiyos.
Farzandlarimizning oilada shakllangan imon-e’tiqodi, odobi, g‘ururi, iftixori, oriyati,
mahalla muhitida mustahkamlanib boradi. Oilada imon-e’tiqodli oriyatli etib tar-
biyalangan qiz yoki o‘g ‘il mahallaning sha’ni, obro‘si, kelajagi uchun qayg‘uradi.
Mahallada yuzaga kelgan har qanday noxushliklarga barham berishga intiladi.

Tahlil va natijalar.

Birgina mamlakatimiz miqyosida 10.000 dan ortiq notinch

oilalar mavjud ekan. O‘g‘riqli bo‘lsa-da siz-u biz javob topishga qiynaladigan oi-
lalardagi muammolar yechimini kutayotgan savollar talaygina. Misol tariqasida
ota-ona birbirini tushunmasa, qanday farzandlariga o‘zida yo‘q bo‘lgan mehrni be-
rib ularni bir- birlariga, insonlarga bo‘lgan mehrni shakllantira oladi. Judayam ko‘p
jamiyatimizda bu kabi javobsiz savollar. Xatto inson ko‘ngli aynir darajadagi mil-
latchiligimiz, dinimiz milliy mafkuramizga zid bo‘lgan G‘arb madaniyatidagi, hatto
musulmon oilalaridan chiqqan qizlar tabiatidagi kashandalikmadaniyatimizga zid
keladigan qo‘shtirnoq ichidagi yoshlar tomonidan qo‘llanilayotgan jargon so‘zlar
tilimizdagi, internetdan foydalanish madaniyati behayo videolardan tortib bari-ba-
ri qaysi oila boshi qanday oilalarda tarbiya topgan qo‘pol qilib aytganda qaysi
manqurt inson nomi bilan ataluvchilardan chiqyapti deysiz. Albatta oila bosh bo‘l-
mas ekan, ota otaligini, ona onligini his qilmas ekan, biz yuzaki aytib o‘tgan ammo
eng og‘riqli nuqtamiz hisoblangan bu kamchiliklar hech qachon tugamaydi.

Inson yashar ekan ,sevsin-sevilsin.
Ba’zan qayg‘ulardan shodlik yaratsin.
Bolam deb, chaqam deb yelib-yugurib,
Foniy bu dunyodan baxt ila.

Xulosa va takliflar

Har bir oila eng avvalo sevgi, mehr -muhabbat bilan har tomonlama o‘ylab mus-

tahkam qurilar ekan, uning poydevorini hech kim, hech bir kuch, hech qaysi tahdid
buzolmaydi. Har qaysi inson butun kuchini energiyasini o‘zini baxtli deb hisobla-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

170

gan oilasidan oladi. Li Yakoka aytganidek, ,.,Oila men biladigan yagona mustah-
kam poydevordir. Shuningdek, men biladigan yagona haqiqiy muassasa bu –Oila.
Shunday ekan, jamiyatimiz poydevori bo‘lgan oilalarimizga doim e’tiborli bo‘laylik.
Bugungi kunda mamlakatimizda 15 milliondan ortiq namunali oilalar mavjudligi,
shu bilan birga 4343 ta nochor oilalarga asosiy muammolarini hal etishda ko‘mak
ko‘rsatilayotganligi aslida jamiyatimizdagi oilalar mustahkamligini ta’minlash uc-
hun qilinayotgan sa’y-harakatlar isbotidir. Albatta buyuk tariximizdan, tamomila
sharqona qarashlarimiz bilan rang-barang tus olgan mehr -muhabbat o‘chog‘ini
o‘zida aks etgan mustahkam oilalarimiz bor ekan O‘zbekistonimiz rivojlanishda da-
vom etib taraqqiyot cho‘qqisiga chiqa oladi deb ayta olamiz.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. Sevara Ishmuratova. Oila – davlat va jamiyatning poydevori. https://pravac-

heloveka.uz/oz/news/m7576

2. Karomat Axtamova. Oila muqaddas dargoh. http://hazratnavoi.uz/maqola-

lar/4114-oila-muqaddas-dargoh.html

Библиографические ссылки

Sevara Ishmuratova. Oila – davlat va jamiyatning poydevori. https://pravacheloveka.uz/oz/news/m7576

Karomat Axtamova. Oila muqaddas dargoh. http://hazratnavoi.uz/maqolalar/4114-oila-muqaddas-dargoh.html

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов