Til – millat ko‘zgusi

CC BY f
285-287
20
16
Поделиться
Зиядуллаева, Э. (2023). Til – millat ko‘zgusi. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(2), 285–287. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp285-287
Эзоза Зиядуллаева, Термезский государственный педагогический институт

Направление начального образования студент 2 курса

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi, dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin yaratganligi haqida so‘z yuritiladi.


background image

STARS International University

285

Annotatsiya:

Ushbu maqolada o‘zbek tilining hozirgi kundagi ahamiyati, rivojlanishi,

dunyo miqyosidagi o‘rni va jozibadorligi haqida bayon etilgan. O‘zbek tiliga davlat tili
maqomining berilishi va uning respublika hududiga mustaqillikning kirib kelishiga zamin
yaratganligi haqida so‘z yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

o‘zbek tili, qonun, davlat tili, Islom Karimov, A. Avloniy, Mirtemir, ona, bola,

tarix.

Bu kurrai zaminda osmonda porlab turgan yulduzlar kabi xalqlar ham ko‘p. Har

bir xalq o‘z tili, milliy urf-odati, qadriyat va an’analari, o‘ziga xos turmush tarzi
bilan ajralib turadi. Zero, xalqning, millatning o‘zligini anglashi, tarixini namoyon
qilishida o‘z “Oliy zaboni” bo‘lmish ona tilining o‘rni beqiyosdir. Anglashimiz lozim
bo‘lgan yana bir haqiqat shuki, inson dunyo yuzini ko‘ribdiki, o‘z ona tili bilan ko‘z
ochadi, uyg‘onadi, ulg‘ayadi va kamolga yetadi. Shu til bilan yashab o‘tadi. Til in-
son kamolotida betakror ahamiyat kasb etadi. Ona tili eng ezgu fazilatdir, yuksak
tuyg‘ular manbaidir. Inson uchun oliy ne’mat deb atalmish ona tili har bir millatning
eng asosiy belgilaridan biri bo‘lib, Birinchi prezidentimiz ta’kidlaganidek:“Ona tili –
o‘zlikni anglash, milliy ong va tafakkurning ifodasi, avlodlar va ajdodlar o‘rtasidagi
ruhiy-ma’naviy bog‘liqlik ustunidir”. O‘zbekistonning har bir fuqarosi o‘z ona tilisini
sevadi, uni hurmat qiladi va e’zozlaydi. Chunki aynan shu til orqaligina har qan-
day millatning qay tarzda yashayotganligini, rivojlanayotganligini yoki, aksincha,
orqada qolayotgan va qashshoqlashib borayotganligini bilishimiz mumkin. Shun-
ing uchun ham bejizga:“Til-millat ko‘zgusi”,-deyishmaydi.

1989-yil 21-oktabr “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilinib, o‘zbek tiliga davlat

tili maqomi berildi. Xalqimizning muqaddas qadriyatlaridan biri bo‘lgan ona tilimiz
o‘zining qonuniy maqomi va himoyasiga ega bo‘ldi. O‘zbekiston Respublikasin-
ing Konstitutsiyasida ham Davlat tilining maqomi huquqiy jihatdan mustahkamlab
qo‘yildi. Shu tariqa o‘zbek tili davlatimizning bayrog‘i, gerbi, madhiyasi kabi qonun
yo‘li bilan himoya qilinadigan muqaddas davlat ramzlari qatori e’zoz va ehtiromga
sazovor bo‘ldi. Tarixdan ma’lumki, mana bir necha ming yillardan beri ona tilimiz
hanuzgacha o‘zining ahamiyatini yo‘qotmay kelmoqda. O‘zbek tilining eng ahami-
yatli jihati shundaki, u juda shirali, har bir so‘z quloqqa xush yoqadi, eshitgan inson
entikib ketadi. Jonajon tilimiz, shoir Mirtemir aytganidek, yoshligimizdanoq jon-u
qulog‘imizga singib ketgan. Onalarimiz aytgan allalari-yu, bobo-buvilarimizdan es-

ZIYODULLAYEVA E’ZOZA
KAMOLIDDIN QIZI,

Termiz davlat pedagogika
instituti Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 2-kurs talabasi

TIL – MILLAT
KO‘ZGUSI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp285-287


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

286

hitgan ertak, hikoya, rivoyat va masallar orqali yuragimiz tub-tubigacha kirib bor-
gan, o‘z navbatida, ona tilimizga, ona vatanimizga muhabbat uyg‘otgan. Milliy til-
imizga, ona tilimizga bo‘lgan e’tibor, nafaqat bugungi kunda, balki tarixning barcha
davrlarida ham dolzarb ahamiyat kasb etib kelgan. Shu o‘rinda bobolarimiz aytgan
purma’no fikrlarni eslaylik: “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurg‘on
oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millat ruhini yo‘qotmakdur”
(A. Avloniy). Bu yerda milliy tilni yo‘qotmak millat tilini yo‘qotmakka qiyoslanmoq-
da. Darhaqiqat, tilning ahamiyati, uning mavjudligi har qanday yurt, millat taraqqi-
yotini belgilab berishi shubhasiz. Ayniqsa, bugungi globallashuv dunyo xalqlarin-
ing turmush tarzi umumiylik kasb etgan bir davrda yuqoridagi so‘zlarning zalvari
ikki hissa ortadi.

Til – millat ko‘zgusi, ma’naviyat sarchashmasidir. O‘zbekiston Respublikas-

ining Birinchi prezidenti Islom Karimov bejizga ona tilimizni: “Jamiki ezgu fazi-
latlar inson qalbiga, avvalo, ona allasi, ona tilining betakror jozibasi bilan singa-
di. Ona tili – bu millatning ruhidir”, – deya e’tirof qilmagan. O‘z tilini yo‘qotgan
har qanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi muqarrar. Yozuvchi va shoirlarimiz
ham tilimiz haqida ko‘plab purma’no hikmatli so‘zlarni aytganlar va tilni turli-
cha ta’riflaganlar. Abdulla Oripov o‘zbek tili yo‘qolsa, to‘tiga aylanib qolishi-
ni, Erkin Vohidov ona tilimiz o‘lmasligini bot-bot ta’kidlaydi. Rasul Hamzatov
esa ona tili yo‘qolsa, hatto o‘limga ham rozi ekanligini qalamga oladi. Ona tilim-
iz hisoblanmish o‘zbek tilini maqtab, uni madh etib, hattoki shu mavzuda qasi-
dalar yozib, qalam tebratgan shoir-u shoiralarimiz nihoyatda bisyor. Masalan,
qalami o‘tkir ijodkorimiz Ozod Sharofiddinov: “O‘zbek tili – nafaqat qadimiy til.
U g‘oyatda nafosatga boy til, u har qanday ma’noni eng inja qatlamlarigacha ochib
bera oladigan, o‘zining go‘zalligi bilan odamga zavq-shavq ulasha oladigan, bahri
dilini ochib, go‘zallik tuyg‘usini qondira oladigan tuyg‘udir”, – deya ta’riflagan. Bun-
da shoir o‘zbek tilini tarixdan ma’lum va qadimiy til ekanligini g‘oyatda go‘zal va
nafosatga boy ekanligini alohida ta’kidlab o‘tgan. Shoirimiz A. Qodiriy esa: “O‘zbek
tili kambag‘al emas, balki o‘zbek tilini kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al.
Ular o‘z nodonliklarini o‘zbek tiliga to‘nkamasinlar”, – deb aytganlar.

Donolar ona tilidan ayrililishni o‘limga o‘xshatadilar. Chindan ham shunday. Bu-

gun dunyodagi kam sonli xalqlar ham o‘z ona tili uchun kurashmoqda. Uning yash-
ab qolishini ta’minlash uchun bor imkoniyatlarini sarflamoqdalar. Shunday ekan,
biz shonli tarix, ulug‘ allomalariga ega bo‘lgan o‘zbek xalqi o‘z davlat tilimizni qa-
drlash, uni rivojlantirish, nufuzini oshirishdek savobli va xayrli ishlarda hamisha faol
bo‘lishimiz lozim.

Ona tili – bu odamlarning bilim olish qobiliyatini oshirishga yordam beradigan

juda kuchli vosita. Bolalar ota-onalari bilan ona tili bilan gaplashish orqali ko‘nik-
malarini rivojlantiradilar va bu muloqot qobiliyati darsda qatnashish uchun mak-
tabda yoki institut doirasida muhim ahamiyatga ega bo‘ladi. Maktabda o‘qish ona
tili qo‘llanilishini mustahkamlashda muhim rol o‘ynaydi. Ona tili – bu tarbiyaning
muhim jihati, chunki u dunyoni idrok etish va boshqalarga o‘z fikrini ifoda etish
imkonini beradi. Chaqaloqlar, odatda, ko‘rgan yoki eshitganlariga taqlid qilishadi.
Bolalar har narsani tez o‘rganadilar, ona tilini ham ular ota-onalariga taqlid qilib
o‘rganadilar. Ona tilini yaxshi bilish, qo‘shimcha tillarni o‘rganish uchun mustahkam
poydevor yaratishga yordam beradi. Shaxsning shaxsiy va madaniy o‘ziga xosligi
ona tili tufayli rivojlanadi. O‘z atrofini va tarixini anglab shaxsiy kimligini shakllan-


background image

STARS International University

287

tirish mumkin. Ona tilini rivojlantirish faqat tilshunoslar, shoir yoki yozuvchi emas,
balki shu yurtda yashab shu yurtning changini yutib, suvini ichib, tuzini totib ya-
shayotgan har bir insonning vazifasi hisoblanadi. Oddiy dehqon bo‘laylik yoki qu-
ruvchi, qaysi soha vakili bo‘lishimizdan qat’i nazar, davlat tilining rivoji uchun hissa
qo‘shish shu vatan, shu xalqqa bo‘lgan farzandlik burchimizdir. Xo‘sh, bu nimadan
boshlanadi?! Ona tilimizga hurmat birinchi galda unga hurmat-ehtiromdan bosh-
lanadi. Xalqimizda:“O‘ynab gapirsang ham, o‘ylab gapir”-degan maqol bor. Endi
buni tashqi yozuvlarga tatbiq etadigan bo‘lsak:“O‘ynab yozsang ham, o‘ylab yoz!”
Rosti, bugun bino va imoratlarimiz yuzidagi peshlavhalarga boqsak, ona tilimizga
qanchalik befarq ekanligimizni anglaymiz. Ularni tartibga keltirish uchun bugun
maslahatchilar joylarda ish olib borib, tadbirkorlarga, aholiga peshlavhalar, ax-
borot matnlari va e’lonlarni tartibga keltirish borasida tavsiyalar, amaliy yordamlar
bermoqdalar.

Afsuski, ayrim yurtdoshlarimiz o‘zbekistonlik, shu yurt fuqarosi bo‘la turib bu

boradagi islohotlarga panja ortidan qaramoqdalar. Go‘yoki bu ishlarga ularning
aloqasi yo‘q, xuddi ular chet el fuqarosidek! Shu o‘rinda ko‘plab yurtdoshlarimiz-
ga, tadbirkorlarga ham minnatdorchilik bildirish lozim. Ularga davlat tili borasidagi
ilk tavsiyaning o‘ziyoq yetarli bo‘lib, ertasiga o‘ziga tegishli bino, do‘kon, savdo
shoxobchasining peshxonasiga davlat tilida bitilgan chiroyli matnlarni joylashtir-
moqdalar.

Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ona tili insonning mavjud qismi bo‘lib

qoladi, chunki u aqlning haqiqiy vositasi deb aytiladi, har bir inson o‘z ona tilida fikr
yuritadi. Bugungi kunda ona tilimizning dunyo miqyosiga kirib borishida va tarixiy
ahamiyatga ega bo‘lishida biz yoshlarning o‘rnimiz beqiyosdir.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. X.S. Muhiddinova, Z.I. Salisheva, X.S. Po‘latova “O‘zbek tili”.
2. Berdiyev X.X. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”.

Библиографические ссылки

X.S. Muhiddinova, Z.I. Salisheva, X.S. Po‘latova “O‘zbek tili”.

Berdiyev X.X. “O‘zbek tilining sohada qo‘llanishi”.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов