Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish

CC BY f
134-137
143
20
Поделиться
Бурханова, Ш., Бурханов, Ш., & Куланов, И. (2023). Raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 134–137. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp134-137
Шахзода Бурханова, Джизакский филиал Национального университета Узбекистана

студент

Шерзод Бурханов, Самаркандский филиал Ташкентского университета информационных технологий

студент

Икрам Куланов, Джизакский политехнический институт

директор школы

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishni shakllantirish va texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishning vazifalari belgilab berilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

134

Annotatsiya:

Mazkur maqolada O‘zbekistonda raqamli ta’lim muhitida bo‘lajak muhan-

dislarning kasbiy kompetensiyalarini takomillashtirishni shakllantirish va texnika oliy ta’lim
muassasalarida raqamli ta’lim muhitida muhandislarning kasbiy kompetensiyalarini tako-
millashtirishning vazifalari belgilab berilgan.

Kalit so‘zlar:

raqamli ta’lim, kasbiy kompetensiya, kompetentlik, modulli o‘qitish.

Hozirgi kunda dunyoda ta’lim sohasida raqamlashtirish yetakchi o‘rinni egalladi.

Bu borada respublikamizda ham oliy ta’limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘na-
lishlarini belgilash, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega,
mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan
yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta’limni modernizatsiya qilish, ilg‘or ta’lim texno-
logiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlanti-
rish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 19-oktyabrdagi
PF–5847-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivo-
jlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi [1]. O‘zbe-
kiston Respublikasi Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasida
belgilangan vazifalar ijrosini izchil ta’minlash, shuningdek, oliy o‘quv yurtlarining
mustaqilligini kengaytirish, ular faoliyatida davlat ma’muriy boshqaruvini keskin
kamaytirish hamda shu orqali o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga javob bera
oladigan yuqori malakali kadrlar tayyorlovchi OTMlarni shakllantirish maqsadida
Respublikamiz Prezidentining 2021-yil 24-dekabrdagi “Davlat oliy ta’lim muas-
sasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha
qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi [2] hamda “Davlat oliy ta’lim muassasa-
lariga moliyaviy mustaqillik berish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi [3] Qarorlari aso-
sida 2022-yil yanvar oyidan boshlab 35 ta oliy ta’lim muassasasida ushbu tizim
joriy etildi.

Burxanova Shaxzoda,

talaba, O‘zbekiston Milliy
universiteti Jizzax filiali
burxanovashaxzoda@gmail.com

Burxonov Sherzod,

talaba, Toshkent axborot
texnologiyalari universiteti
Samarqand filiali
burxonovsherzod2105@gmail.com

Kulanov Ikrom,

katta o‘qituvchi, Jizzax politexnika
institute
ikulanov76@mail.ru

RAQAMLI TA’LIM
MUHITIDA BO‘LAJAK
MUHANDISLARNING
KASBIY
KOMPETENSIYALARINI
TAKOMILLASHTIRISH

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp134-137


background image

STARS International University

135

Bunday rivojlanishning asosiy sharti kasblarga qo‘yiladigan talablar va o‘zgaruv-

chan qiymat yo‘nalishlarini hisobga olgan holda raqamli muhitda yashash va o‘z
kasbiy faoliyatini amalga oshirishga qodir bitiruvchini tayyorlashga qaratilgan milliy
ta’lim tizimini modernizatsiya qilishdir. Ushbu muammoni hal qilish professor-o‘qi-
tuvchilarning malakasiga qo‘yiladigan talablarni va ularning o‘quv jarayonini loyi-
halash hamda amalga oshirish uchun raqamli texnologiyalardan foydalanish kom-
petensiyasini oshirishni nazarda tutadi va masofaviy ta’limga yuqori ehtiyoj mavjud
bo‘lgan ayni paytda texnika yo‘nalishi oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim mu-
hitida bo‘lajak muhandislarning kasbiy kompetensiyasini takomillashtirish zaruriya-
tini vujudga keltiradi. Zamonaviy O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi turli
xil kasb mutaxassislarini tayyorlashga yangi talablarni belgilaydi, bu esa malakali
kadrlar tayyorlashda oliy ta’lim tizimi belgilangan maqsadlarga erishish uchun usul
hamda vositalarni optimallashtirish asosida jahon standartlariga mos standartlarni
ishlab chiqishni taqozo qiladi.

Texnik innovatsiyalar bozorining rivojlanishi muhandisdan o‘z kasbiy faoliyatini

dinamik va yuqori texnologiyali kasbiy muhitda samarali amalga oshirish qobiliyatini
talab qiladi, bu esa kasbiy muhandislik ta’limi tizimini yangi bosqichda modernizat-
siya qilish vazifalarini dolzarblashtiradi.

Tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, zamonaviy sharoitda institutda texnik mutaxassis-

larni tayyorlash jarayoni muhandislik faoliyatining doimiy o‘zgaruvchan vazifalari va
uni amalga oshirish shartlarini hisobga olgan holda tashkil etilishi kerak. Ushbu o‘z-
garishlar, shuningdek, respublikamizda innovatsion tizimning yuqori sur’atlarda ri-
vojlanishi zamonaviy muhandislik faoliyatining kasbiy salohiyatiga ta’sir qildi va oliy
ta’lim tizimidan innovatsion, ijodiy fikrlash qobiliyatiga, zamonaviy ilmiy-texnikaviy
taraqqiyot jarayonida yuqori darajadagi texnik va yetarli fundamental bilimlarga
ega bo‘lgan, tadqiqot muammolarini mustaqil ravishda hal qiladigan hamda kasbiy
muammolarni hal qilishning yangi texnologiyalarini tezda o‘zlashtira oladigan mu-
taxassislarni tayyorlashni talab qiladi.

Hozirgi vaqtda mehnat bozorida bo‘lgan talab uchun muayyan kasbiy bilim,

ko‘nikma va malakalarga ega bitiruvchi bo‘lish yetarli emas.

Keyingi paytlarda pedagogika fanida kompetentlik va kompetensiya tushuncha-

larining o‘zaro bog‘liqligi to‘g‘risidagi masala ko‘p ko‘rilmoqda.

Kompetentlik (ingl. “competence” – “qobiliyat”) – faoliyatda nazariy bilimlardan

samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namo-
yon eta olish demakdir.

Kompetentlik tushunchasi ta’lim sohasiga psixologik ilmiy izlanishlar natijasida ki-

rib kelgan. Psixologik nuqtayi nazardan kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutil-
magan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, muloqotga kirishishi, raqiblar
bilan o‘zaro munosabatlarda yangi yo‘l tutishi, noaniq vazifalarni bajarishda, ziddi-
yatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda, izchil rivojlanib boruvchi va murakkab
jarayonlarda harakatlanish rejasiga egalikni anglatadi.

Kasbiy kompetentlik – mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish

uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalarning egallanishi va ularni amalda
yuqori darajada qo‘llay olinishi hisoblanadi.

Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egalla-

nishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va hara-
katlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi. Shuningdek, kompetensiya mutaxassislik


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

136

bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, muhim ijtimoiy ta-
lablarni anglay olishni, yangi ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z
faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi.

Kompetensiya – bilim, malaka va shaxsiy sifatlarini ma’lum sohada muvaffaqiyatli

faoliyat uchun zarur bo‘ladigan qobiliyatlar majmui.

Kasbiy kompetensiyaga ega mutaxassis o‘z bilimlarini izchil boyitib boradi,

yangi axborotlarni o‘zlashtiradi, davr talablarini chuqur anglaydi, yangi bilimlarni
izlab topadi, ularni qayta ishlaydi va o‘z amaliy faoliyatida samarali foydalanadi.
Muhandis mutaxassislarining kasbiy vazifalarining tarkibiy va axborot tahlili ularning
kasbiy faoliyatida ilmiy va tajriba ishlarni tashkil etish, kasbiy muhim ma’lumotlarni
analitik va sintetik qayta ishlash, fundamental bilimlar va majburiy fan sohalarida fa-
oliyatning umumlashtirilgan algoritmlari asosida amaliy muhandislik muammolarini
hal qilish qobiliyati bilan bog‘liq o‘zgarmas tarkibiy qismini aniqlashga imkon bera-
di. Shunday qilib, majburiy fanlarni o‘rganish bo‘yicha kasbiy tayyorgarlik doirasida
asosiy kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish va rivojlantirish, shu jumladan, tala-
balar tomonidan xulq-atvor standartlari, qadriyatlar va majburiy ta’lim yo‘nalishlari
bo‘yicha bilim, ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga asoslangan amaliy va nazariy vazifalarni
bajarish, kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan tajribani o‘zlashtirishga qaratilgan vazifa
yangilanadi. Shuning uchun zamonaviy muhandisni tayyorlashni tashkil etish kasbiy
rivojlanishda va doimiy ravishda takomillashtirilishda bo‘lgan kelajakdagi mutaxas-
sisning asosiy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Biroq ta’lim jarayonida AKTdan foydalanish masalalarini yetarlicha nazariy va uslu-
biy jihatdan ishlab chiqish bilan masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandisning
asosiy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi bo‘yicha qo‘shimcha
tadqiqotlar talab etiladi. Masofaviy ta’lim sharoitida bo‘lajak muhandisning asosiy
kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish muammosi bo‘yicha ikki bosqichli tizimga
o‘tish doirasida ushbu jarayonni amalga oshirishning tashkiliy-metodik asoslarini
asoslash nuqtayi nazaridan muhandis kadrlar tayyorlash oliy ta’lim muassasalarida
qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

Texnika oliy ta’lim tizimidagi tadqiqotlar va sinov tajribasi quyidagilar o‘rtasidagi

bir qator qarama-qarshiliklarni shakllantirishga imkon berdi:

– bo‘lajak muhandislarning kompetensiyalarini rivojlantirish zarurati, ular orasida

asosiy kasbiy kompetensiyalar mutaxassisning malakasini oshirish uchun asos bo‘lib
xizmat qiladigan va oliy ta’lim jarayonida rivojlanish muhandislarni kasbiy tayyor-
lashning mavjud tizimida nazariy va uslubiy yechimlarning yetarli darajada ishlab
chiqilmaganligi;

– turli sohalarda mutaxassislar tayyorlash jarayonida axborot-kommunikatsiya

texnologiyalaridan foydalanish bo‘yicha katta tajriba va masofaviy ta’lim bo‘yicha
muhandis tayyorlashda kompetensiyaga asoslangan yondashuvni joriy etish mexa-
nizmining nazariy va uslubiy jihatdan ishlab chiqilmaganligi.

Texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida muhandislarning kas-

biy kompetensiyalarini shakllantirishga nazariy va uslubiy yondashish lozim.

Texnika oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida muhandislarning kas-

biy kompetensiyalarini shakllantirish jarayoni quyidagi hollarda samaraliroq bo‘ladi:

– kompetensiyaga asoslangan yondashuvni amalga oshirish shartlari va vositalari

asoslanadi;


background image

STARS International University

137

– o‘quv jarayoni muhandisning kasbiy tayyorgarligini tashkil etish modeli bo‘yicha,

masofaviy ta’lim sharoitida majburiy fanlarni o‘rganishda talabaning o‘quv-kognitiv
faoliyatining o‘ziga xos xususiyatlarini, o‘zlashtirishni hisobga olgan holda amalga
oshiriladi;

– o‘quv jarayonining barcha subyektlari faoliyatini kompleks yondashuv va muvo-

fiqlashtirishni ta’minlovchi masofaviy ta’lim sharoitida uni amalga oshirishning tash-
kiliy-metodik asoslari belgilanadi.

Oliy ta’lim muassasalarida raqamli ta’lim muhitida muhandislarning kasbiy kom-

petensiyalarini takomillashtirishning vazifalari:

1. O‘zbekistonda ko‘p bosqichli ta’limni rivojlantirish tendensiyalarini aniqlash va

zamonaviy muhandisni tayyorlashda kompetensiyali yondashuvni amalga oshirish-
ning o‘ziga xos xususiyatlarini tahlil qilish.

2. Zamonaviy o‘quv qo‘llanma va metodlari asosida, shu jumladan, masofaviy

ta’lim sharoitida kadrlar tayyorlash bo‘yicha mavjud mahalliy va xorijiy tajribani tah-
lil qilish, majburiy bilimlarni o‘rganish jarayonida muhandisning asosiy kasbiy kom-
petensiyalarini shakllantirish imkoniyatlarini asoslash.

3. Texnik mutaxassisning asosiy kasbiy kompetensiyalarini shakllantirish modelini

ishlab chiqish va institutda masofaviy ta’lim sharoitida kasbiy tayyorgarlikni tashki-
liy, texnologik va axborot-metodik ta’minlash tizimini loyihalash.

4. Institut axborot-ta’lim muhitining integratsiyalovchi komponenti sifatida maj-

buriy fan bo‘yicha elektron o‘quv-uslubiy majmua mazmunini tanlashga yondashuv-
larni asoslash va masofaviy ta’limda undan foydalanish metodikasini ishlab chiqish.

5. Taklif etilayotgan yondashuv samaradorligini eksperimental sinovdan o‘tkazish.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019-yil 19-oktyabrdagi PF–5847-

sonli “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish kon-
sepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni.

Библиографические ссылки

O‘zbekiston respublikasi prezidentining 2019-yil 19-oktyabrdagi PF–5847-sonli “O‘zbekiston respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi farmoni.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов