Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari

CC BY f
190-193
318
25
Поделиться
Фарходова, Д. (2023). Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning o‘ziga xos xususiyatlari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 190–193. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp190-193
Дурдона Фарходова, Термезский государственный педагогический институт

учащийся 2 курса начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbiyasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va shakllari haqida fikr yuritiladi.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

190

Annotatsiya:

Ushbu maqolada estetik tarbiya mohiyati, maqsad va vazifalari, nafosat

tarbiyasi va uning boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda tutgan o‘rni, nafosat tarbi-
yasini o‘quvchilarda shakllantirishning usul va shakllari haqida fikr yuritiladi.

Kalit so‘zlar:

tarbiya turlari, estetika, nafosatshunoslik, tarbiya, usul, metod, shakl, xusu-

siyat, tasviriy san’at, san’at asarlari, go‘zallik kategoriyalari.

Tarbiya — shaxsda muayyan jismoniy, ruhiy, axloqiy, ma’naviy sifatlarni shakllan-

tirishga qaratilgan amaliy pedagogik jarayon. Tarbiya insonning insonligini ta’min-
laydigan eng oliy va abadiy qadriyatdir. Inson o‘z tarbiyasi orqali jamiyatda qaror
topadi va rivojlanadi. Shaxsni har tomonlama rivojlantirishxususiyatiga ko‘ra tarbiya
bir qancha turlarga bo‘’linadi. Shulardan eng dolzarbi bunafosat tarbiyasi hisobla-
nadi.

Nafosat go‘zallik demakdir. Nafosat narsa va hodisalarning tashqi ko‘rinishi

(shakli, rangi)dagi mutanosiblikni,muvofiqlikni ifodalaydi (masalan, kishilardagi tas-
hqi go‘zallik, tabiatdagi ranglar jilosi). Kishilarning muomalasi, nutqi, aqli, kiyinishiga
nisbatan nafosat tushunchasi ularning nazokatli, nozik didli ekanligidan dalolat be-
radi. Nafosat badiiy adabiyotda tabiatdagi hodisalarning go‘zal tasvirini ifodalasa,
san’atda san’at asarini aks ettirishning nozik uslubini, nafisligini yuzaga chiqaradi.
G‘azal mulkining sultoni Alisher Navoiy nafosat va go‘zallik haqida quyidagi go‘zal
fikrlarni keltirib o‘tadi: “Yer uzra yuz minglab ajoyib shakllar bor. Har bir shaklning
o‘ziga xos tovlanishlari, turlanishlari bor. Tasavvur qilaylik: tevarak-atrofda den-
gizlar yoki tog‘lar, dasht-u sahrolar yoki gulshanlar, to‘rg ‘ay va bulbullarni maftun
etuvchi rango-rang nafis gul va lolalar, turli iqlimlar va mamlakatlar, daryolar, bu-
loqlar va hokazolar mavjud. Bular atrofida yana 9 qavatli osmon, sobit-u sayyoralar,
yulduzlar, mamlakatlar bo‘lib, bari son-sanoqsizdir. To‘rt unsur, yetti osmon, va olti
tomon koinotning nodir va oliy asosidir. Koinotdagi barcha mavjudotlar ichida eng
ulug‘i inson va uning ko‘nglidir”. Alloma aytib o‘tganidek, yer yuzida estetik zavq
oladigan minglab hodisalar, mavjudot va nabototlar mavjud. Ular ichida esa eng
ulug‘ini inson deb ta’kidlaydi. Darhaqiqat, inson o‘zida ko‘plab ichki va tashqi go‘zal-
liklarni mujassamlashtiradi. Buyuk donishmand Abu Nasr Forobiy ham o‘zining este-
tik qarashlarida inson shaxsini g‘oyat ulug‘laydi. Insonni “ojiz banda”, “hech narsaga

FARXODOVA DURDONA
MANSUR QİZİ

Termiz davlat pedagogika
instituti
Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 2-kurs talabasi

BOSHLANG‘ICH SINF
O‘QUVCHILARIDA
NAFOSAT TARBIYASINI
SHAKLLANTIRISHNING
O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI

https://doi.org/10.47689/
STARS.university-pp190-193


background image

STARS International University

191

qodir bo‘lmagan mavjudot” darajasigacha yerga uruvchi hukmron aqidalarga zid
o‘laroq, mutafakkir nazarida inson eng oliy kamolot bo‘lib, “aql-idrok ziyosiga ega”
o‘zi uchun zarur bo‘lgan hamma narsalarni yaratishga qodir borliqdir.Agar inson
faqat o‘zi uchungina mehnat qilsa, u, aytaylik, atoqli olim, buyuk donishmand, ajo-
yib shoir bo‘lishi mumkin, ammo hech qachon chinakam mukammal va ulug‘ inson
bo‘la olmaydi.Beruniyning fikricha, faqat tashqi jihatdangina emas, balki ichki maz-
mun jihatdan ham ko‘rkam bo‘lgan kishigina maqtovga munosibdir.Insonning ichki
va tashqi go‘zalligi bir bo‘lgandagina u haqiqiy go‘zallikka erishadi. Alloma: “ozoda-
lik va orastalik olijanoblikning o‘zagidir”, - deb uqtiradi.

Nafosat tarbiyasi barcha yoshdagi kishilarga bab-barobar zarur.Ammo butun

tarbiya tizimida, amalda isbotlanganidek, nafosat tarbiyasini singdirishni insonning
bolalik davridan boshlash nihoyatda muhim, bu davr inson hayotida fe’l-atvor,iroda-
ning,go‘zallik tuyg‘usi va hayotiy tushunchaning paydo bo‘lishi va shakllanishi dav-
ridir. Bolalikda aql-farosat,axloqiy ko‘nikmalarni tarbiyalash bilan bir qatorda, ularda
chiroyli, nafis, go‘zal narsalardan zavq ola bilishni, go‘zallikni dag‘allikdan, qo‘pollik-
dan tez ajrata olish qobiliyatini tarbiyalashimiz kerak.

“Assalomu alaykum”dan boshlab, chehra tabassumi, kattalar oldida bosh egib tu-

rish, har bir nasihati uchun minnatdorchilik bildirish, ketishga ruxsat so‘rash – bular
birinchi o‘rindagi talablarga kiradi. Ayniqsa, so‘zlash odobiga jiddiy e’tibor berish
darkor. So‘zlaganda tinglayotgan kishi ko‘ziga qarab turish, so‘zlab turib u yoq-bu
yoqqa alanglash yoki teskari qarab turish odobsizlik ekanligini yaxshi anglab ye-
tish, og‘izdagi luqmani yutgandan keyin ohista gap boshlash, shoshilmay, dona-do-
na qilib, maqsadni aniq, dangal, ravshan, eshitarli ovoz bilan tushuntirish kerakligi
o‘rgatiladi. Bular – odob go‘zalligidir. Yuqorida qayd etib o‘tilgan qoidalar nafosat
tarbiyasining asosi bolib xizmat qiladi.

Nafosat tarbiyasi orqali shaxslarda o‘z-o‘zini boshqarish shakllanadi. Bu esa ta-

labchanlikni keltirib chiqaradi.Barkamol shaxsning nafosat tarbiyasidagi zaruriy ji-
hatlardan biri ularning eng yuksak nafosat tuyg‘usiga ega bo‘lishlari, sodda, ozoda
va chiroyli kiyinishlari, san’atni qadrlashlari va ma’naviy jihatdan pok bo‘lishlaridir
Pedagog-tarbiyachilarining birdan bir vazifasi bolalarga ana shunday xislat va odat-
larni singdirish hamda bolalarda did va farosat qanchalik taraqqiy etgan bo‘lsa, ular-
ning intizomi ham shuncha yaxshi bo‘lishini unutmaslikdan iborat. Shu bilan birga,
ular haqiqiy nafosatni soxta, yasama nafislikdan ajrata bilishlari lozim. Yuksak inso-
niy fazilatlarni, xalqchil g‘oya, ijtimoiy mazmunga ega bo‘lgan va tabiat go‘zalligini
o‘zida aks ettirgan nafosatgina haqiqiy hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida nafosat tarbiyasini shakllantirishning bir qancha

usul hamda vositalari bor. Ular quyidagilar:

Badiiy so‘z vositasi bilan nafosat tarbiyasini berish.

Bola o‘qishni o‘rganmasdan

ilgariroq unga badiiy so‘z ta’sir eta boshlaydi. U kattalar o‘qib beradigan bolalar ki-
tobini, kattalar hikoyasini tinglaydi, maqol va masallarni eshitadi, ana shular vosita-
sida esa unda nutq so‘zlash va go‘zal talaffuz shakllanadi. Shuning uchun o‘qituvchi
sinfdan tashqari o‘qish darsida o‘quvchilarning odatdagi darslardagiga qaraganda
ifodaliroq o‘qishiga ko‘proq e’tibor berishi lozim. Chunki ta’sirchan va ifodali qi-
lib o‘qilgan asarlar kishiga ta’sir etadi. O‘qituvchining o‘zi ifodali o‘qishda namuna
bo‘lishi, ya’ni hikoyani ta’sirchan ohangda o‘qiy olishi, hikoya qahramonlarining kay-
fiyati va ularning nutqidagi o‘ziga xos xususiyatlarni yetkazib bera olishi, o‘qilayot-
gan narsaga o‘z munosabatini bildirishi lozim.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

192

Tasviriy san’at vositasida nafosat tarbiyasini berish.

Badiiy ishlangan rasm va

suratlar o‘quvchilarni tevarak-atrofdagi hayot bilan tanishtiradi, tabiatni, insonni va
uning mehnatini sevishga o‘rgatadi, go‘zalliklar yaratishda ishtirok etish orzusini
uyg‘otadi. Agar o‘qituvchi rasm darsini xilma-xil metodlar (san’atga oid suhbatlar
o‘tkazish, bolalar tushuna oladigan badiiy materiallar ko‘rgazmasini uyushtirish, ras-
somlar va san’at arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazish) qo‘llangani holda qiziqarli
olib borsa, bu dars bolalarning sevimli darsiga aylanishi mumkin. Badiiy materiallar
yuzasidan ish olib borilganda bolalarda kuzatuvchanlik o‘sadi, ular tasviriy san’at
janrlari to‘g‘risida, ranglarning bir-biriga uyg‘unligi to‘g‘risida, har xil ranglar to‘g‘ri-
sida boshlang‘ich tushunchaga ega bo‘ladilar, o‘tmishdagi va hozirgi zamon atoqli
rassomlarining nomlarini bilib oladilar, ularning ijodi bilan tegishlicha tanishadilar.

Musiqa vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish

.

Musiqa kishining fikr va tuyg‘u-

larini musiqiy obrazlar yordamida ifodalaydi. Ashula darslari, xor yoki musiqa to‘ga-
raklarida ishtirok etish o‘quvchilarni kuy, ohanglar dunyosiga olib kiradi, ularning
tuyg‘u va kayfiyatiga ta’sir etadi. Bolalar ashula darsida, xor to‘garagi mashg‘ulot-
larida nota savodini o‘rganadilar, musiqa terminlari bilan, musiqa janrlari va cholg‘u
asboblarining turlari bilan tanishadilar hamda vokal ko‘nikma va malakalariga ega
bo‘ladilar.

Raqs san’ati vositasi orqali nafosat tarbiyasini berish.

Raqs san’ati san’atning

boshqa turlari kabi bola fikri va tuyg‘usini boyitadi, ijrochilarga ham, tomoshabin-
larga ham zavq bag‘ishlaydi. Raqsni yaxshi ijro etish uchun chaqqonlik, noziklik,
maqomni bilish, kuzatuvchanlik, xayol va xotira kerak. O‘quvchi raqsga tushayot-
gan paytida raqsning g‘oyasi va kayfiyatini tushunishi, o‘zining his-tuyg‘ularini raqs-
da ifodalay bilishi kerak. Har qanday raqs his-tuyg‘u ko‘tarinkiligi bilan bog‘langan
bo‘lib, ijrochiga quvonch baxsh etadi, uning butun borlig‘ini egallab oladi va unga
nafosat jihatdan ta’sir ko‘rsatadi.Boshlang‘ich maktab bolalarini raqs vositasi bilan
tarbiyalash juda muhimdir.

Tabiatni hissiy idrok etish orqali nafosat tarbiyasini berish.

Qurshab olgan ta-

biat go‘zallikning tuganmas manbaidir. Gullar, bepoyon dalalar, qor bilan qoplan-
gan tog‘larning go‘zal ko‘rinishlari ko‘zni quvontiradi, kishida nafosat kechinmalarini
tug‘diradi. Kishiga, ayniqsa, o‘zi o‘sib-ungan joyining tabiati kuchli ta’sir etadi. Biroq
o‘quvchilarning tabiatni estetik idrok etishlari uchun ularni o‘z tevarak-atroflaridagi
go‘zalliklarni payqashga, qurshab olgan olamning jozibadorligini ko‘ra bilishga, yil-
ning har faslidagi go‘zalliklarga e’tibor berishga o‘rgatish kerak. O‘qituvchi shu maq-
sadda tabiatga ekskursiya uyushtirishi mumkin. Maktab bolalarda tabiatdan shun-
chaki zavqlanish hissinigina emas, balki dunyoni yanada go‘zalroq qilishga, tabiat-
dan insonga foyda beradigan narsalarni olishga intilish hislarini ham tarbiyalaydi.

Xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, nafosat tarbiyasi o‘quvchilarga borliqda mavjud

bo‘lgan barcha narsa va hodisalardan zavq olishni o‘rgatadi. Insonda tashqi va ichki
go‘zallikni shakllantiradi. Biz kelajakda boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga ta’lim-tarbi-
ya berar ekanmiz, ularning har tomonlama yetuk shaxs bo‘lishida nafosat tarbiyasi-
ning o‘rni beqiyos ekanligini to‘la anglamog‘imiz zarur.


background image

STARS International University

193

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Pedagogika. M. To‘xtaxo‘jaevaning umumiy tahriri ostida. – T. : O‘zbekiston fay-

lasuflari Milliy jamiyati, 2010.

2. Askariva O. M. , Xaitboev M. , Nishonov S. Pedagogika –T. : O‘zbekiston fayla-

suflari Milliy jamiyati, 2010

3. Ibragimov X. I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T. : “Fan va texnologi-

yalar”nashriyoti, 2008

4. Elektron talim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz;

http: //www. istedod. Uz

5. A. Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. T., “O‘qituvchi”.
6. M. Imamova. Oilada bolalarning manaviy axloqiy tarbiyasi — T. “O‘qituvchi”.

1999.

Библиографические ссылки

Pedagogika. M. To‘xtaxo‘jaevaning umumiy tahriri ostida. – T. : O‘zbekiston fayasuflari Milliy jamiyati, 2010.

Askariva O. M. , Xaitboev M. , Nishonov S. Pedagogika –T. : O‘zbekiston faylasuflari Milliy jamiyati, 2010

Ibragimov X. I. Abdullaeva SH. Pedagogika nazariyasi. –T. : “Fan va texnologiyalar”nashriyoti, 2008

Elektron talim resurslari http: //www. edunet. uz; http: //www. ziyonet. uz; http: //www. istedod. Uz

A. Avloniy. “Turkiy guliston yohud axloq”. T., “O‘qituvchi”.

M. Imamova. Oilada bolalarning manaviy axloqiy tarbiyasi — T. “O‘qituvchi”. 1999.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов