Авторы

  • Машхура Исмаилова
    Термезский государственный педагогический институт

Биография автора

  • Машхура Исмаилова, Термезский государственный педагогический институт

    учащийся 3 курса начального образования

DOI:

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp222-223

Ключевые слова:

ренессанс стратегические усилия инновации в образовании

Аннотация

Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.Uchinchi Renessansning yurtimiz rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar qayd etilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

222

Annotatsiya:

Ushbu maqolada Uchinchi Renessans haqida ma’lumotlar keltirib o‘tilgan.

Uchinchi Renessansning yurtimiz rivojlanishidagi o‘rni haqida ma’lumotlar qayd etilgan.

Kalit so‘zlar:

renessans, strategik sa’y-harakatlar, uyg‘onish davri, ta’limdagi yangiliklar.

“Ilm va ta’limning qadriga yetib, davlatimizda ilm va ta’lim o‘rganish bilan mu-

hit yaratilsa, bobolarimizga munosib hayot va kelajakni qura olamiz!” – Sh.M. Mirzi-
yoyev. Davlatimiz rahbarining “Uchinchi Renessans”ning poydevori aynan yoshlar
bo‘lishini ta’kidlanganlari ham bejiz emas.

RENESSANS. Bu so‘zni ilgari ham eshitganman, o‘qiganman. Uni fanda ilk bor

italyan gumanistlari qo‘llagani haqida xabardorman. Lekin kecha bu so‘zni O‘zbekis-
ton Prezidenti lafzidan eshitib, uning shukuhini, quvvatini o‘zgacha hayrat, o‘zgacha
mas’uliyat bilan idrok etdim. Davlatimiz rahbari boshchiligida amalga oshirilayot-
gan strategik sa’y-harakatlar kun kelib Uchinchi Renessansga poydevor bo‘lishini
jo‘shqin ma’ruzadan shuurimga oqib kirayotgan motivatsiyaning katta to‘lqinidan
angladim. Axir, mudroq jamiyatni, odamlarni uyg‘otishning o‘zi UYG‘ONISHning –
RENESSANSning debochasi emasmi! Bugungi O‘zbekiston kechagi O‘zbekiston
emasligi, bugungi yoshlar kechagi yoshlar emasligini isbotlashga hojat qolmagani-
ning o‘ziyoq zalvarli natija emasmi! E’tibor qiling, Prezident biz haqimizda – yoshlar
haqida alohida e’tibor va qat’iy ishonch bilan gapirdi. Ta’lim, – dedi, matematika,
kimyo, biologiya – fundamental fanlarni zo‘r o‘qitaylik, – dedi, innovatsiyalarga yo‘l
ochaylik, – dedi. Bu degani yoshlarimizning ta’lim olishga motivatsiyasi naq 40 foiz-
ga oshdi degani! Shu o‘quv yilidan yana bir yangi tizim joriy etildi: kam ta’minlangan
oilalarda ulg‘ayayotgan qizlarimizning bilim olish imkoniyatini kengaytirish maqsa-
dida OTMda ular uchun davlat granti asosida 940 ta qo‘shimcha o‘rin ajratildi. Mana
sizga iste’dodlarning intilishlarini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy faolligini oshirish, ha-
yotda munosib o‘rin egallashlari uchun yaratilgan imkoniyatlar!

O‘qituvchilar oyligini $1000 miqdorigacha oshirish, ularning ijtimoiy mavqeini

yuksaltirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi Prezidentimiz. Haqiqatan ham, uzoqni
ko‘zlagan har qanday rejaning asosini sifatli ta’lim tashkil etadi. Ko‘hna Xitoy muta-
fakkiri Konfutsiy: “Agar rejangiz bir yillik bo‘lsa, sholi eking, o‘n yillik bo‘lsa, daraxt

ISMOILOVA MASHHURA
ESHMAMAT QIZI,

Termiz davlat pedagogika
institute Boshlang‘ich ta’lim
yo‘nalishi 3-kurs talabasi

YOSHLAR UCHINCHI
RENESSANS
DRAYVERLARI
BO‘LA OLADIMI?

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp222-223


background image

STARS International University

223

eking, yuz yillik bo‘lsa, bolalaringizga ta’lim bering”, – deya bejiz ta’kidlamagan. Ke-
lajakda kutilgan “hosil”ni yig‘ish uchun O‘zbekistonimizda hozirdan keng imkoniyat-
lar yaratilyapti, yoshlarni ilm-u ma’rifatga rag‘batlantirish, ilm egalarini qadrlashga
qaratilgan tizim shakllantirilyapti.

Biz yashab turgan shu muqaddas zaminda Uyg‘onish – Renessans boshlangan

paytlarda Yevropa hali g‘aflat uyqusida bo‘lganini ko‘pchilik yoshlar bilmasa kerak.
Bu tarixiy haqiqatni Yevropaning yetuk olimlari tan olganini ham bilmaydiganlar
bordir balki. Har qalay, atoqli nemis sharqshunosi Adam Mesning “Musulmon Re-
nessansi”, akademik Nikolay Konradning “Sharq Renessansi” konsepsiyasi osmon-
dan tushgan emas. Agar “Die Renaissance des Islams” kitobini ushbu mavzudagi
bosh manba deb hisoblaydigan bo‘lsak, Adam Mesdek buyuk olim fundamental ta-
dqiqotini yaratishda ulug‘ vatandoshimiz Beruniyning ilmiy merosiga tayanganidan
faxrlanmay bo‘ladimi!Mashhur Ma’mun akademiyasida kamolga yetgan Ibn Sino,
Muso al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy kabi yuzlab allomalar Sharq uyg‘onish dav-
rining birinchi bosqichiga, Temuriylar davri tamaddunining yorqin vakillari – Mirzo
Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi olimlar ikkinchi yuksa-
lish bosqichiga hissa qo‘shgani qiyos qilinsa, Uchinchi Renessans vakillari bugungi
islohotlarning mevalaridan bahra olgan Yangi O‘zbekiston bolalari orasidan yetishib
chiqsa, ne ajab!

Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı

1. I.A. Karimov. “Yuksak ma’naviyat-yengilmas kuch” Toshkent. “Ma’naviyat” 2008

– B. 13.

2. https://daryo.uz/2017/07/01/shavkat-mirziyoyevning-kamolot-yoshlar-ijtimo-

iy-harakatining-iv-qurultoyidagi-nutqi/.

3. https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Uyg%CA%BBonish_davri.
4. https://yoshlarakademiyasi.uz/2021/01/04/uchinchi-renessans-yoshlar-nigo-

hida/.

5. https://xs.uz/uz/post/alisher-sadullaev-yoshlar-uchinchi-renessans-drajverla-

ri-bola-oladimi.

Библиографические ссылки