Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari

CC BY f
249-253
44
14
Поделиться
Каримова, М. (2023). Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 249–253. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp249-253
Мукаррамхон Каримова, Коканский государственный педагогический институт имени Мукими

Старший преподаватель кафедры межфакультетской педагогики и психологии

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rgan ish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchiningbilim, ko‘nikma va malakalarinipsixologik jihatdan o‘quvchilarga o‘rgatish muhimligi yoritilgan.


background image

STARS International University

249

Annotatsiya:

Maqolani mazmuni shundan iboratki, o‘quv faoliyati insonning butun hayo-

ti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rgan-
ish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘liqdir. Maqolada ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi
hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchiningbilim, ko‘nikma va malakalarinipsixologik
jihatdan o‘quvchilarga o‘rgatish muhimligi yoritilgan.

Kalit so‘zlari:

individ, stixiyali, ishtiyoq, internet, reflektor,stimullar.

Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan

bir necha tushunchalar mavjud. Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.

O‘quv faoliyatibu shundayfaoliyatki,unda shaxsning psixik jarayonlarishakl lanadi

varivojlanadi,uningasosidayangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning
butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir. Uni rivojlanish bi-
lan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz.
Masalan, unga organizmning biologik jihatdan yetilish jarayonlarini kiritish mumkin
emas. Chunki organizmning biologik jihatdan yetilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq
emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar yetilishga umuman bog‘liq
emas, deb ham bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojla-
nishning qay darajada yetilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo
ma’lum darajada organizmning biologik yetilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh
miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar yetilmaguncha gapirishni o‘rgatib
bo‘lmaydi. Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish orga-
nizmning yetilishiga ham, ma’lum ma’noda, ta’sir ko‘rsatadi.

Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud. Ulardan birinchisi markaziy nerv siste-

masi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.

Bu –

imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish

, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rgan-

ishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan
ergashib yura boshlaydi. Chaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov
davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni
ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lar edi.

O‘rganishning ikkinchi turi -

shartli reflektor o‘rganishdir.

Bu bo‘yicha ham tad-

qiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral

KARIMOVA MUKARRAMXON HALIMOVNA,

Muqimiy nomida Qo‘qon davlat
pedagogika instituti
Fakultetlararo pedagogika va
psixologiya kafedrasi katta o‘qituvchisi
E-mail:karimovamukarramxon209@gmail.com

ZAMONAVIY
O‘QITISH
USULLARINING
PSIXOLOGIK
ASOSLARI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp249-253


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

250

qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga
kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan
stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimiz-
ga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.[1.s.68]

O‘rganishning uchinchi turi

operant

o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim,

ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ
duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga
keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani yechish uchun har birini sinab ko‘ra-
di va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga
olib kelgan reaksiya vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini
ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu
sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.

Ikkinchi

verbal o‘rganish

, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.

Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga bilim, ko‘nik-
ma va malakalarni uzatishi mumkin.

O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.

Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jaray-
ondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy
qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq holda yuzaga keladigan tashkiliy
jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning bir tomoni hisobla-
nadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir. O‘rganish har qanday faoliyatning
natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati
bilan bog‘liqdir.

Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psix-

ologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv in-
dividning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, “o‘rganish” tushun-
chasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlar-
ni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni
misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish – har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish
esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi
yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli yosh davrlarida namoyon
bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant tur-
lariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nik-
malarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan qobiliyat sifatida bolada
4-5 yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi
sinflarida 7-8 yosh atrofida vujudga keladi.[2.s.57]

Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllari-

ni o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan
bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat
qiladi.

O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:

D.B.Elkoninning

ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoli-

yat ayrim ishlar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining
ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir. Ta’lim jarayoni, avvalo, o‘quvchi-
lar diqqatini yo‘lga solishni talab etadi. Darslarda ko‘rgazmali qurollardan, axborot
texnologiyalari vositalaridan foydalanish ta’lim oluvchida ixtiyorsiz diqqatni yuzaga
keltiradi. Ta’lim jarayonida ta’lim beruvchining vazifasi darsda ishlash holatini yuzaga


background image

STARS International University

251

keltirishgina emas, balki o‘quvchilarning darsda o‘tiladigan materialini idrok etishga
tayyor turishlarini kuzatish hamdir. Dars jarayonida o‘quvchilarning diqqati o‘zgarib
turadi. O‘qitish jarayonida bu qonuniyatlarni nazarda tutish va o‘quvchilar diqqatini
materialning asosiy jihatlariga jalb etish hamda ularni takrorlash kerak.[3.s.116]

Ta’lim jarayonining samaradorligi ko‘p jihatdan o‘qituvchi tomonidan beriladigan

ko‘rsatmalarga ham bog‘liq. O‘qituvchining roli shundan iboratki, u o‘quvchilarda te-
gishli ustanovkani hosil qilishi, nimani vaqtincha, nimani umrbod esda saqlab qolish
kerakligini, nimani butunlay esda saqlab qolmasdan, faqat tushunib olish kifoya qil-
ishini, nimani so‘zma-so‘z esda saqlab qolishni, nimaning ma’nosini o‘z so‘zlari bilan
aytib berish uchun esda saqlab qolish zarurligini ko‘rsatib o‘tishi lozim. Kuzatishlar
ko‘rsatadiki, bunday ko‘rsatmalar berilmaganda, o‘quvchilarda, ko‘pincha, noto‘g‘ri
tasavvurlar vujudga keladi.

O‘qitishning emotsionalligi ta’limning muvaffaqiyatliligini ta’minlovchi omillardan

biridir. Ta’lim berish jarayoni - emotsional jarayon. Agar o‘quvchilarga berilayotgan
axborot ularda hech qanday his-tuyg‘u uyg‘otmasa, uni o‘quvchilar yaxshilab esda
olib qolmaydilar. Gap o‘quvchilarning psixik holatlari, ya’ni ularning muayyan bir
paytdagi kechinmalari haqida ham borishi kerak, albatta. Ulardagi quvonchli, opti-
mistik kayfiyat o‘quv faoliyatini juda samarali qiladi. O‘quvchilar emotsional ruhdagi
materialni durustroq o‘zlashtirib oladilar.

Ma’lumki, psixologiyada qiziqishning ikki turi o‘quvchilarning ta’lim jarayonida

aniqlanadi. Birinchisi, bevosita qiziqish, ikkinchisi bilvosita qiziqish. Har bir o‘qituvchi
o‘z o‘quvchilarida o‘z faniga nisbatan bilvosita qiziqishni tarkib toptirishga harakat
qiladi. Qiziqishlar orqali o‘quvchilarda ta’limga faol munosabat namoyon bo‘ladi.
Psixologiyada qiziqish - bu shaxsning o‘zi uchun qimmatli yoki yoqimlibo‘lgan
muayyan narsa yoki hodisalarga munosabatidir. Qiziqishlar shaxsning muhim vain-
dividual xususiyatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Qiziqishlar o‘quvchilar hayotida
katta rol o‘ynaydi. Ular o‘quv faoliyatini faollashtiruvchi asosiy turtkilar - motivlardir.
Qiziqishlar maktab o‘quvchisiga fan asoslarini durustroq o‘zlashtirib olishlariga,
aqliy qobiliyatlarning o‘sishiga, bilim doirasining kengayishiga imkon beradi. O‘qitu-
vchilarning vazifasi o‘quvchini dastlab qiziqtirib qolgan ishning o‘zi bilan shug‘ul-
lanishga majbur qilish emas, balki undagi qiziqishlarni chuqurlashtirish va kengaytir-
ish, ta’sirchan qilish, qiziqishlarining markaziga aylanib qolgan faoliyat bilan shug‘ul-
lanish istagiga, mayliga aylantirishdir.

O‘quvchilarning muayyan maqsadni ko‘zlab ish tutishida, qiyinchiliklarni yenga

olishida, ishdan chalg‘itadigan narsalar bilan shug‘ullanishdan o‘zini tiya olishida,
unda o‘qishga ishtiyoq tarkib toptirishda namoyon bo‘ladigan iroda, ta’lim jarayoni-
da alohida ahamiyat kasb etadi.

Tarbiya jarayonining ilmiy asoslari bilan, psixologiyadan tashqari falsafa, sotsi-

ologiya va pedagogika fanlari shug‘ullanadi. Holbuki, psixologiya fanisiz tarbiyan-
ing asosiy muammolari hal qilinib bo‘lmagan holda to‘g‘ri qo‘yilishi ham mumkin
emas, chunki ularni anglash negizida shaxs psixologiyasi, insoniy munosabatlar, har
xil ijtimoiy jamoalar psixologiyasini bilish yotadi. Barcha uchun umumiy bo‘lgan yoki
o‘quvchilarga individual tavsiyalar berishda umumiy psixologiya va yosh davrlar
psixologiyasiga tayaniladi.Agar jamiyat o‘z taraqqiyot davrida ma’lum bir rivojlan-
ishga, madaniyatga va ma’naviyatga erishgan bo‘lsa va uni saqlab qolishni hamda
yuksaltirishni istasa, uning tarixida turli xil o‘zgarishlar ro‘y berishidan qat’i nazar, u
o‘tmishdan beri saqlanib kelayotgan eng yaxshi an’ana va qadriyatlarini qabul qilishi,


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

252

davom ettirishi lozim bo‘ladi. Umuminsoniy qadriyatlar va madaniy boyliklar tarixiy
va hududiy chegara va hududiy chegara bilmaydigan boyliklar qatoriga kiradi. Birin-
chi navbatda xuddi o‘shalar ijtimoiy tarixning barcha bosqichlarida tarbiya maqsad-
larini ifodalaydi. Bu maqsadlar yaxshilik va yomonlik, to‘g‘rilik va tartiblilik, insoniylik
va tabiatga bo‘lgan muhabbat tushunchalari bilan bog‘liqdir. Bu yana ruhiyat, erkin-
lik, shaxsning o‘zi va atrofida ro‘y berayotgan voqealarga javobgarlikni his qilishi,
kamtarlik, insoniylik ko‘rinishlarida namoyon bo‘ladi.

Majburiyat yoki javobgarlikni his qilish – erkinlikning qarama-qarshi jihati bo‘lib,

bu shaxsning manfaatlariga xizmat qiladi. Majburiyatsiz erkinlik – bu o‘zboshimcha-
lik, palapartishlik hisoblanadi. Erkinliksiz majburiyat esa bu qullikdir. Unisi yoki buni-
si o‘zaro bir-birini to‘ldirganda yoki bog‘langanda mustaqil mavjud bo‘lishi mumkin.
Majburiyat yana boshqacha talqin qilinsa, insonning o‘z ixtiyori bilan jamiyat hayoti
va boshqa insonlar taqdiri uchun javobgarlikni o‘z ustiga olishi tushuniladi. Hozirgi
zamon tarbiyasining umumiy maqsadi bolani yuksak axloqli, ruhiy jihatdan boy, qa-
lban ozod, erkin, burch va majburiyatni his qila oladigan shaxs sifatida shakllantira
olishdir. Tarbiyaning umumiy maqsadi bilan bir qatorda maxsus ijtimoiy maqsad-
lari ham kelib chiqishi mumkin. Ular tarixning ma’lum davrida o‘zgaruvchan talablar
bilan jamiyat taraqqiyotining dolzarb muammolarini bayon etishi va rivojlanishiga
hissa qo‘shishi lozim. Ma’lum vaqtdan so‘ng jamiyat taraqqiyoti o‘zining bir bosqichi-
dan o‘tgandan keyin rivojlanish davom etsa, bu talablar ham o‘zgarishi mumkin.
Tarbiyaning jamiyat taraqqiyotining zamonaviy rivojlanish bosqichlariga javob bera
oladigan maxsus maqsad va vazifalari tashabbuskor o‘quvchilarni yetishtirish, shax-
sni o‘z-o‘zini hurmat qiladigan va intiluvchan qilib tarbiyalashdan iboratdir.

Adabiyotlar ro‘yxati

1. Umarova, M. H. “Ethnic Related Toponyms of The Population in Surkhandarya

Region.”

2. Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “THEORETICAL AND METHODOLOGICAL

BASIS OF TRAINING OF MANAGEMENT PERSONNEL IN THE PROCESS OF HIGHER
PEDAGOGICAL EDUCATION.”

INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE &

INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429

11.04 (2022):

171-177.

3. Nargiza, Yunusalieva. “SOCIAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS AND

DEVELOPMENT OF VALUES.” Galaxy International Interdisciplinary Research Jour-
nal 10.1 (2022): 300-305.

4. Ксамидовна, Мамаюсупова Ирода.

«ОСНОВНЫЕ КРИТЕРИИ ДЛЯ

РАЗРАБОТКИ ПРОГРАММ ОБУЧЕНИЯ КОНФЛИКТОЛОГИИ».

МЕЖДУНАРОДНЫЙ

ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ НАУК И МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ
ISSN: 2277-3630 Импакт-фактор: 7.429

11.06 (2022): 181-184.

5. Мриксаитова С., Ерматова Ш. и Ходжаева Н. «Обучение студентов

творческому мышлению посредством самостоятельного обучения в высших
учебных заведениях является насущной проблемой».

Евро-Азиатские

конференции

. Том 3. № 1. 2021.

6. Зокиров М. А. ЎҚУВЧИЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ

РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕРЦЕПТИВ АСОСЛАРИ //Science and innovation. –
2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 659-666.


background image

STARS International University

253

7. Najmiddinovna, Rahimova Feruza. “PEDAGOGICAL CONDITIONS OF IM-

PROVEMENT OF SOCIAL PEDAGOGICAL ACTIVITY OF STUDENTS ON THE BASIS
OF MULTIMEDIA TOOLS.” INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & IN-
TERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022):
108-112.

8. Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “DEVELOPMENT OF THE COGNITIVE AC-

TIVITY OF FUTURE TEACHERS IN INNOVATIVE EDUCATIONAL CONDITIONS AS
A SOCIAL PEDAGOGICAL NECESSITY.” INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL
SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429
11.04 (2022): 196-199

9. Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “WAYS TO IN-

CREASE THE LEGAL KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS.”

Web of

Scientist: International Scientific Research Journal

3.02 (2022): 124-130..

10. Клюев, Роман Владимирович, et al. «ИССЛЕДОВАНИЕ И АНАЛИЗ

ПОКАЗАТЕЛЕЙ НАДЕЖНОСТИ ОТДЕЛЬНЫХ СТРУКТУРНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ
ЦИФРОВЫХ ПОДСТАНЦИЙ.» Вести высших учебных заведений Черноземья 1
(2021): 68-79.

11. Norquzieva, Dilrabo SHeralievna, and Nigora Rahimovna Abdullaeva. “PSY-

CHOLOGICAL ANALYSIS OF AGGRESSIVE BEHIVIOR IN ADOLESCENCE.” Scientif-
ic Bulletin of Namangan State University 1.6 (2019): 490-495.

Библиографические ссылки

Umarova, M. H. “Ethnic Related Toponyms of The Population in Surkhandarya Region.”

Nodirovna, Khushnazarova Mamura. “THEORETICAL AND METHODOLOGICAL BASIS OF TRAINING OF MANAGEMENT PERSONNEL IN THE PROCESS OF HIGHER PEDAGOGICAL EDUCATION.” INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 171-177.

Nargiza, Yunusalieva. “SOCIAL AND MORAL EDUCATION OF STUDENTS AND DEVELOPMENT OF VALUES.” Galaxy International Interdisciplinary Research Journal 10.1 (2022): 300-305.

Ксамидовна, Мамаюсупова Ирода. «ОСНОВНЫЕ КРИТЕРИИ ДЛЯ РАЗРАБОТКИ ПРОГРАММ ОБУЧЕНИЯ КОНФЛИКТОЛОГИИ». МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ СОЦИАЛЬНЫХ НАУК И МЕЖДИСЦИПЛИНАРНЫХ ИССЛЕДОВАНИЙ ISSN: 2277-3630 Импакт фактор: 7.429 11.06 (2022): 181-184.

Мриксаитова С., Ерматова Ш. и Ходжаева Н. «Обучение студентов творческому мышлению посредством самостоятельного обучения в высших учебных заведениях является насущной проблемой». Евро-Азиатские конференции. Том 3. № 1. 2021.

Зокиров М. А. ЎҚУВЧИЛАРДА ИЖТИМОИЙ ФАОЛЛИКНИ РИВОЖЛАНТИРИШНИНГ ПЕРЦЕПТИВ АСОСЛАРИ //Science and innovation. – 2022. – Т. 1. – №. B3. – С. 659-666.

Najmiddinovna, Rahimova Feruza. “PEDAGOGICAL CONDITIONS OF IMPROVEMENT OF SOCIAL PEDAGOGICAL ACTIVITY OF STUDENTS ON THE BASIS OF MULTIMEDIA TOOLS.” INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.07 (2022): 108-112.

Erkinovna, Yuldasheva Malohat. “DEVELOPMENT OF THE COGNITIVE ACTIVITY OF FUTURE TEACHERS IN INNOVATIVE EDUCATIONAL CONDITIONS AS A SOCIAL PEDAGOGICAL NECESSITY.” INTERNATIONAL JOURNAL OF SOCIAL SCIENCE & INTERDISCIPLINARY RESEARCH ISSN: 2277-3630 Impact factor: 7.429 11.04 (2022): 196-199

Abduhafizovna, Melikuziyeva Mavluda, and Yigitaliev Mirzoxid. “WAYS TO INCREASE THE LEGAL KNOWLEDGE OF PRIMARY SCHOOL STUDENTS.” Web of Scientist: International Scientific Research Journal 3.02 (2022): 124-130..

Клюев, Роман Владимирович, et al. «ИССЛЕДОВАНИЕ И АНАЛИЗ ПОКАЗАТЕЛЕЙ НАДЕЖНОСТИ ОТДЕЛЬНЫХ СТРУКТУРНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ЦИФРОВЫХ ПОДСТАНЦИЙ.» Вести высших учебных заведений Черноземья 1 (2021): 68-79.

Norquzieva, Dilrabo SHeralievna, and Nigora Rahimovna Abdullaeva. “PSYCHOLOGICAL ANALYSIS OF AGGRESSIVE BEHIVIOR IN ADOLESCENCE.” Scientific Bulletin of Namangan State University 1.6 (2019): 490-495.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов