“Global dunyoda ilm-fan va ta’limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari”: xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to'plami (2022-yil 15-dekabr) - “In Science” nashriyoti, Toshkent, 2022.
Maqolalar to'plami 2022-yil 15-dekabrda Hilton Tashkent Cityda bo'lib o'tgan “Global dunyoda ilm-fan va ta’limdagi innovatsion rivojlanishning zamonaviy trendlari” mavzusidagi ilmiy konferensiya ma’ruzalari asosida tayyorlangan va o'z oldiga konferensiya yo'nalishi bo'yicha ilmiy tadqiqotlarda erishilgan salmoqli yutuqlarni taqdim etish, ilmiy-tadqiqot va amaliy tajribalarni umumlashtirishni maqsad qilib qo'ygan. To'plam O'zbekiston Respublikasi, shuningdek, yaqin va uzoq xorij mam-lakatlari o'qituvchilari, doktorantlar, talabalar va mutaxassislarning ilmiy maqo-lalari hamda tezislaridan tashkil topgan. Konferensiya dasturiga “Iqtisodiy fanlar”, “Filologiya fanlari”, “Pedagogika fanlari” seksiyalarining ilmiy tadqiqotlari kiritilgan. Ma’ruzachilar oliy ta’lim va fanni rivojlantiri|shning turli jihatlari bilan bog'liq tad-qiqotlarining natijalarini taqdim etishgan.
Nashr ilmiy xodimlar, o'qituvchilar, talabalar va doktorantlar hamda global dunyoda ilm-fan va ta’limning innovatsion rivojlanishi muammolari hamda istiqbollari-ga qiziquvchilar uchun foydali bo'lishi mumkin.