Musiqa darslarida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning mohiyati

CC BY f
296-298
15
10
Поделиться
Мадаминов, Н. (2023). Musiqa darslarida qo‘llaniladigan interfaol metodlarning mohiyati. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 296–298. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp296-298
Н Мадаминов, Коканский государственный педагогический институт

старший преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada musiqa madaniyati fani darslarida zamonaviy texnologiyalarni texnologiya qo‘llash, turli innovatsion texnologiya texnologiyalardan va didaktik ashyolardan samarali foydalanish haqida fikr yuritilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

296

Annotatsiya:

Maqolada musiqa madaniyati fani darslarida zamonaviy texnologiyalarni

texnologiya qo‘llash, turli innovatsion texnologiya texnologiyalardan va didaktik ashyolar-
dan samarali foydalanish haqida fikr yuritilgan.

Kalit so‘zlar:

musiqa tinglash, qo‘shiq kuylash, musiqiy-didaktik o‘yin, innovatsiyalar,

maktab, texnologiya.

Ta’limning samaradorligini oshirish uchun shaxsning ta’lim markazida bo‘lishini va

yoshlarning mustaqil bilim olishlarini ta’minlash uchun bilimlarni mustahkam egal-
lashdan tashqari zamonaviy pedagogik texnologiyalarni va interfaol usullarni biladi-
gan hamda ulardan o‘quv va tarbiyaviy mashg‘ulotlarni tashkil etishda foydalanish
ko‘nikmasiga ega o‘qituvchilar kerak. Buning uchun barcha fan o‘qituvchilarini yangi
pedagogik texnologiyalar va interfaol usullar bilan qurollantirish va olgan bilimlarini
o‘quv-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda qo‘llash malakalarini uzluksiz oshirib borish lozim.

Ushbu o‘quv faoliyatini tashkillashtirish shakli bir qator murakkab muammolar bi-

lan bog‘langan.Ulardan bir nechtasiga to‘xtalib o‘tamiz. Eng avvalo, bular faol ish
ko‘nikmalariga odatlantirish bo‘yicha, talabalarning haqiqiy vaqt manbalarini va
ulardan unumli foydalanishni aniqlash bo‘yicha, butun bir oliy maktabning o‘quv
jarayonida talabalar o‘quv bilish faoliyati va ilmiy ishlarini muvofiqlashtirish bo‘yicha
aniq uslublarning mavjud emasligidadir.

O‘quv yurtlarida mutaxassislarni tayyorlash jarayonida talabalarning faol faoliyati

asosiy o‘rinni egallaydi. Ta’kidlab o‘tish joizki, uzoq vaqtgacha ularning faol faoli-
yati muammosi maktablarda o‘quv jarayoniga muvofiq ravishda hal etilib kelingan.
O‘quv yurtlarida muammoni o‘quv jarayoniga muvofiqlashtirish kechroq hal etildi.

Rivojlantiruvchi ta’lim mohiyatini ifodalashda biz shaxsning aqliy, irodaviy va his-

siy sifatlari ijtimoiy o‘zaro bog‘liq va individual ifodalanishi hisoblanadi degan ho-
latdan kelib chiqdik. Bu shuni anglatadiki, shaxsning bunday xususiyati, ya’ni ijodiy
mustaqillik, ta’lim va tarbiya jarayonida shakllanib boradi. Muammo tadqiqotining
zamonaviy holati ijodiy mustaqillikning amaliyroq bo‘lgan tarkiblari: motivatsiyali,
mazmuniy-harakatli va irodaviy tarkiblari to‘g‘risida ta’kidlashga imkon beradi. Bar-
cha tarkiblar o‘zaro bog‘liq va o‘zaro aloqada hamda haqiqiy o‘quv jarayonida ularni
ajratib tashlash mumkin emas. Sanab o‘tilgan tarkiblarni bo‘lishni tadqiq qilinuvchi

MADAMINOV N.

QDPI katta o‘qituvchisi

MUSIQA DARSLARIDA
QO‘LLANILADIGAN
INTERFAOL
METODLARNING
MOHIYATI

https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp296-298


background image

STARS International University

297

tushunchaning mohiyatini chuqurroq o‘rganish maqsadida shartli ravishda o‘tkazish
mumkin.

Rivojlantiruvchi faol faoliyatning ikkinchi tarkibi bo‘lib, mazmuniy harakat hisob-

lanadi. U talabalarning yetakchi bilim va bilim olish yo‘llarini o‘z ichiga oladi. Bilimlar-
ni to‘ldirish uchun shakllangan qat’iy intilish va faoliyatning yangi yo‘llarini egallash
faqatgina agarda talaba ularni mustaqil topish ko‘nikmasiga ega bo‘lsa, aniq yetak-
chi bilimlar tizimiga ega bo‘lgan shartdagina bo‘lishi mumkin.

Yetakchi bilimlarga yangi bilimlarni egallash uchun asos bo‘ladiganlar taalluqli

bo‘ladi va fanning o‘zida negiz hisoblanadi.

Bilimni egallash bu nafaqat tushunish va eslab qolish emas, balki amaliy vazifalarni

yechish uchun qo‘llay olish, bilimni va faoliyat yo‘lini yangi holatga o‘tkaza olishdir.

Mazmuniy harakat tarkibining asosiy qismi bilim olish yo‘llari: aqliy, umumiy va

maxsus tashkil etuvchi qismlar hisoblanadi. Aqliy yo‘llarga shunday fikrlash harakat-
lari, ya’ni taqqoslash, solishtirish, tahlil va umumlashtirishlar taalluqli bo‘ladi.

O‘quv faoliyatida talabalarning mustaqilligi o‘quv mehnat ko‘nikmalarini shakl-

lantirish bilan bog‘liq. Oxirgi umumiy ko‘nikma tarkibiga quyidagilar: mustaqil ishni
rejalashtira olish, uning tejamli tashkillashtirilishi, mustaqil nazorat qilishning amalga
oshirilishi va belgilangan sur’atda ishlay olish kabilar kiradi.

Agarda talaba bilimlarni egallash jarayonida, shuningdek, ularni qo‘llash bosqic-

hida qiyinchiliklarni yenga olishni o‘rganish shartida talabalarda ijodiy mustaqillikni
shakllantirish mumkin.Irodaviy jarayon faoliyat bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi, “iro-
da boshlanmasi insonning harakat qilishga bo‘lgan ilk istagi kabi ehtiyojdan kelib
chiqadi”. Bundan kelib chiqadiki, mustaqil faoliyatning motivatsiyali va mazmuniy
harakat tarkiblari irodaviy jarayonlar bilan mustahkam bog‘liqlikda bo‘ladi.

Faol faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchining vazifasi hisobga olinsa, talabalar

mustaqil ishini tashkillashtirishda ularning ehtiyojlarining hisobisiz ham tuzib bo‘l-
maydi. Shunga bog‘liq ravishda savol tug‘iladi: talabalarning o‘zlari qay darajada
shaxsiy mustaqil ishlari bilan qoniqqanlar? Oxirgi yillar tadqiqoti har bir uchinchi
talaba mustaqil ishning tashkillashtirilishi, uning natijalari, o‘qituvchi bilan qaytar
aloqa, nazorat bilan bog‘liq ishlardan qoniqmaganliklarini ko‘rsatmoqda.

Talabalarning faol faoliyatni tashkillashtirishning ijobiy jihatlari sifatida ular tomo-

nidan shaxsning ijodiy o‘zini o‘zi ko‘rsatish imkoniyatlarini; o‘zini o‘qituvchi sifatida
sinab ko‘rish imkoniyati; qo‘shimcha bilimlarni olish sifatida yangini tanish; fikrlash
madaniyatini rivojlantirish; materialni chuqurroq o‘zlashtirish; shaxsning individual
sifatlarini rivojlantirishning taqdim etilishini ko‘rsatmoqdalar. Shunday qilib, talaba-
lar mustaqil ishining ta’limiy vazifasi nuqtayi nazaridan, shu bilan birga, aqliy rivo-
jlanish tomonidan va yana shaxsning o‘zini o‘zi faoliyatga undashi va pedagogik
qoniqish nuqtayi nazaridan uning ijobiy jihatlarini ta’kidlamoqdalar.

Shu bilan bir qatorda, faol faoliyat jarayonida talabalar duch keladigan qiyinchi-

liklar ham mavjud. Bulardan ayrimlari quyidagilar: mustaqil ishlash ko‘nikmalarining
yo‘qligi; nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash ko‘nikmalarining yetishmasligi
tashkil etadi. Bu mustaqil ishlarni tashkillashtirish muammosi jiddiy turganligidan
dalolat beradi. Bu holatni o‘zgartirish maqsadida mustaqil ishlarning maqsadini va
mazmunini boyitish muhim hisoblanadi, bu esa, o‘z navbatida, talabalarda motivat-
siyaning o‘zgarishiga olib keladi. Bunda faol faoliyatning asosiy yo‘nalishlari, ya’ni
joriy yoki imtihon topshirish niyatidan aniq kasbiylikni, binobarin, moddiy hayotiy
holatni haqiqiy egallash tomoniga o‘zgaradi. Bunday holatda o‘quv jarayonining


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

298

umumiy strategiyasi ham o‘zgaradi. Hozirgi vaqtda talabalarning asosiy o‘quv vaqt-
lari auditoriya o‘quv mashg‘ulotlariga to‘g‘ri keladi. Ularning hajmi katta va talabalar
jismoniy kuch imkoniyatlariga va haqiqiy vaqt byudjetiga binoan doimiy va ma’suli-
yatli shug‘ullanish imkoniga ega emaslar.

Ammo zamonaviy ta’lim jarayonini jadallashtirish sharoitida faqat an’anaviy vosi-

talarni qo‘llash yo‘li bilan erishib bo‘lmaydi, bunday holatda faqat faol o‘qitish usul-
lari, jumladan, pedagogik va uslubiy birlashmada keng qo‘llab-quvvatlanishni olgan,
ishbilarmon o‘yinlar tan olinadi. Ularni qo‘llash, aqliy qiyinchiliklarni chaqiruvchi, bi-
lish istagini uyg‘otuvchi, yangi bilimlarni mustaqil va faol o‘zlashtirish uchun sharoit
yaratuvchi, bilishga asoslangan,izlanuvchan xususiyatdagi vazifalarni berib, talaba-
larning ijodiy mustaqil ishlarini tashkillashtirishga imkon beradi.

Shuni ta’kidlab o‘tish joizki, faol o‘qitish usullarini qo‘llash an’anaviy ta’lim jara-

yonining bir xilligini o‘zgartiradi, talaba ma’ruzada aytilganlarni qayta tiklaydi va
bunda faol mustaqil ishlashga yo‘nalish paydo bo‘lmaydi. Natijada talabalar, nazariy
o‘rganib, bilimlarni amalda qo‘llay olmaydilar.

Yuqorida qayd etilgan vazifalarni amalga oshirishda amaliy ta’limda rivojlantiruv-

chi ta’limning alohida o‘rni mavjuddir. Rivojlantiruvchi ta’lim uzluksiz ta’limning dav-
lat miqyosidagi muhim vazifasi sifatida qaralayotgan bir paytda jamiyatimiz bosqi-
chma-bosqich rivojlanishining hal qiluvchi tomonlaridan biri sifatida ham qaraladi.

Hozirgi kunda o‘qituvchilar va tadqiqotchilar oldida mustaqil ishlarni tashkillashti-

rish doirasida shunday ta’lim tizimini ishlab chiqish vazifalari turibdi, ya’ni bunda ta-
labalarda bilimlarni mustaqil izlab topishga, nostandart vazifalarni mustaqil yechis-
hga qiziqish paydo bo‘ladi, bu esa mustaqillik va mas’uliyatlilik sifatlarini shakllanti-
rishga imkon beradi. Ushbu vazifalarni mukammal o‘ylangan ta’lim usullarini tanlash
yo‘li bilan hal etish mumkin, bunda talabalar o‘rganilayotgan vaziyatga kirishadilar,
faol faoliyatga intiladilar, muvaffaqiyat holatini boshidan o‘tkazadilar va shunga mu-
vofiq o‘zlarini tutishlarini motivlashtiradilar. Bu barcha talablarga, bizning fikrimiz-
cha, ma’lum darajada ta’limning faol usullari, jumladan, o‘yinli texnologiyalar javob
beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

1. J.G. Yuldoshеv, S.A. Usmonov Pеdagogik tеxnologiya asoslari.
2. Askarova S. “Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music”. Jour-

nalNX 7.05 (2021): 131–134.

3. Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. “O‘yin ta’lim jara-

yonini tashkil etishning pedagogik vositasi sifatida”. Scientific progress 2.2 (2021):
317–321.

4. Axmedovich, Turdiev SHavkat. “Problems of student preparation

for work with children’s choir collective”. World Bulletin of Social Sciences
3.10 (2021): 133–135.

5. Madaminovich, Fozilov Qaxramon. “Problems of Orchestra Performance in

The Practice of Training Smugglers”. European Journal of Life Safety and Stability
(2660-9630) 8 (2021): 42–45.

6. Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. “The role of national music in education of

youth”. Academicia: an international multidisciplinary research journal 11.2 (2021):
1285–1288.

7. Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kaxramon Madaminovich.

“The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing”. JournalNX 7.1: 128–130.

Библиографические ссылки

J.G. Yuldoshеv, S.A. Usmonov Pеdagogik tеxnologiya asoslari.

Askarova S. “Great Song Genre in the Ethno Music of Uzbek Folk Music”. JournalNX 7.05 (2021): 131–134.

Asqarova, Sohibaxon, and Muslimaxon Muhammadjonova. “O‘yin ta’lim jarayonini tashkil etishning pedagogik vositasi sifatida”. Scientific progress 2.2 (2021): 317–321.

Axmedovich, Turdiev SHavkat. “Problems of student preparation for work with children’s choir collective”. World Bulletin of Social Sciences 3.10 (2021): 133–135.

Madaminovich, Fozilov Qaxramon. “Problems of Orchestra Performance in The Practice of Training Smugglers”. European Journal of Life Safety and Stability (2660-9630) 8 (2021): 42–45.

Eminjanovna, Shodiyeva Gavkhar. “The role of national music in education of youth”. Academicia: an international multidisciplinary research journal 11.2 (2021): 1285–1288.

Kholjurayevich, Madaminov Nasimjon, and Fozilov Kaxramon Madaminovich. “The Role of Folklore in the Emergence of the Art of Singing”. JournalNX 7.1: 128–130.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов