Science fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish

CC BY f
386-387
14
15
Поделиться
Оринбоева, К. (2023). Science fanlarni o‘qitishda zamonaviy metodlardan foydalanish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(3), 386–387. https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp386-387
Кумушой Оринбоева, Андижанский государственный педагогический институт

преподаватель кафедры информатики и точных наук

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish boshqa fanlarga ham qiziqish uyg‘otish uchun vosita hisoblanmoqda. Tabiiy fanlarni yoshlarga tushunarli va qiziqarli o‘tishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

386

Annotatsiya:

Hozirgi vaqtda umumta’lim maktablarida tabiiy fanlarni o‘qitish boshqa

fanlarga ham qiziqish uyg‘otish uchun vosita hisoblanmoqda. Tabiiy fanlarni yoshlarga tus-
hunarli va qiziqarli o‘tishda zamonaviy texnologiyalarning o‘rni beqiyosdir.

Kalit so‘zlar:

zamonaviy texnologiyalar, science fanlar, aqliy hujum, alternativ metod.

Ta’kidlab o‘tish joizki, hozirgi kunda dars o‘tish jarayonida ilg‘or pedagogik texno-

logiyalardan, zamonaviy AKT (Axborot-komunnikatsion texnologiyalar)dan foyda-
lanish juda muhim hisoblanadi. Fan va texnika tez sur’atlarda rivojlanib bormoqda,
yoshlar internet va ijtimoiy tarmoqlarda doim faol, ularni darsga qiziqtirish uchun
zamonaviy texnologiyalardan foydalanish juda ham zarurdir. Maktablarda yangi
fanlarni joriy etish o‘quvchiga fanlarni o‘qishda qiyinchilik tug‘dirmay, ularning qi-
ziqarli bo‘lishiga yordam beradi.

Tabiiy fanlar(science) amalga kiritilishidan oldin xalqaro amaliyot – O‘zbekiston-

da faoliyat olib borayotgan xususiy va xorijiy maktablar tajribasi o‘rganildi. Yangi
fan o‘quvchilarning olam va borliqqa nisbatan bilimlarini oshirishga yordam beradi.
Kelajakda o‘quvchilar kimyo,fizika,biologiya kabi fanlar qiyin emasligini, balki ular-
ning juda ham qiziqarli ekanligini anglab borishadi. Odatda, maktab o‘quvchilari bu
fanlarni o‘zlashtirish juda ham qiyin deb tasavvur qilishadi ,zero, bu fanlarning barc-
hasi hayotimizga juda ham bog‘liq.

Tabiiy fan (science) qaysidir fanlarning o‘rniga joriy etilayotgani yo‘q. Aksincha,u

ta’lim sifatini oshirish uchun mavjud fanlarning integrativ tarzda o‘qitilishini ta’min-
laydi.Masalan, yomg‘ir yog‘ish jarayonini kuzatish orqali o‘quvchi uning tarkibini (bi-
ologiyaga oid tushunchalar), qanday hosil bo‘lishi (fizik xususiyatlari), qaysi fasllarda
qayerlarda ko‘proq yog‘ishi (geografik xususiyati), yomg‘ir ta’sirida yerda qanday
o‘zgarishlar bo‘lishi, o‘simliklar uchun foydasi haqida ma’lumotga ega bo‘ladi.

Yangi fan 2021–2022 o‘quv yilida 1-2-sinflar uchun joriy etildi va bosqich-

ma-bosqich boshqa sinflarga ham joriy etiladi.Bu muddatda yangi o‘quv yili
boshlangunga qadar 1–2-sinf o‘qituvchilariga mazkur fanni o‘qitish bo‘yic-
ha maqsadli malaka oshirish kurslari tashkil etiladi va kelgusida fanni o‘qitadi-
gan mutaxassis o‘qituvchilar tayyorlanadi.Zarur bo‘lsa, qayta tayyorlov kurs-
lari joriy etiladi. Yangi fanni o‘qitish jarayonini samarali tashkil etish uchun yaxs-

O‘RİNBOYEVA KUMUSHOY
SULTONBEK QİZİ

Andijon davlatpPedagogika
institute Informatika va aniq
fanlar kafedrasi o‘qituvchisi

SCIENCE FANLARNI
O‘QITISHDA
ZAMONAVIY
METODLARDAN
FOYDALANISH

https://doi.org/10.47689/STARS.univer-
sity-pp386-387


background image

STARS International University

387

hi mutaxassislar tayyorlash juda ham muhim hisoblanadi. Oliy o‘quv yurtlari-
da va qayta tayyorlov institutlarida bu fanni o‘qitishni tashkil etish juda muhim.
7-sinfdan boshlab yuqori sinf o‘quvchilari o‘z fanlarini o‘qishda davom etishadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun kitoblar rang-barang va jozibali , qiziqarli

ishlab chiqilishi ularning bu fanga qiziqishini orttiradi va bu fanni o‘rganish ularga
oson bo‘ladi. Xuddi shuningdek, o‘qituvchilarga fanni o‘qitish uchun eng maqbul
metodlarni, tavsiyalarni o‘z ichiga olgan metodik qo‘llanmalar ishlab chiqiladi. Ular
yordamida darslarni tashkil etish ustozlar uchun ham qiyinchilik tug‘dirmaydi.

Darslarni tashkil etish jarayonida zamonaviy metodlardan foydalanish juda ham

muhim. O‘quvchilarning yoshiga qarab turli xil interfaol metodlardan foydalaniladi.
Berilgan mavzularga mos ravishda programmali topshiriqlardan foydalanish ular-
ning egallagan bilimlarini yanada mustahkamlaydi. Masalan,6-sinflarda modda tuzi-
lishi haqidagi ma’lumotlarni o‘rganish va yodda saqlab qolish uchun quyidagi tops-
hiriq bajariladi:

Barcha moddalar juda kichik zarralardan tuzilgan. Bu zarralar orasida oraliqlar

bor.Shuning uchun biz bu oraliqlarni orttirib yoki kamaytirib,jismning hajmini o‘z-
gartirishimiz mumkin.

Agar biz ……….., zarralarning o‘zaro joylashuvi qanday o‘zgaradi?
Jismning hajmini orttirsak. Jismning hajmini kamaytirsak.
1. Zarralar bir-biridan uzoqlashadi.
2. Zarralar bir-biriga yaqinlashadi.
O‘quvchilar oson tushunishlari uchun aniq fanlarga va boshqa fanlarga o‘xshash

topshiriqli qo‘llanmalar ishlab chiqish juda ham foydali. O‘quvchi bir xil dars o‘tish
usullaridan juda ham zerikadi va darsni yaxshi tushuna olmaydi.Shuning uchun ham,
albatta, qiziqarli dars o‘tish jarayonlarini tashkil etish ularning bilim olish jarayoni-
ning sifatli bo‘lishiga yordam beradi.

Tanlama va alternativ metodlar yordamida o‘quvchilarning ziyrakligi tekshiriladi.

Biletning har bir savoliga bir-biriga qarama-qarshi bo‘lgan javoblar juda ko‘p topi-
ladigan hollarda bitta savolga uchtadan javob tuziladi,bunda ularning bittasi to‘g‘ri,
qolgan ikkitasi haqiqatga o‘xshash tuyuladigan javoblar bo‘ladi.Bu metod bo‘yicha
tuzilgan bilet ko‘proq jadval tarzida beriladi. Savol va unga tegishli uchta javob bitta
gorizontal yo‘lda joylashtiriladi. O‘quvchi biletdan foydalanganda shu uchta javob-
dan bittasini, ya’ni eng to‘g‘ri javobni tanlashi kerak.

Insoniyat kashfiyotlarni amaliyot davomida isbotlagan paytlar juda ham ko‘p bo‘l-

gan.Faqat buning uchun hamma o‘zi harakat qilishi zarur.O‘zgarishlarni ochiq tarz-
da qabul qilishimiz va o‘z ustimizda ishlashimiz kerak.Shuning uchun pedagoglar-
dan yangiliklardan qo‘rqishga emas, ularni amalga oshirishga intilishga chaqiramiz.

Foydalanılgan adabıyotlar ro‘yxatı:

1. Abdullayeva D (2021) Fanlarni o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish. Bosh-

lang‘ich ta’limda innovatsiyalar.

2. Boymurodova T.X. Sattorova “O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” Tosh-

kent – 2015.

3. G‘afforova T. Didaktik metodlar Tashkent 2021-yil.
4. L.M. Kuzmin. Fizikadan savollar to‘plami. Toshkent. 1977-yil.

Библиографические ссылки

Abdullayeva D (2021) Fanlarni o‘qitishda ta’lim metodlaridan foydalanish. Boshlang‘ich ta’limda innovatsiyalar.

Boymurodova T.X. Sattorova “O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanma” Toshkent – 2015.

G‘afforova T. Didaktik metodlar Tashkent 2021-yil.

L.M. Kuzmin. Fizikadan savollar to‘plami. Toshkent. 1977-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов