Boshlang‘ich sinfda ot so‘z turkumini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish

CC BY f
62-65
56
36
Поделиться
Сатторова X. (2023). Boshlang‘ich sinfda ot so‘z turkumini o‘rganishda interfaol metodlardan foydalanish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4), 62–65. https://doi.org/10.47689/.STARS.university-pp62-65
X. Сатторова, Педагогический Университет имени Низами

Доцент

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Bugungi kunda darslarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan holdadarslarni ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan foydalangan holda tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan savol, test topshiriqlardan ham o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshiradi, o‘quv materialini o‘zlashtirishga yordam beradi hamdasifatini oshiradi.

Похожие статьи


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

62

Annotаtsiya

:

Bugungi kunda darslarga qo‘yilgan talablardan kelib chiqqan

holdadarslarni ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalardan
foydalangan holda tashkil etish, shuningdek, o‘quvchilarni fikrlashga undaydigan
savol, test topshiriqlardan ham o‘rinli foydalanish muhim ahamiyatga ega. Bu esa
o‘quvchilarning matnni o‘qish va tushunish darajasini oshiradi,

o‘quv materialini

o‘zlashtirishga yordam beradi hamdasifatini oshiradi.

Tayanch so‘zlar:

interfaol, metod, o‘qish, organayzerlar, ilg‘or pedagogik tex-

nologiyalar.

O‘quvchilarnihar tomonlama barkamol inson bo‘lib shakllantirishda o‘quv-tarbi-

ya jarayoni sifatinioshirish muhim vazifalardan biri hisoblanadi.

Prezidentimiz Sh.M. Mirziyoyev o‘zining “Erkin va farovon, demokratik O‘zbeki-

ston davlatini birgalikda barpo etamiz” asarida alohida ta’kidlanganidek:

Yosh-

larimizning mustaqil fikrlaydigan, yuksak intellektual va ma’naviy salohiyatga ega
bo‘lib, dunyo miqyosida o‘z tengdoshlariga hech qaysi sohada bo‘sh kelmaydigan
insonlar bo‘lib kamol topishi, baxtli bo‘lishi uchun davlatimiz va jamiyatimizning
bor kuch va imkoniyatlarini safarbar etamiz”.

Ta’lim sifati va samaradorligi ta’lim mazmunining asosiy maqsad va vazifalarga

mosligi, ilmiy jihatdan asoslanganligi, izchilligi, hayot bilanbog‘liqligi, shuningdek,
ta’limmazmuniga mos

axborot va ilg‘or pedagogiktexnologiyalar majmuasi tanla-

nishi bilan ta’minlanadi.

Bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda dars rejasi(loyihasi)ni interfaol metod-

lar va axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida aniq va mukammal ishlab
chiqish ta’lim jarayonini samarali tashkil etish va o‘quvchilarning o‘quv materialini
o‘zlashtirish sifatini oshirishning muhim omilidir.

O‘qitish metodlari o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muayyan maqsadlarga er-

ishish yo‘lidagi faoliyatidan tarkib topgan bo‘lib, kimga nimani qanday o‘rgatish
zarurligi haqidagi masalalarni ochib berishga xizmat qiladi. Shuning uchun o‘qu-
vchilarning bilish faoliyatlarini faollashtirish va ularning mustaqil, ijodiy fikrlashlari
uchun qo‘llaniladigan metod va usullarni mos ravishda tanlash kelgusida kadrlar

SATTOROVA X.J,

Nizomiynomidagi TDPU
dotsenti

BOSHLANG‘ICH SINFDA
OT SO‘Z TURKUMINI
O‘RGANISHDA
INTERFAOL
METODLARDAN
FOYDALANISH

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp 62-65


background image

STARS International University

63

tayyorlashda o‘z samarasini beradi.

Interfaol metod – ta’lim jarayonida o‘quvchilar hamda o‘qituvchi o‘rtasidagi faol-

likni oshirish orqali o‘quvchilarning bilimlarni o‘zlashtirishini faollashtirish, shaxsiy
sifatlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Interfaol metodlarni qo‘llash dars samara-
dorligini oshirishga yordam beradi.

“Interfaol” tushunchasi ingliz tilida “interact” (rus tilida “interaktiv”) tarzida if-

odalanib, lug‘aviy nuqtayi nazardan “inter” – o‘zaro, “act” – harakat qilmoq kabi
ma’nolarni anglatadi.

Interfaol ta’limning asosiy mezonlari norasmiy bahs-munozaralar o‘tkazish, o‘quv

materialini erkin bayon etish va ifodalash imkoniyati, ma’ruzalar soni kamligi, lekin
seminarlar soni ko‘pligi, o‘quvchilar tashabbus ko‘rsatishlariga imkoniyat yaratilishi,
kichik guruh, katta guruh, sinf jamoasi bo‘lib ishlash uchun topshiriqlar berish, yoz-
ma ishlar bajarish va boshqa metodlardan iborat bo‘lib, ular ta’lim-tarbiyaviy ishlar
samaradorligini oshirishda o‘ziga xos ahamiyatga ega.

Hozirgi kunda eng ommaviy interfaol ta’lim metodlari quyidagilar sanaladi:
“Keys-stadi” (yoki “O‘quv keyslari”), “Blits-so‘rov”, “Modellashtirish”, “Ijodiy ish”,

“Muammoli ta’lim” va boshqalar.

Interfaol ta’lim strategiyalari: “Aqliy hujum”, “Bumerang”, “Galereya”, “Zig-zag”,

“Zinama-zina”, “Muzyorar”, “Rotatsiya”, “Yumaloqlangan qor” va boshqalar. In-
terfaol ta’lim metodlari tarkibidan interfaol ta’lim strategiyalarini ajratishda guruh
ishini tashkil qilishga yondashuv, ma’lum ma’noda, strategik yondashuvga qiyo-
slanishiga asoslaniladi. Aslida, bu strategiyalar ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim
metodlariga tegishli bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.

Interfaol grafik organayzerlar: “Baliq skeleti”, “BBB”, “Konseptual jadval”, “Venn

diagrammasi”, “T-jadval”, “Insert”, “Klaster”, “Nima uchun?”, “Qanday?” va boshqa-
lar. Interfaol grafik organayzerlarni ajratishda mashg‘ulotlardagi asosiy fikrlar turli
grafik shakllarning yozma ko‘rinishda ifodalanishiga asoslanadi. Aslida, bu grafik
organayzerlar bilan ishlash ham ko‘p jihatdan interfaol ta’lim metodlariga tegishli
bo‘lib, ularning orasida boshqa farqlar yo‘q.

Interfaol ta’lim metodlari, ko‘pincha, turli shakllardagi o‘quv mashg‘ulotlari tex-

nologiyalari bilan bir vaqtda qo‘llanilmoqda. Bu metodlarni qo‘llash mashg‘ulot
ishtirokchilarining faolliklarini oshirib, ta’lim samaradorligini yaxshilashga xizmat
qiladi.

Interfaol metoddan foydalanish o‘quvchilarda hozirjavoblik hissini rivojlantirish,

bahs-munozara, erkin fikrlashga asoslangan tafakkur tarzini shakllantirish,dars ja-
rayonida mustaqil fikrini bildira olish qobiliyatini yuzaga chiqarish, ijodkorlik qobili-
yatining shakllanishiga zamin yaratib boradi.

Hozirgi kunda ta’lim jarayonida interfaol uslublar (innovatsion pedagogik va

axborot texnologiyalari)dan foydalanib, ta’limning samaradorligini ko‘tarishga
bo‘lgan qiziqish, e’tibor kundan kunga kuchayib bormoqda. Zamonaviy texnologi-
yalar qo‘llanilgan mashg’ulotlar o‘quvchilar egallayotgan bilimlarni o‘zlari qidirib
topishlariga, mustaqil o‘rganib, tahlil qilishlariga, hatto xulosalarni ham o‘zlari kelt-
irib chiqarishlariga qaratilgan. O‘qituvchi bu jarayonda shaxs va jamoaning rivo-
jlanishi, shakllanishi, bilim olishi va tarbiyalanishiga sharoit yaratadi, shu bilan bir
qatorda, boshqaruvchilik, yo‘naltiruvchilik vazifasini bajaradi.

Hozirgi davrda sodir bo‘layotgan innovatsion jarayonlarda ta’lim tizimi oldidagi

muammolarni hal etish uchun yangi axborotni o‘zlashtirish va o‘zlashtirgan bilimla-


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

64

rini o‘zlari tomonidan baholashga qodir, zarur qarorlar qabul qiluvchi, mustaqil va
erkin fikrlaydigan shaxslar kerak.

VENN DIAGRAMMASI

-

2 va 3 jihatlarni hamda umumiy tomonlarini solishtirish

, taqqoslash yoki qarama-qarshi qo‘yish uchun qo‘llaniladi. Tizimli fikrlash, solishti-
rish, taqqoslash, tahlil qilish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Masalan,

Ot, sifat so‘z turkumi Venn diagrammasida tasvirlanadi.

Sifat so‘z

turkumi

So‘z

turkumi

Ot so‘z

turkumi

“Nima uchun” texnikasi

- muammoning dastlabki sabablarini aniqlash bo‘yicha

fikrlar zanjiri. Tizimli, ijodiy, tahliliy fikrlashni rivojlantiradi va faollashtiradi. O‘qituv-
chi tinglovchilarni “Nima uchun” sxemasini tuzish qoidasi bilan tanishtiradi. Alohi-
da kichik guruhlarda muammoni ifodalaydilar. “Nima uchun” so‘rovini beradilar va
chizadilar, shu savolga javob yozadilar. Bu jarayon muammoning dastlabki sababi
aniqlanmaguncha davom etadi va javoblar guruhlarda umumlashtiriladi.

“Nima uchun” grafikli organayzeri chizmasini tuzish qoidalari:
1. Aylana, to‘g‘ri to‘rtburchak yoki boshqa turdagi shakllardan foydalanishni o‘zin-

giz tanlaysiz.

2. Chizmaning ko‘rinishini – mulohazalar zanjirini to‘g‘ri chiziqlimi, to‘g‘ri chiziqli

emasligini o‘zingiz tanlaysiz.

3.Yo‘nalish ko‘rsatkichlari sizning qidiruvlaringizni, dastlabki holatdan izlanishga-

cha bo‘lgan yo‘nalishingizni belgilaydi. Misol:

«Nima uchun?» metodi orqali o‘quvchilarning o‘zlashtirilgan bilimlari mustahka-

mlanadi.

Bunda “nima uchun?” savoli orqali voqea-hodisalar ketma-ketlikda bayon

qilinadi.

Oxirgi «nima uchun?»savolida voqeaning yechimi topiladi.

“Sinkveyn” metodi

“O‘qituvchi” bilimli, dono o‘qitadi , yozadi
O‘qituvchi darsda faol qatnashgan o‘quvchilarni baholadi.
muallim


background image

STARS International University

65

“Klaster” metodi

Ushbu metodlarni mashg‘ulot jarayonida yoki bosqichida yakka, kichik guruh va

jamoa shaklida tashkil etish mumkin.

«Interfaol ta’limning eng muhim tarkibiy elementi bo‘lgan interfaol metodlar o‘z

mohiyatiga ko‘ra ta’lim maqsadlarini amalga oshirishda ma’lum darajada samara-
dorlikka erishishni ta’minlaydi»

1

.

Demak, ilg‘or pedagogik va interfaol metodlar va didaktik o‘yinlar texnologi-

yalardan foydalanish o‘quvchining o‘rganish jarayonini jadallashtiradi, mustaqilfikr
yuritish, axborot manbalari va vaziyatini tahlil qilish, murakkab muammo-
li vaziyatlarni hal etish, o‘rtoqlarining fikrinitahlil qilib, asoslangan xulosalar
chiqarish, munozarada ishtirok etish, boshqa shaxslar bilan muloqotga kirish-
ishga o‘rgatadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:

1. SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda

barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

2.Azizxo‘jaevaN.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent:

TDPU, 2006.

3 G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 3-sinf o‘qituvchilari uchun

metodik qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2016.-240 b.

4.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi

” 1- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ nashriyoti. 2021yil.
208 b

5.Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonli-

gi ” 2- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ

1

Ro‘ziyeva D., Usmonboyeva M., Xoliqova Z.Interfaol metodlar: mohiyati va qo‘llanilishi. Met.qo‘llanma.T.:TDPU, 2013 y.

Библиографические ссылки

SH.M. Mirziyoyev Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. Toshkent –“O‘zbekiston” -2016.56 B.

Azizxo‘jaevaN.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – Toshkent: TDPU, 2006.

G.Boymurodova, X.Sattorova va b. “O‘qish” 3-sinf o‘qituvchilari uchun metodik qo‘llanma.-T.: “Sharq”, 2016.-240 b.

Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi ” 1- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ nashriyoti. 2021yil. 208 b

Azimova I, Mavlonova K, Quronov S, Tursun Sh. “Ona tili va o‘qish savodxonligi ” 2- sinf uchun darslik.I-II qism. “Yangiyo‘l poligraf servis” MCHJ

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов