Talaba yoshlarni kasbga tayyorlashda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni

CC BY f
14
5
Поделиться
Шукурова H., & Нематова, М. (2023). Talaba yoshlarni kasbga tayyorlashda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp74-77
Мадинабону Нематова, Джизакский государственный педагогический университет

старший преподаватель

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari haqida keng to‘xtalib o‘tilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

74

Annotatsiya

:

Ushbu maqolada bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining o‘qish darsini

tashkil etishda hikoya va ertaklarni sahnalashtirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim jihatlari
haqida keng to‘xtalib o‘tilgan.

Kalit so‘zlar:

Mustaqilligimiz, qadriyat, qo‘g‘irchoq teatri, ruhiy-ma’naviy, litsenziya,

“Risolai qo‘g‘irchoq”, “shayton o‘yin”, Husan Voiz Koshifiy, drama, milodiy, dramaturg,
“Zumrad va Qimmat”.

Mustaqilligimiz urf-odat va an’analarimizning jamiyatning birlashtiruvchi

imkoniyatlaridan to‘liqroq foydalanish uchun keng yo‘l ochdi. Kattalarga hurmat,
o‘zaro hamkorlik, farzandlarning taqdiri va kelajagi uchun qayg‘urish, ularga
g‘amxo‘rlik qilish hamisha oilaviy qadriyatlarning va udumlarning asosiy jihatlari
bo‘lib kelgan.

Qadriyat shaxs irodasi, harakat me’yori, aqli yetukligini to‘ldiradi. Bu esa, o‘z

navbatida, burch bilan xohish o‘rtasidagi tavofutlarni anglab yetishga yordam
beradi. Natijada, milliy qadriyatlar, tarbiyalarning rivojlanishi, muayyan jamiyatdagi
shaxs kamolotining belgisi bo‘lib, ijtimoiy tadbirlarda bo‘lgan munosabatda yaqqol
ko‘rinadi.

Ana shunday qadriyatlarni shakllantirishda qo‘g‘irchoq teatrining muhim o‘rni

bor. Qo‘g‘irchoq teatri haqidagi ma’lumotlar esa boshlang‘ich ta’lim fakultetida
“Boshlang‘ich sinflarda adabiy-nazariy tushunchalarni shakllantirish metodikasi”
tanlov fani orqali o‘rgatiladi. Ushbu fanda nafaqat qo‘g‘irchoq teatri haqida
talabalarga ma’lumot berish, balki ertak, hikoya janrlarini o‘qitishda amaliy jihatdan
ularni tayyorlash juda katta ahamiyatga ega.

Qo‘g‘irchoq teatri kecha yoki bugun paydo bo‘lgan san’at turi emas. Uning tarixi

bir necha ming yilliklarga borib taqaladi. U o‘zimizning murakkab rivojlanish yo‘lida
ulkan voqealarga guvoh bo‘ldi. O‘tgan har bir davr uning taraqqiyotida o‘z muhrini
qoldirdi. Bu tabiiy, har qanday teatr – bu davr mahsuli. Davr qaysi mafkura, qaysi
g‘oyani ilgari sursa, san’atda ham shu aks ettiriladi, nimaiki qaralsa, undan voz
kechishga undaydi. Biroq barcha zamonlarda qo‘g‘irchoq teatri o‘zining xalqchil
ruhini, mo‘jizaviy qudratini va tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q. U hamisha
o‘zidan katta masshtabdagi voqeliklar, umuminsoniy, falsafiy g‘oyalarni mujassam
qilishga intilgan. Qo‘g‘irchoq teatri barcha davrlarda o‘z aktyorlar-u sanatini saqlab

SHUKUROVA H.

Boshlang‘ich ta’lim fakulteti 2-bosqich
815-21(206)-guruh talabasi

NE’MATOVA MADINABONU

Ilmiy rahbar: JDPU katta o‘qituvchisi
JDPU

TALABA YOSHLARNI
KASBGA TAYYORLASHDA
QO‘G‘IRCHOQ TEATRINING
MUHIM O‘RNI

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp74-77


background image

STARS International University

75

qolishga, uni tushunmaydigan insonlardan pana tutishga va avlodlarga bor jozibasi
bilan yetkazishga harakat qilib kelgan. Masxarabozlar, aktyorlar, xullas, tomosha
san’atining ishtirokchilari quvilgan, badarg‘a qilingan, ayovsiz savalangan vaqtlarda
qog‘irchoq teatri ijodkorlari bu og‘ir qismatdan omon qoldi.

Din peshvolari nazarida, qo‘g‘irchoq teatri yaxshilik, ruhiy-ma’naviy poklikka va

itoatkorlikka chorlaydigan ijrochilarning hayot tumoriga, hozirgi zamon tili bilan
aytganda, mustaqil faoliyat yuritishga huquq beradigan litsenziyaga aylandi.
“Ulamo qo‘g‘irchoq o‘yinini bir marta ko‘rish uchun mumkin ,deb fatvo berdi va
buni quyidagicha izohlaydi: “Qo‘g‘irchoq bu teshikdan chiqib, bir jilva qilib, ikkinchi
teshikka kiradi. Odam onadan tug‘ilib, dunyoga kelib, olam ichra bir jilva qilib, oxiri
go‘rga kiradi. Shuning uchun bu o‘yinni bir ko‘rsa, ikki marta ko‘rib bo‘lmaydi.

Zeroki, bu shayton chiqargan o‘yinni ikki marta ko‘rgan odam iymondan ayriladi”.

Biroq vaqt o‘tishi bilan undagi talablarga amal qilmay, din peshvolari, amaldorlar,
davlat rahbarlari, tanqid ostiga olingan. Qolaversa, og‘zaki dramaturgiyaga
asoslangan an’anaviy teatrda belgilangan talablar va qat’iy qonunlarga bo‘ysunish
hamisha ham oson bo‘lmaydi. Shu tufayli qo‘g‘irchoq teatri aktyorlari risolasida
ta’kidlangan passivlik, tarki dunyo qilish va so‘fizmni emas, balki optimistlik, hayotini
sevish va undan bahra olish tamoyillarini ilgari surishgan. Biz yuqorida an’anaviy
teatr aktyorlarining tomoshadagi o‘rni xususida to‘xtaldik, uning ijrosidagi o‘ziga
xosliklarni belgilashga imkon qadar urinib ko‘rdik. Qo‘g‘irchoq teatri ijrochilarining
ijodiy yo‘li, ruhiy-ma’naviy dunyosi va qalb kechinmalari xususida alohida to‘xtalib
o‘tishni joiz topdik. Boisi, bu chindanam ibrat bo‘larli, boy tarixga va bugungi kun
aktyorlari uchun namuna bo‘la oladigan katta maktabdir. Qo‘g‘irchoqqa jon kiritish
– bu san’at. Biroq hamma davrlarda bu ijobiy qabul qilinmagan.

Biroq o‘z yo‘lini dadil davom ettirgan qo‘g‘irchoq teatri o‘z sohasida falsafiy,

diniy ta’lim unsurlarini birlashtira oladi. Ma’lumki, “Risolai qo‘g‘irchoq”da
qo‘g‘irchoq teatrining paydo bo‘lishi xususida ajoyib bir rivoyat uchraydi. Unda
bu san’at turiga “shayton o‘yin” deb ta’rif berildi. Uning ijrochiligidagi mo‘jizani
oddiy inson o‘z qo‘li bilan yarata olishiga ishona olmaydi. Go‘yo bu qudratga
faqat sehr-jodu yordamida erishish mumkin. Ammo o‘z davrining yetuk olimlari
bu g‘aroyib hodisaga o‘zgacha talqinda munosabat bildiradi. Bu o‘rinda mashhur
tarixchi, olim Husayn Voiz Koshifiyning qo‘g‘irchoq teatri o‘yini to‘g‘risidagi fikrlari
biz uchun qimmatlidir: “Biz lavh (o‘yinchilar ma’nosida – M.Q.) hangomasida
hozir bo‘ldim, boshqa chodir tortib va undan ikki surat tortib va undan ikki surat
ko‘rsatib o‘tirgan shaxsni ko‘rdim. U gohi erkak ovozi bilan bir surat tilida javob
berar, gohi boshqa surat tilida qizning ingichka va nozik ovozi bilan javob berardi.
Holatni o‘zgartirmasdan so‘zlarni chunon aytardiki, har xil ovozda aytilgan savol-
javoblarni eshitish uchun mumkin edi. Bu hammasi chodir ichidagi kishidagi qavli
(so‘zi va harakati) ediki, men bunga mutavajjib bo‘ldim. Agar biror kimsa, – deb
yozadi fikrlarini davom ettirib, – yaxshi o‘ylab ko‘rsa biladiki, bu bir necha harakatsiz
va bequdrat tili vaqo‘li yo‘q mu’shabid amali bilan go‘yo notiq va mutaharlikdir”.
Ko‘rinib turibdiki, Koshifiy qo‘g‘irchoq teatri san’ati tomoshabinlarini ko‘p bor
kuzatgan. Uning so‘zlariga qarab anglash mumkinki, qo‘g‘irchoq teatri aktyori va
uning harakat va nutq uyg‘unligi borasidagi yutuqlari anchayin sezilarli bo‘lgan.
Qo‘g‘irchoqning xarakteri, jinsi va tashqi ko‘rinishiga qarab alohida ovoz ohangi
topilgan hamda bu tomoshabinga aniq, tushunarli va badiiy uslubda yetkazib
berilgan. Qolaversa, Koshifiydek o‘z zamonasining ilg‘or ziyoli kishisini hayratga


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

76

sololgan ekan, demakki, o‘rta asrlardagi qo‘g‘irchoq san’ati ijrochiligi, haqiqatan
ham, yuksak saviyada bo‘lgan.

Qo‘g‘irchoq teatri o‘quvchilar uchun juda qiziqarli, sevib tomosha qilinadigan

sahna asarlaridir. Shu o‘rinda dramatik asarlarning o‘rni va ahamiyati haqida
suhbatlashsak.

Drama

(yunoncha drama – harakat) badiiy adabiyotining 3 asosiy turidan biri

(epos, lirika bilan bir qatorda). Drama teatrga ham taalluqli. Syujetlilik, harakatlarning
ziddiyatga asoslanishining o‘ziga xos xususiyatidir. Ijtimoiy muammolarni aks
ettiruvchi dramatik ziddiyatlar qahramonlarning xatti-harakatlarida, avvalo, dialog
va monologlarda ifodalanadi. Drama matni ko‘rishga, shuningdek, eshitishga
mo‘ljallanadi; sahnaviy makon, zamon va teatr texnikasi (mizansesenarlar qurilishi)
imkoniyatlariga ham muvofiq keladi. Drama adabiy asar sifatida aktyor, rejissyor
tomonidan sahnada o‘z talqinini topadi. Drama tufayli teatr san’at yuzaga kelgan
va u kino san’ati uchun ham asos bo‘lgan.

Qo‘g‘irchoq teatri –

teatr san’ati turi, chodir ichida yoki parda ortida yashiringan

aktyor qo‘g‘irchoqbozlar tomonidan harakatga keltirilib ko‘rsatiladigan qo‘g‘irchoqlar
tomoshasi. Qo‘g‘irchoqlarning turi, boshqarish tizimi va katta-kichikligi bilan bog‘liq
holda xilma-xil shakllari yuzaga kelgan. Milodiy an’analar, shart-sharoit, dramaturgik
va sahnaviy maqsadlar ham qo‘g‘irchoq teatri tomoshalarining shakli va mazmuniga
ta’sir ko‘rsatadi. Inson xarakteri jamiyat hayotini yorqin va umumlashma tarzida aks
ettirish, majoz, sahnaviy bo‘rttirma qo‘g‘irchoq teatrda satirik hamda qahramonlik
yo‘nalishlar qaror topishini ta’minlagan. Qo‘g‘irchoq teatri tabiatni ilohiylashtirish
kabi marosimlarga borib taqaladi. Geradot, Ksenofont, Aristotel, Goratsiy, Avreliy
va boshqalarning ma’lumotlari bo‘yicha V-VI asrlardayoq qo‘g‘irchoq teatri paydo
bo‘lgan. Sharqda barcha shakllari mavjud bo‘lgan, biroq shundan soya teatri keng
tarqalgan. Indoneziyada XI-XII asrlarda simlar bilan boshqariladigan qo‘g‘irchoq
tomoshalari bo‘lgan. Sharqda ham qo‘g‘irchoq teatrining an’anaviy turlari va
shakllari yashab keladi. G‘arb mamlakatlarida esa XIX asrlardan boshlab xalq
qo‘g‘irchoq teatri inqirozga uchrab, uning o‘rnida yangi tipdagi, yozma drama
asosida ish olib boruvchi havaskorlik va yarim professional truppalar maydonga
kela boshladi. XX asr boshida Rossiyadagi xalq qo‘g‘irchoq teatri davr talablariga
javob berolmay qoldi. Biroq uning an’analari, tajribasi yangi shakldagi qo‘g‘irchoq
teatrining yaratilishida muhim ahamiyat kasb etdi.

Avval aytganimizdek, dramaning tasvir predmeti – harakat, u obyektning plastik

obrazini yaratadi, drama subyekti – ijodkor shaxsi ham obyektga singdirib yuboriladi.
Agar bular dramaning turga xos belgilovchi xususiyati bo‘lsa, dramatik asarning
qurilishi, poetik o‘ziga xosligini belgiliovchi eng muhim xususiyat uning sahna uchun
yaratilishidir. Ya’ni sahnaga mo‘ljallab yozilgan asar ijroni ham ko‘zda tutishi zarur
bo‘ladi. Shunga ko‘ra, dramadagi harakat, syujet voqealari makon va zamonda
cheklangan bo‘ladi. Ijro vaqtiga sig‘ish uchun asarning keskin konflikt asosida
shiddat bilan rivojlanuvchi syujet tarzida qurilishi taqozo qilinadi. Ravshanki, bu xil
syujetning rivojlanish vaqti ham chegaralangan, shu sababli ham syujet voqealari
sabab-natija munosabatlari asosida konsentratsiyalanadi. Voqealar orasidagi sabab-
natija munosabati esa ularning makoniy va zamoniy jihatlardan-da yaqin bo‘lishini
taqozo qiladi. Dramaturg asarni yaratish jarayonidayoq uning syujet voqealari ijro
vaqtiga sig‘ishi masalasida qayg‘urishi darkordir. Shunga ko‘ra, dramatik asarda
syujet voqealarining keskin konfliktlari asosida shiddat bilan rivojlanishi zaruratga


background image

STARS International University

77

aylandi. Bundan tashqari, dramatik asardagi syujet voqealari yuz beradigan makon
ham cheklangan, voqealar sahnada shartli qayta yaratish mumkin bo‘lgan makonda
kechadi. Boz ustiga, harakat makoni o‘zgarishlar jihatidan ham cheklangan. Ya’ni
dramatik asar voqealari ko‘pi bilan 4-5 joyda kechishi mumkin.

Sahnaga mo‘ljallangan asarlar jamlanmasiga drmatik asarlarning barcha

turlarini kiritish mumkin. Sahna asarlariga qo‘g‘irchoq teatri yaqqol misol bo‘ladi.
Behbudiyning “Padarkush” dramasi sahnada namoyish etiladi. Padarkush ota qotili
deganidir. Bu asarda o‘sha davrning ilmli, ziyoli kishilari hamda bilimsiz, kaltafahm
insonlarning farzand tarbiyasidagi o‘rni va ahamiyatini ko‘rishimiz mumkin. Bilimsiz
kishilar farzandini ham kitob o‘qimay turib, bilim olmay turib ham boylikka ega
bo‘lishini aytadi, ammo bilimli, ziyoli kishilar bunday yo‘l bilan uzoqqa bormasliklarini,
kitob o‘qimay turib hech narsaga erisholmasligini ta’kidlaydi. Oxir-oqibat ilmsiz
kishi o‘z bolasining jamiyatda, xalq orasida o‘z o‘rnini topolmasligiga, shuningdek,
o‘z o‘limining sababchisi bo‘lishiga erisha oldi, xolos. Bu bilan kaltafahm boy o‘z
oyog‘iga o‘zi bolta urib qo‘ydi. Shunday ekan, sahnada ijro etiladigan asarlar bola
tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanligini anglashimiz mumkin. Oddiygina
sahnada ijro etiladigan “Zumrad va Qimmat” qo‘g‘irchoq teatri shaklida namoyon
bo‘lganida o‘quvchilar uchun juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Zumradning
yaxshi xislatlarini o‘zlarida aks ettirishga, Qimmatning salbiy illatlarini o‘zlaridan
yo‘q qilishga harakat qilishadi. Sahnaga mo‘ljallangan asarlar kichik yoshdagi
o‘quvchilar uchun juda muhim hamda ahamiyatlidir.

Xulosa o‘rnida

shuni ta’kidlash joizki, bolalar dunyosini yanada boyitish uchun

bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari qo‘g‘irchoq teatri bilan ishlash san’atini
ham egallashlari yanada shu sohada mohir ustoz bo‘lishlarini ta’minlaydi, deb
hisoblaymiz.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Adabiy tur va janrlar. Uch jildlik. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1999-yil.
2. S. Matchonov, X. G‘ulomova, T. Xolboyeva “ona tili o‘qitish metodikasi”

“Ishonchli hamkor”. – Toshkent, 2021-yil.

Daminov S, Ubaydullayev H, Axmedov Q, “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. –

Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997-yil.

Библиографические ссылки

Adabiy tur va janrlar. Uch jildlik. – Toshkent: “Fan” nashriyoti, 1999-yil.

S. Matchonov, X. G‘ulomova, T. Xolboyeva “ona tili o‘qitish metodikasi” “Ishonchli hamkor”. – Toshkent, 2021-yil.Daminov S, Ubaydullayev H, Axmedov Q, “Adabiyot o‘qitish metodikasi”. – Toshkent: “O‘qituvchi”, 1997-yil.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов