Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘ quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish

CC BY f
19
12
Поделиться
Суюнов, Д. (2023). Ta’lim-tarbiya jarayonida o‘ quvchilarida ekologik tafakkurni shakllantirish. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp82-84
Дильшод Суюнов, Термезский государственный педагогический институт

Преподаватель кафедры методики начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga doir ijobiy munosabatlarni shakllantirish mazmuni, uning shakl va metodlari, nazariy va amaliy ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkur, inson faoliyati va tabiat o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish borasida fikrlar keltirilgan.


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

82

Annotatsiya

.

Maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologiyaga doir ijobiy

munosabatlarni shakllantirish mazmuni, uning shakl va metodlari, nazariy va amaliy
ahamiyati, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida ekologik tafakkur, inson faoliyati va tabiat
o‘rtasidagi munosabatlar haqidagi ilmiy manbalarni singdirish borasida fikrlar keltirilgan.

Kalit so

zlar va tushunchalar:

tabiat, munosabat, tushuntirish,

ekologik tarbiya,

boshlang‘ich sinf, ekologik tafakkur, mutafakkir, ta’lim, shakl, metod, foydalanish, meros,
manba, o‘qitish.

Azal-azaldan insoniyat taqdiri tabiat bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Tabiatga insoniyat

uchun ozuqa va hayot manbai sifatida hamda muhim obyekt tarzida qaralgan. Tabiat
ne’matlaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etgan. Lekin shunday
bo‘lsa-da ba’zi bir hollarda tabiatga nisbatan to‘g‘ri munosabatda bo‘lmaganlar.
Natijada, tabiatdan to‘g ‘ri foydalanmaslik sababli ekologik muammolar vujudga
kela boshladi. XXI asrda kishilik hamjamiyati global ekologik muammolarni hal
qilish va inqirozdan chiqish uchun ijtimoiy munosabatlarga insonparvarlik nuqtayi
nazaridan yondashish va biosferaning yanada ijobiy rivojlanishini ta’minlaydigan
tabiat bilan o‘zaro ta’sir konsepsiyasini ishlab chiqishini insoniyat yashab qolishining
muhim faktorlaridan biri sifatida kun tartibiga qo‘ymog‘i lozim. Ekologik inqirozning
oldini olish uchun insonlar ongida ekologiya va tabiatga nisbatan mehr tuyg‘usini
shakllantirish lozim bo‘ladi.

Ekologik ta’lim-tarbiyaning mohiyati, g‘oyaviy mazmuni, uning qonuniyatlari,

samaradorlik shartlari, ekologik ta’lim mezonlarining falsafiy va madaniy kontekstini
samaradorlik omillari orqali ishlab chiqish kun tartibidagi masalalardan biri bo‘lib
qolmoqda. Shunday ekan, har bir davlat va jamiyat ekologiya va atrof-muhitga
yondashuv pozitsiyalarni qayta ko‘rib chiqishi: bunda inson omilining mohiyati,
uning tabiat va jamiyatdagi o‘rni, maqsad va vazifasi, burch va majburiyati, madaniy
ongi va ijtimoiy faolligining rivojlanish tendensiyalari, inson va tabiat o‘rtasidagi
munosabatlar hamda o‘zaro ta’sir doirasining natijasi va oqibatini inobatga olish
kerak bo‘ladi.

Ekologik ta’lim jarayoniga zamonaviy innovatsion yondashuv tizimi joriy etilsa,

insoniyat tabiat, atrof-muhit va kosmos bilan obyektiv zarur darajadagi aloqadorlikka
erishishi va o‘zaro uyg‘unlikni shakllantirishi mumkin. Tabiat bilan uyg‘un yashash,
inson uning bir bo‘lagi, degan tushuncha va gumanistik g‘oyalarni singdiruvchi

SUYUNOV DILSHOD
ABDULLAYEVICH

Termiz davlat pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim metodikasi
kafedrasi o‘qituvchisi
O‘zbekiston Respublikasi
Surxondaryo viloyati Termiz shahri

TA’LIM-TARBIYA JARAYONIDA
O‘ QUVCHILARIDA EKOLOGIK
TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISH

https://doi.org/10.47689/STARS.
university-pp82-84


background image

STARS International University

83

ta’limning dasturiy tizimi bugungi kunda o‘zini oqlamayotgandek, nazarimizda.
Shunday davrlar ham bo‘ldiki, insonlar ongida tabiat bitmas-tuganmas resurs
manbai sifatida qaraldi. Tabiiy resurslar haqidagi noto‘g‘ri tushunchalarning paydo
bo‘lganligi, tugab-bitmas manba degan yondashuvning ustunlik qilishi va tabiiy
elementlarning odamga xayolan bo‘ysundirishga bo‘lgan intilishning hali ham
barham topmaganligi ekologik muvozanatni buzishga, ekotizimlarni yo‘q qilishga
asos bo‘lib qolmoqda.

Sharq tafakkuri hamda dunyoqarashidagi tafovutlarning shakllanishi kishilik

sivilizatsiyasi taraqqiyotiga borib taqaladi va ularning bir-biriga zidligi haqida
mulohaza yuritish mumkin. G‘arb insonlari ilohiy ijod harakatlarini davom ettirib,
o‘zlarini tabiatning maxsus ma’naviylashgan qismi sifatida e’tirof etgan holda
atrofdagi olamni o‘zgartirishga va uning insonga bo‘ysundirilishiga doimiy harakatda
bo‘lib, tabiiy jarayonlarga maksimal darajada aralashgan holda ta’sir o‘tkazib
kelishga harakat qilishgan. Sharqda tabiat va inson munosabati ratsional va axloq
normalariga bo‘ysundirilgan bo‘lib, Markaziy Osiyoning qadimiy manbasi “Avesto”,
Islom olamining muqqaddasi kitobi “Qur’oni Karim”da, Imom Buxoriy, Abu Rayhon
Beruniy, Ali Abu ibn Sino, Mahmad Koshg‘ariy, Yassaviy, Naqshbandiy, Alisher
Navoiy va boshqa qator allomalarning ilmiy ijod asarlarida tabiat insoniyatning eng
oliy manbasi sifatida ulug‘lanib, uni qadrlash, avaylab-asrash, yashash va tiriklik
asosi, sog‘lom turmush va fikr, yashnash va yosharishning manbai sifatida e’tirof
etilgan hamda kishilik jamiyati insonlarining tabiatga yuqori hurmat va ehtirom
bilan munosabatda bo‘lishi ta’kidlangan. Bir so‘z bilan aytganda, tabiat bilan
muloqotda axloq normalariga tayangan holda yondashuv tavsiya etilgan. Sharq
madaniyatida tabiat qiymati inson qadriyatidan ustun turadi. Insonning ichki va
tashqi faoliyati tabiatga moslashishni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, o‘z-o‘zini
tarbiyalash, irodasini boshqarish, emotsiyalarga berilmaslik, oqillik va donolikni
tafakkur etish va o‘zini tutishga e’tibor berilgan. Inson bu yerda uning tabiatdan
ajratilgan maxsus komponenti sifatida qabul qilinmaydi, aksincha, uning bir bo‘lagi
va rivojlantiruvchi omili sifatida kamolot va tarbiya singdirilgan.

Inson va tabiat o‘rtasidagi munosabatlarning tubdan o‘zgarishini inson ishlab

chiqaruvchiga aylanib, tabiiy muhitni o‘zgartirish mumkinligini anglagan neolit
inqilobi bilan bog‘lashadi. Keyingi sanoatgacha bo‘lgan bosqich qishloq xo‘jaligining
asta-sekinlik bilan o‘sishi, hunarmandchilikning rivojlanishi, oddiy tovar ishlab
chiqarishning paydo bo‘lishi bilan bog‘liq bo‘lgan holda, sanoat inqilobining ilmiy-
texnik taraqqiyoti, texnogen sivilizatsiyaning bosqichma-bosqich shakllanishi
oqibatida insonning texnikaviy tafakkur kuchi tabiat kuchlaridan ustun kelishiga
olib kelgan holda ushbu taraqqiyot natijasi o‘laroq inson o‘zini o‘zi yo‘q qilish
jarayoniga ham yo‘l ochdi.

Insonning barqaror taqdiri va istiqbolli kelajagi uchun tabiat bilan o‘zaro

munosabatlarning zamonaviy pedagogik metodlariga tayangan fan dasturlarini
tayyorlash va ijtimoiy falsafiy g‘oyalar bilan to‘yintirilgan madaniy yondashuvlarni
yoshlar va insonlar hayotining ajralmas qismiga aylantirish yuzasidan ilmiy-tadqiqot
ishlar salmog‘i va samaradorligini oshirish davr talabidir. Ushbu masalada yerdagi
hayotning o‘zi tabiiy hodisa ekanligi, shaxs va tabiat munosabatlarining o‘zaro
uyg‘unligi, ammo ta’sir doirasini kamaytirish yuzasidan ijodiy salohiyatining uzluksiz
rivojlanishi uchun sharoit yaratish, shaxsning atrof-muhit uchun samaradorligi
uning ma’naviy va axloqiy rivojlanishining eng muhim xarakter xususiyati ekanligi,


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

84

insonni tabiiy-ijtimoiy mavjudot va tabiatning fikrlovchi qismi sifatida talqin qilishi,
odamning tabiat bilan birlashishi va dunyoni yangicha idrok etish orqali yuksak
ma’naviyatga yo‘l ochishi nazariyasi, umumiy birlik va o‘zaro bog‘liqlik g‘oyasi
asosida yoshlarga ta’lim-tarbiya berish ishning yana bir metodologik asosi bo‘lib
xizmat qiladi.

Shunday qilib, ekologik ta’lim va tarbiyani tashkil etishda atrof-muhitni tartibga

solish, tabiat bilan munosabatni muvozanatga keltirish to‘g‘risidagi qonunlar va
konsepsiyalarga tayangan holda zamonaviy pedagogik ta’limni tashkil etish,
yosh avlodning ekologik qarashlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan innovatsion
pedagogik yondashuvlar, yoshlarda atrof-muhit bilan o‘zaro ta’sirining tubdan
o‘zgarishini yuzaga chiqaradigan ratsional yondashuvga asoslangan o‘qitish
dasturini ekologik ta’lim jarayonining metodologik va konseptual asoslari sifatida
keltirib o‘tish mumkin.

XX asrning ikkinchi yarmida inson ongi va tafakkurining mahsuli texnik

yangiliklarning rivoji, industurial jamiyatga o‘tish taraqqiyot mezonini belgilab
berish bilan bir vaqtda insoniyat oldida juda ko‘p va murakkab muammolar yuzaga
keldiki, ular ta’sir doirasining miqyosi va ahamiyatiga ko‘ra global muammolar
nomini oldi. Ushbu global muammolardan biri ekotizimning barqarorlik holatidan
beqarorlik holatiga o‘tishi va insonning tabiatga ta’siri miqyosini haddan tashqari
darajada orttirib borishidir.

Аdabiyotlar:

1 . Avesto. Tarixiy - abadiy yodgorlik / Tarjimon: A. Mahkamov. - T.: Sharq,

2001. - 384 b.

2. Adizov B. R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari:

Ped. fan. dok. …diss. - T.:2003. - 320 b.

3 Az - Zamaxshariy, Abu-l Qosim Mahmud. Nozik iboralar. - T.: Kamalak,

1992. - 80 b.

4 Al - Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar

bosh tahririyati, 1997.- 528 b.

5. Aluyeva R.Sh. Amir Temurning ma’rifiy - tarbiyaviy qarashlari: Ped. fan.

nomz. … diss. avtoref. - T.: - 2006. – 20 b.

6. Aliqulov A., Nizomov F.Alisher Navoiy asarlarida tabiatning e’zozlanishi

haqida //O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar j. , 1994. - 1-2-sonlar. - 38 - 42 b.

7. Atrof - muhit va biz. Bolalar va ota - onalar uchun ekologiya alifbosi /

Talqin. - T.: RTM, 2003. -64 b.

8. Atrof - muhitni asrang. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qo‘llanma. -

Qarshi: Nasaf , 2004. – 30 b.

9. At - Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya. - T.: Cho‘lpon, 1993. - 112 b.
10.Bahodirov O. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar,

alloma, adiblar). -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999, -
392 b.

Библиографические ссылки

. Avesto. Tarixiy - abadiy yodgorlik / Tarjimon: A. Mahkamov. - T.: Sharq, 2001. - 384 b.

Adizov B. R. Boshlang‘ich ta’limni ijodiy tashkil etishning nazariy asoslari: Ped. fan. dok. …diss. - T.:2003. - 320 b.

Az - Zamaxshariy, Abu-l Qosim Mahmud. Nozik iboralar. - T.: Kamalak, 1992. - 80 b.

Al - Buxoriy, Imom Ismoil. Hadis. Al jome’ as-sahih. 4-kitob. - T.: - Qomuslar bosh tahririyati, 1997.- 528 b.

Aluyeva R.Sh. Amir Temurning ma’rifiy - tarbiyaviy qarashlari: Ped. fan. nomz. … diss. avtoref. - T.: - 2006. – 20 b.

Aliqulov A., Nizomov F.Alisher Navoiy asarlarida tabiatning e’zozlanishi haqida //O‘zbekistonda ijtimoiy fanlar j. , 1994. - 1-2-sonlar. - 38 - 42 b.

Atrof - muhit va biz. Bolalar va ota - onalar uchun ekologiya alifbosi / Talqin. - T.: RTM, 2003. -64 b.

Atrof - muhitni asrang. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun qo‘llanma. - Qarshi: Nasaf , 2004. – 30 b.

At - Termiziy, Abu Iso. Ash shamoil an-nabaviya. - T.: Cho‘lpon, 1993. - 112 b.

Bahodirov O. Ma’naviyat yulduzlari (Markaziy Osiyolik mashhur siymolar, alloma, adiblar). -T.: Abdulla Qodiriy nomidagi Xalq merosi nashriyoti, 1999, - 392 b.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов