O‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan e’tiborni oshirishda estetik tarbiyaning roli

CC BY f
8
16
Поделиться
Темирова, М. (2023). O‘quvchilarda tabiatga bo‘lgan e’tiborni oshirishda estetik tarbiyaning roli. Современные тенденции инновационного развития науки и образования в глобальном мире, 1(4). https://doi.org/10.47689/STARS.university-pp85-89
Матлюба Темирова, Термезский государственный педагогический институт

Учитель кафедры начального образования

Crossref
Сrossref
Scopus
Scopus

Аннотация

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik tarbiyaning mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni, shuningdek, estetik tarbiyani takomillashtirishning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi, dars jarayonida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini rivojlantirishda zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi, o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishda tabiiy fanlarning o‘rni va samaradorligi aniqlandi, o‘quvchilarning tafakkuri, ularning dunyoqarashi, xatti-harakati, o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivojlantirishda o‘qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinfdan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga estetik tarbiya berish orqali tafakkurni shakllantirish imkoniyatlari aniqlandi.


background image

STARS International University

85

Annotatsiya:

Mazkur maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarini tarbiyalashda estetik

tarbiyaning

mazmun va mohiyati yoritildi, o‘quvchilarni tabiat bilan tanishtirishda sinfdan

tashqari mashg‘ulotlarning tutgan o‘rni,

shuningdek, estetik tarbiyani takomillashtirish-

ning o‘ziga xos xususiyatlari aniqlandi

, dars jarayonida o‘quvchilarning estetik tarbiyasini

rivojlantirish

da zamonaviy ta’lim texnologiyalaridan foydalanildi, o‘quvchilarning estetik

tarbiyasini

shakllantirish

da tabiiy fanlarning o‘rni va

samaradorligi aniqlandi,

o‘quvchilarn-

ing tafakkuri, ularning dunyoqarashi, xatti-harakati, o‘quvchilarning estetik tafakkurini rivo-
jlantirishda o‘qitishning barcha shakllari: dars, darsdan tashqari ishlar, ekskursiya va sinf-
dan tashqari mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga estetik tarbiya berish orqali tafakkurni

shakl-

lantirish

imkoniyatlari aniqlandi.

Tayanch so‘zlar:

boshlang‘ich sinf, estetik tarbiya,

tabiiy fanlar,

tabiatni muhofaza qilish,

tirik tabiat burchagi, estetik his,

go‘zallik, kamtarlik, axloq-odob, nafosat tarbiyasi,

e

stetik

did

, estetik tarbiyaning vazifasi.

Kirish.

Hozirgi kunda tabiat va u uni muhofaza qilish, ekologik xavfsizlik masalalari

butun dunyoning globalmuammosigaaylandi. Jumladan, dunyo bo‘yicha jamiyat
hayotining barcha sohalariniisloh qilish barobarida, fuqarolarga tabiatni asrab-
avaylash, ekologikbarqaror hayot sharoitini yaratish davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishiga aylandi. Maqsadga erishish yo‘lida ekologik tarbiyaning jamiyat
ma’naviy hayoti bilan aloqadorligi masalalari, xususan, o‘quvchilardaekologiya,
tabiat muhofazasi yuzasidan bilim va tushunchalarni tarbiyalashda milliy

qadriyatlardan samarali foydalanish masalalari muhim ahamiyatkasb etmoqda.

Darhaqiqat, o‘quvchilar bilan bu muammolarning tabiatga bo‘lgan

munosabatlarining o‘zgaruvchanligi uchungina dolzarblik kasb etmaydi, balki
inson hayoti uchun xavfli hisoblanayotgan tabiatning tabiiy go‘zalligi yo‘qolib
borayotganligi uchun ham juda dolzarbdir.

Kichik yoshdagi, ayniqsa, boshlang‘ich sinf o‘quvchilari uchun atrof-olam va

tabiatni xis-hayajon bilan qabul qilish xarakterlidir. Bolalar hamma narsani o‘rganib
chiqishlari, qo‘l bilan ushlab ko‘rishlari, kattalarning tushuntirishlarini ishtiyoq
bilan tinglashlariga qaramay, atrof-olamdagi hodisalarda ko‘p jihatlarni payqab
ololmaydilar, chunki ular o‘zlarining hissiyot va qiziqishlarini qo‘zg‘atuvchi ta’sirlarga
e’tibor beradi, muhim bo‘lsa ham hayajon uyg‘otmaydigan narsalarga e’tibor

TEMIROVA MATLUBA
KARIM QIZI,

Termiz davlat Pedagogika instituti
Boshlang‘ich ta’lim kafedrasi
o‘qituvchisi
e-mail: temirovamatluba6@gmail.com

O‘QUVCHILARDA TABIATGA
BO‘LGAN E’TIBORNI
OSHIRISHDA ESTETIK
TARBIYANING ROLI

https://doi.org/10.47689/STARS.uni-
versity-pp85-89


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

86

bermaydilar. Shunga ko‘ra bolalarni tabiiy obyekt va olam bilan tanishtirib borishda
ularning jozibaliligiga, go‘zalligiga alohida e’tibor berish lozim.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga tabiat va uni asrash haqida tarbiya berar ekanmiz,

bu ma’lumotni estetik tarbiayasiz yetkazib berish qiyin. Estetik tarbiyani boshlang‘ich
sinf o‘quvchilariga yetkazib berishning samarali vositalaridan biri tabiiy fanlarni
o‘qitishda mashhur ijodkor-rassomlar chizgan rasmlarning nusxalaridan foydalanish
va o‘qituvchining badiiy asarlardan parchalarni sharhlab tushuntirishidir. Chunki
tabiatni shoirona qabul qilish, uni chuqurroq anglash va go‘zalligi va nafisligini his
etishga yordam beradi. Maktabgacha ta’limda tahsil olgan yoshlar o‘yin faoliyatidan
maktab hayotiga tezroq moslashishi uchun ham ko‘rgazmalilik alohida ahamiyatga
ega

hisoblanadi.

Boshlang‘ich sinf o‘quchilarining estetik hislarini rivojlantirishda, did-u farosatlarini

shakllantirishda va bilim doiralarini kengaytirishda tabiatga ekskursiyalar uyushtirish
katta ta’sir ko‘rsatadi. Tabiat va tevarak-atrofni o‘rganish uni estetik qabul qilish
bilan uyg‘unlashishi kerak. Chunki bola tabiatini qancha chuqurroq idrok qilsa,
shuncha u o‘quvchiga shodlik bag‘ishlaydi, uning ko‘z oldida tabiat har tomonlama
namoyon bo‘ladi.

Boshlang‘ich sinflardagi maktab o‘quvchilarini tabiatdagi mehnatga ijodiy

munosabatini (maysazorlar, bog‘lar, istirohat bog‘larini shakllantirish) tarbiyalash
kerak. Tirik tabiat burchagi, o‘quv-tajriba maydonchasidagi ishlar, uy vazifasi va
yozgi topshiriqlarni rasmiylashtirish, sinfdan tashqari ishlar (sinfdan tashqari o‘qish
uchun kitoblar tanlash, ko‘rgazma, ertaliklar tashkil qilish) shunga xizmat qilishi
mumkin. Biroq barcha e’tibor faqat tabiat obyektlari bilan zavqlanishga qaratilsa,
estetik tarbiya ta’sirli bo‘lmaydi

.

Tabiiy fanlarni o‘qitish jarayonida estetik tarbiya har tomonlama, rejali,

o‘quvchilarning tabiat bilan aloqada bo‘lishlarining barcha shakllarini hisobga
olgan holda olib borilishi kerak

.

E

stetik did estetik ongning muhim tarkibiy qismlardan biri bo‘lib, his-tuyg‘u va

tafakkur birligi, insonning o‘zligini namoyon qiluvchi vositadir. Estetik didga ega
bo‘lgan inson atrof-muhitni go‘zallik va xunuklik, ulug‘vorlik va tubanlik, fojiaviylik
va kulgililik kabi mezoniy tushunchalari orqali ko‘zdan kechiradi. Yuksak estetik
didga ega bo‘lishi o‘zinigina emas, atrofdagilarga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bu qobiliyat
tabiiy tug‘ma qobiliyatga borib taqalsa-da, ammo o‘zini, asosan, tarbiya, ijtimoiy
munosabatlar orqali ro‘yobga chiqaradi. Estetik did ham aqliy (fahm), ham axloqiy
(farosat), ham hissiy tarbiya uyg‘unlashgan umumiylikdan iborat.

Estetik tarbiya, eng avvalo, har bir kishida badiiy hissiyot tuyg‘ularini, badiiy

didni tarbiyalashdir. Ilmiy dunyoqarashga asoslangan nafosat, did, his - tuyg‘ular va
ko‘nikmalarning o‘sib borishi jarayonida insonning o‘zi ham ma’naviy boyib, hayoti
yanada sermazmun bo‘ladi. Yashayotgan zamoniga nisbatan mehr-muhabbati ortib
boradi. Bularning hammasi har bir insonda go‘zallikni xunukdan, jirkanchlikdan farq
qila bilish qobiliyatini shakllantiradi, uni yanada rivojlantiradi.

Estetik tarbiya bugungi kunda shunisi bilan muhimki, did-farosatlilik mehnatda,

ishlab chiqarishda, kundalik amaliy faoliyatda har bir inson uchun hayotiy ehtiyojga
aylanib qolgan.

Donolardan biri: “Go‘zallik axloq-odobning tug‘ishgan singlisidir”, - degan edi.

Darhaqiqat, odob va nafosat tarbiyasi o‘zaro chambarchas bog‘liq holda amalga
oshiriladi. Chunki nafosat tarbiyasining natijasi axloq-odobda, chiroyli xatti-harakat,


background image

STARS International University

87

go‘zal munosabatda va hayotga, kelajakka, insonlarga, tabiatga muhabbatda
ko‘rinadi. Xalqimiz: “Kamtarlik ham husn”, - deydi. Mana shu birgina iborada chuqur
ma’no bor. Estetik tarbiya orqali o‘quvchilarda kamtarlik xislati tarkib topadi. Bu
xislat kishilarning eng go‘zal belgisidir.

Shuni alohida ta’kidlash joizki, ayrim o‘quvchilar go‘zallikni tor ma’noda

tushunadilar. Ya’ni chiroyni, ko‘pincha, husn-jamolda deb bilishadi. Bu bir tomonlama
tushunchadir. Har tomonlama ma’noda esa chiroy husn-jamol, qalb go‘zalligida,
ma’noli so‘zdadir. Xalqimiz bejizga: “Chiroy husn-u jamolda emas, fazl-u kamolda”,
- deb aytmagan!

San’at va hayot go‘zalligi bilan tanishtirib borish bolaning aqlini, hissini tarbiyalab

qolmay, shu bilan bir qatorda, uning xayol va tasavvurini ham rivojlantiradi.

Kichik yoshdagi maktab o‘quvchilarini

go‘zallikka oshno qilish, ularda hayotiy

voqealarni to‘g‘ri tushunish, olijanob his-tuyg‘ularni va intilishlarni shakllantirishga
yordam beradi. Bolalarda go‘zallikni idrok qilishni tarbiyalash orqali ularda boshqa
kishilarning kechinmalarini his eta bilish, kishilarning xursandchiliklariga sherik
bo‘lish, qayg‘usini birga baham ko‘rish kabi xususiyatlar tarkib toptiriladi.

Estetik taraqqiyot shaxsning estetik ongi, munosabati va estetik faoliyatining

shakllanishi va takomillashuvida uzoq vaqtni talab etadigan jarayondir. Shaxsning
estetik taraqqiyoti ijtimoiy-tarixiy va estetik tajribani ijodiy o‘zlashtirishi natijasida
yuzaga keladi. Bu har xil yo‘llar va shakllar orqali amalga oshiriladi. Shaxsning estetik
jihatdan rivojlanishida ma’lum maqsadga qaratilgan ta’lim-tarbiya hal etuvchi rol
o‘ynaydi.

Estetik ehtiyoj - kishi borliqni, badiiy faoliyatni, uning har xil ko‘rinishlarida estetik

idrok etishga undovchi subyektiv omildir. Estetik ehtiyoj go‘zallik to‘g‘risidagi
fanning rivojlanish qonuniyatlarini yanada chuqurroq o‘rganishga undaydi.

Estetik qiziqish shaxsni san’at asarlarini, tevarak-atrofdagi borliqni estetik idrok

etish va estetik faoliyat borasida o‘ylantiradi. Estetik qiziqish estetik ehtiyojni
yuzaga keltiradi. “Estetik tarbiya” tushunchasi bilan bir qatorda “badiiy tarbiya”
tushunchasi ham mavjuddir. Badiiy tarbiya san’at asarlari orqali tarbiyalashdir. U
shaxsda san’at asarlarining shakl va mazmunini estetik idrok etishni rivojlantirish,
badiiy didni shakllantirish va san’atning ma’lum turlari bo‘yicha ijodiy faoliyatni,
ijrochilik qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgandir. Uning natijasi fikrning paydo
bo‘lishida, uni amaliy faoliyatda qo‘llashda, o‘z bilim va taassurotlarini ko‘ra bilishda,
his-tuyg‘ulari va fikrlarini samimiyat bilan ifodalashda namoyon bo‘ladi.

Estetika tabiatdagi, jamiyatdagi moddiy va ma’naviy madaniyat buyumlarida

aks etgan, shuningdek, estetik ongning paydo bo‘lishi, rivojlanishi va vazifasi
to‘g‘risidagi qonuniyatlarni, obyektiv borliqni estetik bilishning muhim usullaridan
biri bo‘lgan san’atning rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganadi.

Pedagogik estetikaning “Go‘zallik hayot demakdir” degan qoidasidan kelib chiqib,

o‘sib kelayotgan yosh avlodni hayotdagi, turmushdagi kishilar munosabatidagi
go‘zallikda qatnashtirish, uning hayotni idrok eta bilish qobiliyatini shakllantirishni
o‘zining bosh vazifasi deb hisoblaydi.

Go‘zallik kishini olijanob qiladi, uning yuksak didli, pok, yaxshi inson bo‘lishiga

xizmat qiladi. Go‘zallik bilan uchrashish kishida estetik his, ruhiy hayajon,
beg‘araz quvonch uyg‘otadi. Estetik hisda idrok etilayotgan voqelikka nisbatan
xudbinlik ohangi, shaxsiy manfaat nuqtayi nazaridan g‘arazli qarashlar bo‘lmaydi.
Ajdodlarimiz bu to‘g‘risida shunday yozadi: “Kishidagi go‘zallik hosil qilgan sezgi,


background image

Global dunyoda ilm-fan va ta‘limdagi innovatsion

rivojlanishning zamonaviy trendlari 15 dekabr, 2022 yil.

88

odam eng yaqin

kishisi bilan uchrashganda paydo bo‘ladigan porloq quvonchga

o‘xshaydi. Biz go‘zallikni beqiyos sevamiz, undan eng yaqin kishimizni uchratganda
quvongandek, zavqlanib quvonamiz”.

Go‘zallik insoniyatning butun tarixiy taraqqiyoti davomida yaratiladi va madaniy-

tarixiy tajribaning bir qismini tashkil etadi. Uning mavjudligi, obyektivligi yosh
avlodga estetik tajribani sistemali ravishda singdirish va shu orqali ularning estetik
tomondan taraqqiy etishini ta’minlaydigan estetik tarbiya nazariyasining faol
usullarini ishlab chiqishga yo‘naltiradi. Bunda tarbiya va ta’lim jamiyatning estetik
madaniyatini o‘zlashtirishning asosiy vositasi hisoblanadi.

Estetik va axloqiy tarbiyaning o‘zaro bog‘liqligi shundaki, kishining go‘zallikni

idrok etishdan quvonishi uning boshqa kishilarga yaxshilik qilganidan xursand
bo‘lishiga o‘xshab ketadi. Aksincha, go‘zallikni ko‘ra bilmaslik undan zavqlanmaslik
yomon ishlarni qilishga olib keladi. San’atning tarbiyaviy kuchi shundaki, u odamni
hayotdagi voqealarni, hodisalarni chuqur his - hayajon bilan idrok etishga majbur
etadi.

Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish jarayonida tanlangan ta’lim

mazmuni maqsadga muvofiqlik darajasiga ko‘ra o‘qitish shakllari: dars, darsdan
tashqari ishlar, sinfdan tashqari mashg‘ulotlar jarayonida foydalanish bo‘yicha
saralanadi.

Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirishda qiyosiy tahlil,

pedagogik kuzatuv, anketa so‘rovlari, amaliy mashqlar, ekskursiya tashkil etish
jarayonlarida amalda sinab ko‘rildi. Natijada, boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani
shakllantirishning modernizatsiyalashgan, takomillashgan tizimini yaratishga
xizmat qiladi.

Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish, ularning mohiyatini

anglash, o‘quvchilarning mustaqil va ijodiy fikr yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirish
bugungi kunning dolzarb muammosi sanaladi. Jumladan:

1. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirish o‘quvchilarning psixologik

xususiyatlari, didaktik tamoyillar asosida hamda o‘qituvchipedagogik mahoratiga
bog‘liqligi ko‘rsatilgan holda tabiiy bilimlarning chuqur va puxtaligini ta’minlash
mumkinligi aniqlandi.

2. Boshlang‘ich ta’limda estetik tarbiyani shakllantirishga oid materiallar

tanlanib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yichako‘rsatmalarishlab chiqildi.

3. Dars jarayonida o‘quvchilarda estetik tarbiyani shakllantirishga oid tanlangan

samarali metodlari ( didaktik, mantiqiy, og‘zaki bayon etish, kuzatish, mustaqil
ishlash, zamonaviy ta’lim texnologiyalari), shakllari (dars, sinfdan va maktabdan
tashqari ishlar), vositalari (tarqatma, didaktik, texnik) aniqlandi.

Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarning estetik tarbiyasini shakllantirishda tabiiy fan

darsligining o‘rni beqiyosdir. Eng avvalo, shu fanni o‘rgatuvchi ustoz bolaning
tabiatga bo‘lgan qarashlarini salbiydan ijobiyga o‘zgartirishi kerak. Har bir bola
tabiatni sevib yashasa, uning estetik tarbiyasi ham yuqori bo‘ladi. Buning uchun
biz pedagoglar sidqidildan ta`lim va tarbiyani birgalikda olib borsak, maqsadga
muvofiq bo‘ladi.


background image

STARS International University

89

FOYDALANGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI:

1. Авазов Ш. Мактабда экологик тарбия.

-

Тошкент: Ўқитувчи, 1992.

-

62 б.

2. Алимов Т.А., Рафиков А.А.Экологик хатолик сабаблари.

-

Тошкент. Ўзбе-

кистон, 1991.

-

70 б.

3. Банников А.Г., Вакулин А.А., Рустамов А.К. Основы экологии и охрана

окружающей среды: - М.: Колос, 1999. -304 с.

4. Бекназов Р.У., Новиков Ю.В. Охрана природы: Учебное пособие.

-

Таш-

кент: Укитувчи, 1995.

-

583 с.

5. Герцена А.И.Методика обучения экология в ХХИ веке // Материалы на-

учно

-

практическая конференция.

-

СПб .: Из

-

во РГПУ, 2002. -89 с.

6. Захлебний А.Н.Совершенствование экологического образования и дея-

тельности школьников в области охраны природы.

-

М.: Педагогика, 1982.

-

172

с.

7. Зверев И.Д. Что такое экологическая культура школьников// Семья и

школа. - №10.

-

1979.

-

С. 16-19.

8. Зиёмухаммедов Б. Экология асослари ва табиатни муҳофаза қилиш

“Екология ва маънавият” Тошкент “Меҳнат” 1997.-110 б.

9. Исақулова Н.Ж. Ўқувчиларга экологик тарбия бериш назарияси ва ама-

лиёти. Монография.

-

Т.: Фан, 2011.

-

140 б.

10.Маҳмудов Ю. Экологиядан қўлланма. Тошкент.Фан.- 1997-38 б.

11. Мирзаев Т., Ғофуров З. Табиатни эъзозлаш умумбашарий муаммо. Тош-

кент.: “ Янги аср авлоди”, 2001.-371- б.

12. Нуриддинова М.И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси. Ўқув қўллан-

ма. Т.: Чўлпон номидаги нашриёт - матбаа ижодий уйи, 2005. - 240 б.

13. Нишонова Н. Умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиларининг эколо-

гик маданиятини шакллантириш. : Автореф. дисс. канд. пед. наук. -Тошкент,
2001. -120 б.

14. Нишоналиев У. Янги педагогик ва ахборот технологиялари муаммолари

ва ечимлари. // Педагогик таълим.

-

2000. 3

-

сон.

-

Б.11.

Библиографические ссылки

Авазов Ш. Мактабда экологик тарбия.-Тошкент: Ўқитувчи, 1992.- 62 б.

Алимов Т.А., Рафиков А.А.Экологик хатолик сабаблари. - Тошкент. Ўзбекистон, 1991. -70 б.

Банников А.Г., Вакулин А.А., Рустамов А.К. Основы экологии и охрана окружающей среды: - М.: Колос, 1999. -304 с.

Бекназов Р.У., Новиков Ю.В. Охрана природы: Учебное пособие. - Ташкент: Укитувчи, 1995. -583 с.

Герцена А.И.Методика обучения экология в ХХИ веке // Материалы научно - практическая конференция. - СПб .: Из-во РГПУ, 2002. -89 с.

Захлебний А.Н.Совершенствование экологического образования и деятельности школьников в области охраны природы. -М.: Педагогика, 1982. -172 с.

Зверев И.Д. Что такое экологическая культура школьников// Семья и школа. - №10. -1979. - С. 16-19.

Зиёмухаммедов Б. Экология асослари ва табиатни муҳофаза қилиш “Екология ва маънавият” Тошкент “Меҳнат” 1997.-110 б.

Исақулова Н.Ж. Ўқувчиларга экологик тарбия бериш назарияси ва ама-лиёти. Монография. -Т.: Фан, 2011. -140 б.

Маҳмудов Ю. Экологиядан қўлланма. Тошкент.Фан.- 1997-38 б.

Мирзаев Т., Ғофуров З. Табиатни эъзозлаш умумбашарий муаммо. Тошкент.: “ Янги аср авлоди”, 2001.-371- б.

Нуриддинова М.И. Табиатшуносликни ўқитиш методикаси. Ўқув қўлланма. Т.: Чўлпон номидаги нашриёт - матбаа ижодий уйи, 2005. - 240 б.

Нишонова Н. Умумий ўрта таълим мактаби ўқувчиларининг экологик маданиятини шакллантириш. : Автореф. дисс. канд. пед. наук. -Тошкент, 2001. -120 б.

Нишоналиев У. Янги педагогик ва ахборот технологиялари муаммолари ва ечимлари. // Педагогик таълим. -2000. 3- сон. - Б.11.

inLibrary — это научная электронная библиотека inConference - научно-практические конференции inScience - Журнал Общество и инновации UACD - Антикоррупционный дайджест Узбекистана UZDA - Ассоциации стоматологов Узбекистана АСТ - Архитектура, строительство, транспорт Open Journal System - Престиж вашего журнала в международных базах данных inDesigner - Разработка сайта - создание сайтов под ключ в веб студии Iqtisodiy taraqqiyot va tahlil - ilmiy elektron jurnali yuridik va jismoniy shaxslarning in-Academy - Innovative Academy RSC MENC LEGIS - Адвокатское бюро SPORT-SCIENCE - Актуальные проблемы спортивной науки GLOTEC - Внедрение цифровых технологий в организации MuviPoisk - Смотрите фильмы онлайн, большая коллекция, новинки кинопроката Megatorg - Доска объявлений Megatorg.net: сайт бесплатных частных объявлений Skinormil - Космецевтика активного действия Pils - Мультибрендовый онлайн шоп METAMED - Фармацевтическая компания с полным спектром услуг Dexaflu - от симптомов гриппа и простуды SMARTY - Увеличение продаж вашей компании ELECARS - Электромобили в Ташкенте, Узбекистане CHINA MOTORS - Купи автомобиль своей мечты! PROKAT24 - Прокат и аренда строительных инструментов